
Orif Tolib
macOS va Windows uçun yangi terilma tayyor!
Ö, Ğ, Ş, Ç harflari va tutuq belgisini boşqa harflarga tegmasdan, qulay tarzda joylaştirişga harakat qildik.
Örnatib köring:
tilmoch.ai/terilmalar
Telefonlar (iOS va Android) uçun ham tez orada çiqadi.
Juda köp ahmoqgarçiliklarni qilmaslik uçun bir neçta kerakli işni bajariş zarur xolos.
—
Uorren Baffet
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Yangilangan imloga ötyapman
Bugundan kompyuterga
terilma
örnatdim va yangilangan alifboda yozişni boşladim. Töğri, baʼzan törtta harfni eskiça yozib yuboryapman. Lekin bu – vaqt masalasi, asta-sekin hammasi izga tuşadi.
Kanalda postlarni ham yangilangan imloda eʼlon qilaman.
Android uçun sifatli terilma çiqsa, telefonda ham
ö, ğ, ş, ç
bilan yozişga ötaman. Bitta harf bilan yoziş ançagina qulay, şu vaqtgaça qiynagan bir neçta muammo endi yöq. Biryöla
h
va
x
ni birlaştirib, tutuq belgisidan ham qutulganimizda zör bölardi. Ammo bunday bölmadi. Shunga qaramay, yangilangan alifbo amaldagisidan baribir
afzal
.
Siz yangilangan alifboga ötdingizmi?
😎
– ha, allaqaçon
✍️
– olti oydan keyin ötaman
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Milliy sertifikat imtihonida amaldagi alifbodan foydalaniladi
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida qaysi alifbodan foydalanilishi haqida
rasmiy maʼlumot
berildi.
2026-yil 24–26-oktyabr kunlari boʻlib oʻtayotgan sinovlarda test materiallari amaldagi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlangan. Shuningdek, ochiq turdagi test topshiriqlarining javoblari va
esselar
ham amaldagi alifboda yozilishi kerak.
Bu qarorga yangilangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun 6 oydan soʻng kuchga kirishi belgilangani asos qilib keltirilgan.
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Oʻtga tushgan suvarakday yuguradi-ya!
—
Meksikan xalq maqoli
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Mardlik bu tub-tubigacha his etilgan masʼuliyatdir.
—
Pyotr Pavlenko
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Ob-tobidagi ob-havo
Kuniga necha marta ob-havoga qiziqamiz? Ertalab telefondan, kechqurun televizordan tekshirib qoʻyamiz.
Havo
– tanish soʻz. Lekin
ob
nima degani? Forschadan oz-moz xabari bor odam uning maʼnosini biladi
–
suv
degani.
Ob-havo
soʻzma-soʻz
suv va havo
mazmunini beradi. Juftning yarmi forschadan, yarmi arabchadan kelgan.
Ob
ni yakka holda bugun deyarli ishlatmaymiz. Bu soʻz forschadan kirgan yaxlit atamalar ichida yashab qolgan:
obihayot
–
hayot suvi
,
obirahmat
–
xayr-baraka suvi
, yaʼni yomgʻir. Yigʻi-sigʻi, koʻzyosh qilish maʼnosidagi
obidiyda
ham forscha
suv
va
koʻz
soʻzlaridan tuzilgan –
koʻz suvi
degani.
Biror ish yoki narsa pishib yetilsa,
ob-tobi
ga keladi. Bu soʻzning boshida ham oʻsha
suv
turibdi. Oldin suv bilan ishlagan, suv kuchi bilan yurgizilgan sholi oqlovchi qurilmalar boʻlgan, ular
objuvoz
deyilgan. Hozir ular elektr bilan ishlaydi, lekin nomida
suv
maʼnosi qolib ketgan.
Suv
deganda odamning xayoliga serobchilik, moʻl-koʻlchilik keladi. Hatto
serob
soʻzining tomirlarida ham suv oqadi, uning lugʻaviy maʼnosi –
suvi koʻp
.
Ob
soʻzi tilimizga chuqur singib ketganidan baʼzan ortiqcha qoʻllab yuborganimizni ham sezmaymiz. “Suv bu – obihayot” deymiz. Aslida bu gapimiz bilan “Suv bu – tiriklik suvi” degan boʻlamiz. Ammo u xato emas. Chunki bunday ifoda allaqachon gʻalati mashhurga aylanib ulgurgan. Gʻalati mashhur
nima ekanini
esa bilasiz.
👉
Toʻliq oʻqish
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Ikkita birni yonma-yon qoʻysang, oʻn bir boʻladi.
—
Hind xalq maqoli
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Oʻzlari ham adashib qoladigan egizaklar
Slovakiya
va
Sloveniya
– Yevropa xaritasidagi eng mashhur egizaklar. Ikkalasi ham slavyanlarning qadimgi umumiy nomi
slověne
dan kelib chiqqan. Bu ikki davlat bilan bogʻliq atamalarda chalkashlik avj pardalarga chiqqan:
slovaklar
oʻz tilini
slovenčina
, slovenlar esa
slovenščina
deydi, ikkala tilda ham oʻz millatiga mansub ayol
slovenka
deb ataladi. Slovakiyaning oʻz tilidagi nomi esa –
Slovensko
.
Nomning ildizi haqida olimlar bir fikrga kelmagan. Keng tarqalgan farazga koʻra,
slověne
nomi
slovo
–
soʻz
bilan bogʻliq. Yaʼni slovenlar – tushunarli soʻzlaydiganlar degani. Qoʻshni germanlarni esa slavyanlar
nemets
–
soqov, gapi tushunarsiz
deb atagan. Rus tilining mashhur etimologik lugʻati muallifi Maks Fasmer yozishicha, slavyanlar oʻz tillarini tushunmaydigan, goʻyo soqovdek koʻrinadigan barcha ajnabiylarga shunday nom bergan. Ammo
slověne
nomining oʻzini Fasmer
slovo
bilan emas, biror daryo yoki joy nomi bilan bogʻlashga moyil boʻlgan.
Slovakiya va Sloveniya bilan bogʻliq atamalardagi chalkashliklar sabab “Bu ikki davlat elchixonalari oyiga bir marta uchrashib, oʻzlariga adashib kelib qolgan xatlarni almashadi” degan
latifa
ham yuradi. Lekin bu gapning tagida bir chimdim haqiqat bor. 1990-yillarda Londondagi Sloveniya elchixonasida ishlagan diplomat Borut Zunichning aytishicha, u yerga adashib yuborilgan xatlar anchagina kelgan, xodimlar ularni katta konvertga yigʻib, Slovakiya elchixonasiga vaqti-vaqti bilan joʻnatib turgan.
👉
Toʻliq oʻqish
@oriftolib
|
Sahifalarimiz