
Ruvayha
FOYDALI QO’LLANMA
📚
O’qing va ulashing!
Xonimlar uchun asosiy kanal:
https://t.me/+QdHlC1H2IHo0NTE0
FAOLIYATIMIZDAGI KANALLAR
Hijoma borasida -
@RuvayhaHijoma
Faqat ayollar va qizlar uchun asosiy kanal -
https://t.me/+Qf3ORiS9mYZiZWI8
Tug‘ruqda Zo‘ravonlik Ta’rifi
Sahnada Gnikolog Doktor Semra Özer
Iqitiboslar:
Tug‘ruqda qo‘llaniladigan amaliyotlar ikki guruhga bo‘linadi
Eng yaxshi amaliyot deb tan olingan usullar
-Ilmiy dalillarga asoslangan.
-Xavfsiz va samarali.
-Ayol va chaqaloq ehtiyojlariga yo‘naltirilgan.
Eng yaxshi amaliyot deb tan olinmagan usullar
-Ilmiy dalillari yetarli bo‘lmagan.
-Keraksiz yoki xavfli.
-Ayolning huquqlari va shaxsiy daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan amaliyotlar.
Zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari
Yakkalash:
ayolni ijtimoiy muhitidan, yaqinlaridan va qo‘llab-quvvatlashdan uzoqlashtirish.
Qo‘rqitish:
tahdid qilish, qo‘rqitish yoki uyaltirish.
Hukmronlik o‘rnatish:
nazorat qilish, qarorlarni o‘zi qabul qilish, ayolning tanlov imkoniyatlarini cheklash.
Majburlash va taqiqlash:
ayolni istamagan xatti-harakatga majburlash yoki uning xohishiga qarshi biror narsani taqiqlash.
Jinsiy zo‘ravonlik:
roziligisiz jinsiy xatti-harakatga majburlash.
Hissiy zo‘ravonlik:
kamsitish, ayblash, tahqirlash va ruhiy bosim o‘tkazish.
Hurmatga zid tibbiy yordam
-Xavfsiz va osoyishta muhit yaratmaslik.
-Agressiv munosabatda bo‘lish.
-Bemorning shaxsiy daxlsizligini hurmat qilmaslik.
-Hamdardlik va tushunishni namoyon etish uchun yetarli harakat qilmaslik.
-Keraksiz yoki hurmatsiz jismoniy muomala qilish.
Ayolning tug‘ruqdagi huquqlari va tanlov erkinligi va u qanday poymol qilinadi
- Ayol: «Qanday tug‘ishni o‘zim hal qilaman: tabiiy tug‘ruqmi, kesarcha kesishmi, vakuum yoki forseps yordamidami, egizaklar tug‘ruqimi yoki SSVDmi».
Unga aytiladigan gap: «Kesarcha kesish bilan tug‘asan!»
- Ayol: «Tug‘ruq paytida yonimda kim bo‘lishini o‘zim hal qilaman».
Unga aytiladigan gap: «Turmush o‘rtog‘ingni yoningga kiritmaymiz!»
- Ayol: «Qachon va qanday tibbiy aralashuvlar amalga oshirilishini menga tushuntiring. Rozilik bersamgina, ularni bajaring».
Unga aytiladigan gap: «Sun’iy tug‘ruq og‘riqlarini boshlatamiz!»
Tug‘ruqda hurmatsiz munosabatning oqibatlari
-Tug‘ruq travmasi
-Tug‘ruqdan keyingi depressiya
-TSSB (travmadan keyingi stress buzilishi)
-Jinsiy hayotga salbiy ta’sirlar
-Ona va chaqaloq o‘rtasidagi bog‘lanishda muammolar
-Asoratlar xavfining ortishi
-Sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan ishonchsizlik
Bunday holatlar ayolning salomatligiga zarar yetkazishi va uning tibbiy yordamga murojaat qilish istagini kamaytirishi mumkin.
Shaxsiy daxlsizlikning buzilishi zo‘ravonlikdir. Zo‘ravonlikning oqibati esa travmadir.
Insonning shaxsiy daxlsizligi zo‘ravonlik bilan buzilgan paytda his qilgan ojizlik, qo‘rquv, uyat yoki qadrsizlik tuyg‘ulari uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin.
«O‘sha paytda men hech narsani nazorat qila olmasdim», degan tuyg‘u travmaning markazida turadi.
Konferensiyadan foydali iqtiboslarni o‘tqizib yubormaslik uchun asosiy kanalga obuna bo‘lishni unutmang!
Xonimlar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+Qf3ORiS9mYZiZWI8
Xalqaro Tug‘ruq va Tug‘ruq Psixologiyasi Konferensiyasi
Istanbulda uch kun davomida shu konferensiyadaman.
Konferensiyadan iqtiboslar, yangi ma’lumotlar bilan uch kun davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizlar bilan asosiy kanalda bo‘lishib boraman iloji boricha.
Yangiliklarni o‘tqizib yubormaslik uchun asosiy kanalga obuna bo‘lishni unutmang!
Xonimlar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+Qf3ORiS9mYZiZWI8
YORUG‘LIKNI TO‘G‘RI “ISTE’MOL” QILISH - SOG‘LIQ GAROVI
Biz yorug‘likni ko‘pincha faqat ko‘rish uchun kerak deb o‘ylaymiz. Aslida esa yorug‘lik organizmning sirkadiyalik ritmini boshqarishda muhim signal vazifasini bajaradi.
Sirkadiyalik ritm organizmning taxminan 24 soatlik biologik ritmidir. U uyqu va uyg‘oqlik kabi jarayonlarning vaqtini tartibga solishda ishtirok etadi.
“Lights Should Support Circadian Rhythms: Evidence-Based Scientific Consensus” nomli ilmiy konsensusda 248 nafar olim sirkadiyalik ritm va yorug‘lik bilan bog‘liq 24 ta masala bo‘yicha o‘zaro kelishuvga kelgan.
Tadqiqotdagi muhim masalalardan biri tungi yorug‘lik bilan bog‘liq.
Olimlar ko‘k spektrga boy LED yorug‘liklarning kechasi qo‘llanilishi masalasiga alohida e’tibor qaratgan.
Ilmiy maqolada bunday yoritish vositalari uchun quyidagi mazmundagi ogohlantirishni qo‘llash taklif qilingan:
“Kechasi ishlatilsa, sog‘liq uchun zararli”
Yorug‘lik faqat ko‘rish uchun emas. U miyaga “hozir kunduz” yoki “hozir tun” degan signalni ham beradi.
Ayniqsa ko‘zimizga tushadigan qisqa to‘lqinli, ko‘k spektrga boy yorug‘lik kechasi biologik soatga kuchli ta’sir qiladi.
Kechqurun kuchli va ko‘k spektrga boy yorug‘lik:
-melatonin ishlab chiqarilishini kamaytiradi
-uyquga ketishni kechiktiradi
-sirkadiyalik ritmni keyingi vaqtga suradi
-uyquning davomiyligi va sifatiga ta’sir qiladi
Shuning uchun olimlar zamonaviy yoritish tizimlarini faqat “xonani qanchalik yaxshi yoritadi?” degan mezon bilan baholamaslik kerakligini ta’kidlaydi.
Yana bir muhim jihat:
Kunduzgi yorug‘lik va tungi yorug‘lik bir xil bo‘lmasligi kerak.
Ertalab:
Ertalabki yorug‘lik biologik soatni uyg‘otishga va sirkadiyen ritmni vaqtida sozlashga yordam beradi.
Kunduzi:
Organizmga yetarlicha yorqin yorug‘lik kerak. Iloji bo‘lsa, tabiiy kunduzgi yorug‘lik eng yaxshi variantlardan biridir.
Kechpayt:
Yorug‘likni asta-sekin kamaytirish ma’qul. Ayniqsa ko‘z darajasida kuchli, ko‘k spektrga boy LED chiroqlardan foydalanishni kamaytirish kerak.
Tunda:
Organizm uchun eng kuchli signal qorong‘ilikdir.
Shuning uchun yotoqxonada televizor, telefon, kuchli LED chiroqlar va keraksiz tungi yoritishni kamaytirish foydali.
Yorug‘likdan to‘g‘ri foydalanish uchun nimalar qilish mumkin?
-Ertalab pardalarni oching, tabiiy yorug‘lik kirsin iloji boricha ko‘proq.
-Kunduz kuni imkon qadar tabiiy yorug‘likdan foydalaning.
-Kechqurun uyda yorug‘likni pasaytiring.
-Uyqudan 2-3 soat oldin juda kuchli yoriqlik manbalaridan qoching.
-Yotoqxonani imkon qadar qorong‘i qiling.
-Tunda zarurat bo‘lsa, juda xira va ko‘zni kamroq qo‘zg‘atuvchi yorug‘likdan foydalaning
Biz ko‘pincha ovqat, qo‘shimcha va uyqu vaqtiga e’tibor beramiz.
Ammo organizm har kuni yana bir narsani “iste’mol qiladi”.
Yorug‘likni!
Uni qanday va qachon foydalanish sog‘liq uchun juda muhim.
Shu kabi salomatlikka oid ilmga asoslangan ma’lumotlarni o‘tqizib yubormaslik uchun asosiy kanalga obuna bo‘lishni unutmang!
Xonimlar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+Qf3ORiS9mYZiZWI8
AYOLLARDA
GORMONAL MUVOZANAT UCHUN OVQATLANISHGA OID MUHIM TAVSIYALAR
#RuvayhaTarjima
-Ertalab ochlikni his qilmaslik kortizolning yuqoriligi, jigarda toksinlar to‘planishi yoki metabolik muammolarning belgisi bo‘lishi mumkin.
Agar ertalab juda to‘q holda uyg‘onsangiz, kunni iliq limonli suv bilan boshlang va 60 daqiqa ichida albatta bitta qaynatilgan tuxum bo‘lsa ham iste’mol qiling. Ishtahangiz yo‘q deb ochlik muddatini uzaytirmang.
-Noto‘g‘ri qo‘llanilgan vaqti-vaqti bilan och yurish ayollarning reproduktiv a’zolariga zarar yetkazishi va qalqonsimon bez faoliyatini buzishi mumkin.
Uyg‘ongandan keyingi dastlabki 60 daqiqa ichida oqsilga boy nonushta qilish va kunni erta kechki ovqat bilan yakunlash muhim.
-Gormonlar me’yorida ishlashi uchun qondagi glyukoza miqdori barqaror bo‘lishi kerak. Glikemik indeksi past mahsulotlarni iste’mol qilishga alohida e’tibor bering.
-Ko‘plab gormonal muammolar aslida kun davomida qondagi qand miqdorining tez-tez o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qondagi qand miqdorining birdan ko‘tarilishidan qo‘rqib yashamang. To‘g‘ri ovqatlanishni o‘rganing.
Bu juda muhim masala!
-Ovqatlanish vaqtini o‘tkazib yuborish va kam ovqatlanish vaqt o‘tishi bilan gormonal qarish jarayonini tezlashtirishi hamda nazorat qilib bo‘lmaydigan ovqatlanish xurujlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Ovqatlanib bo‘ldim deb, kunning qolgan qismini och o‘tkazmang.
-Ikki mahal ovqatlanish orasida 4–5 soat tanaffus qoldirish va doimiy ravishda tamaddi qilishdan voz kechish foydali.
Sog‘lom deb hisoblangan mahsulotlarni ham tinimsiz tamaddi qilish asab tizimi salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.
Shu kabi ayollar salomatligiga oid ilmga asoslangan ma’lumotlarni o‘tqizib yubormaslik uchun asosiy kanalga obuna bo‘lishni unutmang!
Xonimlar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+Qf3ORiS9mYZiZWI8
AYOLLARDA GORMONAL MUVOZANAT VA VAQTI-VAQTI BILAN OCH YURISH: HAMMA UCHUN BIR XIL YONDASHUV TO‘G‘RIMI?
#RuvayhaTarjima
Ayol organizmi erkak organizmidan farq qiladi. Bizning gormonal tizimimiz hayz sikli, yosh, homiladorlik, emizish va menopauza kabi davrlarga qarab o‘zgarib turadi.
Afsuski, ovqatlanish va metabolizmga oid ko‘plab tadqiqotlar tarixan erkaklar ishtirokida o‘tkazilgan. Ayollar esa kichkina erkaklar emaski, ularga ham bir xil tavsiyalarni beraversak!
Vaqti-vaqti bilan och yurishning (intermittent fasting) foydalari ko‘p bo‘lsa-da, uzoq vaqt va uzluksiz och qolish ayol organizmining gormonal ritmiga har doim ham mos kelavermaydi. Ayniqsa, hayz siklining ikkinchi yarmida, ya’ni progesteron ishlab chiqariladigan davrda uzoq vaqt och yurish progesteron ishlab chiqarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xo‘sh, ayollar uchun qanday ochlik muddatlari mos keladi?
40 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun:
Hayz qon ketishining boshlangan birinchi kunidan boshlab, ovulyatsiyagacha bo‘lgan davrda 13–18 soatlik ochlik oralig‘ini qo‘llash mumkin. Bu davrda organizmning gormonal tizimi bunday tartibga ol moslasha oladi.
Ovulyatsiya kuni, taxminan 12–18-kunlar oralig‘ida: 14–17 soatlik ochlik oralig‘ini qo‘llash mumkin.
Siklning ikkinchi yarmida, ya’ni 16–18-kundan keyin: 12 soatdan ortiq och yurish tavsiya etilmaydi.
40 yoshdan oshgan, ammo hali menopauzaga kirmagan ayollar, agar hayz siklingiz muntazam bo‘lsa, yuqorida aytilgan tavsiyaga amal qilishingiz mumkin.
Ammo hayz siklingiz muntazam bo‘lmasa, 14 soatdan ortiq och yurmaslik tavsiya qilinadi. Chunki bu davrning o‘zida organizmda katta o‘zgarishlar yuz beradi va kortizol miqdori ko‘tarilishi mumkin.
Bir mahal ovqatlanish yoki 17–18 soat och yurish esa gormonal muvozanatni yanada izdan chiqarishi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan och yurishni to‘xtatish degani kechasi soat 10 da o‘tirib chips yeyish kerak degani emas.
Kechki ovqatni odatdagidek, soat 19:00 yoki 19:30 atrofida yeysiz. Ammo uxlashdan oldin ozgina yog‘ manbayini iste’mol qilish organizmga ancha yengillik berishi mumkin.
Masalan:
-1 choy qoshiq tahin.
-1 choy qoshiq yeryong‘oq pastasi.
-1 choy qoshiq kokos yog‘i.
-2–3 dona yong‘oq.
Gap katta miqdordagi ovqat haqida ketmayapti.
Menopauzadan keyingi davr esa vaqti-vaqti bilan och yurishni qo‘llash uchun eng qulay davr hisoblanadi.
Haftaning 5 kunida 15, 16 yoki 17 soatlik ochlik oralig‘ini qo‘llashingiz mumkin. Ammo haftaning 2 kunida albatta ochlik muddatini qisqartirib, yuqorida aytilgandek, 12–13 soat bilan cheklash kerak.
Chunki menopauzadan keyin ham organizm oz miqdorda gormon ishlab chiqarishda davom etadi.
Bu usulni qo‘llagan ko‘plab ayollarda uyqu yaxshilangani, bezovtalik va xavotir kamaygani kuzatilgan.
Hayz sikli buzilgan ayollarning ayrimlarida esa sikl muntazamlashdi.
Albatta, bu tavsiyalar sog‘lom va muvozanatli ovqatlanish bilan birga qo‘llanilishi nazarda tutilyapti.
Shu kabi ayollar salomatligiga oid ilmga asoslangan ma’lumotlarni o‘tqizib yubormaslik uchun asosiy kanalga obuna bo‘lishni unutmang!
Xonimlar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+Qf3ORiS9mYZiZWI8
Koshkisiz tug‘ruq kursi qatnashuvchilar fikriga ko‘ra:
1-qism: masʼuliyat talab qiladigani;
2-qism: qiyini va murakkabi
;
3-qism: sokinlashtiruvchisi va hissiyotlarga boyi;
4-qism: ilmiy faktlarga boyi
5-qism: Qisqa vaqtda natija olinadigani ekan...
Bugun O‘zbekiston vaqti bilan soat 20:00 da ilk darsimiz, ulgurgan ulgurdi.
Murojaat uchun:
@ruvayha_manager
Xonimlar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+Qf3ORiS9mYZiZWI8
▫
▫
▫
QISM
Qatnashuvchilarning fikriga ko‘ra:
“Koshkisiz tug‘ruq” ular qatnashgan kurslar ichida eng tez natijasini ko‘rsatgan kurslardan emish.
Yuqoridagiga o‘xshash xabarlar nafas mashqlarini o‘tgan darsimizning o‘zidayoq quyilib keladi, Alhamdulillaah.
Darsda praktika qilayotganimizning o‘zidayoq uxlab qoladiganlar ham yo‘q emas.
Ilk darsning o‘zidayoq o‘zgarish bo‘lishi mumkin, lekin asl natija tanangiz bu mashqlarni “yoqlab olganda” bo‘ladi. Bunga erishish uchun esa har kuni kamida 2 daqiqangizni bo‘lsa ham nafas olishga (imitatsiyasiga emas) ajratishingiz kerak bo‘ladi. Qachonki bo‘shashish va to‘g‘ri nafas olish mashqlarini tanangiz yodlab olsa tug‘ruq vaqtida ham qo‘llashingiz mumkin bo‘ladi
❤️
Tug‘ruqqa asosli ilm va tarbiyalangan tana bilan kirish uchun so‘nggi imkon.
Shu bilan qabul yopiladi, oxirgi vagonga ulgurish uchun
@ruvayha_manager
ga yozing.
Hali ham to‘liq maʼlumot bilan tanishib chiqmagan bo‘lsangiz:
https://t.me/ruvayha_as/468
Xonimlar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+Qf3ORiS9mYZiZWI8
▫
▫
▫
QISM
Kesercha tug‘ruqning 4 xili
1) Tug‘ruq boshlangach zudlik bilan qilinadigan kesercha tug‘ruq muolajasi. Bunga jiddiy sabab talab etiladi: qon ketishi, kindik pastga tushib qolishi va h. k.
2) Tug‘ruq boshlanib, bir ozdan keyin kesercha muolajaga olish.
3) Rejali kesercha tug‘ruq
4) Ixtiyoriy kesercha tug‘ruq.
Yuqoridagi usullarning ham o‘ziga xos sabablari bor va o‘z vaqtida, to‘g‘ri qilingan muolaja va qabul qilingan qarorlar 2 jonni ham salomatligining sababchisi bo‘lishi mumkin.
Har bir turiga biriktiriladigan “nega?”lar tabiiyki bor.
Aksarida amal qilinsa oqibati juda ijobiy holda yakunlanadigan qoidalar bor.
Bu boradagi ahamiyatli nuqtalarni batafsil yozib tushuntishdan ko‘ra yuzma-yuz aytib berganim samaraliroq bo‘ladi. Chunki maʼlumotlarni to‘g‘ri tushunishingizga kamida ruh holatingiz, ko‘pida esa farzandingiz va o‘zingizning salomatligingiz ham bog‘liq bo‘ladi.
Bu barcha beriladigan maʼlumotlarni ilmiy dalillarga asoslangan holda, yuzma-yuz sizga yetkazib bera oladigan joyim —
“Koshkisiz tug‘ruq”
kursidir.
Aynan shunaqangi qimmatli va filtrlangan maʼlumotlar uchun ham
qatnashuvchilarning fikriga ko‘ra
:
“
Koshkisiz tug‘ruq
ular qatnashgan kurslarning ichida eng
ilmiy faktlarga boyi”
degan kategoriyadan joy olgan.
Kursga qo‘shilish uchun:
@ruvayha_manager
Kurs haqidagi batafsil maʼlumot esa bu yerda:
https://t.me/ruvayha_as/472
Xonimlar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+Qf3ORiS9mYZiZWI8