
Orif Tolib
Oʻz xatolarimizni nega koʻrmaymiz?
Yozgan matningizni qayta-qayta oʻqisangiz ham, undagi xatolar va gʻalizliklarni sezmay oʻtkazib yuborganmisiz? Bunga mutaxassislar
muallif koʻrligi
deb ataydigan hodisa sabab boʻladi.
Miya matnni oʻqiyotganda ekrandagi yoki qogʻozdagi harflarni emas, xotirada tayyor turgan
fikrni
oʻqiydi. Xatolarni esa beixtiyor toʻgʻrilab ketadi.
Ushbu holatni yengish va matnni yaxshi
tahrir
qilish uchun 3 ta amaliy usuldan foydalaning.
Ovoz chiqarib oʻqing.
Miya eshitish orqali matndagi gʻalizliklarni koʻzga qaraganda ancha tez ilgʻaydi.
Vizual formatni oʻzgartiring.
Shriftni yoki uning rangini almashtiring, yaxshisi – matnni
qogʻozga
chiqarib tahrirlang.
Teskari oʻqing.
Matnni oxirgi xatboshidan boshlab oʻqish miyadagi mantiqiy avtomatizmni buzadi.
Bu usullardan foydalanib koʻrganmisiz?
😎
– ha, foydalanaman
✍️
– yoʻq, endi sinab koʻraman
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Odamning dunyoqarashi faqat kitoblar bilan boyimaydi. Olimlar, soha egalarining suhbatlaridan ham bahramand boʻlib turish kerak.
Oyina.uz
ana shunday xayrli ish boshlabdi – “Oʻzlik” kurslarini yoʻlga qoʻyibdi.
Tashkilotchilarning aytishicha, loyiha besh oyga moʻljallangan. Har haftada bittadan dars-seminar oʻtkaziladi. Tarix, folklor, til, adabiyot, dramaturgiya, falsafa yoʻnalishlarida olimlar, tadqiqotchilar dars berishadi.
Birinchi dars 12-iyun juma kuni 19:00 da ekan. Kirish bepul.
Albatta foydalaning.
Manzil:
“Renessans” kino uyi
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Qavslar va tinish belgilari
Matnda qavs va boshqa tinish belgilari ketma-ket kelganda chalkashmaslik uchun uchta oddiy qoidani eslab qoling.
1️⃣
Qavs gap tarkibida boʻlsa.
Vergul
va nuqtani qavsning ichiga qoʻymang. Ular har doim
yopiluvchi qavsdan
keyin keladi. Qavs ichidagi matn (hatto alohida gap boʻlsa ham) kichik harf bilan boshlanadi.
Xaridorlarimiz uchun shirinliklar (pechenye, shokolad)
,
mevalar xarid qildik.
Mart oyi hisoboti tayyor (uni xatga biriktirdik)
.
2️⃣
Qavs ichi alohida gap boʻlsa.
Agar qavsdagi izoh ikki gap oʻrtasida, butunlay mustaqil kelsa, uni bosh harf bilan boshlang. Nuqtani esa
qavsning ichiga
(yopilishidan oldin) qoʻying. Tashqarida hech qanday belgi qolmaydi.
Savdo hajmi keskin oshdi. (Batafsil jadvalni ilovada koʻrishingiz mumkin
.
) Biz oʻsishda davom etamiz.
3️⃣
Soʻroq va undov belgilari.
Hayajon
yoki soʻroq faqat qavs ichidagi fikrga tegishli boʻlsa, bu belgilar doim
qavsning ichida
qoladi.
U vaqtida kelishga vaʼda bergan edi (nahotki rost boʻlsa
?
), lekin kechikdi.
Bu qoidalarni bilarmidingiz?
✍️
– ha, bilardim
🤔
– endi bilib oldim
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Nega germaniyaliklarni “nemis” yoki “olmon” deymiz?
Oʻzbek tilida bu xalqqa nisbatan ikki xil nom ishlatiladi. Ularning asl maʼnosi nima? Nega aynan shu soʻzlarni ishlatamiz?
1️⃣
Nemis.
Bu nom rus tili orqali kirib kelgan. Ruslar qadimda oʻz tilini tushunmaydigan barcha chet elliklarni
немой
–
soqov, gapira olmaydigan
soʻzi asosida
немец
deb ataganlar. Vaqt oʻtib, bu soʻz faqat Germaniya aholisiga nisbatan
qoʻllangan
.
2️⃣
Olmon.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida, xususan, jadidlar tilimizda koʻproq
olmon
soʻzini ishlatishgan. Qardosh turklar ham ularni hozirgacha
alman
deb ataydi. Bu nom qadimgi german qabilalari ittifoqi – alemannlar,
yaʼni
fransuzcha
allemand
nomidan olingan.
Nemislarning oʻzlari esa oʻzini
deutsche
(
xalqqa mansub
) deb atashadi.
Sizga qaysi nom koʻproq yoqadi:
olmon –
🔥
nemis –
😎
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
🤩
UZOQ KUTILGAN GURUH NIHOYAT OCHILDI!
Shaxsan
G‘ulomjon Sobirov
ustozning o‘zlari tomonidan
0dan turk tili
guruhlariga qabul ochildi
📚
✨
Bu — oddiy kurs emas, balki natija berishga kafolatlaydigan kurs.
⏰
Kunlar: Dushanba, chorshanba, juma
🕘
09:00 – 10:30
🕥
10:30 – 12:00
📍
Novza filiali
🔥
Agar siz turk tilini o'rganib natijaga chiqishni istasangiz, bu guruhga qo'shilishingiz kerak.
✍️
Kursga yozilish uchun:
📥
@HilalEdu
📞
+998555197878
@hiloledu_uz
"Peshqadam karvoni" loyihasida tarjimonlar, mualliflar, muharrir-musahhihlar va sohaga qiziquvchilar bilan oʻtkazgan
suhbatimizning
video varianti eʼlon qilinibdi.
📹
To‘liq videoni tomosha qilish:
https://youtu.be/vN66jvTJlUo
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Qoʻshtirnoqdan keyin nuqta qoʻyiladimi?
Gap oxirida
qoʻshtirnoq
va boshqa tinish belgilari toʻqnashganda chalkashmaslik uchun ikkita oddiy qoidani eslab qoling.
1️⃣
Nuqta qoʻyilmaydi.
Qoʻshtirnoq ichidagi matn mustaqil koʻchirma gap boʻlib, soʻroq (?), undov (!) yoki koʻp nuqta (…) bilan tugasa, qoʻshtirnoqdan keyin nuqta qoʻyilmaydi:
U sekin soʻradi: “Nima qilamiz?”
Men unga qarab baqirdim: “Tezroq yursang-chi!”
Beixtiyor pichirladi: “Iye, qiziq…”
2️⃣
Nuqta qoʻyilishi shart.
Agar gap oxirida kelgan qoʻshtirnoq ichidagi qism koʻchirma gap emas, biror
nom, yozuv yoki shior
boʻlsa va soʻroq
yoki
undov belgisi bilan tugasa, qoʻshtirnoqdan keyin albatta nuqta qoʻyiladi:
Eng sevimli koʻrsatuvim – “Nima? Qayerda? Qachon?”.
Agata Kristi asari – “Va uning ortidan sukunat...”.
Ofisimiz eshigiga osib qoʻyilgan yozuv – “Xush kelibsiz!”.
Sodda tushuntiradigan boʻlsam:
koʻchirma gap oʻz holicha alohida gap, shuning uchun uning belgisi butun fikrni yakunlaydi. Nomlar va yozuvlar esa gapning shunchaki bir boʻlagi (soʻzi)
xolos
. Shuning uchun darak gap tugaganini bildirish uchun oxiriga baribir nuqta qoʻyamiz.
Foydali boʻldi –
⚡️
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
Oʻquvchi kalkulyator emas: faktlarni qanday yozish kerak?
Matnda yutuqlarni koʻrsatmoqchimisiz? Unda oʻquvchini kalkulyatorga aylantirmang.
❌
Xato:
Yangi ilovamizni yuklab olgan 3 500 kishining 68% i
pulli obunani
xarid qildi.
✅
Toʻgʻri:
Yangi ilovamizni yuklab olgan 3 500 kishidan 2 380 nafari pulli obunani xarid qildi.
Nega bunday?
Inson miyasi tabiatan ortiqcha zoʻriqishdan qochadi. Hech kim oʻqishdan toʻxtab, “3500 ning 68 foizi qancha boʻlarkan?” deb hisob-kitob qilmaydi, hatto xayolan xomchoʻt qilishga ham erinadi. Diqqat shunchaki keyingi qatorga sakrab oʻtib ketadi.
Oqibatda real natijani koʻrsatadigan fakt mavhum statistikaga aylanadi va hech qanday
taassurot
qoldirmaydi. Ammo
2 380 kishi
deb raqam koʻrsatganingizda odamlar aniq miqyosni, tirik mijozlarni tasavvur qila oladi.
Qissadan hissa:
bunaqa oʻrinlarda matematik amallarni oʻquvchining oʻrniga oʻzingiz bajaring. Matnda ularga tayyor raqamlarni bering.
Foydali boʻldi –
🔥
@oriftolib
|
Sahifalarimiz
🏦
1-iyun — bolalar uchun maxsus kun!
Bugungi raqamli dunyoda bolalar nafaqat moliyaviy bilimga, balki
kiberxavfsizlik madaniyatiga
ham ega bo‘lishi muhim. Shu munosabat bilan bolajonlarimiz uchun ilk bor maxsus komiks va videorolik tayyorladik.
Komiks orqali bolalar internetda xavfsiz harakat qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, firibgarlikdan ehtiyot bo‘lish va raqamli moliyaviy xizmatlardan to‘g‘ri foydalanish haqida sodda va qiziqarli tarzda bilib olishlari mumkin.
Farzandlaringiz bilan birga o‘qing, muhokama qiling va yaqinlaringiz bilan ulashing.
🔗
Komiksni yuklab olish
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Youtube
| Linkedin
| X
Eng muhimi, PhD dasturlarining fokusi oʻzgarishi kerak. Doktorantura taʼlimi shunchaki dissertatsiya yoki maqolalardan iborat emas.
Asosiy “mahsulot” – bu tadqiqotchining oʻzi, yaʼni kelajakda bilimlarni yaratadigan insondir.
Bir talay qogʻozlar va “amaliyotga joriy etilgani haqida”gi maʼlumotnomalarni talab qilish emas, shaxsni rivojlantirish kerak. Q1 yoki Q2 darajasidagi jurnallarda maqola chop etish kabi yangi talablarni joriy etish muammoning yechimi emas.
Bu iqtibos
gazeta.uz
da eʼlon qilingan “
Shaxsga ishonchsizlik va byurokratiya. Oʻzbekistonda doktorantura rivojlanishiga nima toʻsqinlik qilyapti? Qobil Roʻziyev bilan intervyu”
dan. Bu intervyu ilmiy tadqiqot oʻtkazish va uni himoya qilish tizimi haqida oxirgi paytlarda oʻqigan eng yaxshi materiallarimdan biri boʻldi.
Oʻqing va mulohaza qiling:
👉
https://www.gazeta.uz/oz/2026/05/20/state-of-science-uzbekistan/
@oriftolib
|
Sahifalarimiz