Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Orif Tolib

oriftolib

Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.
Reklama boʻyicha:
👉
https://is.gd/elonlar
Boshqa sahifalarimiz:
👉
https://taplink.cc/oriftolib
Muallif haqida:
👉
https://oriftolib.uz/?p=575
Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.

Subscribers
12 600
Post views
6 297
ER
49,98%
Posts
4 512
October 29, 09:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Boshingni silab turib, koʻzingni oʻyib oladi-ya!
Sinhal maqoli
@oriftolib
|
Boshqa sahifalarimiz

October 28, 17:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sogʻlom fikrini ijaraga berib qoʻygan.
Slovak maqoli
@oriftolib
|
Boshqa sahifalarimiz

October 28, 14:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum. Adabiy davraga xush kelibsiz!
Biz bu yerda o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi va eng yangi asarlarini birgalikda o‘qib muhokama qilamiz.
Siz bu yerda:
🔸
mulohazalaringizni to‘g‘ridan to‘g‘ri muallifga yetkazish,
🔸
adabiyotshunoslar tahlilini bevosita eshitish,
🔸
boshqa kitobsevarlar bilan erkin fikr almashish imkoniga ega bo‘lasiz.
Ilk davrada yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning qizg‘in bahslarga sabab bo‘layotgan yangi asari – “Qahr” qissasi haqida suhbatlashamiz
(“Sharq yulduzi” jurnalining 2025-yil 1-sonida chiqqan). Tadbirda muallifning o‘zi va adabiyotshunoslar ham qatnashadi.
Vaqt:
31-oktabr soat 19:00.
Manzil:
“Oltin Manas” restorani.
To‘lov:
100 ming so‘m (bir martalik).
To‘lovni 5614 6830 0823 8115 (F.Jabborov) karta raqamiga o‘tkazib,
@adabiy_club_bot
manziliga yuboring. Shundan so‘ng sizga qissaning elektron varianti taqdim etiladi.
❗️
Eslatma:
kirish faqat ro‘yxat asosida. Joy cheklangan.
@adabiy_klub

October 27, 15:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Brend nomlari qachon bosh harfda yoziladi?
Deyarli har kuni “Bolaga
pampers
kiydir” yoki “Rasmlarni
telegramdan
joʻnating” kabi jumlalarni ishlatamiz. Aslida
Pampers
va
Telegram
– brend nomlari. Xoʻsh, ularni qachon bosh harfda yozish kerak?
Qoida oddiy: agar aynan
kompaniya, uning mahsuloti yoki rasmiy platformasi
ni atoqli ot sifatida nazarda tutsangiz, u bosh harf bilan yoziladi.
Oʻtgan hafta “
Pampers”
tagliklarining yangi turi chiqdi.
Bilsangiz kerak,
“Jeep”
avtomobili dastlab harbiylar uchun ishlab chiqilgan.
Koʻpchiligimiz foydalanadigan
“Telegram”
messenjeriga Pavel Durov asos solgan.
❗️
Ingliz tili taʼsirida
Telegram, Instagram, Google
kabi nomlarni qoʻshtirnoqsiz yozish ommalashdi. Soʻzlar oʻzbekcha boʻlmagani va atoqli ot ekani bilinib turgani uchun bu shakli ham xato emas deb hisoblayman:
Koʻpchiligimiz foydalanadigan Telegram messenjeriga Pavel Durov asos solgan.
Xoʻsh, bu nomlar qachon kichik harf bilan yoziladi? Bu haqda keyingi postlarda gaplashamiz.
@oriftolib
|
Boshqa sahifalarimiz

October 23, 16:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Pul belgilari qanday yoziladi?
Xalqaro savdo, onlayn xaridlar va global yangiliklar tufayli matnlarimizda
dollar
($), yevro (€),
funt sterling
(£) kabi valyutalarning belgilari ham tez-tez uchrayapti. Biroq ularni yozishda hozircha yagona qoida yoʻq. Belgi raqamdan oldin yoziladimi yoki keyin? Orada boʻsh joy qoldiriladimi? Ularga oʻzbekcha qoʻshimchalar qanday qoʻshiladi?
Jahon amaliyotida pul belgilarini yozishning ikki xil anʼanasi bor: ingliz tilidagi
$100
va aksariyat Yevropa tillaridagi
100 $
shakli.
Oʻzbek tili uchun qaysi biri maʼqul ekanini tanlashda oʻzbekcha imlo mantigʻiga tayanamiz. Eslang, biz boshqa belgili birikmalarni doim bir xil qolipda
yozamiz
:
10 ta, 70 kg, +25 °C
. Barcha holatlarda oldin son, keyin uni aniqlovchi belgi keladi. Valyuta belgilari uchun ham
son → belgi
qolipini qoʻllash imlo tizimimizda mantiqiy izchillikni taʼminlaydi. Bu usul birikmaning oʻqilishiga ham mos keladi: 100 $ – yuz dollar.
Shu sababli
belgini raqamdan keyin yozish eng maʼqul yechimdir.
Qoʻshimchalar belgidan keyin, boʻsh joy bilan ajratib yoziladi.
📌
Demak:
Narxi 100 $ ga ham bormas ekan.
✔️
Ular 5000 € lik shartnoma imzoladi.
✔️
Hisobimga 50 £ dan koʻproq pul tushdi.
✔️
Narxi $100 ga ham bormas ekan.

Ular 5000 €lik shartnoma imzoladi.

Hisobimga 50£dan koʻproq pul tushdi.

@oriftolib
|
Boshqa sahifalarimiz

October 23, 15:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Turarjoylar nomi va bino pasportlari oʻzbekcha boʻlishi zarur
Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorga
koʻra
, 2026-yil 1-yanvardan boshlab turarjoy majmualarini qurishda obyekt nomi davlat tilida bo‘ladi, bunda davlat tili qoida va talablariga rioya etilishi zarur.
Qurilish obyektlari loyihalari aks etgan
bino
pasporti, peshlavhasi, qurilish maydonlari atrofigidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar, shu jumladan, reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida yoziladi.
@oriftolib
|
Boshqa sahifalarimiz

October 23, 08:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔥
🔥
🔥
"Eng yaxshi filolog" tanlovining ikkinchi davra g‘oliblari aniqlandi
Hakamlar hay’ati
"Til va adabiyot ta'limi"
hamda "Filologiya va pedagogika" jurnallarining
2025-yil 4–5-sonlarida
chop etilgan maqolalarni tanlov nizomi asosida baholadi.

G‘oliblar
1000 000 so‘m
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovda faol qatnashing! Navbatdagi g‘olib aynan Siz bo‘lishingiz mumkin.
🌐
Sayt
✈️
Telegram

Murojaat

Muhokama

October 21, 12:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Kelajak soati” darslari oʻzbek tili mavzusiga bagʻishlandi
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan taʼlim dargohlarida “Kelajak soati” darslari oʻzbek tili mavzusiga bagʻishlandi.
Men ham bu darslarda qatnashdim. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10-sinf oʻquvchilari bilan ona tilimizning qadr-qimmati, boyligi, uni rivojlantirish, raqamli dunyodagi oʻrni va mavqeini mustahkamlash haqida suhbatlashdik.
@oriftolib
|
Boshqa sahifalarimiz

October 21, 10:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

“E Voh” oʻzbek tili va adabiyoti olimpiadasi oltin medaliga Mansur Siddiqov sazovor boʻldi
Toshkent shahridagi “Sodiq School” maktabi oʻqituvchisi 30 mln soʻm pul mukofoti bilan
taqdirlandi.
@oriftolib
|
Boshqa sahifalarimiz

October 21, 05:00

Oʻzbek tili bayrami kuni qutlugʻ boʻlsin!
Tilimiz rivojlanib, qamrovi kengayib, martabasi oshib boraversin.
@oriftolib
|
Boshqa sahifalarimiz