Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ummu Umayr (reserve)🌴

palmoviysad

Bu yerda ayollar-qizlar uchun xos ummu Umayr kanalidan ba’zi manbalar ulashiladi. Kanal mavzulari: psixologiya, preventiv tibbiyot, psixoterapiya, tarix va siyosat.
Asosiy kanal linki:
https://t.me/palmoviysad/106

Subscribers
4 940
Post views
4 249
ER
90,22%
Posts
248
August 12, 06:42

Ummu Umayr (reserve)
🌴
pinned «
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
Ushbu yopiq kanal faqat ayol-qizlar uchun!!! Ps. Nuqta yo boshqa ayollikni anglatmaydigan belgidagi ayol kishilar ismingiz bilan kanalga kiring. https://t.me/+wMKv4qg7YgFkODUx
»

August 12, 06:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
🤩
Ushbu yopiq kanal faqat ayol-qizlar uchun!!!
Ps. Nuqta yo boshqa ayollikni anglatmaydigan belgidagi ayol kishilar ismingiz bilan kanalga kiring.
https://t.me/+wMKv4qg7YgFkODUx

August 10, 18:13

#chiqarib_olish_uchun
#bolalar_kitobi

July 27, 05:28
Media unavailable
3
Show in Telegram

Dolzarb.
@palmoviysad

July 27, 05:28
Media unavailable
3
Show in Telegram

@palmoviysad

July 21, 03:05
Media unavailable
3
Show in Telegram

@palmoviysad

July 11, 09:54
Media unavailable
3
Show in Telegram

📌
@palmoviysad

July 02, 15:32
Media unavailable
3
Show in Telegram

@palmoviysad

June 29, 16:54
Media unavailable
5
Show in Telegram

@palmoviysad

June 14, 06:20

Onalik Everesti
Insonning bir ko’tarilish va tushish davri bo’ladi: hayotining har jabhasida, agar tafakkur qilinsa. Ko’tarilish davrida zavq-shavqlar qancha kuchli bo’lsa, javobgarlik va mas’uliyat ham shunday bo’ladi.
Men hozir onalikning eng yuksak cho’qqilarida yashayapman: bolalarning bor dunyosi, hayot haqidagi hamma tushunchasi, hissiyotlari MENman. Ular men nima desam shuni haqiqat, deb biladi, aytganlarim bari qonuniyat ularga. Nimani aytsam, bajarishadi, vajohatimdan qo’rqishadi, meni xursand qilish uchun o’zlariga yoqimsiz bo’lgan ishlarni ham qilib turishadi. O’zimni eng mashxur diktatorlarga qiyoslasammikan? Shimoliy Koreya prezidenti nutq qilganda to’lib-toshib yig’lab o’tiradigan bir zal odamlar ko’z oldimga keladi, bechoralarning yopiq siyosat tufayli butun tafakkuri mana shu prezident bilan chegaralangan, xattoki, podshohlari bir vaqtda bir necha joyda bo’lishi mumkinligiga ham ishonar ekan. Demak, inson qattiq bog’langanda ilohiy sifatlarni bog’langan narsasiga tirkashi tabiiy jarayon ekanda? Bolalarning qahramoni mana nega ota-onalari bo’ladi doim…
Xullas, o’sha zolim hukmdorlar ko’z oldimga keladi. Nima ish qilishsa ham, qanday haromxo’rlik bo’lsa ham sodda xalq ularni maqtab, boshiga ko’tarib, ularni oqlash uchun sabablar qidiradi. Aybdorlar doim boshqalar, ular esa begunoh. Bolalar ham voyaga yetguncha, ba’zan ulg’aygach ham ota-onaning hurmacha qiliqlariga, zulmlariga bir sabab topishga urinar ekan, eng kamida o’zini aybdor qilish bilan yoki xotinini yoki yana kimnidir. Hozir bolalarning dunyosi bo’lish menga qanchalik yoqimli tuyilmasin, uzoq kelajakda buni tasavvur qilishdan qo’rqaman. Butun hayoti men va mening chiziqlarim bilan cheklangan bir katta kishi yoki ayolni tasavvur qiling. Men o’lsam, uning holi ne kechadi?
Onalikning yuksak cho’qqisi…
Mana shunday qora tomonlariga ega va aksarimiz mana shu tomon bizni halok qilishiga qo’yib beramiz. Amal kursisiga o’tirib, bosar-tusarini bilmay qolgan hokimlarga o’xshaydi ba’zi onalar. Alloh unga bergan onalikdan o’z izzat nafsini qondirishda, onalik legitimligidan qaysidir jarohatlarini yopishda foydalanadi.
Jamiyat rostan ham bizning aksimizmikan?
Har qanday “cho’qqi”da turish davri 10-15 yil bo’ladi, keyin degradatsiya boshlanadi. Bolalar ham ulg’ayib, ijtimoiylashgach ota-onalardan uzilishni, ularga nisbatan tanqidiy fikrlashni boshlaydi. Ana shunda ota-onalari super qahramon emas, oddiy odamligini anglaydilar. O’smirlik ziddiyatlari shu bo’lsa kerak. Doim itoatda turgan mitti nigohlar keskinlashishni, iddaolarni ifodalaydi va bu onalarga yoqimsiz, xavfliday tuyiladi. Shu vaqtdan sog’lom yashab o’ta olish haqiqiy muvaffaqqiyat menimcha.
Muvaffaqqiyatning yana bir sabablaridan biri boyagi 10-15 yillik ravnaq davrida haddan oshmaslik, bolaga zulm qilmaslik: uning hislari, shaxsiyati bilan hisoblashish, alamlarini boladan olmaslik, bo’shliqlarini bola bilan to’ldirishga urunmaslik, vanihoyat esa bir tirik jon - shaxs ulg’ayotganini qabul qilish, hayvon yoki mulkidek bolaga munosabatda bo’lmaslik. Unga bir omonat deb qarash, bu go’zal onlar uchun cheksiz hamd aytish. Bolaning dunyosi kattalashib, onaning o’rni kichraygan sari Allohni tanitishga qattiq kirishish. Hayotimiz Allohga ibodatga to’la bo’lgandagina mazmunli bo’ladi, biz chinakam baxtni, shukrni his qilamiz. Bolalarni bu baxtdan mahrum qilmang…
(C) ummu Umayr
@palmoviysad