
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi
facebook.com/ima.xorazm
#matematika_festivali
MATEMATIKA FESTIVALI BO‘LIB O‘TADI
M.V. Lomonosov
nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida
2–3-noyabr
kunlari
matematika festivali
bo‘lib o‘tadi
!
Tadbir amaliy matematika va informatika fakulteti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
❗️
Festivalda
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi
maktablarning
9–11-sinf
o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
🔗
Festivalda ishtirok etish uchun
quyidagi havola
orqali joriy yilning
30-oktabri
ga qadar ro‘yxatdan o‘ting.
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
#Agentlik_tizimidagi_maktablar
#Xorazm_viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi.
⏩
Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda.
✔️
Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir.
❗️
Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi.
🌐
Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi?
Unda maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Xorazm viloyatida
joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
1.
Xiva shahridagi Prezident maktabi
2.
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
3.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Xorazm filiali
4.
Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
5.
Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
6.
Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
7.
Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
8.
Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9.
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi
10.
Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
11.
Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
12.
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
13.
Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
14.
Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
15.
Gurlan tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
16.
Urganch tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
17.
Bog'ot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
🌐
Telegram
|
Facebook
#Yangibozor_IMI
#Yil_ayoli
Yangibozor tumanida ayollarning jamiyatdagi oʼrni va faolligini yana bir bor namoyon etgan “Yil ayoli” tanlovining tuman bosqichi boʼlib oʼtdi.
Tadbirda turli soha vakillari — taʼlim, sogʼliqni saqlash, mahalla, tadbirkorlik hamda ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar ishtirok etdi. Ular oʼz sohasidagi yutuqlari, tashabbuslari haqida gapirdilar.
Tanlov yakunida faolligi, tashabbuskorligi va ibratli faoliyati bilan ajralib turgan ayollar gʼolib deb topilib, viloyat bosqichiga yoʼllanma oldilar. Bu tanlov nafaqat ayollarning mehnati va jasoratini eʼtirof etish, balki ularning jamiyatdagi nufuzini oshirish, yangi imkoniyatlarga ilhom bagʼishlashga qaratilgan muhim tadbir boʼldi.
➡️
Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Yulduz Vapoyevaga keyingi bosqichda ham omad tilaymiz.
🌐
Telegram
|
Facebook
#Hazorasp_IM
#Yil_ayoli
Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
da "Yil ayoli" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda tumanda istiqomat qiluvchi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zlarining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari o‘zaro bellashdilar.
Ishtirokchilar orasida
Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabi
maslahatchisi
Artiqova Iroda Egamberdiyevnaning
ishtiroki quvonarli, albatta.
Ishtirokchilar tanishtiruv, savol-javob shartlari bo'yicha o'z bilim va mahoratlarini ko'rsatdilar hamda "Zamonaviy o'zbek ayoli" mavzusidagi videorolikni taqdim qilishdi. Nominatsiyalar g'oliblariga tuman hokimi o'rinbosari M.Nurullaeva va viloyat kengashi deputati G.Matmurotovalar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.
🌐
Telegram
|
Facebook
🤩
Endi tabiiy fanlar va fizikadan ham olimpiada!
🇺🇸
2-noyabr kuni
khiso.uz
platformasida fizika, astronomiya va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida
Copernicus xalqaro olimpiadasi
ning saralash bosqichi onlayn tarzda o‘tkaziladi.
📹
(Batafsil ma’lumot videoda aytilgan)
✅
Saralashdan o‘tgan o‘quvchilar — 2026-yil fevral oyida Amerikada bo‘lib o‘tadigan Global Final bosqichiga yo‘llanma oladi!
📌
7–11-sinflar uchun fanlar:
😀
Astronomiya
⚡️
Fizika
📌
3–11-sinflar uchun fan:
🌿
Tabiiy fanlar (Natural Science)
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish:
khiso.uz
❗️
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma:
🔣
https://t.me/khisofaq/2
⌨️
Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va
AT sohasidagi imkoniyatlar
forumiga taklif etamiz!
Xotin-qizlarning raqamli sohadagi faolligini oshirish, ularni AT yo‘nalishida imkoniyatlar bilan tanishtirish va sohaga keng jalb etish maqsadida
“Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va AT sohasidagi imkoniyatlar”
forumi tashkil etilmoqda.
Mazkur forum davomida:
💡
AT sohasida faoliyat yuritayotgan muvaffaqiyatli xotin-qizlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi;
💼
Raqamli ko‘nikmalarni egallash orqali yangi kasblarni o‘rganish yo‘llari haqida ma’lumot beriladi;
🌍
Xotin-qizlar uchun mavjud grantlar, onlayn kurslar va ish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
Forum quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
📍
Nukus — 28-oktabr, soat 14:00
Manzil: Yoshlar ishlar agentligi binosi
📍
Xorazm — 29-oktabr, soat 12:00
Manzil: IT Park Xorazm filliali
Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan IT Park, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, Uzinfocom, “GAP” Ayollar IT-klubi hamkorligida o'tkazilmoqda.
AT sohasida o‘z o‘rningizni toping, yangi yo‘nalishlarni kashf eting va raqamli kelajak sari dadil qadam tashlang! Forumda ishtirok eting!
📩
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
Youtube
🌐
LinkedIn
🐦
X
Urganch shahridagi ma’naviy va ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘ygan eng namunali ta’lim muassasiga ovoz bering. Tanlovda 1,2,3-o‘rinni egallagan maktablar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi tomonidan kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
#Kun_qahramoni
#Shovot_IMI
⏩
28-oktabr kuni o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida kun qahramoni bo‘lgan ustozni tabriklaymiz!
Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab internati
— Qo'chqarova Xurshida
Ona tili va adabiyot fani
90
ball
🌐
Telegram
|
Facebook
#Kun_qahramoni
#Shovot_IMI
⏩
28-oktabr kuni o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida kun qahramoni bo‘lgan ustozni tabriklaymiz!
Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
—
Atajanova Zuhra Sultonovna
Ona tili va adabiyot fani
88 ball
🌐
Telegram
|
Facebook
#1_Choraklik_summativ_baholash
#1_kun
Bugun Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda I chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari boshlandi.
📸
Fotosuratlarda:
➖
Bog'ot tumani IM
➖
Urganch shahar 1-son IMI
➖
Xiva shahar 2-son IM
➖
Yangiariq tumani IM
➖
Bog'ot tumani 2-son IMI
➖
Shovot tumani IMI
➖
Yangibozor tumani IMI
➖
Hazorasp tumani IM
➖
Xonqa tumani IM
➖
Xiva shahar 1-son IMI
Jarayon Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ZOOM platformasi orqali ham nazorat qilinmoqda.
🌐
Telegram
|
Facebook