
Lingvist Iroda Azimova
“Tajriba qilavermasdan, ilmiy asoslangan qadam qo‘yish kerak”. Metodologiya nima? Biz bolalarni qanday o‘qityapmiz?
Ta’lim – pozitiv eksternal soha, uning ijtimoiy foydasi shaxsiy foydadan yuqori. Ya'ni ta'limning foydasi faqat ta'lim oluvchi shaxs bilan cheklanmaydi. U butun jamiyatga ijobiy ta’sir qiladi. Shu sabab Gazeta ta’limga ixtisoslashgan podkastlar seriyasini davom ettirmoqda.
Ko‘rsatuvning 2-soni metodologiya va o‘qitish tizimiga bag‘ishlandi. Bu safar metodologiya o‘zi nima ekani, O‘zbekiston maktablari qanday metodologiya bilan ishlayotgani, tizimli muammolar va unga yechimlar muhokama qilindi. Unda podkastning ta’lim masalalarida doimiy eksperti Komil Jalilov hamda mehmon pedagoglar Zulfiya Rashidova va Otabek Rahmonberganov ishtirok etdi. Batafsil.
Matn:
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/27/metodologiya/
Video:
https://youtu.be/VgBa_2VtdJU
Dilshoda Shomirzayeva, Ma'murjon Obrahmatov
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Facebook bir voqeani eslatdi bugun. Ibrat sifatidami, hikmat sifatidami sizlar bilan baham ko‘rgim keldi
.
Bundan 5 yil avval o‘g‘limning tug‘ilgan kunida sovg‘a qilingan bir juft to‘tiqush mening aybim bilan o‘lib qolgan.
Ertalab "yorug‘ dunyoni ko‘rsin" deb balkonga qo‘yganim esimdan chiqib qolgan. May oyi bo‘lishiga qaramay, havo issiq edi va u to‘tiqushlar uchun issiq havo halokatli bo‘larkan.
Qanchalar kuyinganimni, yig‘laganimni tasavvur ham qila olmaysiz. Kafforatiga nima qilish kerakligini olimlardan so‘rab, sadaqalar qilganman. Lekin o‘zimni hech kechirolmadim va ko‘nglim yorishmadi.
Ikki oylardan keyin Qurbon hayiti bo‘ldi. O‘sha kuni tushgacha oshxonada kuymalandim. Tashqaridan g‘alati ovoz kelardi, qush deb taxmin qildim. Ertalabdan tushgacha bu ovoz tinmagani uchun oxiri chiqib qaradim. Pastda juda ham kichkina mushuk bolacha oyog‘ini zo‘rg‘a bosardi. Mittigina edi. Bolalarimga idishcha va suv berib tushirvordim. O‘zim balkondan qarab turibman. Suv ichmadi. Bolalarim "oyi, iltimos, uyga obkiraylik" deb yalinishdi. Obkirishdi. Sut berib ko‘rdik, ichmadi. O‘g‘lim "shpritsda berib ko‘rish kerak" deb shprits obchiqib o‘shanda bergandi, bechora yutoqib-yutoqib sutni ichdi.
Birinchi kuni yoniga yumshoq o‘yinchoq qo‘ydim, charchab qolganmidi, uxladi. Lekin ertasidan yonida birov o‘tirmasa uxlamay, miyovlayverdi. Shu bilan uni uxlatishga masʼul bo‘lib, har kuni u uxlaguncha yonida o‘tiradigan bo‘ldim. U oyog‘imdagi shippakni tishlab, tortqilab o‘ynar, keyin oyog‘imga suyanib uxlab qolardi.
Bir oydan oshiqroq unga shu taxlit qaradim.
Aynan shu tashlandiq mushukchaga qarash meni to‘tiqushlarning o‘limi sabab ichimda hukm surgan qorong‘ulikdan qutqardi.
Men u mushukchani haligacha Allohning menga qilgan marhamati edi deb eslayman. Bo‘lmasa yarim kun miyovlagan mushukchani boshqa har qanday o‘tkinchi yoki ellikdan oshiq xonadon joylashgan uyimizdan kimdir payqashi, o‘zi bilan obketishi mumkin edi. Lekin u menga atalgan edi, ichimni to‘ldirib turgan afsus va nadomatni g‘amxo‘rlikka aylantirish uchun kelgan edi.
O‘ziga xos bir qalb og‘rig‘iga shunday shifo bergan Alloh boshqa og‘riqlarga shifo bermaydimi...
P. S. U mushukchamiz katta bo‘lgach bir oz yovvoyilik qilib, qizimning qo‘lini tishlab-tirnaganda bir mushuksevar ega topib, unga bervordik.
@psixolingvist
So‘z
Rahmatli Muhriddin Holiqovning G‘ayratiy so‘zi bilan aytilgan "Oyning o‘n beshi qorong‘u" qo‘shig‘ini eshitgan bo‘lsangiz kerak.
Unda "
Xasta ko‘nglimning quvonchi ul kamon abro‘ bilan"
degan qatori bor.
O‘zi Botir Qodirov bu qo‘shiqni aytganida
abro‘
ni
obro
‘ deb aytuvdi.
Abro
‘ forsiy so‘z,
qosh
degani.
Misraning maʼnosi
xasta ko‘nglimning quvonchi o‘sha kamon qoshli bilan.
Botir Qodirov ijrosida esa...
Xasta ko‘nglimning quvonchi o‘sha kamonli obro‘ bilan...
Yaʼni maʼno chiqmagan.
Sheʼriyatda mumtoz adabiyotimiz taʼsirida shunday forsiy so‘zlar ishlatiladi.
Bugun instagramda boshqa ijroni eshitib qoldim: "
Gul kamon obro‘ bilan"
deb aytishibdi.
Abro‘ ni mayli adashtiribdi desak, hatto u ko‘rsatish olmoshining ul shakli borligini bilmaydiganlar ham bor ekan.
Odam qilayotgan ishiga hafsala bilan yondashsa, shu qo‘shiqni aytishdan oldin matnni topib o‘qib ko‘rsa, tushunib olsa, shunday xatolar bo‘lmasdi deyman.
Ammo til insonlar ijrosida yashaydi. Bittagina boshqa tildan olingan so‘z va olmoshning eskirgan shakli o‘sha qo‘shiqchilarning qabul qilish zanjirida uzilish yasagan. Miya esa o‘zi tanimagan so‘zni o‘zi tanigan va u so‘zlarga shaklan eng yaqin bo‘lgan
obro‘, gul
so‘zlari bilan almashtirgan. Afsuski, qo‘shiqchilar matnning yaxlit mazmuniga putur yetayotganiga eʼtibor qilmagan.
Ul va abro‘ so‘zlarining maʼnosini biladiganlar yoki shunchaki matnning yaxlit mazmuniga eʼtibor qiladiganlar oxirgi xatoli ijrolarni eshitganda ularning qabul qilishidagi zanjir uziladi, "ʼiya, bu nima deyapti o‘zi?" degan savol tug‘iladi.
Bizning muloqotlarimiz har doim mana shunday chala tushunishlar va tushunmovchiliklar bilan amalga oshadi
😊
.
@psixolingvist
#sheʼriyat
#najmiddinermatov
Hayratimni izhor qilmay ilojim yo‘q.
Najmiddin Ermatovning oxirgi
sheʼrini
o‘qirkansiz ichingizni bir olov yoqib o‘tib ketganday bo‘ladi.
"... Saratonda qoldi g‘amguzor Vatan,
Soyada panalab yotganlar ichra
Boshini ko‘tarar tirik bormikan..."
@psixolingvist
Yana bir narsa: yozuvni o'zgartirish ko'pincha siyosiy qaror
Alifbo almashtirish kamdan-kam holda sof filologik masala bo'ladi. Odatda uning ortida siyosiy maqsad turadi va bu maqsad ko'pincha yashirilmagan ham.
Turkiyani olaylik. Lotin alifbosiga o'tishning eksplitsit sabablaridan biri — yangi avlodni eski zamon kitoblari va yozuvlaridan uzish edi. Yangi respublika o'zining yangi turkini tarbiyalamoqchi edi, o'tmish esa unga tahdid bo'lib ko'rinardi. Inqilobiy hukumat uchun bu mantiqiy qaror: agar o'tmish tahdid bo'lsa, unga eshikni yopasan. Shunday ham bo'ldi.
Bosqinchilar ham xuddi shu vositadan foydalanadi. Bizda ruslar kelgach, alifbo ikki marta o'zgartirildi: avval 1929-yilda arab yozuvidan lotinchaga, so'ng 1940-yilda kirillchaga.
Bu ketma-ketlikka e'tibor bering. Birinchi o'zgarish o'zbekni o'zining ming yillik yozma merosidan — adabiyotidan, hujjatidan, diniy va ilmiy kitoblaridan uzdi. Ikkinchisi esa o'n bir yil ichida yaratilgan yangi lotin qatlamidan ham, Turkiyadan ham uzdi. Bitta avlod umri davomida ikki marta savodsiz qoldirildi.
Bobolarimizning bobolari juda qisqa vaqt ichida o'qimishsizga aylandi. O'z farzandlariga xatlar yoza olmay qolishdi hatto. Bu nosozlik emas edi: dizayn shunday edi. Bosqinchining maqsadi aynan shu uzilishni ta'minlash bo'lgan: yangi sovet o'zbegi o'z tarixi, o'z adabiyoti, o'z yozma mulki bilan aloqasini yo'qotsin. Armonlar va Gruzinlar aynan shuni deb oxirigacha o'z yozuvini qoldirishga kurashishgan edilar.
Shuning uchun alifbo haqidagi har qanday taklifga bitta savol bilan qarash kerak: buni siyosati nima.
Agar bunday maqsad bo'lsa: hech bo'lmasa uni ochiq aytish kerak, xarajat ham shunga yarasha hisoblanadi. Agar bunday maqsad bo'lmasa, unda savol yanada sodda bo'lib qoladi: nega biz siyosiy vositadan tinchlik davrida foydalanmoqchimiz? Uzilishning narxini to'laymiz, lekin evaziga hech narsa olmaymiz-ku.
#mulohaza Yoshi ulg‘ayganda odam boy hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, ko‘proq narsani tushunadi, yaxshi-yaxshi g‘oyalarni ijod qila oladi, ularni amalga oshirish usullarini yaxshi tasavvur qila oladi, ammo sog‘liq va jismoniy holat pand beradi. Shunda inson…
#mulohaza
Yoshi ulg‘ayganda odam boy hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, ko‘proq narsani tushunadi, yaxshi-yaxshi g‘oyalarni ijod qila oladi, ularni amalga oshirish usullarini yaxshi tasavvur qila oladi, ammo sog‘liq va jismoniy holat pand beradi.
Shunda inson tajribasi kamroq, ammo kuchi ko‘p yosh avlodga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Insoniyat o‘z tajribasini avloddan avlodga samarali o‘tkaza olishi uchun ham tajriba boy bo‘lgan vaqtda qarib kuchdan qolsak kerak...
@psixolingvist
Jahon chempionatini shu yuqori nuqtada yakunlaymiz deydiyu.
Bu havolada eng chiroyli gol uchun ovoz berilarkan
https://share.google/aCiq20bZ59vTbFVn3
Eldor Shomurodovning goli nomzod bo‘lgani ham katta yutuq aslida.
O‘yinlar davomida his qilganimiz hamjihatlik, birlik haqqi hurmati, ovoz bervoraylik.
@psixolingvist
@psixolingvist
Kuni kecha instagramda bir videoga ko‘zim tushdi: "10 yil oldinga qaytib qolsangiz, nima qilardingiz?" degan savolga o‘tkinchilar javob bergan.
Bir nechtasi ingliz tilini yaxshilab o‘rganardim, yana bir nechtasi "o‘qishga kirmay, blogerlikni boshlardim" degan. Bu ikkala javob jamiyatimizning bugungi kayfiyatiga ko‘zgu, ammo aytmoqchi bo‘lganim boshqa narsa.
Hech narsa uchun hech qachon kech emas.
Rasmdagi shu gapni o‘n yilcha avval, Facebookda inglizcha ko‘rgandim. O‘shanda shunday tarjima qilib, yozib qo‘ygandim, o‘zimga eslatma sifatida.
Rahmatli ustozimiz Abdimajid Po‘latov "Men 45 yoshimda ingliz tilini o‘rgandim, sanlar nega o‘rganmaysan? " derdilar.
Yaʼni menga biror ishni qilishga "endi kech" deyish bahonaga o‘xshab tuyuladi. Nazarimda o‘sha o‘n yil ortga qaytsam, ingliz tilini o‘rganardim deganlarni o‘n yil ortga qaytarsa ham o‘rganmaydi...
Ishtiyoq bo‘lsa, vaqt muammo emas.
@psixolingvist
Davomi Yashasin, pulni lekin baribir yechib olgan ekan! Bunaqa kartani bloklab, metro turniketini ochishga qo‘ymasdan, odamni yo‘ldan qo‘yib, lekin baribir yo‘l haqini yechib oladigan tizim yana qayda bor?! @psixolingvist