Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ruvayha

ruvayha_as

Asosiy kanal faqat honimlar uchun!
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0
Ayol kishi ekanligi noma’lum profillar
@ruvayha_manager
ga yozib, ayol kish

Subscribers
3 670
Post views
2 490
ER
66,41%
Posts
308
October 24, 08:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xalqaro konferensiya
Tanaffusga chiqdik ^_^
Ham Turkiyadagi, ham dunyodagi tug‘ruqqa tayyorgarlik, onalarga va homiladorlarga e’tibor borasida qilinayotgan ishlarni ko‘rib, eshitib, bu borada
“O‘zbekistonda nimalarni o‘zgartirishga o‘z hissamni qo‘sha olaman?”
degan o‘y tinchlik bermayapti…
Shu oy xususiy tug‘ruqxonada boshimdan o‘tgan salbiy voqea sababli, umid uchqunlarim so‘nib, o‘z qobig‘imga chekingan edim…
Endi esa yangi umid, yangi g‘ayrat va yangi fikrlar bilan to‘yinyapman, Alhamdulillah ^_^
Robbim muvaffaq qilsin!
Axir kurash qurbonsiz bo‘lmaydi, shunday emasmi?
Shu sababli hijoma borasidagi darsliklarimga biroz tanaffus bermoqchiman.
Ya’ni “Shifo” darsliklarining oxirgisi — bu patok.
Ishtirokchilar sonini ham odatdagidan kamaytirmoqchiman.
Agar niyatingiz bo‘lsa, bor imkoniyatingizni ishga solib, ayni damdagi so‘nggi
Ilmga Asoslangan Hijoma
poyezdiga yetib oling ^_^
Murojaat:
@ruvayha_manager

October 22, 11:14

STRESS va HIJOMA
#RuvayhaHijoma
So‘nggi yillarda tabiiy tibbiyotga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
Shu sababli hijoma haqida ham nafaqat tanadagi og‘riqlar, balki ruhiy holatga foydali ta’siri borligi haqida ilmiy tadqiqotlar ko‘paymoqda.
2023-yilda
Sports Medicine and Health Science
jurnalida chop etilgan tadqiqotda yosh erkaklarga hijoma qilinib, 24 soatdan so‘ng ularning holati o‘rganilgan.
Natijalar shuni ko‘rsatdi:
Uyqu sifati yaxshilangan
Stress darajasi pasaygan
Charchoq va zo‘riqish kamaygan
Tana quvvati oshgan
Ya’ni, hijoma — bu faqat tozalash emas, balki ruhni yengillashtiruvchi, asabni tinchlantiruvchi tabiiy usuldir.
Ayniqsa, erkaklarda to‘plangan asab, g‘azab va ichki siqilishlar hijoma orqali yengillashadi, Allohni izni bilan.
Ammo unutmang, noto‘g‘ri usulda qilingan hijoma foyda o‘rniga zarar ham keltirishi mumkin.
“Shifo” kursi

ilmga asoslangan hijoma va tibbiy zuluk muolajasini, shuningdek ularga qo‘shimcha tabiiy davolash usullarini o‘rgatuvchi darsliklar to‘plamidir.
Kurs haqida batafsil ma’lumot olish va yozilish uchun
@Ruvayha_manager
ga murojaat qiling.
Diqqat!
Joylar soni cheklangan.
Ayollar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

October 20, 18:38

YOSH BOLALAR va CHAQALOQLARDA HIJOMA
#RuvayhaHijoma
Qizim ikki oylik payti, xolamning nevaralari va yaqin qarindoshlarimiz birin-ketin kasalxonaga tushib qolishdi.
Shunda kasallikning oldini olish maqsadida o‘sha payt chaqaloq bo‘lgan qizimga hijoma qilgandim.
Hozir esa bu qizim 4 yoshda va hijomani juda ham yaxshi ko‘radi.
Agar hijoma qilayotganimni ko‘rib qolsa, tamom — “Maniyam qiling!” deb turib oladi.
Bu ilmni avvalo o‘zim va oilam uchun o‘rganganman. Ilk “bemorim”, ya’ni tajriba quyoncham
ham — o‘g‘lim bo‘lgan.
Eng zararsiz usulda, bolalarga ozor bermay, ularni qiynamasdan hijoma qilish —
ilmga asoslangan hijoma
dir!
Afsuski, aksar hollarda bolalarni qo‘l-oyoqlarini qattiq ushlab turib, majburlab, yig‘latib hijoma qilayotganlariga ko‘p guvoh bo‘lganman.
Bu juda noto‘g‘ri!
Stress ostida hijoma qilish — hijomaning ishlash mexanizmiga mutlaqo teskari!
Shifo bo‘lsin deb, bemorga zarar yetkazish mumkin — Alloh saqlasin!
Agar hijoma yosh bolalarga ruhan bosim ostida qilinsa, ikki karra ziyon bo‘lishi mumkin.
Qadrli onalar, agar farzandlaringiz hijomaning shifosidan foydalanishini istasangiz,
ilmga asoslangan hijomani o‘rganing
yoki
shunday hajjomaga olib boring.
Farzandlaringizni hijomaga aslo majburlamang!
Ishoning, agar hijoma to‘g‘ri qilinsa, farzandlaringiz bu muolajani sevib qolishadi.
Ikki oylik qizimga qilgan hijoma rasmi asosiy kanalda.
Ayollar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

October 16, 15:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

NARX BORASIDA BATAFSIL IZOH
#RuvayhaHijoma
Nega aynan
650
$?
Hozirgi bozorda o‘rtacha hijoma kurslari
300–400 $
atrofida.
Ha, undan ham arzonini topish mumkindir, lekin unaqa narxda sifatlisini topish —
qiyin masala
.
Zuluk bo‘yicha bir kunlik “master-klass”lar esa o‘rtacha
100 $
atrofida.
Bizning keng qamrovli kursimiz esa bozor narxidan
100–150 $
ga qimmatroq bo‘lyapti,
umumiy hisobda
.
Salkam ikki oylik kurs — ikki oylik batafsil ma’lumotlar to’plami.
Kursdagi
mehnat va beriladigan ma’lumotlar
ham shunga yarasha.
Buni shuncha guruhdagi o‘quvchilar taassuroti va tajribasiga asoslanib bemalol ayta olamiz.
Hatto hijoma borasida o‘z kurslariga ega bo‘lgan hajjomalar ham bizdan biror nima o‘rganib ketishyapti.
Bu biz uchun juda quvonarli holat.
Tabarakalloh, Allahumma baarik.
Kursni bu narxda olishingiz uchun yana bir sabab:
Bu guruh —
“Shifo” kursining oxirgi guruhi
bo‘ladi.
Keyin kurs yangilanadi
(va narxi ham, albatta, o‘zgaradi).
Eng muhimi:
Joylar soni cheklangan!
Xohlasak ham ortiqcha odam ololmaymiz, chunki tayyorlatilgan diplomlarimiz
sanoq
li, ularni ko‘paytirishning iloji yo‘q.
Agar kursga yozilish niyatingiz bo‘lsa,
500
ming so‘m
to‘lab o‘z joyingizni band qiling.
Murojaat:
@ruvayha_manager
Ayollar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

October 15, 14:09
Media unavailable
2
Show in Telegram

“SHIFO”— Ilmga Asoslangan Hijoma va Tibbiy Zuluk Muolajasi
#RuvayhaHijoma
Kursni hijomaga qiziqmaydigan insonga ko‘rsatsam ham shunga o‘xshash izoh olaman doim: “Men hijomani bunaqa nazariyasi ko‘p ilm deb o‘ylamagan edim. Judayam detalno tushuntirilgan ekan. Mincha ko‘p ma’lumooot”..
“Qimmat ekan!” tushunchalari kursdan keyin, “Ma’lumotga, mehnatga yarasha, xatto ko‘prog‘iga arziydigan qiymatta ekan” degan tushunchaga aylanadi.
Bular barchasi Robbimni tavfiqi, marhamatidan.
Oxirgi guruhda avval hijoma borasida ilm olganlar ko‘p qatnashuvchi bo‘ldi.
Ularni umumiy izohi, taassuroti shunday edi: Boshqa joydan ilm olishga hojat qoldirmaydi!
Alhamdulillah, Alhamdulillah, Alhamdulillah..
Muvaffaq qilgan Robbimga hamd!
Ayollar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

October 12, 16:36
Media unavailable
3
Show in Telegram

Ahliga, farzandining tug‘rug‘iga shunday ahamiyat berib, qayg‘uradigan, ilm uchun sharoit qilib beradigan, tug‘ruqdagi qo‘llab-quvvatlovni ahamiyatini tushunadigan, xaqiqiy erkaklarimiz ko‘paysin, shunday!
Allohumma Amin!
Hayr-barakot tilash esdan chiqmasin
!
Ayollar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

October 11, 19:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

DOULA KIM va UNING VAZIFALARI NIMA?
Doula
— bu homilador ayolga, tug‘ruq jarayonida va tug‘ruqdan keyingi davrda
ruhiy, jismoniy va tug‘ruq ilmi borasida yordam beradigan tayyorlangan mutaxassis ayol
dir.
Xalqaro Akademiyalarda to‘liq tug‘ruqqa tayyorgarlik borasida ilm oladi. U tibbiy xodim emas, lekin onani ruhiy va hissiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.
Doulaning asosiy vazifalari:
1. Homiladorlik davrida:
• Onaga tug‘ruqqa tayyorgarlikda yordam beradi (nafas olish, dam olish, og‘riqni kamaytirish usullari o‘rgatiladi).
• Onaning qo‘rquv va xavotirlarini kamaytirish uchun ruhiy tayyorgarlik qiladi.
• Turmush o‘rtog‘iga yoki yaqinlariga tug‘ruqda qanday yordam berish kerakligini tushuntiradi.

2. Tug‘ruq paytida:
• Ona bilan birga bo‘ladi,
uni yolg‘iz qoldirmaydi.
• Og‘riqni kamaytirish uchun tabiiy usullarni qo‘llaydi:
• massaj,
• issiq yoki sovuq kompress,
• pozitsiyani o‘zgartirish,
• nafas mashqlari,
• ijobiy so‘zlar bilan qo‘llab-quvvatlash.
• Tibbiy qarorlarni doula emas, ona qabul qiladi.
• Shifokor va akusher bilan muvofiqlikda, onaning xotirjamligini saqlashga yordam beradi.

3. Tug‘ruqdan keyin (postpartum doula):
• Onaning sog‘ayish jarayonida yordam beradi.
• Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa qarash bo‘yicha maslahat beradi (emizish, uxlatish, qulay tutish).
• Onaning hissiy holatini kuzatadi (postpartum depressiya xavfini kamaytiradi).
• Uy ishlarida kichik yordam berishi ham mumkin.

💚
Doulaning maqsadi:
Ayolning tug‘ruqni
tabiiy, xotirjam va ijobiy tajriba sifatida
o‘tkazishiga yordam berishdir. U
ona va bola xavfsizligini, onaning ichki kuchini his etishini
qo‘llab-quvvatlaydi.
Ayollar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

September 07, 17:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

KOSHKISIZ TUG‘RUQ
Bu ilmni tarqatishga va bu natijalarga sababchi qilgan Robbimga cheksiz hamdlar bo‘lsin!
Kursdan keyingi va bugun tug‘ruqdan keyingi izohlari
Alhamdulillah
Alhamdulillah
(Ona va bolani haqlariga hayr duosi qilib qo‘ying ^_^)
“Koshkisiz Tug‘ruq”ning bu yildagi oxirgi patogiga ayni damda sotuv ochilgan.
Bundan keyin, 2026-yilda bo‘ladi inshaallah yangilangan dizayn
(va narx)
da
Kurs narxi
1 mln so‘m
21-sentabrgacha to‘lov imkoni mavjud.
Joylar chegaralangan.
Davomiyligi ikki hafta(haftada 2-3 kundan).
Batafsil ma’lumot:
@yashilmaktab
da
Kursga yozilish uchun:
@ruvayha_manager
ga yozing.

September 05, 12:15

TADQIQ
Tabiiy tibbiyotda(umuman ko‘p jabhada) to‘g‘ri ma’lumotni yo‘qqa chiqarishni usullaridan biri-unga yolg‘on ma’lumot aralashtirish.
Masalan, bitta to‘g‘ri ma’lumotga 3 ta noto‘g‘ri ma’lumot aralashtiriladi.
Aralashtirilgan ma’lumot noto‘g‘ri ekanligi isbot qilingandan keyin, anu bechara to‘g‘ri ma’lumot ham ularni kasriga yo‘qqa chiqadi.
Shu sabab qayta-qayta “dalilga asoslangan, ilmga asoslangan ma’lumot” deyishimni sababi shu.
Hijomada ham ko‘p ko‘raman. Umuman asosi yo‘q yoki chala ma’lumotni ko‘tarib yurishadi. Bu bilan
reklama qilishadi.
Bu bilan ikkita zarar(kamida) berishadi.
Tibbiyotdan xabari bor insonlar “badanni ular iddao qilayotgan funksiyasi yo‘q” vhkz deb hijomadan uzoqlashishadi.
Bilmaydigan esa, “hijomani mana bunday karomati bor ekaaan” deb bu noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatishadi va hajjomalardan o‘sha karomatni talab qilishadi(eng yomonlaridan).
Shuning uchun har qanday jabhada ma’lumot “Ilmga asoslangan, tasdiqlangan ma’lumot” bo‘lishi kerak.
Ana shu sababdan ham Ruvayha usulidagi hijomani asosi “Ilmga Asoslangan Hijoma” ekanligidir..
Buni Tug‘ruq borasidagi ma’lumotlarda ham ko‘raman.
Internetta asosan chala ma’lumotlar buni natijasi ham chala bo‘ladi.
Natijada insonlarni ishonchi to‘g‘ri ma’lumotga nisbatan tushib ketadi. Chala ma’lumot bilan natija olommaganidan keyin, hafsalasi pir bo‘ladi.
Yoki qo‘rquvga asoslangan, asossiz ma’lumotlar sababli keraksiz tibbiy aralashuvlarga rozi bo‘lish bilan birga ularni keraksiz talab qilishadi..
Bularni barchasini yechimi- dalillarga asoslan ilm!
Ayollar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

August 25, 12:32

TANA TANAGA TEGISH
(Skin to skin contact)
Chaqaloq tug‘ilganda eng muhim ehtiyojlardan biri bu - tana tanaga tegishi.
“Oltin soat” dagi onani 1-2 soat bag‘rida olib yotishigina emas, ilk haftalar ilk oylarda ham davom etadi bu ehtiyoj.
Faqat ona bag‘rida ham emas, ota bag‘ri ham muhim!
Instagramda ota bag‘riga berilgan chaqaloq rasmi ostidagi izohlar:
“Otasi tuqqanmi?” “Bu nimasi?” “Ahahahah shunda kim tug‘di” vhkz kabi achinarli izohlar..
Eng ayanchlisi esa, bu izohlar ayollar tarafidan yozilgan aksari.
Ilmiy tadqiqotlar nima deydi?
Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, kesercha tug‘ruq orqali tug‘ilgan chaqaloq otaning ko‘ksiga qo‘yilganda yurak urishi va tana harorati barqarorlashadi, yig‘lash vaqti qisqaradi, ovqatlanishga tayyorlik tezroq boshlanadi. Otalarda esa tashvish va tushkunlik belgilari kamayadi, ota sifatida o‘ziga ishonchi ortadi.
(PubMed:
30676465
)
Stress va gormonlarga ta’siri (Meta-tahlil)
Yetti tasodifiy nazoratli tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan meta-tahlilda, otaning TTT qilishi kortizol (stress gormoni) kamayishiga, oksitosin oshishiga va tashvish hissi kamayishiga ta’sir qildi. Natija: otalarda ham, bolalarda ham TTT fiziologik va psixologik foydalar berdi, chaqaloqlarda yig‘lash kamaydi.
(PubMed:
34054012
)
Bog‘lanish (attachment) kuchayishi – RCT tadqiqoti
Tayvanda o‘tkazilgan nazoratli tajribada, dastlabki uch kun davomida har kuni kamida 15 daqiqa TTT qilgan otalarda bola bilan bog‘lanish ko‘rsatkichlari sezilarli oshgan.
(PubMed:
28194281,
PMC: 5282438
)
Fiziologik barqarorlik va hushyorlik
Chilida o‘tkazilgan tajribada kesercha tug‘ruqdan keyin otaning TTT qilishi chaqaloqning yurak urishini tartibga soldi, hushyorlik va harakat faoliyatini yaxshiladi.
Oksitosin va kortizol darajalari
Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar bilan olib borilgan tadqiqotda, TTT paytida ham onada, ham otada oksitosin oshdi, kortizol(stress garmoni) esa pasaydi. Otalarda oksitosin ta’siri uzoqroq davom etdi.
(PubMed:
25988992
)
Otaning tajribasi va hissiy ta’sirlar
Erta tug‘ilgan bolalarning otalari bilan olib borilgan suhbatlarda, ular TTTni o‘zlarini ona bilan teng his qilishlariga, bola bilan yaqinlashishga va ota sifatida o‘z rolini qabul qilishlariga yordam berganini ta’kidlashgan.
(PubMed:
28364962
)
Bu otalar bag‘riga olishdagi xolat uchun tadqiqotlar.
Onalar uchun ham shunday va bundan ko‘prog‘i

Haliyam o‘sha tushunchadaman:
“Tug‘ruqlar yaxshilansa — nasllar yaxshilanadi!”
Ayollar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0