
Ixtisoslashtirilgan maktablar | XORAZM
#Yil_oʻqituvchisi
#Gʻoliblar_aniqlandi
📣
DIQQAT!!!
Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!
💰
Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm
(bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari)
pul mukofoti bilan mukofotlanadi
.
✅
Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.
➖
Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.
📊
Ma'lumot oʻrnida:
joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab
46 ming nafardan ortiq
pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan
208 nafar pedagog
g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.
📍
Gʻoliblar roʻyxati
👏
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblarini samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusi kasbiy faoliyatida yanada katta zafarlar tilaydi
.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Xiva
#Xorazm
#ArdaXiva
#gastronomik
#festival
#xonlari
2026-yil 19–20-sentyabr
kunlari Xiva shahridagi
“Arda Xiva”
turizm majmuasida
II xalqaro “Xorazm xonlari milliy taomlari” gastronomik festivali
bo‘lib o‘tadi.
Ikki kun davomida festival ishtirokchilari Xorazmning boy gastronomik merosi, qadimiy retseptlari va milliy taomlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Tadbir doirasida 20 dan ortiq Xorazm milliy taomlari, shuningdek, turli mamlakatlar oshxonasiga mansub 10 ga yaqin xorijiy taomlar tayyorlanadi.
Xorazm dasturxonidan tuxum barak, ko‘k barak, qovoq barak, shivit oshi, manti, gumma, ijjon, go‘shtli qovurma, dimlama, qozon kabob, jigar kabob, tuncha sho‘rva, mastava, patir, bo‘g‘irsoq, qatlama kabi milliy taomlar o‘rin oladi. Shuningdek, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va Italiya milliy taomlari ham taqdim etiladi.
Festival doirasida gastronomik bellashuvlar tashkil etilib, g‘oliblar uchun qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari beriladi.
***
The
2nd International Gastronomic Festival “National Dishes of the Khans of Khorezm”
will be held on
19–20 September
2026 at the
Arda Khiva
tourist complex in Khiva.
Over the course of two days, festival participants will have the opportunity to discover the rich gastronomic heritage of Khorezm, traditional recipes and authentic national dishes. More than 20 dishes of Khorezm cuisine, as well as around 10 dishes representing the national cuisines of different countries, will be prepared as part of the event.
Guests will be introduced to such traditional Khorezm dishes as tukhum barak, kuk barak, kovok barak, shivit oshi, manti, gumma, ijjon, meat kavurma, dimlama, kazan-kebab, jigar-kebab, tuncha shurpa, mastava, patyr, bogirsok and katlama. National dishes from Türkiye, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Azerbaijan, Georgia, India, China, the Republic of Korea and Italy will also be presented.
The festival programme will include gastronomic competitions, with the winners receiving valuable prizes and cash awards.
***
19–20 сентября
2026 года в туристическом комплексе
«Arda Xiva»
в городе Хиве состоится
II Международный гастрономический фестиваль «Национальные блюда хорезмских ханов»
.
В течение двух дней участники фестиваля смогут познакомиться с богатым гастрономическим наследием Хорезма, старинными рецептами и традиционными национальными блюдами. В рамках мероприятия будет приготовлено более 20 блюд национальной хорезмской кухни, а также около 10 блюд национальных кухонь различных стран мира.
Гостям фестиваля будут представлены такие блюда хорезмской кухни, как тухум барак, кук барак, ковок барак, шивит оши, манты, гумма, ижжон, мясная ковурма, димлама, казан-кебаб, джигар-кебаб, тунча-шурпа, мастава, патыр, богирсок, катлама и другие традиционные блюда. Также будут представлены национальные блюда Турции, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Азербайджана, Грузии, Индии, Китая, Южной Кореи и Италии.
В рамках фестиваля состоятся гастрономические конкурсы, победители которых будут награждены ценными подарками и денежными призами.
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube
|
LinkedIn
🏫
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Urganch filiali
Maktabimiz hayotidagi yangiliklar, o‘quv jarayonlari, tadbirlar, o‘quvchilarimizning yutuqlari va qiziqarli lavhalarni bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
📸
https://t.me/Urganch_IT_school
🏢
Sizni maktabimizning virtual sahifalarida ham ko‘rishdan mamnunmiz!
🤝
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Urganch filiali
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Website
📌
TOIFA OLISH UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH OXIRGI MUDDATI BELGILANDI!
🔆
Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari turlarida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.
➡️
Ariza topshirishning so‘nggi kuni: 30 sentyabr.
📌
Murojaatlarni quyidagi usullarda yuborish mumkin:
✅
Platforma orqali: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
pedagog.uzedu.uz
sayti orqali (ONE ID tizimi yordamida shaxsiy kabinetga kiriladi).
✅
Portal orqali: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali —
my.gov.uz
orqali.
✅
Davlat xizmatlari markazlari (DXM) ga shaxsan tashrif buyurgan holda.
🗓
Attestatsiya bosqichlari muddati:
📥
Avgust-sentyabr: Murojaatlar (arizalar) qabul qilinadi;
📝
Oktyabr-noyabr: Malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
📎
Dekabr: Sertifikatlar tarqatiladi.
🎥
Videoqo‘llanmalar haqida:
Ilova qilingan video-roliklar orqali platformadan foydalanish, ariza yuborish bosqichlari va muhim tavsiyalar bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Web-sayt
#KelajakMarkazlari
#QoʻshimchaTaʻlim
⏰
15-sentabrdan —
"Kelajak" markazlarida yangi o'quv yili boshlandi!
📚
Shu munosabat bilan respublikamizning barcha hududlaridagi markazlarda
sentabr oyi yakuniga qadar Ochiq eshiklar kuni
tadbirlari o'tkaziladi.
✍️
Unda Siz markazlar faoliyati, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda to'garaklar turlari va mashg'ulot jarayonlari bilan tanishishingiz mumkin.
✔️
Ma'lumot uchun, "Kelajak" markazlarida
60 dan ortiq turdagi to'garaklar
faoliyat yuritadi. Hozirda respublikamizdagi barcha umumta'lim maktablarida
tarmoq to'garaklari
bosqichma-bosqich yo'lga qo'yilmoqda. Bunda o'quvchilar maktabidan chiqmagandan holda mashg'ulotlarda qatnashib, yangi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishlari, kasb-hunar sirlarini o'rganishlari mumkin.
Biz Sizni "Kelajak" markazlarida kutamiz
!
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
📸
📸
📸
📺
📺
📺
📺
📺
✔️
AL-XORAZMIY UNIVERSITETIDA TANISHTIRUV HAFTALIGI
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida AT kasblarini bepul o‘rganing!
📖
Loyiha
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan
keyin
,
endilikda
Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona va Guliston shaharlari, shuningdek, Mirzacho‘l hamda Zomin
tumanlarida yo’lga qo’yiladi.
✅
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olishni istagan
8-sinf o‘quvchilari
saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
✅
Saralash jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
⚡️
Bilimingizni sinab ko‘ring hamda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
🗣
Saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun quyidagi
havola
orqali ro‘yxatdan o‘ting.
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
#IELTS_Result
#Yangiariq_IM
📃
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining
10-A sinf o'quvchisi
✨
BOTIROV SHOHRUZBEK —
ingliz tilini bilishni aniqlovchi xalqaro IELTS imtihonida
7.5 ball, C1 daraja
- yuqori natijani qo'lga kiritdi.
🔈
Listening: 8.0
📖
Reading: 8.0
📝
Writing: 6.5
🗣
Speaking: 6.5
🎊
O'quvchimizni, ota-onasini va ustozlarini chin dildan tabriklab, Shohruzbekning keyingi o'qish faoliyatida omad tilab qolamiz
!
💠
Telegram
🟢
TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan
Ro‘zmetov Dilmurod Adilbekovich Xorazm viloyati “Kelajak” markazi direktori o‘rinbosari
lavozimiga tayinlandi.
🔹
Yangi lavozimda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Boshqarmaning rasmiy
sahifalariga ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Web-sayt