Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

OTFIV| ANDIJON RASMIY

otfivandijonuz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyat boshqarmasi Matbuot xizmatining telegram kanali

Subscribers
1 010
Post views
411
ER
39,6%
Posts
19 074
July 23, 17:18
Media unavailable
7
Show in Telegram

Izboskan tuman “Yuqori hosil” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Andijon viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan Izboskan tuman “Yuqori hosil” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi. Murojaatlarning bir qismi shu yerning o‘zida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Sayyor qabulda mahalla faollari, tuman hokimligi vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Ushbu uchrashuv fuqarolarning muammolarini bevosita joyida eshitish va ularga tezkor yechim topish imkonini berdi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
otfivandijon
|

July 23, 13:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Бугун вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов қўрғонтепалик ишсиз ёшлар билан очиқ мулоқот ўтказди.
Унда ёшларни иш билан таъминлаш, уларни касб-ҳунарга ўргатиш, тадбиркорликка йўналтириш масалалари муҳокама қилинди.
Учрашув давомида ёшлар ўз муаммолари, таклиф ва ташаббуслари юзасидан сўз олдм. Вилоят ҳокими уларнинг ҳар бир саволига атрофлича жавоб бериб, амалдаги имкониятлардан самарали фойдаланиш, бандлик дастурлари орқали уларни иш билан таъминлаш бўйича мутасаддиларига тегишли кўрсатмалар берди.
Тадбир якунлангач, ёшлар учун алоҳида йўналишдаги лойиҳалар асосида иш ўринлари яратиш ва уларни қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари белгиланди.
Andijan.uz|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

July 23, 12:07
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

“DOLZARB 90 KUNLIK” DOIRASIDA "KITOBXON YOZ-2025!" LOYIHASI
Andijon pedagogika texnikumida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida "
KITOBXON YOZ-2025
" loyihasi bo‘yicha kitobxonlikni targ‘ib etish, kitobsevarlar safini kengaytirish maqsadiga qaratilgan "kitobxon tanlovi" tashkil etildl.
Taʼtil davrida o‘qilgan kitoblar asosida tizilgan "
Aql daraxti
"dagi savollarga tezkor javob berish, kitoblar sahifalarini rasm bo‘laklaridan tiklash, aqliy faollikni oshirishga qaratilgan maxsus raqamli savollarga javob berish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov qiziqarli lahzalarga boy bo‘ldi.
Mazkur "
Kitobxon yoz-2025
" loyihasi yuzasidan o‘tkazilgan tanlov tadbirida g‘oliblar yoki mag‘lublar bo‘lmadi, balki kitobsevarlar o‘rtasidagi do‘stlik g‘alaba qozondi.
Bizni kuzating
🌐
otfivandijon
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

July 23, 07:00
Media unavailable
10
Show in Telegram

Andijon tumani hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Andijon tumani hokimi
Boburjon Yuldashev
rahbarligida tumandagi tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida tumanimizdagi
yoshlar bilan uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.
Andijon tumani 1-son politexnikum o'quvchi yoshlari ham ushbu yig'lishda ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan dolzarb muammolar, shuningdek, taklif va tashabbuslarini ochiq bildirishdi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, muammolar yechimini nazoratga olish, ularning ijrosi yuzasidan axborot berib borish zarurligi ta’kidlandi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda tuman hokimi yoshlarni faol bo‘lishga, jamiyat hayotida munosib ishtirok etishga undadi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani mustahkamlab, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

July 23, 06:01
Media unavailable
10
Show in Telegram

🔥
Dolzarb “90 kun” loyihasi doirasida “Yosh avtomobilchilar” to‘garagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tmoqda
Asaka tuman 2-son politexnikumida “Yosh avtobobilchilar” to‘garagi doirasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar “Gaz taqsimlash mexanizmini qismlarga ajratib, yig‘ish” mavzusida nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashdi.
Mashg‘ulotni to‘garak rahbari Mirzayev Fazliddin olib bordi. U o‘quvchilarga har bir detalning vazifasi, ularning o‘zaro bog‘liqligi va to‘g‘ri yig‘ish texnologiyasini batafsil tushuntirdi.
Mazkur dars o‘quvchilarda texnik tafakkurni rivojlantirish, ularni kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
otfivandijon
|

July 23, 06:00
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA: TENNIS – MAHORAT VA CHAQQONLIK BELLASHUVI
Shahrixon tuman 2-son politexnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar oʻrtasida tennis boʻyicha sport musobaqasi boʻlib oʻtdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarda sportga boʻlgan qiziqishni oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularning jismoniy faolligini kuchaytirishdan iborat boʻldi.
Musobaqa davomida talabalar oʻzlarining chaqqonligi, epchil harakatlari va sport mahoratlarini namoyish etdilar. Tennis oʻyini orqali ular nafaqat jismoniy jihatdan chiniqishdi, balki sport madaniyati, intizom va jamoaviy muomala koʻnikmalarini ham mustahkamlashdi. Musobaqa doʻstona va sogʻlom raqobat muhitida oʻtib, ishtirokchilarda kuchli motivatsiya uygʻotdi.
Ushbu sport tadbiri yoshlarning salomatligini mustahkamlash, sport orqali oʻz ustida ishlash va oʻz maqsadlariga intilishlariga turtki boʻldi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
otfivandijon
|

July 23, 06:00
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

YOZ OʻTMOQDA SOZ !
Bugun mahalla yoshlarini sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish, ularni bosh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy va yetuk avlodni tarbiyalash maqsadida Andijon veterinariya meditsinasi texnikumining sport maydonida ,mahalla yoshlari uchun turli xil sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbir doirasida yoshlar futbol, voleybol, yugurish boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Mutaxassis va jismoniy tarbiya ustozlari rahbarligida yoshlarga, sportning ahamiyati va uning inson hayotida tutgan oʻrni haqida tushunchalar berildi.
Yoshlarimiz katta qiziqish va ruhlanish bilan qatnashdilar.
Ayniqsa jamoaviy oʻyinlar orqali ularning oʻzaro munosabatlari doʻstona mustahkamlandi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad - yoshlar oʻrtasida sport madaniyatini shakllantirish, ularni zararli odatlardan uzoqlashtirish va salbiy taʼsirlardan asrash, sogʻlom hayotni targʻib qilishdan iboratdir.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
otfivandijon
|

July 23, 05:16
Media unavailable
7
1
Show in Telegram

“DOLZARB 90 KUNLIK” doirasida sport tadbirlari davom etmoqda!
🏓
Baliqchi tibbiyot texnikumi tashabbusi bilan Sirmoq va O‘lmas MFY yoshlari o‘rtasida "Direktor kubogi" uchun stol tennisi bo‘yicha navbatdagi bosqich musobaqasi yuqori kayfiyatda o‘tkazildi!
👥
Musobaqada ishtirok etgan yoshlar o‘zlarining chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etishdi.
Sport – sog‘lom hayotning kafolati. Yoshlarimizni sportga jalb qilish orqali ularning kelajagiga ijobiy ta’sir ko‘rsatamiz.
Bu musobaqalar nafaqat raqobat, balki do‘stlik va hamjihatlik muhitini ham mustahkamlaydi. Maqsad – yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport orqali ularni sog‘lom hayotga yo‘naltirishdir.
🏆
G‘olib va faol ishtirokchilar musobaqa so'ngida faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Keling, birgalikda sog‘lom avlodni tarbiyalaylik!

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
otfivandijon
|

July 23, 05:03
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Izboskan tuman “Turobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Andijon viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan Izboskan tuman “Turobod” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi. Murojaatlarning bir qismi shu yerning o‘zida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Sayyor qabulda mahalla faollari, tuman hokimligi vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Ushbu uchrashuv fuqarolarning muammolarini bevosita joyida eshitish va ularga tezkor yechim topish imkonini berdi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
otfivandijon
|

July 23, 04:59
Media unavailable
2
Show in Telegram

ANDIJON AXBOROT |DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI. ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
otfivandijon
|