Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ANDIJON VILOYAT KASBIY TA’LIM BOSHQARMASI

otfivandijonuz
Andijon viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi rasmiy telegram kanali
Subscribers
1 230
24 hours
10
30 days
-200
Post views
566
ER
46,42%
Posts (30d)
Characters in post
992
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
January 20, 08:26
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

2026-yil 18-yanvar
kuni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahar 5-son texnikumi
Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Alimov
hamda
ChQBT rahbari A. Adiljonov
Andijon shahrida joylashgan
96609-harbiy qismga
tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida harbiy qism komandiri
R. Axmedov
boshchiligida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda harbiy xizmatchilarni kasb-hunarga hamda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud o‘quv kurslari va ularning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Suhbat yakunida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha harbiy xizmatchilar tomonidan qiziqish bildirildi va dastlabki ro‘yxat shakllantirildi:

Ingliz tili kursi
— 8 nafar

Nemis tili kursi
— 3 nafar

Rus tili kursi
— 3 nafar

Sartaroshlik kursi
— 5 nafar

Oshpazlik kursi
— 4 nafar

Avto chilangar kursi
— 8 nafar
Mazkur tashrif harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar va til o‘rganishga jalb etish orqali kelgusidagi mehnat faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |

January 20, 08:25
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Andijon viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i
N. Avazovna
boshchiligida viloyatdagi texnikumlar direktorlari uchun
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyat boshqarmasi hududida barpo etilgan bog‘ga
tashrif — ekskursiya tashkil etildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad rahbarlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, jamoalarda ijobiy muhit va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilarga bog‘ hududida yaratilgan qulay sharoitlar, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar hamda mazkur maskanning jamoatchilik uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kelgusida ta’lim muassasalarida shunday ijobiy tashabbuslarni amalga oshirishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |

January 19, 13:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

Qo‘rg‘ontepa tuman 2-son texnikumida yoshlarni chaqiruvga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar izchil davom etmoqda.
Mazkur darslar davomida o‘quvchilarga harbiy ish asoslari, chaqiruvga tayyorgarlik, boshlang‘ich harbiy bilimlar hamda amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha muhim tushunchalar berilmoqda. Mashg‘ulotlar tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib borilib, yoshlarning Vatanga sadoqat, intizom va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Dars jarayonida ko‘rgazmali qurollar va o‘quv materiallaridan samarali foydalanilmoqda.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |

January 19, 13:19
Media unavailable
3
Show in Telegram

Andijon transport texnikumida zamonaviy ta’lim talablari asosida tashkil etilgan xo‘rijiy til darslar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu darslar orqali o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda amaliy tajribani kuchaytirish maqsad qilingan.
Mashg‘ulotlar innovatsion metodlar, interaktiv texnologiyalar va real amaliy mashqlar asosida olib borilmoqda. Har bir dars reja asosida puxta tayyorlanib, namunali tarzda o‘tilmoqda. O‘quvchilar faol ishtirok etib, bilimlarini mustahkamlash bilan birga, kelajak kasbiga nisbatan mas’uliyat va qiziqishlarini oshirmoqda.
Texnikum rahbariyati tomonidan ta’lim sifati doimiy nazoratga olinib, ilg‘or tajribalar ommalashtirilmoqda. Natijada ta’lim jarayoni yanada samarali va sifatli tashkil etilmoqda.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |

January 19, 13:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tayinlov
Kasbiy ta’lim agentligiga matbuot kotibi tayinlandi
Samandarova Sadoqat Sohibjon qizi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
Kasbiy ta’lim agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi –
matbuot kotibi
lavozimiga tayinlandi.
Sadoqat Samandarova
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD). U turli yillarda “O‘zbekiston” telekanalida muharrir, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida mutaxassis lavozimida mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston24” telekanali 1-toifali muxbiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram

January 19, 11:07
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” – bilim va tafakkur musobaqasi
Andijon tuman 1-son texnikumida iqtidorli talabalar o‘rtasida ekologik bilimlarni rivojlantirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Tanlovda texnikumning faol va bilimdon talabalari ishtirok etib, ekologiya sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik madaniyatga oid tushunchalarini namoyish etdilar. Musobaqa davomida ishtirokchilarning tezkor fikrlashi, mantiqiy tahlil qobiliyati va ekologik masalalarga yondashuvi baholandi.
Ushbu tadbir yoshlar orasida tabiatga hurmat, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunlarga amal qilish madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynadi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |

January 19, 11:04
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Andijon shahar 4-son politexnikumida “Kelajak soati” dars mashg’ulotlari davom etmoqda.
Andijon shahar 4-son texnikumida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda axloqiy qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida
“Ma’naviyat, axloq va mehr-oqibat”
mavzusida kelajak soatlari tashkil etildi.
Ushbu tadbir jarayonida o‘quvchilar bilan jamiyatda ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati, yuksak axloqiy fazilatlarning inson hayotidagi roli, ota-onaga hurmat, ustozlarga ehtirom, tengdoshlar bilan samimiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan atroflicha suhbatlar olib borildi.
Shuningdek, kelajak soatlarida hayotiy misollar, ibratli voqealar va savol-javoblar orqali yoshlarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |

January 19, 10:35
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Shahrixon tuman 3-son texnikumda dual ta’lim tizimi amaliyot bilan uyg‘unlashtirilmoqda
Shahrixon tuman 3-son texnikumda dual ta’lim tizimini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tizim doirasida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Shahrixon elektr tarmoqlari ” korxonasida amaliy mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich olib bormoqdalar.
Dual ta’lim tizimi politexnikum va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirgan holda, o‘quvchilarga real ish jarayonida ishtirok etish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish hamda tajribali mutaxassislar ko‘magida kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini yaratmoqda. Bu jarayon o‘quvchilar olgan nazariy bilimlarni amaliy jarayon bilan uyg‘unlashtirish, kasbga oid malaka va kompetensiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |

January 19, 10:33
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

“Siz ekologiya qonunlarini bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining Qo'rg'ontepa tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda ekologik huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida Qo'rg'ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining '' Yashil qahramonlar", Qo'rg'ontepa 1-son texnikumining '' Tabiat qo'riqchilari'', Qo'rg'ontepa 2-son texnikumning '' Yosh ekologlar" jamoalari qatnashishdi.
Ko‘rik-tanlov 4 ta shart asosida tashkil etildi. Ekologiya qonunlari bo‘yicha bilimlar sinovi, O‘zbekiston Respublikasining ekologiya sohasiga oid qonunlari, qaror va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha savollarga javob berdilar.  Muammoli vaziyatlarni tahlil qilishda ishtirokchilarga ekologiyaga oid real hayotiy muammolar berildi.
Ijodiy chiqish shartida ishtirokchilar ekologiyani muhofaza qilish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, yashil tashabbuslar mavzularida sahna ko‘rinishlari, taqdimotlar yoki targ‘ibot chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Tanlov yakunida faol va bilimli ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanib, ''Yashil qahramonlar'' g‘olib deb  topildi.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |

January 19, 10:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati kasbiy ta’lim tizimi faoliyatiga doir bildirilgan murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonida berilayotgan topshiriqlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, vazirlik buyruqlari va tasdiqlangan reja-jadval asosida amalga oshiriladi. Ushbu topshiriqlar ta’lim sifatini oshirish, tizimda intizom va ijro nazoratini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ortiqcha yoki mazmunsiz topshiriqlar berilmaydi.
Mansab vakolatlaridan suiiste’mol qilgan, topshiriqlarni bajarmagan yoki boshqalarning soyasida qolib ish faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlar faoliyati ham doimiy ravishda o‘rganilib, ularga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi faoliyatida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi. Xodimlarning sha’ni, qadr-qimmati va mehnat huquqlari doimiy e’tiborda bo‘lib, ushbu masala qat’iy nazoratga olingan.

Bizni kuzating!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
🌐
ktaandijon |