
Ixtisoslashtirilgan maktablar | XORAZM
🟢
Endilikda Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqida 1246 qisqa raqami orqali xabar berish mumkin.
➖
Agar siz:
➡️
bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zoʻravonlik;
➡️
beparvolik yoki shafqatsiz munosabat;
➡️
bolaning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi holatlarga guvoh boʻlsangiz,
1246
qisqa raqamli call-markazga qoʻngʻiroq qiling.
❗️
Murojaat qilgan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
⏰
Hozirda 1246 qisqa raqamli Call-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.
➡️
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan pedagoglar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 1 yil davomida ishlay olmasligi haqida xabar bergan edik.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
#Urganch_shahar_1_son_IMI
📺
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati OAV e’tiborida!
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati maslahatchisi
R. Quryazova
“Xayrli kun!” ko‘rsatuvining mehmoni bo‘lib, bitiruvchi yoshlarning kasb tanlashi, kelajak rejalari hamda ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
https://t.me/Urganch_IMI
💠
Telegram
✔️
Kelajak mutaxassislarini saralash lahzalari!
🌟
Al-Xorazmiy universitetining 2026–2027-oʻquv yili uchun qabul imtihonlari muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. Abituriyentlarning diqqat-e’tibori va ota-onalarning cheksiz hayajonini videoreportaj orqali muhrladik.
🗣
Sinovlar toʻliq shaffoflik va qat’iy nazorat ostida oʻtkazildi. Endi navbat — yakuniy natijalarga!
💬
Imtihon topshirgan barchaga muvaffaqiyat, eng munosiblarga esa Al-Xorazmiy universiteti talabasi bo‘lishini tilab qolamiz!
🌐
English
🟢
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Хamro Bektemirovning kiberjinoyatchilikka qarshi ogohlikka chorlovchi murojaati
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar va qadrli yurtdoshlar!
Bugun axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir davrda kiberxavfsizlik masalasi har birimiz uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Afsuski, internet tarmog‘i va ijtimoiy platformalar orqali turli firibgarlik, shaxsiy ma'lumotlarni qo‘lga kiritish, soxta havolalar va aldov yo‘llari bilan fuqarolarga moddiy hamda ma'naviy zarar yetkazish holatlari ko‘paymoqda.
Ayniqsa, ta'lim sohasi xodimlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ham bunday kiberjinoyatchilarning nishonlaridan biriga aylanmoqda.
Shu munosabat bilan barchangizni quyidagi qoidalarga qat'iy amal qilishga chaqiraman:
🔘
bank kartasi raqami, amal qilish muddati, CVV kodi, SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlari hamda parollarni hech kimga aytmang;
🔘
notanish manbalardan yuborilgan havolalarni ochmang va shubhali dasturlarni telefon yoki kompyuteringizga o‘rnatmang;
🔘
ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan sovrinlar, imtiyozlar yoki oson daromad haqidagi soxta e'lonlarga ishonmang;
🔘
barcha akkauntlaringizda murakkab parollardan hamda ikki bosqichli himoya (2FA) tizimidan foydalaning;
🔘
farzandlaringizning internetdan foydalanish madaniyatiga e'tibor qaratib, ular bilan kiberxavfsizlik qoidalari haqida muntazam suhbatlar o‘tkazing.
Aziz yoshlar!
Internetdan bilim olish, izlanish va yangiliklardan xabardor bo‘lish maqsadida foydalaning. Vaqtingizni befoyda axborotlar, shubhali o‘yinlar yoki turli aldovlarga sarflamang. Har qanday ma'lumotni ishonchli manbalar orqali tekshirishni odat qiling.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizni raqamli makonda ham himoya qilish — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Ularning internetdagi faolligiga befarq bo‘lmang, xavfsizlik qoidalarini birgalikda o‘rganing.
Unutmang, kiberjinoyatchilar insonlarning ishonuvchanligi va e'tiborsizligidan foydalanadi. Ogohlik va hushyorlik esa eng ishonchli himoyadir.
Keling, birgalikda raqamli makonda xavfsiz muhitni shakllantiraylik, farzandlarimiz kelajagini asraylik.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Veb sayt
#apellatsiya_2026
🔴
APELLATSIYAGA ARIZALAR
QUYIDAGI TARTIBDA
JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI.
🖱️
Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
🖱️
Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
🖱️
Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.
🖌
Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida
ariza.piima.uz
sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
✅
✅
✅
✅
Qabul imtihoni jarayonlaridan fotoreportaj
📸
Al-Xorazmiy universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul imtihonlari jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
📝
Talabgorlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, matematika hamda mantiqiy fikrlash fanlari bo‘yicha ingliz tilida test topshirmoqda.
🌐
English
Milliy qadriyatlar targ‘ibotida innovatsion yondashuv
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar davrida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan milliy adabiyotimiz va qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda samarali foydalanilayotgani g‘oyat e’tiborga molikdir.Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ozarbayjonlik taniqli shoir Akif Bag‘ir qalamiga mansub “O‘zbek kelayotir, yo‘l bo‘shat jahon!” nomli mashhur she’ri asosida zamonaviy yechimlar yordamida o‘ziga xos qo‘shiq va videoklip tayyorlangani tahsinga sazovordir.
Mazkur ijodiy yondashuv kabi sifatli va ta’sirchan loyihalar, shubhasiz, yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishga katta hissa qo‘shadi.
Videoni toʻliq va sifatli formatda koʻrish uchun havola:
https://youtu.be/Omsapx-IOrk
✉️
Telegram
📱
Instagram
🗳
Facebook
📢
DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi
245-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda.
🟢
Hududiy (saralash) bosqichi:
🟢
2026-yil 3–4-avgust
🟢
2-bosqich (asosiy suhbat):
🟢
2026-yil 6–7-avgust
Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.
Tanlov bosqichlari:
✅
1-bosqich –
Hududiy saralash
Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
✅
2-bosqich
– Asosiy suhbat
Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi.
💻
Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin.
⚠️
Eslatma!
Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.
✅
Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌
Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢
https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢
https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
#Gurlan_IMI
⚡️
Yana bir muvaffaqiyat!
⏩
Gurlan tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-"A" sinf o‘quvchisi
Nurmetov Odilbek
moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik yo‘nalishidagi nufuzli
"Financopedia Camp – 2026"
ta’limiy oromgohida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Besh kun davom etgan mazkur ta’limiy dastur Odilbek uchun nafaqat yangi bilimlar, balki katta tajriba maktabi bo‘ldi. U tahliliy fikrlash, muammolarni samarali hal etish, yetakchilik, jamoada ishlash va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.
Oromgoh davomida O‘zbekistonning turli hududlaridan saralab olingan iqtidorli yoshlar moliya, iqtisodiyot, bank ishi va biznes yo‘nalishlarida amaliy bilimlarini oshirib,
Business Case
musobaqalari, interaktiv treninglar, soha ekspertlari bilan ochiq muloqotlar hamda jamoaviy loyihalarda faol ishtirok etdilar.
💠
Telegram