
Nofalsafiy fikrlar (20+)
"Captain Fantastic"(2016) filmidan ota va 15 yoshli qizi oʻrtasida shunday suhbat kechadi:
- Nima oʻqiyapsan?
- Lolita
- Men bu kitobni oʻqishni aytmagandimku?
- Men jadvaldan oldinlab ketdim.
- Xoʻsh, fikrlar?
- Qiziq ekan.
- Qiziq - bu safsata degani, buni ishlatmasliging kerak, aniqroq gapir.
- Bu odamni oʻylantirib qoʻyadi.
- Yanada aniqroq
- Oʻqisam boʻladimi?!
- Faqat hozirgacha boʻlgan oʻqiganlaringdan xulosangni aytsang.
- Xoʻsh, bunda bir 12 yoshli qizni sevib qolgan qari odam tasvirlanadi.
- Bu syujet, xulosa emas.
- Xoʻsh, bu oʻsha odamning tilidan yozilgan, siz oʻqib uni hissiyotlarini tushunasiz va biroz unga nisbatan simpatiya uygʻonadi. Bir tomondan bu juda zoʻr, chunki oʻylab koʻrilsa aslida u pedofil, lekin uning sevgisi ham goʻzal. Ammo ana shu bizni aldaydi, chunki u aybdor odam. U qari va umuman olganda yosh qizni zoʻrlaydi. Bularni hammasi meni undan nafratlanishimga sabab boʻldi, biroq boshqa tomondan bir vaqtni oʻzida unga rahmim ham keldi
- Juda soz.
Shuning uchun ham hech qachon qaysidir kitob, kinoga nisbatan shunchaki "zerikarli" degan soʻzini ishlatganlarni jiddiy qabul qilmayman. Shunaqa gaplar.
@nofalsafiy
Yaqinda bir tanishim, oʻz blogida kursdoshi oʻz joniga qasd qilgani haqida yozgan edi. Oʻsha paytda tezda oʻtkazib yubordim, lekin 3-4 soatdan keyin qaytib, uni rasmlariga qaradim, hammasi joyida edi suratda, kulib turgan yuzlar. Sababi nima ekanligini bilmayman, lekin uni ustidan hukm chiqarish ham menga emas deb hisoblayman.
Kecha koʻpchilikdan shu haqida soʻragandim, nima odamni oʻzida bor eng qadrli narsa - hayotidan kechishga majbur qila oladi? Har xil javoblar. Meni javobim esa - nafrat. Qachonki barcha narsani oʻrni nafratga almashganda, senda boshqa tanlov qolmaydi goʻyo. Atrofga boʻlgan, odamlarga boʻlgan, qilayotgan ishing, yeydigan ovqating, oʻzingga boʻlgan nafrat. Men har doim qoʻrqadigan narsa, barcha narsani bir kuni yomon koʻrib qolishim. Hech narsa menga avvalgidek quvonch bermay qoʻyishi. Shunday lahzalarda bizni qutqaradigan kuch - muhabbat.
Shu uchun bir narsani unutmaslik kerak, nima boʻlganda ham har doim baxtli boʻlish uchun sabab yetarli, har qanday kichik narsadan ham lazzat olish mumkin kishi, koʻchada koʻrib qolgan bolakayni kulib qarashi ham yordam beradi hatto, atrofingdagi eng yaqinlaring ham foyda bermaganida. Bir narsani tushunish kerak, biz hech qachon yaxshi odam boʻla olmaymiz, barchamizni hech kimga aytmaydigan, har doim qiynalib yashaydigan dahshatli gunohlarimiz bor, bular bizni butun umr taqib qilib oʻtadi. Lekin endi buni oʻzgartib boʻlmaydi, shunchaki boricha qarash kerak hammasiga. Yaxshi odam boʻla olmaysan, lekin bu yaxshi odam boʻlishga harakat qilishga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
Oʻtlab ketdim yana. Bugun rasmiy, norasmiy bilmadim, lekin koʻpchilik uchun sevgi kuni. Sevgi deganda juda kichik narsani tushunamiz biz, aslida u ulkan, hech qachon oxirigacha yetib boʻlmaydigan narsa, u har bir qadamimizda, har bir qilgan ishimizda. Bugun shanba, koʻpchilik uchun dam olish kuni. Eng ideal sevgi kunini - oʻzimiz eng sevgan ish bilan shugʻullanish eng yaxshi bayram boʻlib beradi.
Hali qalbimizni nafrat egallab olmagan ekan, har doim sevgiga joy topilaveradi. Bu tuygʻu esa bizda bor eng oliysi, shunchaki bundan toʻgʻri foydalanishning bilish kerak xolos.
@nofalsafiy
2026 yilda ham oʻqishga kirgani bilan maqtanishyapti ekan. Allaqachon obroʻyi qomagan deb oʻylardim, unaqa emasga oʻxshaydi.
Va albatta qonun ustuvorligi (ustunligi emas) uchun yuristlarga rahmat aytishni unutmang.
@nofalsafiy
Hayotning maʼnosi nima? Agar 50 yilcha oldin qilingan xulosaga ishonsak, hayoting maʼnosi bu - 42. Nega ekanligini oʻzim ham toʻliq tushunmasam ham, super kompyuter shunday degan, ishonamanda albatta. Yoki siz boshqa narsaga ishonasizmi? Mana shu ishonchgina men va qoʻshnim Ulugʻbek aka oʻrtasidagi farqni belgilab beradi, bizning bugun hayotimiz aslida nimaga ishonishimizga bogʻliq narsa.
XXI asrda barchasi oʻzgarib ketdi, endi odam oʻzi xohlagan narsasiga ishona oladi, oʻzi xohlagan dinga eʼtiqod qiladi yoki umuman hech qaysi biriga ishonmaydi, oʻzi istagan ish bilan shugʻullanadi, bu yoqmasa 2 oydan keyin oʻzgartiradi, buyam yoqmasa yana boshqasiga oʻta oladi, restoranga kirib ovqat tanlashga 1 soat vaqtini sarflaydi, Toshkent osh yoki Samarqand osh, buni ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak axir. Deyarli barcha konstitutsiyalarda eng muhim qonun deb "soʻz huquqi" aytiladi, lekin men biz uchun eng katta huquq - tanlov huquqi degan boʻlardim, chunki biz hayotimizda eng kichik detallar oldida ham tanlov huquqiga ega ilk avlodmiz, har doim ham buni toʻgʻri bajarmayotgan boʻlsakda(uzr, birinchi marta yashayapmiz axir).
Lekin savol tugʻiladi, buni rostdan ham oʻzimiz tanlayapmizmi? Uzr, yomon xabar bor, menimcha yoʻq. Bizni tanlashga "majburlashyapti". Avvallari faqat davlat majburlagan boʻlsa, endi xususiy institutlar bu ish bilan shugʻullanmoqda va menimcha bu avvalgisidan ham qoʻrqinchliroq, chunki oldin shunchaki nima qilishing kerakligini bilgansan, lekin endi sen bilan hech kim hisoblashmaydi, hamma sening ong ostingga taʼsir qilish orqali ishini bajaradi, reklamalar, bannerlar, filmlardagi propaganda. Menimcha hamma hayotida bir marta boʻlsa ham uzumdagi umuman keraksiz artefaktni sotib olib, keyin bundan afsuslangan.
Mening oʻz gʻoyam, oʻz prinsiplarim bor deymiz. Yana bir yomon xabar, bu sening gʻoyang emas, bu qachonlardir kimlar tomonidan belgilab ketilgan narsa, sen shunchaki unda oʻzingni qulay his qilgansan yoki shu yoʻlni toʻgʻri deb bilgansan(oʻzingni aldama, senga shu yoʻl toʻgʻri deb uqtirishgan). Erkinlikka qanchalik erishganimiz sari, aslida bu bizni yanada qaram qilib qoʻyishini endi sezyapmiz. Dunyodagi eng baxtli mamlakatlar, dunyodagi eng koʻp suitsid sodir boʻladigan davlatlar ekani ham bor gap. Kino maktablarida, filmda har doim muammo boʻlishi kerak deb oʻrgatiladi, hayotda ham, boʻlmasa undan maʼno qolmaydi ekan.
Gugldan, hayotning maʼnosi nima, deb soʻraganimda, dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartirish deb javob berdi, bu kimni gʻoyasi, boshida kim turibdi bilmadimu, lekin men shu odamni gʻoyasini hozircha oʻzimga qabul qilib turaman, baribir nimanidir tanlashim kerak edi. Darvoqe, sening hayotingni maʼnosi nima, hech boʻlmasa oʻzing bilasanmi buni?
@nofalsafiy
Юқори муваффақиятга эришган катталар камдан-кам ҳолларда болаликдаги вундеркиндлар бўлган экан. Яъни фақат маълум бир соҳада жуда кучли бўлишмаган
Яқинда эълон қилинган тадқиқотга кўра, масалан, халқаро шахмат усталари, Олимпия олтин медали соҳиблари ва Нобел мукофоти лауреатлари камдан-кам ҳолларда болаликда вундеркинд бўлган. Шунингдек, болаликдаги фақат бир соҳа бўйича интенсив машқлар ва эрта муваффақиятлар улғайгандан кейин глобал даражадаги энг юқори ютуқларга олиб келмас экан
Тадқиқот 19 та илмий ишни таҳлил қилган бўлиб, унда 35 мингга яқин юқори даражадаги муваффақиятли одамлар (Олимпия чемпионлари, Нобел лауреатлари, дунёнинг энг яхши 10 шахматчиси, машҳур классик мусиқа бастакорлари ва бошқа соҳалардаги лидерлар) ҳаёт тарихи ўрганилган.
Жаҳон даражасидаги муваффақиятга эришганлар болаликда кўп турли фаолият билан шуғулланишган, аста-секин ўзига энг мос келган соҳани топган ва ривожлантирган. Бу қуйидаги афзалликларни беради:
Мос келадиган соҳани топиш: Бола турли нарсаларни синаб кўриб, ўзига энг яхши мос келганини танлайди.
Узоқ муддатли ўрганиш қобилияти: Турли тажрибалар миянинг мослашувчанлигини оширади.
Шу сабаб, болаларни битта соҳада эрта “махсуслаштириш” ўрнига, турли фаолиятларга (спорт, мусиқа, фан ва ҳ.к.) жалб қилган яхшироқ. Болани мажбурламай, турли тажрибалар бериш узоқ муддатда каттароқ муваффақиятга олиб келиши
мумкин
Buyuk tarix deb ko'ksiga urganlarni tushunmay boryapman. To'g'rirog'i, chidolmayapman aslida. Albatta buguni rasvo, kelajagi qorong'u bo'lgach odam o'tmishni madh etaveradi, lekin baribir...
Masalan, Amir Temur davrini olaylik. U paytda tug'ilsam, katta ehtimol bilan o'n olti yoshimdayoq Temurning egosi va bola-chaqasi boy yashasin, xotinlari dur javohirga belanib yursin, deb urushga ketardim. Xudo saqlab tirik qaytadigan bo'lsam, Samarqanddagi qaysidir masjidda hashar nomi bilan tekin ishlardim. Hayotim Temurni qiziqtirmasdi. Masalan, tarix darsida qaysidir xonning saltanatiga dushman hujum qilganini o'qigandik. Xon shunchalar xudbin ekanki, qarorgoh tinch bo'lsa bo'ldi, derkan. Uzr, lekin bu hamma monarhlarning umumiy odati emasmi? Nega o'roqda yo'q moshoqda yo'q Shohruh uchun shahar quriladiyu men o'lib ketaveraman?
Eng yomoni, xalq O'zini Temurning avlodi deb o'ylashi. Bobong Temurning davrida oddiy dehqon edi, xolos. Biz Sovetdan avval ham xo'r va rasvo yashardik. Buni oddiy tarix kitoblaridan ham ko'rish mumkin. Men bobolar deganda faqat oddiy ishchi, mirishkor odamlarni tushunaman. Chunki tarixda hech qaysi oqsuyak menga, mening qonimga shafqat qilmagan. Kimdir taxtda uzoqroq muddat o'tirsin deb jang qilasan va oxiri hech kim seni eslamaydi. Hatto o'z nabiralaring ham seni emas balki seni o'ldirgan o'sha hukmdorlarga topinadi.
Bilmadim, balki tarixdagi qatl va gunohlarimizni ochiqcha tan olgan kunimiz odam bo'larmiz? Balki hamma yoqqa xalqning qonini ichib qahramonga aylangan asilzodalarning emas, balki xalqqa non bergan dehqon, duradgor yo me'morning haykali qo'yilishi kerakdir?
Shaxsan men uchun Rossiyaning sovug'ida ishlab yurgan o'zbek Temurdan ko'ra ancha ulug' ko'rinadi. Chunki men Temurzot emasman, yuqorida aytganimdek bobolarim oddiy dehqon o'tgan. Bobolar ruhi degan gap mening shuncha mehnatim, o'z kuchim bilan olgan darajamga nisbatan adolatsizlik emasmi?
Yana buning bugungi versiyasi, allambalo sayyidlar, xo'jalar degan atamalari ham bor. Qorachalar bilan quda-anda bo'lishmasmish. Bitch, qarindoshinga qiz beraverib bittayam odambashara nabirang qolmadi. Sen qilayotgan ishni muqaddas nikoh emas, fan tilida insest deymiz. Hech kim asrlar bo'yi amakidan tog'aga qarab uylanaverib buzilgan qoninga zor emas. Buni tushun.
Tan olaylik, hammamiz oddiy odamlarning bolasimiz. Biz bugun sinfiy, irqiy yo jinsiy farqlarimizga qaramay teng shaklda ta'lim olib, ishlayotgan bo'lsak tarixiy zo'rovon saltanatlar emas demokratiyaga rahmat aytishimiz kerak. Faqat demokratiyagina shaxsni ulug'lashi mumkin.
Mirzohid
@bobil_kutubxonasi
Oʻtgan yilgi Inbazar voqeasi esinglardami? Oʻshanda oʻz xodimiga qoʻl koʻtargan boshliq barcha tomonidan birday qoralagan, nafaqat u, bu ishni oqlashga harakat qilganlarni ham obroʻyi birdan tushgan, brend uchun qora kunlar boshlanib, unga boykotlar yomgʻiri yogʻdirilgan edi. Nega buni esladim, chunki bugun ham shunday voqea yuz berdi.
Murabbiy - bu jamoaning eng muhim mexanizmi, uning motori, uning toʻgʻri ishlashi jamoaning faoliyatini belgilab beradi. Ha, Ismoilov yaxshi murabbiydir balki, ha u jamoani shu pogʻonagacha olib kelgani rost, bunda hammadan koʻp uning mehnati bor. Lekin soʻnggi ish bu notoʻgʻri, oldingilari ishlari bilan buni oqlab boʻlmaydi. Eng bosiq boʻlishi kerak boʻlgan odamni oʻzi qizishib ketyapti. Uning matbuot anjumanida chiqib aybni yigitlarga toʻnkab, qilgan ishini toʻgʻri deb turishi ham vaziyatni faqat va faqat yomonlashtiradi. Eng yaxshi murabbiy - barcha aybni oʻz boʻyniga oladi, nima qilsa ham uni ichkarida qiladi.
Ikkala abzatsdagi voqealar men uchun bir xil. Ikkalasida ham zoʻravonlik bor va bu notoʻgʻri harakat. Hech kim, hech qachon birovni shaxsiy zonasiga bu tariqa bostirib kirib, unga tajovuz qilishga haqqi yoʻq, hech kimni. Demokratiya qurish uchun birinchilardan boʻlib shunga amal qilishni oʻrganish kerak. Gapini odamlarga oʻtkazish uchun "Vatan"ni qoʻshish esa populizmdan boshqa hech narsa emas.
@nofalsafiy
Kichkinaligimda dadam doim, oʻgʻil bolasan yigʻlama, deb aytardilar. Lekin hech qachon bu gaplarini qimaganman, chunki men, yigʻlash bu odamga "inson" ekanligini eslatib turadigan eng yaxshi narsa deb hisoblardim. Oʻylab qarasam, hech qachon ogʻriqdan yigʻlamagan ekanim, har doim qandaydir voqeadan keyin koʻzim yoshlanib ketardi. Bu qaygʻuli yoki quvonchli boʻlishi shart emas, nimadirni vujudim bilan his qilsam, tanam ham, yuragimga ham bunga yigʻi bilan reaksiya qiladi: 8 sinfda oʻzim qilmagan ishni boʻynimga qoʻyishgani uchun ustozim koʻziga 10 soniya qarab turib yigʻlab yuborganim, har safar Endi Shoushendan chiqib yomgʻirga xuddi iltijo qilayotgandek qaragandagi koʻzimdan chiqadigan yoshlar, olimpiadada birinchi oʻrinni olishim bilan hammadan qochib chetga chiqib yigʻlab yuborganim, har safar Remarkni oxirida oʻldirishini bilsamda, lekin oxirigacha oʻqib baribir yigʻlab yuborishim. Barchasi hissiyotlar bilan bogʻliq.
Lekin oxirgi yillarda, toʻgʻrirogʻi yilda men yigʻlamay qolgandim, xuddiki xayolimda robotga aylanib borayotgandek, oʻzimdagi soʻnggi super kuchni yoʻqotayotgandek edim. Lekin bu asarni menga hali ham odam ekanligimni isbotladi - "Mazaxchini oʻldirish".
Oʻzi buni oʻqishgacha yetib kelishim ham qiziq boʻldi. Salkam 2 yil qidirdim, na borgan doʻkonim, na nashriyotimda bor, doim man soʻrasam tugagan boʻladi, tanishlardan soʻrasam biri undoq, biri bundoq deydi. Oxiri yaqinda eng yaqin doʻstlarimdan biri va kursdoshim Zarnigor sovgʻa qildi, pulini beray desam ham omadi, bu qiz tushmagurga mani bunaqa holatda koʻrishni oʻziyoq unga shu puldan qimmatlidek xuddi)
Toʻgʻrisi asar haqida deyarli hech narsa bilmasdim, shunchaki har doim har joyda eslanaverilishi uchun oʻqimoqchi edim xolos. Asar tilining soddaligi va bola tilidan yozilganini oʻziyoq uni odamga oʻzini qulay his qilishiga yordam beradi. Oʻzi deyarli barcha qismlarini koʻzimda oʻqtin -o'qtin yosh bilan oʻqirdim, bu shunchaki quvonch va kulgu, baʼzan qaygʻuni anglatardi. Lekin oxirgi boblarida varoqlarini hoʻl qilishgacha bordim, bu yoʻqotish, ogʻriq emas, bu shunchaki hissiyot tomchilari edi. Bu menga oʻzimda yurak borligini qayta eslatayotgan edi.
Yaqinda Twitterda bittasi, badiiy kitobdan qandaydir maʼlumot olish kerak ekanligini, unday boʻlmasa oʻqish shart emas, uni oʻzi shu uchun ilmiy va diniy kitoblar oʻqishini aytibdi. Odamlar bilan tortishishmaslikni oʻrganayotganim(ancha eplayapman) uchun indamadim. Hammaning oʻz tanlovi, unga indamaymiz. Lekin agarda u mendan nimaga badiiy kitob oʻqiysan unda, nima foyda desa, shunchaki, "hissiyotlar uchun" deb javob bergan boʻlardim.
@nofalsafiy