Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Psixologik treninglar

psixologik_treninglar

Reklama qabul qilinmaydi!
@bannayev

Subscribers
1 760
Post views
990
ER
57,59%
Posts
812
October 14, 09:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

https://www.iqtom.com/uz/
Siz ham o'zingizni sinab ko'ring
😉

October 13, 07:07

#trening
“Yechimni top”
Maqsad
: kasbiy tanlov bo‘yicha qaror qabul qilishga o‘rgatishda yordam berish.
Mashg‘ulot “aqliy hujum” usulida o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning har birlari kasb tanlash vaziyatiga oid taklif beradigan kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Vaziyatga misol:
Madina 9-sinfda o‘qiydi. U hali kim bo‘lishini bilmaydi. Madina o‘rtacha o‘qiydi, ayrim fanlardan: biologiya va adabiyotdan u yaxshi baholar oladi. Tarbiyachilari Madinani tibbiyot kollejiga, so‘ngra tibbiyot oliygohiga o‘qishga kirishga undayaptilar. Ammo bu Madinani unchalik ham o‘ziga tortayotgani yo‘q, chunki u yerda ko‘p o‘qish kerak va Madina buning uddasidan chiqa olmasligidan qo‘rqayapti. Madinaning do‘stlari 9-sinfni tugatganidan so‘ng buxgalterlik kollejiga o‘qishga kirishini taklif qilishayapti va Madina bunga rozi bo‘lsa kerak, chunki uning uchun hayotda asosiysi – bu muloqot va dugonalarisiz unga qiyin bo‘ladi. Madina qanday yo‘l tutishi kerak?
MANBA
💦
💦
💦
💦
💦
💦
💦
💦
💦
💦
💦
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 05, 09:19

#trening
Qog‘oz koptokchalar mashqi
Maqsad:
7-10 yoshli bolalarning o‘z salbiy emotsiyalarini nazorat qilish, o‘z noroziliklarini ob’ektiv shaklda ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish.
Yo‘riqnoma va mashqni bajarish tartibi:
Psixolog bolalarga xona bo‘ylab betartib harakatlanishni, qo‘llariga qog‘oz olib, yaxshi g‘ijimlab undan koptokchalar yasashni so‘raydi.
So‘ng ikki guruhga bo‘linib, bir qatorga turib, qarshilarida turgan raqiblariga koptokni otishlari lozim. Ikki guruh ishtirokchilar o‘rtasidagi masofa to‘rt metrni tashkil etishi kerak.
Ishtirokchilar koptokchalarni iloji boricha tezroq bir -birlariga uloqtiradilar va
“to‘xtang”
buyrug‘ini etishlari bilan koptoklarni uloqtirishdan to‘xtaydilar.
Qaysi guruh tomonida koptoklar kam bo‘lsa, shu guruh g‘olib hisoblanadi.
manba
KANALGA A'ZO BO'LISH UCHUN LINKNI BOSING
🤝
🌅
@psixologik_treninglar
🌅

September 16, 15:39

#trening
"Ammo men.." mashqi
Maqsad:
o'z shaxsiy resurslarini tushunish, o'z-o'zini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish. Ideal odamlar yo'q, barchamizda o'z kamchiliklarimiz yoki fazilatlarimiz bor. Endi bir varaq qog'ozni oling sizning fikringizcha, sizdagi kamchiliklar yoki o'zingiz yoqtirmaydigan narsalarni yozing. "Men" so'zidan boshlab, ularni yozing. Nima uchun bularni kamchiliklar deb o'ylaysiz? Ular sizga qanday to'sqinlik qiladi? Va endi har bir jumlani quyidagi soʻzlar bilan davom ettiring: "lekin men..
Munozara:
sizning kamchiliklaringizni qanday qilib bartaraf etish mumkin? Biz yoqtirmaydigan hamma narsa kamchiliklar? Nima uchun?
@psixologik_treninglar

September 15, 16:03

Bahona befoyda
Chet tilini oʻrgana olmaslikka turli xil bahona qilmang. Yaratganning marhamati bilan bu imkoniyat sizga berilgan boʻlishi mumkin.
Kuniga
3 dona
soʻz yod olishni hammada imkoni bor.
Tongda 1 dona, tushlikda 1 dona, kechqurun 1 dona.
1 yilda 1080 ta, 2 yilda 2160 ta, 3 yilda 3240 ta, 4 yilda 4320 ta unutilmas soʻzingiz boʻladi.
Yillar baribir oʻtib ketadi.
Ayniqsa, 1-kurs boʻlsangiz, Sizda imkoniyat katta. Yana oʻzingiz bilasiz!
@bannayev

September 14, 13:00

#trening
„Qarama-qarshi buyumlar“ mashqi
Maqsad:
Shaxsning bilish jarayonlari, jumladan tafakkur operatsiyalarini oʻstirish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Oʻtkazish tartibi:
Ishtirokchilarga biror buyum aytiladi va aytilgan buyumga biror xususiyati boʻyicha qarama-qarshi boʻlgan buyumlarni topish soʻraladi. Aytish mumkin boʻlgan soʻzlar: qaychi, ip, dori, metro, oylik yoʻl chiptasi, oʻquvchi, qalam, pomada, qop, chaqaloq, mikroskop.
Oʻyin muhokamasi:
Ishtirokchilar bilan oʻyin vaqtidagi holatlar muhokama qilinadi.
@psixologik_treninglar

September 12, 15:02

"Yaxshi va yomon" mashqi
Boshlovchi:
“Men sizga o’qituvchining bir nechta kasbiy sifatlarini nomlashni va ularni qog‘oz varaqlariga yozishni taklif qilaman. Davrada har bir ishtirokchi ushbu sifat haqida o‘z fikrini bildiradi. Bunday holda, birinchi ishtirokchi boshlaydi .......... (tanlangan sifat) yaxshi, chunki ..." so‘zlaridan va keyingi ishtirokchi "................. (tanlangan sifat) yomon, chunki ..." so‘zlari bilan boshlanadi va hokazo. Har bir inson sifatning ijobiy va salbiy tomonlarini aks ettirishi uchun mashq ikki marta doira bo‘ylab o‘tkaziladi.
@psixologik_treninglar

September 11, 10:48

#Trening
: “Qaynoq tosh”
Maqsad:
Ishtirokchilarda chaqqonlik, uddabironlik, tafakkur,aql idrokni yanada mustahkamlash, hamda ruhiy kechinmalarini bartaraf etishdan iborat.
Trener tomonidan ishtirokchilarga qora qogʻozlar tarqatiladi, qora qogʻoz koʻmirga oʻxshatib yumaloq shaklga keltirilishi soʻraladi. Ishtirokchilarga ushbu qogʻozni yonayotgan koʻmir deb faraz qiling deb ta’'kidlanadi.Trener birinchi ishtirokchiga oddiy blis-savol orqali“Qaynoq tosh”ni tutqazadi.
Ishtirokchilar qoʻli kuymasligi uchun savollarga tezroq javob berib, oʻz savolini yoʻllagan holda keying ishtirokchiga koʻmirni otadi, keyingi ishtirokchi ham tezroq savolga javob berishi kerak. Shu tarzda “Qaynoq tosh” har bir ishtirokchining qoʻlida oʻtishi kerak.
Misol uchun:
ushbu savollardan foydalanishingiz mumkin.
-Ismingizni teskarisi.
-Yoqtirgan rangingiz.
-Bir kunda nechi marotaba yolgʻon ishlatasiz.
-Qushning nechta tuyogʻi bor (Qushda tuyoq boʻlmaydi).
-Yoqtirgan taomingiz.
-Nimadan qoʻrqasiz.
@psixologik_treninglar

September 08, 16:01

«Ko’rinmas sovg’a»
Ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qo’lida narsani yasash mumkin bo’lgan ko’rinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovg’a yasab, o’ng tomonidagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovg’a yasaladi va qabul qilib olingach, yana boshqatdan sovg’a yasalib, navbatdagi ishtirokchiga taqdim etiladi.
Shu tariqa barcha «sovg’a» olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. O’yin oxirida kimning nima sovg’a qilgani va sababi so’raladi.
@psixologik_treninglar

August 27, 04:02

Assalomu aleykum. Mana yangi oʻquv yili boshlanishiga ham hech qancha vaqt qolmadi. Faollashamizmi endi?
Fikrlaringizni izohlarda kutaman.
@psixologik_treninglar