Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Lingvist Iroda Azimova

psixolingvist
Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar
Subscribers
3 901
24 hours
7
30 days
-44
Post views
1 172
ER
30,04%
Posts (30d)
26
Characters in post
1 331
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
October 27, 10:50

Ijtimoiy himoya milliy agentligi avvalgi postimga befarq bo‘lmasdan (ochig‘i, ularga bu post yetib boradi deb ham o‘ylamagan edim) qisqa vaqt ichida agentlikning bosh mutaxassisi men bilan bog‘lanib, muammo nimadaligini belgilab, ishxonam bilan ham gaplashib, hal qilib berishdi.
Izohlarda baraka kartasini ochtirish haqida gap borgan edi, karta ochish shart emas ekan, chunki baraka ilovasida identifikatsiyadan o‘tgandayoq nomingizga virtual viza karta ochilar ekan. To‘lov o‘sha kartaga tushirib berilarkan. Mutaxassisning izoh berishicha, bunday yo‘l tutilganiga sabab, fuqarolarimizning ko‘pchiligi yo kredit olgan, yoki kafil bo‘lgani sababli banklar avtomat yechib olmasligi uchun ekan.
Bu tartibga yaqinda o‘tilgani uchun menda uchragani kabi muammolar chiqayotganini aytishdi, birga hamkorlikda hal qilaylik deyishdi.
Men uchun bu progress.
Lekin ishonch telefonida o‘tirgan operatorlarni qayta tayyorlash kerak ekan, degan xulosaga keldim. Buni ham hisobga olishadi, deb umid qilaman.
@psixolingvist

October 27, 06:06

#fuqarolik
Qachon, qachon bizda davlat tashkilotlari xodimlari o‘zini hukmdor, xalqni bo‘ysunuvchi sifatida ko‘rishni yig‘ishtirarkin?
Bundan 5-6 yilcha avval bir xalqaro loyihada ishlaganimda Xalq taʼlimi vazirligi xodimlari bilan tarjimani muhokama qilganmiz. Vazirlik xodimi hech bir izoh keltirmay, biz aytgan versiyada qolamiz, degan. Men eʼtiroz bildirganman, asoslab beringlar, desam, ularning bo‘lim boshlig‘i "Sizga buni kimsan Vazirlik xodimlari aytyapti, qabul qilishingiz kerak!" degan. O‘sha loyihaning keyingi muhokamalarida ishtirok etmaganman.
Shu kunlarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bolnichniy) bo‘yicha to‘lanadigan haq Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan bir oydan beri gaplashishga majburman. Birinchi qo‘ng‘iroq qilganimda "bolnichniy bizga 6 oktabrda kelib tushgan, uni 25 oktabrgacha ko‘rib chiqamiz, tasdiqlansa, oyning o‘ttizinchisigacha to‘lov qilinadi" deb javob bergan. "Hali tasdiqlanmasligi ham mumkinmi?" desam, o‘zgacha bir qoniqish ohangida "albatta, masalan, ishxonangiz qaysidir maʼlumotni noto‘g‘ri kiritgan bo‘lsa, tasdiqlanmaydi" deb javob bergandi.
Bolnichniy ga pul to‘lash tartibi o‘zgarganini bilsangiz kerak. Endi ishxona bolnichniy 5 kundan iborat bo‘lsagina to‘laydi. Undan ko‘proq bo‘lsa, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan to‘lanar ekan. Va u to‘lov ham ishxonangizdan berilgan plastik kartaga emas, alohida virtual kartaga tushirib berilar ekan. Buning uchun play marketdan "Baraka" degan ilovani yuklab olishingiz kerak ekan. Bu ilova ishga tushish paytida ekraningizda "Inson qadri uchun" degan yozuv chiqadi.
Bugun yana shu bo‘yicha qo‘ng‘iroq qildim agentlikka. Ishxonam bir punktni noto‘g‘ri kiritgani uchun mehnatga layoqatsizlik varaqa tasdiq olmagani uchun to‘lamasmish.
Agar xato kiritilgan bo‘lsa, nima uchun topshirilgan hujjatda xato borligi ishxonamga maʼlum qilinmagan, desam, biz bu bilan shug‘ullanmaymiz, telefon qilib so‘raganlarga javob beramiz, deydi.
Qani mantiq? Bu qanaqasi?
O‘zi, birinchidan, nima uchun davlat tashkiloti bo‘lgan oilaviy poliklinika tomonidan berilgan kasallik varaqasi ishxona tomonidan tizimga kiritilgan bo‘lsa, nimaga bitta elementar xato (xato bo‘lmasligi ham mumkin aslida) sababli tasdiqlanmasligi kerak? Nima uchun oldingi oyda chiqqan bolnichniyni ko‘rib chiqish keyingi oyning yigirma beshinchisigacha vaqt olishi kerak?
Nima uchun rasmiylashtirishda xato ketgan bo‘lsa, agentlik buni davlat tashkiloti bo‘lgan universitetga o‘z vaqtida maʼlum qilmaydi?
Bu rasmiyatchiliklar orasida kasal bo‘lgan odam sarson bo‘layotgani nahotki hech birini qiziqtirmaydi?
Uzr-ku, buning nimasi IJTIMOIY HIMOYA?
Buning qaysi elementi INSON QADRI uchun xizmat qilyapti????
@psixolingvist

October 26, 13:57

Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Zulfiya Rashidova bilan
suhbat
. Bu suhbatni montajdan oldin ko‘rgandim. Savol beruvchilar o‘zlari ham o‘qituvchi bo‘lgani uchun o‘qituvchilik faoliyatiga doir kerakli savollarni bera olgan, suhbatdoshlar bir-birini yaxshi tushungan, ko‘tarilgan masalalarning mohiyatiga yetib bora olgan.
Avval rus maktabida o‘qigan, o‘zbekchani zo‘rg‘a gapiradigan o‘quvchilarda Zulfiya qanday qilib ona tiliga hurmat va muhabbat uyg‘otgani, ularga o‘zligini tanitgani, turli xarakterdagi sinflarda qanday dars o‘tgani haqidagi tajribalari juda qiziq va bo‘lajak o‘qituvchilar uchun ham, hozir o‘qituvchilik qilayotganlar uchun ham foydali bo‘ladi.
Tavsiya qilaman.
@psixolingvist

October 26, 13:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎓
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Yosh olimlar jamiyati tomonidan
2026-yil 30-noyabrda
“Fanlararo tadqiqotlar – yosh olimlar nigohida”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi.
1. Tilshunoslik muammolari
➡️
Uralova Barno
📞
+998 94 441 36 06
🔗
@Lingvist_Sobirovna
2. Til tarixi va shevashunoslik
➡️
Achilova Sevinch
📞
+998 99 341 30 10
🔗
@achilova_08
3. Folklorshunoslik va mifologiya
➡️
Hamidova Nozanin
📞
+998 94 791 18 05
🔗
@KhamidovaNozanin
4. Turkiy tillar va qiyosiy tilshunoslik
➡️
Hasanova Muxlisa
📞
+998 93 046 77 44
🔗
@Teacheer_Hasanova
5. Turkiy xalqlar adabiyoti va tarixi
➡️
G‘ofurova Dilroz
📞
+998 93 956 11 75
🔗
@dilrozgofurova
6. Zamonaviy adabiy jarayon (nasr)
➡️
Samandarova Sevinch
📞
+998 77 210 17 71
🔗
@Sevinch_Samandarova
7. Zamonaviy adabiy jarayon (nazm, dramaturgiya)
➡️
Bozorova Madina
📞
+998 93 200 82 41
🔗
@Sarvarovna_1308
8. Qiyosiy adabiyotshunoslik va jahon adabiyoti muammolari
➡️
Muhammadiyeva Mohiniso
📞
+998 93 971 06 11
🔗
@mohiniso_muhammadiyeva
9. Bolalar adabiyoti
➡️
Ziyoda Maxamatxojayeva
📞
+998 99 972 20 07
🔗
@Ziyoda_Maxamatxojayeva
10. Navoiyshunoslik
➡️
Xaytaxmatova Dilnavoz
📞
+998 93 339 70 04
🔗
@Dilnavoz_Xaytaxmatova
11. Matnshunoslik va manbashunoshlik
➡️
Saidmurodova Mohinur
📞
+998 99 504 38 12
🔗
@Mohinur_Saidmurodova
12. Tarjimashunoslik muammolari
➡️
Abdumurodova Odinabonu
📞
+998 95 102 67 06
🔗
@Odinabonu_Abdumurodova
13. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi
➡️
Qulmamatova Shahzoda
📞
+998 97 214 47 08
🔗
@Sh_ahzoda08
14. Amaliy filologiya, kompyuter lingvistikasi va noshirlik ishi
➡️
Baxodirova Madina
📞
+998 88 711 18 28
🔗
@b_madiina
15. Sotsiologiya va amaliy psixologiya muammolari va ijtimoiy ish masalalari
➡️
Isroilova Shahrizoda
📞
+998 90 870 51 03
🔗
@Isroilova_Sh_06
⚠️
🗓
Muddat: 15-noyabrgacha
📘
AXBOROT XATI BILAN TANISHING
👆

October 25, 08:14

Konferensiyada qatnashishga tayyormisiz?
Til o‘rganish texnologiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IALLT) Viskonsin universiteti (Madison, Viskonsin shtati)da bo‘lib o‘tadigan 2027-yilgi
IALLT konferensiyasi uchun takliflar qabul qilish
boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2026-yil 30-oktabrgacha uzaytirildi. Dastur, takliflar yoki ularni topshirish jarayoni bo‘yicha savollaringizni Dastur qo‘mitasi raisi Audrey Sartiauxga (programchair@iallt.org) yuborishingiz mumkin.
Tavsiya etilgan mavzular quyidagilarni o'z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:
Sun'iy intellekt va til o'rganishda yangi texnologiyalar va til markazi faoliyati
K-16 til va madaniy o'rganishda innovatsion pedagogika va amaliyotlar
Komputer yordamida til o'rganishda tadqiqot, baholash va eng yaxshi amaliyotlar
Institutsional hamkorlik, jamoat va global tashabbuslar
Xizmat va jamoat asosida til o'rganish
Kasbiy rivojlanish yechimlari va muammolari
Til markazi rahbariyati va dizayni
Onlayn va gibrid til o'rganish
Til o'rganishda o'yinlar va o'yinlashtirish
Til o'rganishda etika, maxfiylik va huquqiy muammolar
ADA muvofiqligi, yordamchi texnologiyalar va til o'rganishda universal dizayn
Til o'rganish uchun madaniy o'ziga xosliklar va inklyuziv dizayn
Hayot davomida va mustaqil til o'rganish
Kasbiy tayyorgarlik va tajriba asosida til o'rganish
Til o'rganish uchun ochiq ta'lim/kirish resurslari
Til dasturlari, siyosati va himoyasi
Agar innovatsion takliflaringiz bo'lsa, bizga ham yozing, loyihalarni birgalikda amalga oshiramiz. info@hikmatonline.com
@hikmatlearning

October 24, 14:15

#professorningkundaligi
Youtubedagi mana bu
video
o‘zimning tajribamdan bir vaziyatni eslatib yubordi.
Videoni ko‘rishga eringanlar uchun qisqacha mazmuni: universitet domlasi bitiruv kechasida talabalardan birining ikki yil avval kurs ishini vaqtida topshirmagani yuzasidan yozgan tushuntirish xatini o‘qib bergan. Unda talaba shunday degan: "men bu safar ham birinchi kursdagiday qahramonlik qilaman, yaʼni kurs ishini uch kunda tugataman deb o‘yladim. Yana ham aniqrog‘i, internetdan shu mavzudagi diplom ishini topib, boshiga o‘zimning kirish so‘zimni qo‘shib, oxiriga xulosa qo‘shib, orasiga kutubxonadagi jurnallardan bir-ikkitasiga havola kiritib topshiraman, deb o‘ylagandim. Lekin shu jarayonda mavzuga qiziqib ketib, kutubxonada uch hafta ishladim. Shuning uchun kurs ishini kechikib topshirdim".
Professor "bugun ana shu talaba qizil diplom bilan o‘qishni tugatdi" degan.
Bundan uch yarim yil avval ikkinchi kurslarga ilmiy tadqiqot asoslaridan kirganimda ularga maqola yozish topshirig‘ini berganman. Bir kunda yo bir haftada emas, butun kurs davomida bosqichma-bosqich avval mavzu tanlash, adabiyotlar topish, ustida ishlanadigan til materialini belgilash va hkz.
Ko‘chirmaslikni qatʼiy tayinlaganman.
Bir talabam kelib aytgandi: boshida nima yozishni bilmadim, ustoz bilib o‘tiribdilarmi deb birovdan ko‘chirdim. Keyin davomidan tahlilga o‘zim qiziqib ketib, o‘zim qildim. Keyin qarasam, boshi bilan davomi mos kelmayapti. Boshini keyin o‘zim boshqatdan yozdim, deb o‘n ikki varoqli daftarni to‘ldirgan tadqiqot ishini topshirgandi.
Xuddi shu tadqiqoti bilan avval kafedrada o‘tkazilgan talabalar konferensiyasida, keyin universitet bosqichida ham birinchi o‘rinni olgan, domlalardan "sizning ishingizda ilmiylik ko‘rdik" degan eʼtirof ham eshitgandi.
Bu voqea o‘qituvchilik tajribamdagi eslasam, ko‘nglimni ko‘taradiganlaridan bittasi. Biz asli shunday lahzalar uchun ishlaymiz.
Sizning taʼsiringizda nimanidir halol bajarishga o‘rgangan yosh avlodni ko‘rish odamga kasbidan rozilik hissini beradi.
@psixolingvist

October 23, 19:26

#bedorlikdagio
‘ylar
Kimningdir gapi bor edi: dunyoning dahshatli siri shundaki, hech kim hech qachon o‘zini ulg‘aygan his qilmagan.
Yetmish yoshli onam haqida hovlidagi farrosh "bitta kampir" deganida unga g‘azabim qaynab "o‘ziz kampir!" degim kelgan.
O‘g‘limning bo‘yi menikidan baland bo‘lib ketganida bunga ko‘nikishimga vaqt kerak bo‘ldi...
Umrim bo‘yi o‘z kechinmalarimni eslasam, hozirgi holatim bolaligimdagidan ko‘p ham farq qilmasligiga iqror bo‘laman.
Qaynisinglimning qaynonasi sinfdoshlar bilan o‘tirishga bir kafega borganida "Qizlar kelmadimi?" deb so‘ragan ekanlar. Girgittonlar "yo‘q, kelmadi" deyishgan. Quda xolamiz sinfdoshlarini topgach, "nega yo‘q deysizlar, mana-ku" deganlarida "ha, siz "qizlar" dedingiz-da" deb javob berishgan ekan.
Xullas, hurmatli yoshlar, yoshi kattalar o‘zlarini "qizlar, bollar" deyishsa, hayron bo‘lmang. Dono xalqimiz aytganiday "men ham edim seningdek, sen ham bo‘lasan meningdek!"
@psixolingvist

October 23, 18:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

#lirik_chekinish
Куз...
Хазон...
Ёмғирлар фасли...
Кўлмакларга кўмилган осмон.
Дил нимани соғинган
Асли?
У тушдаги илоҳий фармон.
Мен қайдадир хаёлотларда
Яшаяпман нафсимдан ғолиб,
Кунлар кечар хурофотларда,
Бир-бир ўтар умримдан олиб...
Қанча улуғ – шунча ғарибман,
Ғарибликка топилмас чора,
Руҳим билан қайга борибман?!
Музаффар нафс қилган овора...
Кўринганим аслимдай эмас,
Дилни юлар бешафқат сукут.
Ҳақиқатга ишонгим келмас,
Ростлар қани бўлсайди унут...
Куз.
Қарғалар.
Музлаган ҳаво.
Онг ойнасин чертиб уйғотар,
Тўкилган бу амаллар – риё,
Кунларимни арзонга сотар...
Мен сенманми?
Сен менми ҳаёт?
Иштиёққа эргашдим ожиз,
Гарчи саволларим бежавоб.
Балки йўлда кетяпман беиз...
Йўқ!
У бор-ку!
Борлиги таскин.
Менинг исён тўла йўлимга.
Топмадимми?
У – Қодир, топсин...
Нур бериб хароб кўнглимга.
Куз.
Хазон.
Ёмғирлар фасли.
Гўзаллик минг турфа рангларда.
Дунё синов,
Дунё-да таскин...
Мағфират бор оппоқ тонгларда...
(c) I.A.
P. S. Sheʼr ham, rasm ham meniki. Mualliflik huquqi buzilmasin.
@psixolingvist

October 23, 09:48

#alifbo
Men psixolingvist sifatida alifbodagi "to‘rttagina" harf o‘zgarishiga qarshi edim, bu yondashuvim ilmga asoslangan edi.
Lekin baribir o‘zgartirishga qaror qilindi.
Men hozirgi islohotchilar hech bo‘lmaganda alifboni bundan keyin boshqa o‘zgartirmaslikka siyosiymi, huquqiymi asos yaratib berishsa, bugungi islohot bilan keladigan salbiy oqibatlarni kompensatsiya qilgan bo‘lardi deb o‘ylayman.
Mening postlarim hozircha shu alifboda bo‘ladi. Balki ora-orada, erinmasam, ikkala alifboda yozarman.
Men o‘zimni, shuningdek, alifbo islohotini yoqlamagan hamfikr ziyolilarni olti oy ichida o‘rganib, yangi alifboda yozishga chaqiraman. Xalq uchun, millat uchun shunday qilishimiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Chunki kiril alifbosining o‘z qudratini yo‘qotmagani aynan ziyolilar o‘zi o‘rgangan alifbodan kechgisi kelmagani bilan bog‘liq bo‘lgan. Uch alifbo orasida sarson bo‘layotgan bolalarimizga beradigan yordamimiz bir xil alifboda yozish bo‘ladi. Qanchalik tez bir alifboga o‘tsak, so‘zlarning vizual shaklini shunchalik tez barqarorlashtirishga erishamiz. Bilim olish uchun aynan so‘zlarning vizual shakli barqarorligi muhim.
@psixolingvist

October 21, 05:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

21 октябрь — Ўзбек тили байрами куни
Қозоқбой Йўлдошев билан эксклюзив интервью
(
Якуний қисм
)
❗️
Тил бўйича департамент қачон вазифасини бажаради?
❗️
Қонун нимаси билан қонун?
❗️
Биз зулмга кўникиб қолган миллатга айлангандик...
Бизни кузатиб боринг!
@platformauzb