Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Nofalsafiy fikrlar (20+)

nofalsafiy
Faqat fikrlashamiz! Murojaat: @Farhod_Azamov - "5 ta kam" jurnalist(ish boʻlsa yozinglar, ishsiz ham hozirda), kinomen, 82 foizli "romantik" Kino haqida - @bobilkinoteatri
Подписчики
2 395
24 часа
-2
30 дней
-24
Просмотры
3 134
ER
130,86%
Посты (30д)
2
Символов в посте
1 470
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Развлечения и медиа
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
September 07, 11:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Yashash-shin Ishtalin!” Muhammad Yusufning sovet senzurasini dovdiratgan asari
Qatʼiy senzuradan oʻtib, qonxoʻr dohiyni bitta satrda qanday tasvirlash mumkin? Nega uning mashhur sheʼri yillar davomida sahnada quloqqa qiyshiq kuylanib kelindi? “Uloqni doim olib ketgan” ijodkorning shuhrat ortidagi yashirin jangi va sirlari qanday edi? Yurak xuruji sabab minbardayoq jon bergan shoir o‘limi haqida oldindan bilganmidi? Ushbu savollarga quyidagi maqolada javob topamiz.
Batafsil —
https://daryo.uz/mgObnQwvg
👉
Obuna bo'ling —
@daryo_lotin

August 21, 08:11

Ignorantia juris non excusat.
Inson bu dunyoga kelgan lahzadanoq har bir harakati uchun o‘zi javobgar - Sartr
Oxirgi haftaning eng katta xabarlaridan biri - Lindsay Clancy sudi haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Eshitmagan boʻlsangiz, keling aytib beraman. Lindsay Clancy - 2023-yil yanvarida oʻzining 3 ta bolasini oʻldirishda ayblanib hibsga olingan anerikalik ayol. Unda tugʻruqdan keyingi ruhiy buzilish orqali depressiya paydo boʻlgan, uyqusizlik, kayfiyat buzilishi, qisqasi shular oqibatida, u 5 yoshli, 3 yoshli va 8 oylik bolalarini boʻynini sindirib oʻldirgan, oʻzini ham oʻldirmoqchi boʻlgan ammo ikkinchi qavatdan sakrash bunga yetarli boʻlmagan. Ushbu ish ustidan sud jarayonlari 3 yil davom etdi va bilasizmi nima, oxirida u aybsiz deb topildi. U qotil emas, kasal ekan.
Keling uni kasallik tarixini oʻrganib chiqamiz - u 2020-yilda ikkinchi farzandini dunyoga keltirgach, "tugʻruqdan keyingi psixoz" bilan kasallangan, lekin bu haqida hech qayerda qayd etilmagan, biror shifoxonada yoʻq, faqatgina unda ruhiy buzilish, toliqish va asab bilan muammosi borligi aytilgan. Bunday jiddiy kasallik odatda qayd etib boriladi. Ikkinchidan, sudga u 2022-yilda uchinchi farzandi tugʻruqidan soʻng kuchli depressiyaga tushgani, shu bilan yashayotgani haqida aytilgan, lekin bu ham qayd etilmagan. Bilasizmi yoʻqmi, depressiya bu sevgani tashab ketgandagi oddiy holat emas, balki eng jiddiy ruhiy kasalliklardan biri. Hattoki ushbu voqeadan bir kun oldin psixologi bilan gaplashganda ham, unda ushbu holat qayd etilmagan, psixolog uni miyasi joyida ekanligini aytgan, lekin doimgidek bechara ayol qiynalgan, lekin bu haqida aniq dalil yozilmagan. Qisqasi, AQSHdagi psixologik tashkilot uni kasal deb, ogʻir jazodan olib qoldi.
Xoʻsh, voqeaga birinchi munosabatim. Bir narsani tushunishimiz kerak, har qanday qilgan harakatimiz uchun javobgarlik boʻynimizda. Qanday ahvolda boʻlmaylik, qanday kayfiyatda boʻlmaylik, qornimiz ochmi farqi yoʻq, bu javobgarlikdan ozod qilmaydi. Keyin, bu yerda odam oʻldirish haqida gap ketyapti, 3 nafar tirik odamni, hayoti oldinda boʻlgani bolani oʻldirish haqida. Har qanday kasallik ham, bu qilingan ishni oqlamasligi kerak, chunki aynan shu "teshik"dan juda koʻpchilik, hatto bizda ham foydalanishadi, shundan voz kechish kerak.
Ikkinchi masala, eng yoqmaydigan joyi shu yerda - oʻtgan hafta boʻlib oʻtgan sudda, yuzlab(500 ga yaqin deganni, 1000+ deganni oʻqidim) ayollar koʻchaga chiqib, ayolni ozod etishni soʻrashdi, internetda ham minglab ayollar uni oqlab chiqmoqda? Qanday? Sen onasan, qanday qilib farzandlarini oʻldirgan odamni oqlashing mumkin? Ularni vajlari quyidagicha - ushbu kasallik ogʻir, shu uchun u oʻzida boʻlmagan va bu uchun aybdor emas ekan. Keyingi masala ham bor, juda koʻpchilik bunga uni eri aybdor, aslida shuni jazolash kerak degan ayollar ham chiqyapti, eng qizigʻi ayol erini oʻsha paytda atayin aptekaga chiqarib yuborgan ekanini tan olgan, qanday u aybdor boʻladi? Onasini emsin nimalar boʻlib ketyapti, toʻxtat sayyorani man tushib qolay.
Oʻzi shunaqa holatlarni oʻzimizda ham juda koʻp kuzatyapman, ayollar boshqa ayolni har qanaqa holatda ham qoʻllaydi, buni yaxshi tomoni koʻpdir, lekin san faqatgina uni organizmi saniki bilan bir xil boʻlgani uchun ahmoq gaplarini, oqlab boʻlmaydigan harakatlari tarafdori boʻlishing kerak emas. Miyangga majburan quyiladigan "oq liberal feminist" propagandasini chiqarib tashla. Sen shunchaki mavjud barcha erkakni yomon koʻrishing kerak emas, bu bilan hech narsa oʻzgarmaydi, shunchaki nafrat kuchaygani qoladi xolos. Miyasi instagram rilsdan iborat boʻlib qolgan avlod boʻlma. Oqlab boʻlmaydigan narsalar ham bor.
Ha, yana bilmadim
@nofalsafiy

June 23, 20:33

​​
Madrid shahrida tugʻilib, odamlar Atletiko yoki Realga emas, Xetafega muxlislik qilishini, butun umr oʻrtamiyona jamoa boʻlib turib ham, undan hech qachon voz kechmasligini koʻramiz. Buni sababi oddiy, chunki bu sen tugʻilib oʻsgan joyning jamoasi, qachonlardir faqat shu mahalla bollari oʻynagan klubda, hozir ham bolalar shu klub akademiyasiga boradi. Oʻzingnikida qisqasi.
Jahon chempionatida Oʻzbekistonga muxlislik qilish ham shunaqa, birinchi marta chiqdi, chempion boʻla olmasligini bilasan, ehtimol hamma oʻyinda magʻlub boʻlar, baribir unga muxlislik qilaverasan, chunki u Vatan jamoasi, chunki bu oʻzingnikilar, ular seni nomingdan qatnashmoqda chempionatda. Har bir outga tepib yuborilgan toʻpni golday nishonlaysan. Gol ursa bormi, ayni lahzada dunyoda sendan baxtli odam yoʻq, boshqa hech qayerda olish mumkin boʻlmagan hissiyotlarni olasan. Yutqazsa xafa boʻlasan, televizoringni sindirasan). Lekin 4 kundan keyin hech narsa boʻlmagandek yana hammasi boshidan boshlanadi. Oʻzingnikida.
Bugun yomon oʻynadik, ehtimol rostdan ham sharmanda boʻlgandirmiz. Ehtimol tarixdagi eng yaxshi toʻpurar bilan, ehtimol bu mavsumning eng yaxshi futbolchilari bilan oʻynaganimiz uchun ham oʻyin oʻxshamagandir. Ehtimol, "hamma ayb bollada"dir, endi buni ahamiyati yoʻq. Hech boʻlmasa golimiz hisobga olinganda ham boshqa gap edi-da (shu paytdagi emotsiyala videoda, hali oxiri nima boʻlishini bilmagandik)
Ronaldu har bir gol urganda u bilan birga "Siuuu" deya baqirganlarni, Portugaliya gollarini nishonlaganlarni koʻrib hayron qoldim, qanaqasiga bunaqa boʻlishi mumkin. Yoʻq bu vatanparvarlik emas, undanam boshqacha narsa, bu 38 million odam nomidan borgan 26 ta kishi, ular seni ifodalaydi, sen qanday qilib oʻzing turganda boshqani bunaqa oʻylashing mumkin, tushunmadim rosti.
Bugun alam bilan uxlaymiz, ertadan matematikani boshlaymiz, hali umid bor deyishyapti. Nimayam qilardik boshqa, oʻzimiznikilarku?
@nofalsafiy

April 20, 05:09

Bitta kinoda koʻrdim, unda kollejga ketishdan oldin qahramon oʻzidan katta kishidan, qanday qilib odamlar meni yoqtirib qolishlariga erisha olaman, deb soʻraydi. Javob shunday edi, odamlar bilan gaplash, ulardan oʻzlari haqida, ularning qiziqishlari haqida soʻra, buni oʻzingni gapirish navbatingni kutish uchun emas, ularga chin dildan qiziqqaningdan bajar, tinglashni oʻrgan.
Mana shu narsa aslida juda koʻp muammolarni yechsa kerak, chunki juda koʻpchilikda tinglash madaniyati yoʻq, ular faqat gapirishni istashadi. Ozgina "balandparvoz" tuyulishi mumkin, lekin man oʻylaymanki agarda shunchaki oʻtirib chin dildan gaplashib olinganda edi, juda koʻp urushlar boʻlmagan boʻlar edi. Bu narsa har qanday muammoni yechishi mumkin deb hisoblayman, oiladagi kichik janjaldan tortib, xalqaro ishlargacha, bor yoʻgʻi oʻtirib gaplashish va eng muhimi narigi tomonni tinglash kerak.
Shaxsiy xohishlar, muammolar kimda yoʻq, hamma oʻzinikini aytgisi kelaveradi, lekin hamma faqat aytmoqchi boʻlsa, kim eshitadi? Seni gaping kimgadir qiziq boʻlishini istasang, albatta oʻzing ham boshqalarga qiziqishing kerak emasmi?
Umrim davomida ehtimol eng koʻp eshitgan maqtovim - san yaxshi suhbatdoshsan, har doim tinglaysan, degani boʻlgan boʻsa kerak. Deyarli hamma qizdan eshitib chiqqanman). Oʻzimni maqtash tuyulishi mumkin, lekin man rostdan ham odamlarni eshitishni yaxshi koʻraman, chunki ularni eʼtibor bilan tinglasa, ular bitta voqeani emas butun hayoti haqida gapirayotgani seziladi, mana shu narsa yoqadi, balki shunchaki bir umr hikoyalarga qiziqqanim uchun ham boʻsa kerak, odamlarni yashab oʻtgan hayotidan yaxshiroq hikoya boʻlmasa kerak. Mayli, hech boʻlmasa endi, oʻzingga eng yoqadigan sifating deganda, nima javob berishni bilaman ekan.
@nofalsafiy

April 10, 12:23

📖
Adabiyot — bu so‘zlar jamlanmasi emas, balki inson qalbining sukutdagi izhoridir.
Ushbu kanalda buyuk mutafakkir Fyodor Dostoyevskiy ijodi chuqur ehtirom bilan yoritiladi.
Bu yerda har bir asar — tafakkurga chorlov, har bir satr — ma’naviy mulohazadir.
Dostoyevskiy sahifalarida inson o‘z vijdoni bilan yuzlashadi,
sukut ortida yashiringan haqiqatni his etadi,
va o‘z ruhining eng nozik qatlamlariga nazar tashlaydi.
Bu makon — shoshilmay o‘qishni, chuqur anglashni va ichki sukunatni qadrlovchilar uchundir.
👇
Marhamat, fikr va mushohada sari birga yo‘l olaylik.
@Mr_karamazov

February 28, 05:48

"Captain Fantastic"(2016) filmidan ota va 15 yoshli qizi oʻrtasida shunday suhbat kechadi:
- Nima oʻqiyapsan?
- Lolita
- Men bu kitobni oʻqishni aytmagandimku?
- Men jadvaldan oldinlab ketdim.
- Xoʻsh, fikrlar?
- Qiziq ekan.
- Qiziq - bu safsata degani, buni ishlatmasliging kerak, aniqroq gapir.
- Bu odamni oʻylantirib qoʻyadi.
- Yanada aniqroq
- Oʻqisam boʻladimi?!
- Faqat hozirgacha boʻlgan oʻqiganlaringdan xulosangni aytsang.
- Xoʻsh, bunda bir 12 yoshli qizni sevib qolgan qari odam tasvirlanadi.
- Bu syujet, xulosa emas.
- Xoʻsh, bu oʻsha odamning tilidan yozilgan, siz oʻqib uni hissiyotlarini tushunasiz va biroz unga nisbatan simpatiya uygʻonadi. Bir tomondan bu juda zoʻr, chunki oʻylab koʻrilsa aslida u pedofil, lekin uning sevgisi ham goʻzal. Ammo ana shu bizni aldaydi, chunki u aybdor odam. U qari va umuman olganda yosh qizni zoʻrlaydi. Bularni hammasi meni undan nafratlanishimga sabab boʻldi, biroq boshqa tomondan bir vaqtni oʻzida unga rahmim ham keldi
- Juda soz.
Shuning uchun ham hech qachon qaysidir kitob, kinoga nisbatan shunchaki "zerikarli" degan soʻzini ishlatganlarni jiddiy qabul qilmayman. Shunaqa gaplar.
@nofalsafiy

February 18, 14:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

@nofalsafiy

February 14, 05:55

Yaqinda bir tanishim, oʻz blogida kursdoshi oʻz joniga qasd qilgani haqida yozgan edi. Oʻsha paytda tezda oʻtkazib yubordim, lekin 3-4 soatdan keyin qaytib, uni rasmlariga qaradim, hammasi joyida edi suratda, kulib turgan yuzlar. Sababi nima ekanligini bilmayman, lekin uni ustidan hukm chiqarish ham menga emas deb hisoblayman.
Kecha koʻpchilikdan shu haqida soʻragandim, nima odamni oʻzida bor eng qadrli narsa - hayotidan kechishga majbur qila oladi? Har xil javoblar. Meni javobim esa - nafrat. Qachonki barcha narsani oʻrni nafratga almashganda, senda boshqa tanlov qolmaydi goʻyo. Atrofga boʻlgan, odamlarga boʻlgan, qilayotgan ishing, yeydigan ovqating, oʻzingga boʻlgan nafrat. Men har doim qoʻrqadigan narsa, barcha narsani bir kuni yomon koʻrib qolishim. Hech narsa menga avvalgidek quvonch bermay qoʻyishi. Shunday lahzalarda bizni qutqaradigan kuch - muhabbat.
Shu uchun bir narsani unutmaslik kerak, nima boʻlganda ham har doim baxtli boʻlish uchun sabab yetarli, har qanday kichik narsadan ham lazzat olish mumkin kishi, koʻchada koʻrib qolgan bolakayni kulib qarashi ham yordam beradi hatto, atrofingdagi eng yaqinlaring ham foyda bermaganida. Bir narsani tushunish kerak, biz hech qachon yaxshi odam boʻla olmaymiz, barchamizni hech kimga aytmaydigan, har doim qiynalib yashaydigan dahshatli gunohlarimiz bor, bular bizni butun umr taqib qilib oʻtadi. Lekin endi buni oʻzgartib boʻlmaydi, shunchaki boricha qarash kerak hammasiga. Yaxshi odam boʻla olmaysan, lekin bu yaxshi odam boʻlishga harakat qilishga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
Oʻtlab ketdim yana. Bugun rasmiy, norasmiy bilmadim, lekin koʻpchilik uchun sevgi kuni. Sevgi deganda juda kichik narsani tushunamiz biz, aslida u ulkan, hech qachon oxirigacha yetib boʻlmaydigan narsa, u har bir qadamimizda, har bir qilgan ishimizda. Bugun shanba, koʻpchilik uchun dam olish kuni. Eng ideal sevgi kunini - oʻzimiz eng sevgan ish bilan shugʻullanish eng yaxshi bayram boʻlib beradi.
Hali qalbimizni nafrat egallab olmagan ekan, har doim sevgiga joy topilaveradi. Bu tuygʻu esa bizda bor eng oliysi, shunchaki bundan toʻgʻri foydalanishning bilish kerak xolos.
@nofalsafiy

February 08, 12:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2026 yilda ham oʻqishga kirgani bilan maqtanishyapti ekan. Allaqachon obroʻyi qomagan deb oʻylardim, unaqa emasga oʻxshaydi.
Va albatta qonun ustuvorligi (ustunligi emas) uchun yuristlarga rahmat aytishni unutmang.
@nofalsafiy

February 07, 02:22

Hayotning maʼnosi nima? Agar 50 yilcha oldin qilingan xulosaga ishonsak, hayoting maʼnosi bu - 42. Nega ekanligini oʻzim ham toʻliq tushunmasam ham, super kompyuter shunday degan, ishonamanda albatta. Yoki siz boshqa narsaga ishonasizmi? Mana shu ishonchgina men va qoʻshnim Ulugʻbek aka oʻrtasidagi farqni belgilab beradi, bizning bugun hayotimiz aslida nimaga ishonishimizga bogʻliq narsa.
XXI asrda barchasi oʻzgarib ketdi, endi odam oʻzi xohlagan narsasiga ishona oladi, oʻzi xohlagan dinga eʼtiqod qiladi yoki umuman hech qaysi biriga ishonmaydi, oʻzi istagan ish bilan shugʻullanadi, bu yoqmasa 2 oydan keyin oʻzgartiradi, buyam yoqmasa yana boshqasiga oʻta oladi, restoranga kirib ovqat tanlashga 1 soat vaqtini sarflaydi, Toshkent osh yoki Samarqand osh, buni ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak axir. Deyarli barcha konstitutsiyalarda eng muhim qonun deb "soʻz huquqi" aytiladi, lekin men biz uchun eng katta huquq - tanlov huquqi degan boʻlardim, chunki biz hayotimizda eng kichik detallar oldida ham tanlov huquqiga ega ilk avlodmiz, har doim ham buni toʻgʻri bajarmayotgan boʻlsakda(uzr, birinchi marta yashayapmiz axir).
Lekin savol tugʻiladi, buni rostdan ham oʻzimiz tanlayapmizmi? Uzr, yomon xabar bor, menimcha yoʻq. Bizni tanlashga "majburlashyapti". Avvallari faqat davlat majburlagan boʻlsa, endi xususiy institutlar bu ish bilan shugʻullanmoqda va menimcha bu avvalgisidan ham qoʻrqinchliroq, chunki oldin shunchaki nima qilishing kerakligini bilgansan, lekin endi sen bilan hech kim hisoblashmaydi, hamma sening ong ostingga taʼsir qilish orqali ishini bajaradi, reklamalar, bannerlar, filmlardagi propaganda. Menimcha hamma hayotida bir marta boʻlsa ham uzumdagi umuman keraksiz artefaktni sotib olib, keyin bundan afsuslangan.
Mening oʻz gʻoyam, oʻz prinsiplarim bor deymiz. Yana bir yomon xabar, bu sening gʻoyang emas, bu qachonlardir kimlar tomonidan belgilab ketilgan narsa, sen shunchaki unda oʻzingni qulay his qilgansan yoki shu yoʻlni toʻgʻri deb bilgansan(oʻzingni aldama, senga shu yoʻl toʻgʻri deb uqtirishgan). Erkinlikka qanchalik erishganimiz sari, aslida bu bizni yanada qaram qilib qoʻyishini endi sezyapmiz. Dunyodagi eng baxtli mamlakatlar, dunyodagi eng koʻp suitsid sodir boʻladigan davlatlar ekani ham bor gap. Kino maktablarida, filmda har doim muammo boʻlishi kerak deb oʻrgatiladi, hayotda ham, boʻlmasa undan maʼno qolmaydi ekan.
Gugldan, hayotning maʼnosi nima, deb soʻraganimda, dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartirish deb javob berdi, bu kimni gʻoyasi, boshida kim turibdi bilmadimu, lekin men shu odamni gʻoyasini hozircha oʻzimga qabul qilib turaman, baribir nimanidir tanlashim kerak edi. Darvoqe, sening hayotingni maʼnosi nima, hech boʻlmasa oʻzing bilasanmi buni?
@nofalsafiy