Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Lingvist Iroda Azimova

psixolingvist

Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar

Subscribers
3 370
Post views
1 253
ER
38,32%
Posts
718
October 28, 14:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

8-noyabr kuni soat 14:00dagi maʼruza meniki. Tepadagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Qiziquvchilarni taklif qilamiz.
@psixolingvist

October 28, 13:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kuzgi ta’til kutubxonada o‘tkaziladigan tadbirlar jadvali:
1-noyabr shanba
11:00–11:30 —
Jajji kichkintoylar uchun erkin ijod ustaxonasi.
0–5 yosh
13:00–14:00 —
Bolalar kitob to‘garagi.
6–10 yosh
16:00–17:30 —
Stol o‘yinlari.
6–10 yosh
17:00–18:00 —
O‘smirlar uchun moliyaviy savodxonlik.
12+
2-noyabr yakshanba
13:00–14:00 —
Inglizzabon kitoblar to‘garagi.
6–10 yosh
14.00–15.00
— Kasb bilan tanishuv. Illyustrator.
12+
16:00–17:30 —
Ho‘smirlar uchun stol o‘yinlari.
11+
16:00–18:00 —
“Ko‘zlarni qamashtiruvchi yog‘du”. Venetsiya me’morchilik biyennalesining O‘zbekiston Milliy pavilioni jamoasi bilan uchrashuv.
16+
3-noyabr dushanba
14:00–15:00 —
Bolalar kitob to‘garagi.
6+
15:00–16:00 —
Rangshunoslik ustaxonasi.
6+
4-noyabr seshanba
16:00–17:30 —
Stol o‘yinlari.
6–10 yosh
17:00–18:00 —
Ingliz tilida muloqot to‘garagi.
11–14 yosh
5-noyabr seshanba
14:00–15:00 —
Bolalar kitob to‘garagi.
6+
18:00–19:30 —
Toshkent modernizmi haqidagi kitoblar taqdimoti.
16+
6-noyabr payshanba
11:00–11:30 —
Jajji kichkintoylar uchun
Erkin ijod ustaxonasi.
0–5 yosh
16:00–17:30 —
Stol o‘yinlari.
6–10 yosh
17:00–18:00 —
Ingliz tilida muloqot to‘garagi.
11–14 yosh
18:00–19:00 —
Modernizmning me’moriy yo‘nalishlari: nimani va qayerda ko‘rish mumkin. Me’morchilik tarixchisi Anna Bronovitskaya bilan uchrashuv.
16+
7-noyabr juma
11:00–12:00 —
Jajji kichkintoylar uchun inglizcha kitoblar to‘garagi.
0–5 yosh
15:00–16:00 —
Rangshunoslik ustaxonasi.
6+
15:00–16:30 —
Sun’iy idrok yordamida saytlar yaratish bo‘yicha mahorat darsi.
12+
8-noyabr shanba
11:00–11:30 —
Jajji kichkintoylar uchun erkin ijod ustaxonasi.
0–5 yosh
13:00–14:00 —
Sahna nutqi.
6–10 yosh
14:00–15:00 —
“Psixolingvistika: biz tilni qanday tushunamiz?” ma’ruzasi.
16+
16:00–17:30 —
Stol o‘yinlari.
6–10 yosh
16:00–18:00 —
“Neyrorassom: rangtasvirdan generativ san’atgacha” amaliy kursi.
12+
9-noyabr yakshanba
11:00–12:00 —
Raqamli kollajlar ustaxonasi.
10+
12:00–13:00 —
Bolalar uchun fortepiano konserti.
0+
16:00–17:30 —
O‘smirlar uchun stol o‘yinlari.
11+
16:00-18:00 —
“Neyrorassom: rangtasvirdan generativ san’atgacha” mavzuida amaliy kurs.
12+
Joylar soni cheklangan. Iltimos,
acdflibrary.uz
’da roʻyxatdan oʻting.

October 27, 08:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bir necha yildirki, Toshkent ekologik inqiroz bilan yashmoqda: yil davomida toza havoli kunlar kamayib ketgan, onkologik kasalliklar haddan tashqari ortib boryapti, deyarli har bir inson allergik va nafas yo’llari bilan bog’liq kasalliklardan aziyat chekib yashamoqda. Bu yetmaganday, mutaxassislar endi tug’ilayotgan go’daklar orasida ham allergik va boshqa kasalliklar bilan tug’ilish ortayotganini bot-bot takrorlamoqda. Ya’ni, katta avlod ekologik muammolarga yutqazildi, endi esa sog’lom avlod masalasi ham jiddiy xavf ostida.
Meni shunday vaziyatda quyidagi bir necha savollar qiynamoqda va afsuski, hozircha ularga javob beradigan biror mas’ul topilgani yo’q.
- Xo’sh, Toshkent abadiy shunday shahar bo’lib qoladimi, mas’ullarda yechim variantlari yo’qmi?
- Nima qilaylik, tirik qolish uchun iqlim migratsiyasi yagona yechimmi?
- Nega shunday og’ir vaziyatda ham shaharda qurilishlar to’xtamayapti, yashillik ko’paytirilmayapt? Nega hokim va uning Baxtiyor Rahmonovga o’xshagan o’rinbosarlarining birgina topshirig’i bilan yuzlab daraxtlar kesilib ketmoqda? Nega ularni to’xtatishga hech kimning kuchi yetmaydi, nega?
P.S: Shu kunlarda eshitganim ishonchli bir xabar: Toshkentning eng boy insonlaridan biri o’zbekistonliklar orasida onkologik kasalliklar ortib ketayotgani sabab, turk ishbilarmonlari bilan mamlakatda navbatdagi onkologiya kasalxonasi qurilishi ustida ishlamoqda ekan.
Tushunyapsizmi, biz chalinayotgan kasalliklarimiz bilan boylar uchun daromadini yanada orttirish manbasiga aylanib qoldik.
@haqiqatdailyos

October 26, 12:57

Тадқиқотчи ўз ўрганиш объектининг агрессив ҳаракатларидан хафа бўлиши ва унга ҳам агрессив муносабат қилиши уни тадқиқотчи мақомидан маҳрум қилади. Чунки ўрганиш объектига нисбатан агрессивлик сени унинг оламига ғайри ихтиёрий олиб киради. Ичида турган…

October 26, 12:23

#mulohaza
#tadqiqotchikundaligi
Qanaqa qilib sohaning asoschisi hisoblangan olimlarning nomini xato yozib, odam o‘sha fandan kitob chiqarishi mumkin?!
Bu muallif hisoblanganlarning ham, bunday kitobning kitob hisoblanib nashr qilinishiga imkon bergan tizimning ham o‘z ishini to‘g‘ri bajarayotganiga shubha uyg‘otadi.
@psixolingvist

October 26, 10:31

Тадқиқотчи ўз ўрганиш объектининг агрессив ҳаракатларидан хафа бўлиши ва унга ҳам агрессив муносабат қилиши уни тадқиқотчи мақомидан маҳрум қилади.
Чунки ўрганиш объектига нисбатан агрессивлик сени унинг оламига ғайри ихтиёрий олиб киради.
Ичида турган нарсанинг устидан тадқиқот ўтказиб бўлмайди.
Ҳамид Содиқ
@Hamid_Sodiq

October 25, 14:05
Media unavailable
4
Show in Telegram

📚
1000KITOB loyihasi endi sizga yanada yaqin!
Loyihamiz doirasida chop etilgan kitoblar poytaxtimiz markazidagi
KITOB OLAMI
(
Shake & Pear) kafesi
da joylashtirildi.
Har kuni soat 8:00 dan 23:00 gacha tashrif buyurib, kitoblar bilan tanishishingiz mumkin
📚
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 25, 03:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Sirkul”ning o‘zbekchasi
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
sirkul
so‘ziga
pargor
deb izoh berilgan. Pargor forsiydan keladi. “Farhangi zaboni tojik”da bu so‘z besh xil ma’noda izohlangan va bularning hammasi doira, aylana, sirkul ma’nolari atrofida aylanadi. “Navoiy asarlari lug‘ati”da pargor sirkul ma’nosida izohlanib, yetti pargor – “yetti qavat osmon” mazmunida tushuntiriladi.
Xo‘sh, sirkulning sof o‘zbekchasi bormi?
“Kitob at-tuhfa”ning muallifi bu lugʻatga qipchoq dialekti asos bo‘lganini aytib o‘tgan. Xuddi shu kitobda (158-bet) sirkul
baymaq
so‘zi bilan ifodalagan.
Eshqobil Shukur

October 23, 15:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Aqli bor odam uning borligini boshqalarga isbotlashga ehtiyoj sezmaydi"
Viktor Gyugo
Erkin tarjima. Imkon qadar pragmatikasini (taʼsir, samaradorlik xususiyatini) saqlashga harakat qildim.
@psixolingvist

October 23, 03:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Ko‘p o‘qish emas, to‘g‘ri o‘qish muhim” – attestatsiyada 100 ball olgan o‘qituvchi bilan suhbat
Batafsil
:
https://talimxabarlari.uz/51100/
👉
Obuna bo‘ling
-
@talimxabarlari