
ANDIJON VILOYAT KASBIY TA’LIM BOSHQARMASI
OAV NIGOHIDA ASAKA TUMAN 1-SON POLITEXNIKUMI | MAXSUS REPORTAJ
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |
Andijon media-ta’lim texnikumida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Andijon маъмурий суди tumanlararo maʼmuriy sudi sudyalari – Mo‘minov Sardorbek Holdarovich, Matmusayev Sardorbek Sobirovichlar hamda 7553–Harbiy qismning harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi. Suhbat davomida korrupsiyaning davlat tizimi, ta’lim sohasi va jamiyat hayotidagi salbiy oqibatlari, uning rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi omil ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mutaxassislar o‘quvchilarga o‘z huquqlarini bilish, qonuniylikka amal qilish, mas’uliyatli bo‘lish va halollik tamoyili bilan yashash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladilar. Tadbir yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |
“Obod yurt – toza kelajak” shiori ostida Paxtaobod tuman 1-son politexnikumi yoshlari eko-hasharda jamlandi
Paxtaobod tuman 1-son politexnikumida ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi omillarni kamaytirish hamda havo sifatini yaxshilashga munosib hissa qo‘shish hamda o’quvchilarini bugungi kunda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilik to'g'risida xabardor qilish, ularning ekologik madaniyatini yanada oshirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Paxtaobod tuman 1-son politexnikumi yoshlari tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu ezgu ishlar kelajak avlod uchun yanada pokiza va obod yurt barpo etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |
Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Qo'rg'ontepa tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Murodaliyev D.T va texnikum direktori Axmedova M.R ishtirokida
narkojinoyatchilik va uning oldini olish, psixotrop dori vositalaridan yoshlar o'rtasida foydalanish ko'payganligi va uning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash, kiberjinoyatchilik masalalari
yuzasidan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar ongida huquqiy madaniyatni oshirish, zararli illatlardan ogohlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida boshliq o‘rinbosari yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning turlari, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralarini batafsil tushuntirib berdi.
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |
Baliqchi tuman 1-son politexnikumida FVV xodimlari tomonidan navbatdagi ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tashrif davomida o‘quvchilarga
yonqin xavfsizligi qoidalari
, yong‘in sodir bo‘lganda qanday harakat qilish, birinchi navbatda o‘z hayotini asrash va boshqalarni ogohlantirish tartiblari haqida batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, FVV mutaxassislari
favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish
, jumladan
zilzila vaqtida o‘zini tutish
, bino ichida va tashqarisida xavfsiz joyni tanlash, hamda turli kutilmagan holatlarda o‘zaro yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Uchrashuv o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, ularda ogohlik, mas’uliyat va xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |
Andijon viloyati hokimi Abduraxmonov Shuxratbek Qo‘shaqboyevichning topshirig‘iga asosan Xo‘jaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Andijon davlat chet tillar instituti talabalari tomonidan ingliz tili va nemis tili fanlaridan dars mashg‘ulotlari muntazam olib borilmoqda.
Ushbu tashabbus yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini yaxshilash, shuningdek, xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash borasida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Bugun mazkur kurslarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning bilim darajasini baholash, dars jarayonini o‘rganish va sifatini monitoring qilish maqsadida Andijon davlat chet tillar instituti tajribali ustozlari texnikumga tashrif buyurdilar. Ular talabalar bilan suhbatlashib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi hamda o‘quvchilarning bilimini sinovdan o‘tkazdilar.
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |
Bo‘ston Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bilim nazorati test sinovlari o‘tkazildi
Bugun texnikumda o‘quvchilarning bilim darajasini baholash maqsadida test sinovlari tashkil etildi. Ushbu nazorat jarayonlari Andijon Davlat Chet tillari instituti o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘tkazilib, savollar sifat va mazmun jihatdan takomillashtirilgan holda taqdim etildi.
📌
Test sinovlarining maqsadi:
talabalar bilimini adolatli baholash, o‘zlashtirish darajasini aniqlash,
kelgusi o‘quv jarayonlarini yanada samarali tashkil etish.
Hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu nazorat talabalarning fikrlash, tahlil qilish va mavzularni chuqur o‘zlashtirish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ta’lim sifatini oshirish yo‘lida izchil ishlar davom etmoqda
!
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |
Hurmatli G‘ulomov Asadullo!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan Andijon viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi jamoasi samimiy muborakbod etadi!
Siz o‘z faoliyatingiz davomida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga, o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi mutaxassislardansiz. Mehnatsevarligingiz, halolligingiz va jamoaga bo‘lgan mehringiz bilan hamkasblar orasida chuqur hurmat qozongansiz.
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, tinch va farovon hayot, oilaviy baxt hamda faoliyatingizda yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har bir yangi kun sizga quvonch va ilhom baxsh etsin!
Hurmat bilan, Andijon viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |
Hurmatli Xafizov Azizbek!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan Andijon viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi jamoasi samimiy muborakbod etadi!
Kasbiy ta’lim tizimida uzoq yillar davomida sidqidildan mehnat qilib, o‘z tajribangiz, bilim va fidoyiligingiz bilan sohaga munosib hissa qo‘shib kelayotganingiz e’tiborga loyiqdir. Sizning mas’uliyatli yondashuvingiz, tashabbuskorligingiz hamda jamoaga bo‘lgan mehr va sadoqatingiz ko‘pchilik uchun ibratdir.
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik, bardavom omad va faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! Hayotingiz baxt va ezgulikka boy bo‘lsin.
Hurmat bilan, Andijon viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |
Andijon pedagogika texnikumida "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Unda Andijon shahar prokuror o‘rinbosari Xоtamjon Rahmonov, DJTQM Andijon hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Farhodbek Ataxanov, "Jurnalistlar uyushmasi" viloyat bo‘limi rahbari Maxpuraxon Artikovalar ishtirok etdilar.
So‘z olganlar korrupsiya ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining psixologiyasiga borib taqalishi, korrupsiyaga qarshi ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishi haqida gapirdilar.
Jinoyatni jazolashdan ko‘ra, uni oldini olish, profilaktik tadbirlarning yo‘lga qo‘yilishi, korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyat va barcha fuqarolarimiz mas’ul ekanligi taʼkidlandi. Fikrlar maxsus video rolik asosida yanada kengroq tushuntirildi.Tadbirda korrupsiya mavzusidagi bukletlar tarqatilib, o‘quvchilarda paydo bo‘lgan savollarga atroflicha javob berildi.
✅
Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |