Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Ummu Umayr (omma)🌴

palmoviysad
Bu yerda ayollar-qizlar uchun xos ummu Umayr kanalidan ba’zi manbalar ulashiladi. Kanal mavzulari: psixologiya, preventiv tibbiyot, psixoterapiya, tarix va siyosat. Asosiy kanal linki: https://t.me/palmoviysad/340
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
6 458
24 часа
17
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
56
НСобычный рост (24 часа)
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
3 632
ER
56,24%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
8
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
1 408
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
РСлигия ΠΈ Π΄ΡƒΡ…ΠΎΠ²Π½ΠΎΡΡ‚ΡŒ
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
35-44
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠŸΡΠΈΡ…ΠΎΠ»ΠΎΠ³ΠΈΡ ΠΈ ΠΊΠΎΠ½ΡΡƒΠ»ΡŒΡ‚Π°Ρ†ΠΈΡ
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 25, 18:02

Channel name was changed to Β«
Ummu Umayr (omma)
🌴
Β»

October 25, 18:02

Channel name was changed to Β«
Ummu Umayr (omma uchun)
🌴
Β»

October 21, 14:41
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Sangvinik bolalar
Belgilari:
Doim kulib turadigan, ko’zlari quvnoq bolalar. Yangi muhit va odamlarga tez kirishadi, begonalar bilan tanishishdan qo’rqmaydi, davralarda o’zini erkin tutadi. Emotsiyalari yorqin, biroq ko’pincha o’tkinchi, chunki tez unutib yuboradi. Gapirishni, hikoyalar qilib berishni yoqtiradi, qiziquvchan, faol, muvaffaaqiyatsizlikni nisbatan yengil yashab o’tadi, optimist, murosa qilish ancha oson. Vaziyatlardan oson chiqib ketadi. Xolerikka nisbatan ta’sirchanligi past, muvozanatlangan, tormozlanishi yetarli temperament. Shuning uchun energiya boy, portlash kam. Xolerikda esa energiya va portlash ham yuqori edi.
Minuslari: Barqaror qiziquvning yetishmasligi sababidan betayinroq bo’lishadi, monoton va zerikarli ishlarni tez tashlashadi, biror narsani chuqur o’rganmay yuzaki xulosa va tasavvur bervoradi, β€œkeyin qilaman”i ko’p, mas’uliyatga yengil qaraydi, va’da berib, unutadi, narsalarini ko’p yo’qotadi va tartibsiz.
😭
Muhim:
0-7 yoshda bolaning temperamentidan tashqari rivojlanish omili ham bor. Bunaqa bolalar doimiy quvnoqligi va kelishuvchanligi tufayli β€œqulay bola” tasavvurini beradi. Shuning uchunam kulgi niqobi ostida ko’p ehtiyojlari qolib ketishi va ota-ona sezmasligi mumkin. Muammosiz ko’ringani sabab maktabda ham qiyinchiliklar birdan ko’rinmaydi, birdaniga chiqib kelganda ko’pincha ota-onalar hayron qoladi. Uddaburon bo’lganlari va o’zlarini eplay olganlari uchun ularga tushuntirmasdan, izchilliksiz mas’uliyat yuklashadi, mana shu kattalar tarafidan qo’yiladigan xato. Bolaning bolaligi va fahmi inobatga olinishi kerak. Ota-onaning xatolaridan yana biri mustaqillik va mas’uliyatni erta bervorishadi, so’zamolligi uchun maqtab, ishning sifatiga kam ahamiyat berishadi. Tugatilmagan ishlarga e’tibor berishmaydi, qiziqishi o’zgarsa, darrov almashitirib beraqolishadi. Muhim ishlarni sabr va davomiylik bilan qilishlarini ta’minlashmaydi.
β™₯️
Kuchli tomoni:
boshqalarning ehtiyoj va emotsiyasini yaxshi sezishadi, bu ham yaxshi, ham yomon. Sababi kattalar kayfiyati uchun muhim haqiqatlarni berkitishlari mumkin. Xolerikdan farqli ravishda zaifligi barqarorlik va iroda yo’qligi.
@palmoviysad

October 21, 11:19
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Flegmatik bolalar
Belgilari
: kuchli muvozanatli, sust harakatchan temperament. Qo’zg’alishi va tormozlanishi muvozanatlangan, ammo jarayon sekin almashadi. Sangvinikdan farqli barqarorlik bor, ammo tezlik sust. Xolerikdan farqi esa portlashning yo’qligida. Bu bolalar xotirjam, bosiq, emotsiyalari chuqur, ammo ifodasi kam, ichiga yutadi. Nutqi va kayfiyati ham bir tekis, tashqariga kam chiqaradi. Shoshmasdan gapiradi, o’ylaydi, ovqatlanadi, harakatlanadi. Tartibga, ketma-ketlikka, o’rgangan muhitiga ehtiyoji katta, notanish va yangi narsalar dovdiratib qo’yadi. Boshlagan ishini tugatadi, bir xil ishdan zerikmaydi. Diqqati barqaror, ammo bir ishdan ikkinchi ishga o’tishi sekin. Kuchli tomoni sabrli, bosiq, ishonchli, puxta.
😭
Minuslari
: shoshilinch yo tig’iz vaziyatlarda qiynaladi, sekin qaror beradi, vaziyatga moslasholmaydi, tashabbusi kam, ziddiyatlarda gapirmay qo’yadi, odamlardan uyaladi, yordam so’rolmaydi. Tashqi bosimlarda ichiga berkinib oladi, passiv chetlanish kuchli.
Flegmatik bolalar sekin va sifatli ish qiladi. Kattalarning odatiy xatosi bolaga tezlik sababidan bosim berish. Boshqa chaqqon bolalar bilan solishtirish, notanish vaziyatlarga ogohlantirmay tashlab qo’yish, emotsiyalari yopiq bo’lgani uchun emotsiyalarini so’ramaslik, nima xohlashi bilan qiziqmaslik.
β™₯️
Muhim
: Bunaqa bolalar o’ziga qulay va xavfsiz muhitda ochiladi, gapiradi, quvnoq bo’ladi. Shuning uchun bolaning tilini topish ahamiyatli. Bu bolalarga ortiqcha vaqt berish, ishni taqsimlab bo’laklab berish kerak. Doimiy vizual, rejim bilan ogohlantirish, yangiliklarga tayyorlash kerak.
@palmoviysad

October 20, 13:08
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Melanxolik bolalar
Belgilari
: Kuchsiz asab tizimi va yuqori ta’sirchanlikka ega bolalar. Emotsional yuqori sezuvchanlik hisobiga ovoz ohangi yoki yuz ifodasi o’zgarishini birdan payqaydi, kichik ishorani ham o’tkazib yubormaydi, juda diqqatli va hamma narsani o’ziga oladi. Emotsiyalarni uzoq muddat ushlab turadi, ayniqsa, xafalikni oylab ham ko’tarib yurishi mumkin. Muvaffaqqiyatsizlikka juda sezgir bo’lgani uchun o’ziga ishonchi past, tashabbus ko’rsatolmaydi, qo’rqadi. Tor doirada, ammo chuqur bog’lanadi odamlarga. Ko’p odamlar va emotsiyalardan tez charchab qoladi.
Kuchli tomonlari: Empatiya, chuqur fikrlash, ijodiy va badiiy qobiliyat, nozik did, mas'uliyat, vijdonan yondashuv, boshqalarning holatini sezish, ishning sifatiga e'tibor berish.
😭
Minuslari
: Doimiy havotiri yuqori, nima bo’lishi yo bo’lmasligini o’ylayveradi, tanqid yoki tanbehni og’ir qabul qiladi, o’zini tiklashi qiyin, xato qilishdan qo’rqib harakat qilmaydi, o’zini boshqalardan doim past sanaydi, o’zining yaxshiliklarini ko’rolmaydi, nolish va shikoyatga moyil.
Muhim
: 0-7 yoshgacha bo’lgan davrda temperamentdan tashqari yoshga oid o’zgarishlar ham hisobga olinishi kerak. Bu bolalar onasi yo otasiga qattiq bog’lanib qoladi va ulardan ajralishi judayam qiyin bo’ladi. Tez yig’lashadi va uzoq tinchlanishadi. Bu bolaning asosiy ma’nosi yuqori sezgirlik va ish qobilyati pastligi orasidagi disbalans. Ular xoleriklar kabi vaziyatni tez ilg’aydi, ammo xolerik kabi energiyasi yo’q, ish qobilyati sust. Shoshmay, sekin, qulay muhitda, xotirjam ish qiladigan bolalar. Tashqi bosimdan tashqari o’z ichki bosimiga ega odamlar, shuning uchun portlashganda xuddi bo’rttirayotgandek tuyilishadi, ammo rostdan hamma narsani chuqur sezishadi, bu aktyorlik emas.
β™₯️
Ota-onalar yo’l qo’yadigan xatolardan biri xavfsizlik hissini berolmasliklari, bolani doimiy tanqid qilishlari, oldindan bashorat qilinadigan vazifalar bermasliklari, yangiliklarga tayyorlamasliklaridir. Bu bolalar doimiy β€œBuncha yig’laysan?” dakkisini eshitishadi, tanqid va jazo melanxoliklar uchun jismoniy og’riqqa o’ta yaqin, shuning uchun ham sekin yashab o’tishadi. Uyatchanligini yo’qotish uchun uni davralarda majburlash ham asosiy xatolardan, yana doimiy solishtirish, qo’rquvlari ustidan kulish ham. Bu bolalarning eng asosiy ehtiyoji shartsiz, boricha qabul qilinish ehtiyojidir.
⚠️
Temperamentlar orasida flegmatik va melanxolik maktabga akademik jihatdan tayyor bolalar hisoblanadi, ular sabr, diqqat jamlash kabi ko’nikmalarga ega. Ammo emotsional va ijtimoiylik tomonida zaif hisoblanishadi, xolerik va sangvinik bolalar esa aksincha ijtimoiy hamda emotsional faol, biroq akademik tomonini nazorat qilib yurish kerak bo’ladi.
@palmoviysad

October 14, 03:07

β€œAgressiya”
ga oid maqolalar to’plami
#gaydlar
@palmoviysad

October 06, 14:31

Nima uchun β€œxato qilishdan qo’rquv” xavfli bo’lishi mumkin?
Eng katta sabab bu mas’uliyatni olishdan cho’chish sanaladi. Xato qilishdan qo’rqqan odam na shaxsiy va na ijtimoiy mas’uliyatlarini bo’yniga ololmaydi. Doimiy β€œideal natija” va β€œhech narsa qilmaslik” orasida suzib yuradi. Biz muvaffaqqiyat kartinasi omadsizlik qismlaridan yasalishini unutmasligimiz kerak, xato qilishdan qo’rqqan odam katta tavakkallar qilolmaydi.
Keyingi muhim sabab β€” qanoatsizlik. Xato qilishdan qo’rqqan odam shunchaki qo’rquvi bilan yashamaydi, balki hammadan va o’zidan ham mukammallik kutadi. Natijada hozirgi holati, sog’ligi, ko’rinishi, yashash sharoiti, munosabatlari, atrofidagi insonlari, tinchligi, farzandlari kabi qimmatli ne’matlaridan qoniqmay qo’yadi. Uni rozi qilish ham, xursand qilish ham amri mahol bo’lib ketadi. Yaxshilikni ko’rolmaydi, faqat kamchiliklarni ilib yuradigan bo’lib qoladi. Oddiy taomdan, bir burda nondan, yaxshi havodan quvonolmay qoladi.
Keyingi sabablardan biri esa arzimagan narsalar sabab tez tushkunlikka tushadi, tez taslim bo’ladi. Ishdagi, munosabatdagi, odamlardagi tabiiy xato-kamchiliklarni qabul qilolmagan odam tez tushkunlikka tushib ketadi, go’yoki butun dunyo idealu, bir uning atrofida hamma beso’naqaylar, deb o’ylaydi. Bir ish bajarsa-yu, tanqidga uchrasa ham, tez sinib qoladi. Tanqidlarni o’rinli qabul qilolmaydi. Bunaqa odamlar asab va yurak kasalligiga tez chalinsa kerak, deb o’ylayman. Hamma narsani yuragiga olaverib, o’zlarini ham, boshqalarni ham qiynashadi. Lekin shundayam asosiy muammo jamiyat yoki har xil fe’lli odamlarda emas, mana shu insonning o’zida β€” fikrlashi, vaziyatni qabul qilishi va past moslashuvchanligida. Inson o’zini isloh qilishga mas’ul, odamlar bir umr unga moslashib yasholmaydi. Tanqidlarni o’rinli qabul qilish, kamchiliklardan to’g’ri xulosa chiqarish va yana olg’a yurish, qo’ygan maqsaddan ortga qaytmaslik, qat’iyat kabi ko’nikmalarni shakllantirish kerak.
Va eng muhimi natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar unga baho beruvchi, ajrlantiruvchi Zot faqat Allohligini unutmaslik kerak. Biz mukammal natijaga buyurilmaganmiz, biz qo’limizdan kelganicha harakat qilishga buyurilganmiz. Mana shu harakatimiz bizning darajamizni belgilaydi. Xato qilsak ham, qoqilsak ham, yiqilsak ham Alloh hamisha bizni qabul qiladi va arzimagan amalimizga ham ulkan darajotlar bitishi mumkin. Mezonni to’g’ri qilib olish kerak faqat.
@palmoviysad

October 06, 11:11

Nega ko’p o’ylaydigan ishlar oxirigacha qilinmasligi mumkin?
Sizda qaysidir oddiygina ishni qanday qilish haqida fikrlar kelaversayu, ammo natijada o’sha ishni chala bo’lsa ham qilmaslik holati kuzatilsa,
maqola siz uchun.
Ko’pchilik o’ylaganday bu dangasalik emas, balki xato qilishdan qo’rquv bilan bog’liq. Ammo bu qo’rquv tarkibiga ko’ra bir necha xil bo’lishi mumkin. An’anaviy perfektsionizmda kishi nimadir ishni yaxshi bajarolmaslik, qoyilmaqom qilolmaslikdan qochib, jarayonni kechiktiraveradi. Asosan bu ish yoki jarayonni ichki tayanch hissiga bog’lash sababidan bo’ladi, masalan, β€œmen bu ishda kamchilikka yo’l qo’ysam, yomon odam bo’lib qolaman” yoki β€œMening xato qilishga haqqim yo’q, adashishim mumkinmas” kabi ichki tayanchlar sabab bo’ladi. Aslida xatosiz biror ish bo’lmaydi va inson o’zi xatodan holi emas. Bekorga xalqimizda β€œBeayb Parvardigor” deyilmaydi.
Xo’sh, bu qo’rquv ildizi qayerdan paydo bo’ladi? Mana shu yerda hammamizning bolalik tarximiz turli sinflarga ajratiladi. Ba’zida bu shunchaki punktual, qattiqqo’l ota-ona tarbiyasidan shakllanadi. Bu yerda ota-onaning tarbiya maqsadi bola xato qilib, izza bo’lib qolmasligi uchun kuyinishdir. Ba’zida bu yolg’iz yoki katta farzandning bolalik tajribasiga to’g’ri kelib qoladi, bunda ko’p ota-onalar yangi odamcha bilan qanday to’g’ri muloqot qilishni bilmay, unga kattalardek talab qo’yishni boshlashadi. Natijada bola o’z fahmiga ko’ra ishni qanday qilishni bilmaydi, ammo kattalar bosimidan ham chiqolmaydi. Keyin ishlarni faqat ortga suraveradi, pishiq natija haqida hayol suraveradi, biroq ishni qanday qilishni bilmaydi, chunki bu borada tajribasi yo’q. Bularning hammasi fan tilida β€œmoslashuvchan bo’lmagan perfektsionizm” deyiladi. Bu yerda asosiy masala β€” xatodan qochish.
Yana bir perfektsionizm turi mavjud bo’lib, uning asosida β€” uyat mexanizmi va tark etilish qo’rquvi turadi. Bunaqa oilalarda bolalar β€œshartli sevgi” bilan o’stiriladi, ular faqat yutuqqa erishganda maqtaladi, eslanadi, haqqiga duolar qilinadi, yaxshi ko’riladi β€” xullas, ijobiy e’tibor beriladi. Yutuqqa erishmagan odatiy kunlarda payqalmaydi, sovuq munosabat beriladi; mag’lubiyatga uchraganda esa ayovsiz kamsitiladi. Bunaqa tarbiyadan chiqqan bolalarda β€œO’rtacha natija yo’q, yo hammasi mukammal bo’lishi kerak yoki umuman hech narsa bo’lmasligi kerak”, degan qat’iy qoida shakllanadi. Bu holatda har qanday ishni boshlamaslik, kechiktirish β€” xavfsizlik, degani. Sababi boshlanmagan ishga hech kim baho bermaydi. Yana bir muhim belgilardan biri esa bu turdagi odamlar munosabatlarda ham β€œyo yaqin bo’lamiz yo umuman uzilamiz” tamoyili bilan yashaydi, ya’ni faqat ishda emas, munosabatlarda ham qiynalishadi. Sizda aynan qaysi shakl ekaniga qarab bu bilan ishlash metodi ham farqlanadi, muhimi bunaqa holatlarda mutaxassis yordamidan foydalanish kerak.
Darvoqe, agar sizda ishni kechiktirish, boshlamaslik bilan bog’liq holat yuqoridagi ko’rinishlarga tushmasa, demak, rostanam dangasa bo’lishingiz mumkin. Kechirasiz, fan ham qozonda borini cho’michga chiqaradida.)
@palmoviysad

September 24, 04:18
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

@palmoviysad

September 17, 09:59
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

To’g’ri, ammo..
🀩
Toβ€˜gβ€˜ri
, dunyo faqat er atrofida aylanmaydi va behuda ishlardan uzoq boβ€˜lish lozim. Ammo er bilan birga vaqt oβ€˜tkazish, hazillashish va koβ€˜nglini olish bekorchilik (lagβ€˜v) emas, balki shariatda haq va savobli deb belgilangan fazilatdir.
Manba
: Rasululloh ο·Ί shunday deganlar: Β«Musulmon kishining mashgβ€˜ul boβ€˜ladigan har bir oβ€˜yin-kulgisi botildir (foydasizdir), faqat uchtasi bundan mustasno: oβ€˜z ayoli bilan xushchaqchaqlik qilishi (hazillashishi), …” (Abu Dovud)
🀩
Toβ€˜gβ€˜ri
, har bir ayol mustaqil shaxs va oβ€˜z ruhiy olamiga ega. Ammo erga yaxshilikda (ma’rufda) itoat qilish oβ€˜zligini yoβ€˜qotish emas, balki Jannatning istalgan eshigidan kirish uchun berilgan eng yengil yoβ€˜llanmadir.
Manba
: Agar ayol besh vaqt namozini oβ€˜qisa, (Ramazon) oyi roβ€˜zasini tutsa, nomusini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga: β€œJannatga uning xohlagan eshigidan kir”, deyiladi. (Ibn Hibbon)
🀩
Toβ€˜gβ€˜ri
, er begunoh yoki benuqson farishta emas. Ammo u Alloh taolo ayol kishining oxiratdagi darajasini belgilab qoβ€˜ygan imtihoni β€” Jannati yoki Doβ€˜zaxidir.
Manba
: Unga (eringga) qanday munosabatdaligingga diqqat qil, zero u sening jannating yoki doβ€˜zaxingdir (ya’ni haqqiga rioya qilsang jannatga, zoye qilsang doβ€˜zaxga sababdir). (Nasoiy)
🀩
Toβ€˜gβ€˜ri
, xafagarchilik paytida magβ€˜rurlik ustun keladi. Ammo xafa boβ€˜lganda yoki xafa qilganda birinchi boβ€˜lib yarashishβ€” Jannat ayollarining oliy sifatidir.
Manba
: Sizlarning ahli jannatdan boβ€˜lgan ayollaringiz shundayki, ular mehrli, farzand koβ€˜ruvchi va eriga qaytuvchan (uzr soβ€˜rovchi) boβ€˜ladilar. Agar eri gβ€˜azablansa, kelib qoβ€˜lini uning qoβ€˜liga qoβ€˜yadi va: β€œTo sen mendan rozi boβ€˜lmaguningcha koβ€˜zimga uyqu ilmayman”, deydi. (Nasoiy)
🀩
Toβ€˜gβ€˜ri
, nafl ibodatlarni koβ€˜paytirish savobli ish. Ammo er uyda boβ€˜lganida uning ruxsatisiz nafl roβ€˜za tutmaslik β€” oila tinchligi va erning haqqini nafl amallardan ustun qoβ€˜yishning goβ€˜zal hikmatidir.
Manba
: Ayol kishiga eri yonida (hozir) boβ€˜la turib, uning ruxsatisiz (nafl) roβ€˜za tutishi halol boβ€˜lmaydi. (Buxoriy)
@palmoviysad