
Ummu Umayr (reserve)🌴
Nega ba’zilar unutadi, ba’zilar esa yo’q?!
Bolalikda ko’pchilik ota-onasi tarafidan jazolanadi, kaltak yeyishi mumkin, gap eshitadi va hkz. Ammo ba’zilar buni kulib, biror qiyinchiliksiz eslashi va ayni vaqtda ota-onasi bilan munosabat tiklashda muammo sezmasligi mumkin. Ba’zilar esa buni qattiq oladi, hafalik uzoq yillar qalbida qoladi va qancha urunsa ham munosabat tiklashga qiynaladi, davomli rishtalarga uzoq bardosh berolmaydi, portlab ketaveradi. Bu yerda bir necha omillar bor, biz asosiy urg’uni faqat “urmaslikka” beramiz. To’g’ri, bolani urish noto’g’ri ish. Ammo me’yor va qaysi harakat jiddiy oqibatga olib kelishini aniqlash muhim.
1.
Jazo qanday kontekstda bo’lgan
. Kaltak alohida munosabat emas, balki munosabat tizimining bir ko’rinishi. Agar bola kundalik hayotda sevilsa, qadrlansa, mehr ko’rsatilsa, urish yoki shunaqa jazolar “istisno” sifatida qabul qilinadi. Boz ustiga jazo bolaning aybi uchun berilsa, nur ustiga nur. Ya’ni bola nega jazolanganini eslab qoladi. Agar jazo va qo’rqitish asosiy muloqot vazifasi bo’lsa, umumiy issiqlik va mehr kam bo’lsa, berilmasa, bola bu oilada o’zini doimiy qadrsiz his qiladi, sevilishiga ishonmaydi va uzoq yil bundan aziyat chekadi.
2.
Uzilish va tiklash sikli.
Ba’zi onalar tabiatan baqiroq, yo shapatlashga usta, harakat qilsa ham nevroz yo xarakter sabab o’zini bosbqarishga qiynaladi. Biz bolani urish, qattiq jazolash har doim yomonligini unutmasligimiz kerak, ammo bolani orqasiga urish yoki qattiqroq ushlash bilan do’pposlashni aniq farqlashimiz shart. Xullas, urishgandan keyingi tiklanish sikli qanday bo’ladi, bu muhim. Bolaga aybi aytilsa, jazodan keyin gaplashib olinsa, ota-ona ham hislarini bolaga aytsa, jaxli boladan emas, qilgan ishidan chiqqani eslatilsa, bolada “Munosabatlar ziddiyatdan keyinam tiklanadi” degan qoida qoladi. Jazodan keyin iliqlik tiklanmasa, bola uzilishda “muallaq” qolib ketadi. Natijada katta bo’lib konfliktdan qochaveradi, oddiy janjalniyam katta dramalarga buradi. Jazodan keyin muloqot muhim shuning uchun. Bolalar uchun jazolar katta mashshtabda his qilinadi, ular kattalarday “ha, o’tib ketdi, tushunvoladi” shaklida o’ylamaydi.
3.
Oiladagi xavfsiz figura
. Ba’zan ota-onalardan biri yo boshqa katta odam bolaga yumshoq bo’ladi va umumiy mehr fonida qattiqqo’l kattaning xulqi unchalik ham ta’sir ko’rsatmaydi.
4.
Temperament va sezgirlik.
Ba’zilar jazoni uzoqroq yashab o’tadi va boshqacha his qiladi. Ammo individuallikni ham tepadagi omillar bilan bartaraf etish mumkin.
5.
Bolaning jazoga ma’no berishi.
“Meni yaxshi ko’rishgani uchun yo xato qilganim uchun jazolashdi” bilan “men yomonman, shuning uchun jazolashdi”ning orasida farq bor. Ikkinchisi, aybdorlikni kuchaytiradi. Yo doimiy o’zini yoki ota-onasini aybdor qilib yashaydi.
6.
Kechirolmaydiganlarda ishlanmagan hislar.
Odatda, ularda g’azab, qo’rquv va uyat bilan bog’liq muammo bo’ladi. Shular ishlanmagan, ifodalanmagan, tushunilmagan va qorishib xuddiki “kechirolmadim” shaklida qolib ketgan bo’ladi.
7.
Idealizatsiya
. Jiddiyroq sabab, bola og’riqni shunchaki “ideal ota yoki ona” obrazini saqlash uchun unutadi. Bu sog’lom holat emas, mana shu narsa kelajakda zo’rovonlik, tajovuzni normallashtirish, shunaqa holatdayam aybni o’zidan izlashga sabab bo’lishi mumkin.
@palmoviysad
Qaysi turdagi rivojlanish samaraliroq?
Ma’lumki, hozirgi kun modern falsafasi g’ildiragi bilan yuradi. Modern falsafasining asosiy quroli — ta’lim, ilm-fan va rivojlanish. Aynan mana shu omilning muvaffaqqiyatiga ishonib davlatlar sekulyar tizimga o’tdi va dinni davlatdan ajratishdi. Chunki odamlar o’qisa, rivojlansa, ilm olsa, ularni ongli axloq boshqaroladi, diniy asoslar shart emas, degan qarash bor edi. Haqiqatdan ham biz bu falfasaning rivojini hali hanuz guvohimiz, bizga ibrat qilib ko’rsatilgan hamma davlatlar ilmiy taraqqiyot hisobiga shu darajaga kelgan, deyish mumkin. Bu Sharq Yaponiyasidan tortib, Yevropa davlatlarigacha bo’lgan joylar. Biroq qiziqishga siz bu davlatlardagi ijtimoiy-psixologik muammolar, suidsid holatlar, oila instituti, qariyalar va yetimlar holatini kuzatsangiz, statistika bilan tanishsangiz, osmono’par binolar ostida qanday qorong’uliklar borligini his qilasiz. Men Las Vegas ostidagi suv quvurlarida 10 yillab yashaydigan odamlar, tashqariga — yorug’likka chiqmagan oilalar haqidagi videoni ko’rganimda qanday shokka tushganimni haliyam yaxshi eslayman.
Odamlar bugun ham ilm-fanning o’zi insoniyatni qutqarishiga, jamiyat isloh bo’lishiga asosiy sababi deb shonadi. Mana nega bizda uzoq yillar “diplom” katta motivatsiya manbai edi.
Ammo siyratga qarasak, Rosululloh
🪴
ham, aksar sahobalar ham ummiy — o’qish-yozishni bilmaydigan bo’lishgan. Ammo ularda Islomdan oldin ham an’anaviy axloq, mustahkam qadryatlar asosida bazal darajadagi xulqlar bor edi. Islom ana shu xulqlarni xuddi toshlarni yo’ngandek, yo’nib, ziynatladi. Islom bilan jamiyatlar ko’rmagan fazilatlariga guvoh bo’lishdi, qisqa fursat ichida katta sivilizatsiyali imperiyalar Islom poyiga quladi. Fors qo’mondoni Rustam huzuriga sahobalar uch kun ketma-ket elchi bo’lib borishganda, ularning hammasi xuddi bitta odamdek bir xil maqsadni ishonch, sof aqida va xotirjamlik bilan gapirishgannini eslang, xuddi o’rgatib, yodlatilgandek. Islom axloqi Yer yuziga mustahkam o’rnashgandan keyin olam ikkita ketma-ket renesans — uyg’onish davrini ko’rdi. Ana shu davrdagi ilm-fan bugungi kun uchun beshik vazifasini o’tayapti. Tarbiya asosidagi rivojlanish nafaqat samaraliligi, balki uzoq muddatli saboti bilan ham tarix chig’irig’idan o’tgan. Abbosiylarning 600 yillik xilofotidq atiga ikki dona o’g’rilik bilan qo’l kesilishi qayd etilgan ekan. Dastlabki, xulafoyi roshidunlar davrida esa qarovsiz yetimlar, bevalar jamiyatda bo’lmagan ekan. Chunki kafillikka olish talash bo’lgan erkaklar orasida.
Bu mavzuni ko’targanimda, liberal qatlamdan yunon falfasasi va Rim sivilizatsiyasi bo’yicha argument bo’lishini o’yladim, shuning uchun ham gapni bugun ularning ma’naviy izdoshi bo’lgan G’arbni eslash bilan boshladim. Ta’lim bilan ham rivojlanish bo’lishini inkor etmayman. Zotan, bugun ilm-fanning mevalaridan foydalanib, shularni yozyapman. Lekin qaysi uslub davomli, samarali hamda jamiyatning axloqiy rivojiga salbiy ta’sir qilmagan holatda rivojlanishi muhim. Mana shu asosiy masala, meningcha. Atom bombasini ham olimlar yaratgandi, bizga qimmatbaho miyali olimlar emas, odamiyligi bor, xalqlarga befarq bo’lmagan, insonparvar olimlar kerak.
@palmoviysad
@palmoviysad
#qissalar
Balki buni aytishim kerakdir…
Siz har kuni qiladigan, arzimas sanaydigan, ammo savob bo’lgan amallar:
• Uyingizni tozalash, ovqat pishirish, kiyimlarni yuvish-dazmollash;
• Ro’zg’orni tartibli boshqarish, masalliqlarni uvol qilmaslik, tejamkorlik bilan bozorliklarni taqsimlash;
• Farzandlaringiz bilan o’ynash, ularning eng oddiy ehtiyojlarini ham qondirish, ularga tabassum qilish, mehr berish;
• Turmush o’rtog’ingizga hurmat ko’rsatishingiz, xizmatlarini ado etishingiz, nafsi va ruhida uni xotirjam qilishingiz;
• Uyingizga kelgan mehmonlarni chiroyli kutib olish, ularga imkoningzidagi borini tortiq qilish, ularga so’z va amal bilan ozor bermaslik;
• Eringiz kelishiga o’zingizga qarashingiz, chiroyli yuz bilan kutib olishingiz, kayfiyati bo’lmasa, murosa qilishingiz;
• Tortishuv va kelishmovchilik paytida o’zingizni bosishingiz, yomon gap aytmaslikka harakat qilishingiz, janjaldan keyin yana yaxshi gapirolishingiz, yaxshilik qilolishingiz;
• O’zingiz va eringizning oila a’zolaridan xabar olib turishingiz, muloqotda xushmuomala bo’lishingiz, ularning gaplarini omonat bilib tashqariga chiqarmasligingiz;
• Uyingizni sog’inishingiz, qayerga borsangiz ham uyingizga talpinishingiz, uyingizda o’tirishni yoqtirishingiz, uyingizni yaxshi ko’rishingiz.
Bularning hammasining ajri Allohning zimmasida, siz shunchaki ish qilmayapsiz, balki mas’uliyatlarni ado etyapsiz. Bular javobsiz qolmaydi.
@palmoviysad
@palmoviysad
#qissalar
Bir xil amal, har xil niyat
Bugun sizlar ehtimol hali eshitmagan, ammo tez-tez duch keladigan mavzu haqida gaplashmoqchiman. Bu yordam berish mavzusi. Hozir uning bir necha turlari haqida gaplashamiz. Tayyor turing, mavzu yoqimsiz.)
Xolis Alloh uchun qilingan yordam
— buni hamma davo qiladi, ammo haqiqat har doim ham aytilganidek bo’lmasligi mumkin. Bu yordamning birinchi asosi, undan evaz-qaytim kutilmasligi, chunki yordam beruvchi o’z qadr-qimmatini qarshi tarafning maqtoviga bog’lamagan, uning ichki motivi ancha barqaror, sobit. Bu yordam boshqa insonning haqiqiy ehtiyojidan kelib chiqadi, o’zinikidan emas. Yordam iymon darajasiga ko’ra ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: so’ralgan yordam va maksimal berilgan imkon, til bilan so’ralmagan, ammo hol tili bilan ma’lum yordam. Bu turdagi yordamning eng kuchli nuqtasi, uning maxfiyligi. Yordamni berkitish yordam beruvchini cho’chitmaydi, havotirga solmaydi. Balki aksincha xotirjam qiladi va boshqalardan berkitishga urinadi.
Qutqaruvchilik yordami
— bu yordamning asl ildizi boshqa insonning noqulayligi, zaifligini ko’tarolmaslik va shuning fonida o’z havotirini bostirish. Odatda, so’ralmagan vaziyatda aralashiladi, sababi boshqa odamning mustaqilligi va muammoni hal qilish qobilyatiga ishonmaydi. Keyin uzilmas zanjir paydo bo’ladi: qutqaruvchi taraf va yordamga muhtoj taraf. Mabodo yordam taklifi rad etilsa, kuchli hafagarchilik yoki g’azab paydo bo’ladi. “Odam deb senga yordam beraman desam, noz qilding. O’zingdan ko’r”, deganday. Bu holatda yordam evaziga ikkita narsa kutiladi, buni qutqaruvchi mantiqan anglamasligi mumkin: keraklilik tasdig’i, til bilan e’tirof etilmasa ham “yaxshiyam borsan” hissiyoti; hech qachon rad etilmaslik — chunki u “xolis” yordam beryapti. Va eng muhimi yordam so’rovchining hech qachon o’zgarmasligi, doim unga muhtoj bo’lishi. Ha, g’alati eshitilsa ham, shunday. Chunki u yordam berish bilan o’z rolini, qadrini topgan, agar bu manba yo’qolsa, uning o’zi ham yo’qolib qoladi.
Narsistik yordam
— shunaqa nomladim, buni asli nomi juda ko’p. Lekin tarkibi bir xil. Bu yordamdan eng asosiy maqsad vaziyatni nazorat qilish, boshqa odamni qarzdor qilish va “yaxshi inson” obrazini mustahkamlash. Yordam ko’pincha namoyishkorona, hammaning ko’z oldida, yoki yordam so’rovchining ko’z oldida beriladi. Va keyin albatta eslatiladi, yuzga solinadi — minnat qilinadi. Yoki zimdan ishora qilinadi, gapni uzoqda olib kelib, sizga yordamlar eslatiladi va qilishingiz kerak bo’lgan ishga ishora qilinadi. Siz buni isbotlab berolmaysiz, chunki gapda aniq isbot yo’q, men buni nazarda tutmadim, oshirvorma, deb vaziyatdan chiqib ketish mumkin. Ammo his qilgan bosimingiz real. Albatta, evaz kutiladi. Qaytimiga til qisilishi, aybdorlik yoki nazoratni topshirish beriladi. Rad etilsa yoki yordami e’tirof etilmasa, kuchli haqorat, xo’rlanganlik his qilishadi, ba’zan esa qattiq jazolashadi ham. “O’zingcha meni yordamimni mensimadingmi, bu kuningdan battar bo’l” ga o’xshash yo bundanam battar. Bu yordamning ichki motivi ichki bo’shliqni to’ldirish, odamlarga yordam evaziga hammani nazorat qilish va dominant bo’lishdir.
Doim aytaman:
hech qachon o’zingiz haqingizda tez xulosa bermang, inson nafsida o’zi bilmaydigan narsalar ko’p. Alloh uchun amal qilish esa juda qiyin, ixlos eng noyob ne’mat. Alloh barchamizni ixlos egalaridan qilsin, qalbimizni isloh qilsin.
@palmoviysad
Uradigan bolalar kuchli hisoblanadimi?
Bizning mentalitetda urishqoq bolalarni “polvon”, “erkak”, deb matqashadi. Lekin aslida bolalardagi urish, baqirish kabi holatlar kuchlilikni emas, emotsional regulyatsiya yetishmasligining belgisi. 5-6 yoshgacha bo’lgan bolalarda eng qiyin ish hissiyotini ifoda qilish hisoblanadi, o’zi bu ish undan keyin ham qiyin, ammo dastlabki ko’nikmalar shu yoshda beriladi. Bola qo’rquv, havotir, vahima, jahl, hafalikni ham agressiya bilan chiqaradi ko’pincha. Bu oiladagi uslubni o’zlashmasi bo’lishi ham mumkin, ya’ni bolaga ham urib, baqirib muomala qilinsa, bola shuni o’rganayotgan bo’lishi mumkin. Chunki bola hali shaxsiyat emas, unda xulq qotmagan. U kattalardan ko’rganini takrorlaydi. Shuning uchun bam bolaga gunoh yozilmaydi.
Ammo muhimi bunda emas, ko’pincha uradigan bolalardagi tag hissiyoti havotir bilan bog’liq bo’ladi. Bu doim ham bola kaltak yegani bilan bog’liqmas, ba’zida bu sog’inch va havotir bilan aralashib ketadi, ba’zida bu ota-onaning emotsional sovuqligi ta’sirida bo’ladi. Reaktiv agressiyaning tagida doimiy xavf, tahdid, notinchlik va frustratsiya (kutgan narsasi bo’lmasligi) hissiyoti bo’ladi. Ogohlantirmay tashlab ketish, aytmasdan ketib qolish, so’ramasdan narsasini berib yuborish, kutilmaganda bolaga baqirish yoki urish, jazolash, nega jazolangani tushuntirilmasligi kabilar bazal xavfsizlik hissini buzadigan omillardir. Bunaqa bolalar katta bo’lganda murosa qilish qobilyatiga ega bo’lmaydi, oddiy suhbat ham katta janjalga aylanib ketishi mumkin. Har doim gaplashish baqir-chaqir, urishish yoki zo’ravonlik bilan yakunlanadi. Chunki bolalikdan bu o’rgatilmagan.
Bola dabdurustdan urishni boshlasa, undan so’rab, aniqlik kiritish kerak. Chunki bolada hali mantiq tizimi shakllanmagan, amigdala — hissiyot tizimi juda aktiv. Masalan,
“Nimaga uryapsan?”, “Jahling chiqdimi?” “Hafamisan?”, “Biror narsa xohlayapsanmi, nima beray?”
kabi elementar savollar havotirni bosib, bola o’ylashiga va harakatini tushunishiga sabab bo’ladi. Uradigan, agressiv, baqiroq yo yerlarga yotib janjal qiladigan, zo’ravon bolalar uyda ota-onalariga bu xulqni ko’rsatgani bilan ko’chada qo’rqoq bo’lishadi. Shuning uchun ham bu agressiyaga aldanib, bolani “mard” deb hisoblash kerak emas. Bolalar o’z nomi bilan bola, ular o’zlarini hali himoya qilolmaydi, muammolarni yecholmaydi, ota-ona bolaga bu borada yordam berishi kerak. Ammo me’yorda, bola shaxsiyatini sindirmasdan.
Yana bir jihat, reaktiv agressiya bora-bora proaktiv agressiyaga, ya’ni xulqqa aylanib qolishi mumkin. Buning sababi uyda bolaning bunaqa xulqini maqtashlari, rag’batlantirishlari va e’tibor berishlari bo’ladi. Bola hali “yaxshi va yomonni” ajratolmaydi, shuning uchun kattalar reaksiyasiga ko’ra buni baholaydi. Ming xunuk, betarbiya qiliq bo’lsa ham kattalar bunga kulib, mayl bildirsa, bola buni oson o’zlashtiradi va to’g’ri deb hisoblaydi. Masalan, so’kinish. U aslida harom amal, fosiqning ishi. Bola so’kinishni o’rgansa, bir umr unga ham, o’rgatganga ham gunoh yoziladi. Yoki bola o’zidan kichiklarni ursa, jaxli chiqqanda hammayoqni otib sindirsa, “ha, o’g’il bola” deyish ham shuning misoli. Bolalarga sunnatga binoan tarbiya berish kerak, haqiqiy erkak — polvon, tosh ko’tarib, jaxl kelganda tentakka o’xshab o’zini boshqarolmaydigan hayvonsifat mavjudot emas, haqiqiy erkak g’azabini yenggan, o’zidan zaiflarga ozor bermaydigan, jaxli aqlini o’chirmaydigan kishidir.
@palmoviysad
Balki shularni aytishim kerakdir…
Ketma-ket kichik bolalar bilan toliqayotgan, mitti bolalar xizmatidan charchagan onajon, oz qoldi.
Qo’lingizda ko’tarib ovqat qiladigan, qayerga borsangiz qo’lingizdan tushmaydigan bu mitti mavjudot bir yilda oyoqqa kirib ketar ekan, keyin hadeb uni ko’tarish shart bo’lmay qoladi. Endi hammomda tik oyoqda turib, oyog’ingizdan quchib oladi, uni bir qo’l bilan ko’tarib, bir qo’l bilan suvga pishib yuvishingiz shart bo’lmay qoladi.
Gapini tushunmay, yig’lashiga asabiylashib ketadigan kunlaringiz atiga bir necha yil, xolos. Uch yoshdan keyin ular tilga kirib, hech yo’q chal-chulpa so’zlar bilan sizga vaziyatni ochiqlab beroladi. Ularni tushinishingiz uchun mingta tahminlarni keltirishingiz shart bo’lmay qoladi, o’zlari qayeri og’riyapti, nega jaxli chiqdi, nima yoqmadi, nimadan hafa, hammasini aytib beradi.
Ketma-ket katta bo’lgach, 3-4 yoshdan keyin ular o’zaro o’ynashaverar ekan, siz ularga beso’naqay termulib yangi o’yinlar topolmaganingizdan siqiladigan kunlaringiz bir umr emas, juda oz kunlar xolos.
Endi uning ortidan ovqat ko’tarib chopishingiz shart emas, oyoqqa turgach, o’zlari bemalol muzlatgichni ochadigan, topganlarini yeydigan darajada mustaqil bo’lib ketishar ekan. Mehri oshib ketsa, sizga nimadirlar ham tayyorlab berishlari mumkin. O’zlari suv ichgani borisharkan, kechasi hadeb suv uchun turaveradigan kunlaringiz juda qisqa aslida.
Hamma narsani yeb, hamma joyga chizib, hamma narsadan uy yasaydigan, uyingizni tartibdan maksimal uzoqlashtiradigan bolalar juda tez katta bo’lib ketar ekan. Oz qoldi. Hammasiga ulgurasiz, insha Alloh. Shu bolalar bo’lmaganida ham oyga chiqib, Tinch okeanini kesib o’tmasdingiz, chunki insonning rizqi azaldan bitilgan. Yashashingiz kerak bo’lgan eng yaxshi hayotni yashayapsiz, hech narsaga kech qolmadingiz. Xotirjam bo’ling.
@palmoviysad