
Sarvinozdan chizgilar
• Ruhiy qo'llab-quvvatlovchi postlar
• Hozirgi davrning psixologik analizi
• Kitob, film va seriallar tavsiyasi
Psixolog Sarvinoz Omonova
Konsultatsiyaga yozilish uchun:
@ps_sarvinoz_omonova
Kurs va leksiyalar:
@sara_kurslar
Instagram: sarvinoz.umar
Blog yuritishni boshlagan paytlarimda kanalimdan odamlar chiqib ketsa, xafalik va hayronlik tuyardim — qanday qilib psixologiyaga qiziqmaslik mumkin deb. Tagʻin yaxshi yozsam…
Postlarimni yaqinlarim oʻqimasligi, psixologik kitoblarimni yigitim oʻqigani soʻramasligi ham gʻalati edi. Nega???
Yaqin orada buni tushundim.
Juda koʻp krizislarni boshdan kechirish paytida psixologiyaga shoʻngʻidim. Duch kelgan informatsiyani yamlab-yutardim. Kliyetlarimga yordam berishdan koʻra oʻzimni tushunish uchun yangi narsalarni oʻrganardim. Psixolog boʻlish emas, mijoz boʻlishga ehtiyojim bor edi. Bu bosqich 3 yilcha davom etdi, sohamni oʻzgartirish haqida koʻp oʻyladim bu davrda.
Keyin iloji boricha psixologik informatsiya qabul qilishni kamaytirish va asosan terapiya olishga qaror qildim. Psixolog boʻlish uchun eng muhim shart — terapiya olganlik ekanini bilardim, "bu kliyentlarga effektiv yordam berolish uchun zarur" deyishardi tajribali hamkasblarim. Lekin oʻzim uchun terapiyaga murojaat qildim. Vaqt oʻtib, shuni tushundim — bazaviy psixologik ehtiyojlaring qondirilmas ekan, psixologlik oʻta ogʻir ishga aylanadi (shundogʻam qiyin ish). Kliyentlarga yordam berish nari tursin, abgor holatga tushib qolmasliging uchun terapiyaga murojaat qilish kerak.
Bazaviy psixologik ehtiyojlaring (xavfsizlik, hurmat, sevilish, qabul qilinish, tegishlilik) qondirila boshlagach, psixologiyaga qiziqishing kamayadi. Oʻzing va odamlar bilan kelishib yashar ekansan, ruhiy muammolar haqida berilib nimadir oʻrganmasliging normal.
Bizda psixologiyaga nima uchun koʻproq ayollar qiziqadi? Chunki koʻpincha bolaligidan shaxs sifatida koʻrilmaydi, butun umr erkaklarning soyasida yashaydi, psixologik ehtiyojlari deyarli qondirilmaydi. Kuch va resurslarga ega boʻlish imkoni ancha cheklangan. Albatta psixologiyadan yoʻl, taskin qidiradi-da.
Oʻzimga qaytadigan boʻlsam, shu yilning boshlarida psixologiyaga ehtiyojim deyarli yoʻqligini sezdim. Psixolog boʻlishdan esa voz kechish istagim yoʻq edi, chunki avvalgiday qiynalmay qoʻydim. Shunda psixologiyaga qiziqmaydiganlarni tushundim…
Yaqinda sxema-terapiya yondashuvi boʻyicha oʻqishni boshlaganim haqida yozgandim. Buni oʻzimni anglash va oʻzimga yordam berish uchun emas, kasbimda professionalroq boʻlish uchun qildim. Shu davrlarga yetib kelganimdan xursandman — psixologiyani oʻta sevadigan va juda koʻp oʻrgadigan personamni yoʻqotgan boʻlsam-da…
Bu kanalni qanday topgansiz?
Terapevtlar uchun eng qiyin kliyentlardan biri — nartsisstik shaxslar hisoblanadi. Chunki yangi (boshqacha) fikr, takliflar nartsisstik kliyentlarda jahl, himoya mexanizmlari, óziga nisbatan kuchli tanqidlar, depressiya chaqiradi. Natijada terapiya uzilib qolishi mumkin.
Terapiya olish qiyinligi, nartsissizm bilan yashash esa yana-da qiyinroqligini shaxsan ózim his qiladigan inson sifatida — nartsisstik travmasi bor kishilar uchun kurs tashkil qildim. Darslarni óz tempingizda, xotirjam muhitda kórishingiz mumkin. Boshlanishiga 5 kun qoldi.
○ Ózingizga tanqidlar tufayli juda kóp óylasangiz (overthinking) va kechalari uxlolmasangiz
○ Odamlar bilan har bir kontakt og'irlik qilsa va hech kim bilan kórishmaslikni istasangiz
○ Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt ótkazish — bir necha bor jarlikka qulashday his bersa, ózingizni solishtirishdan charchagan bólsangiz
○ Blog ochish va yuritish, omma oldida gapirishga botinolmasangiz
○ Psixolog bólsangiz va nartsisstik kliyentlarga qanday yordam berishni bilmasangiz
va yuroqidagilarga yechim qidirayotgan bólsangiz —
"Ichimdagi tikanzor — nartsissizmdan chiqish"
kursimga taklif qilaman. 15-oktyabrda boshlaymiz. Kurs darslari va ótilish tartibi haqida shu yerda óqishingiz mumkin:
1)
t.me/sarvinoz_omonova/1579?single
2)
t.me/sara_kurslar/165
A'zo bólish uchun
@ps_sarvinoz_omonova
akkauntimga yozing
👌🏼
Kecha jahl bilan uxladim. Shundog'am juda band kunning oxirida portret ishlashga o'tirgandim. 2,5 soatlik seans yakunida sochi va qo'li yaxshi chiqmaganini tushunib yetdim. Qaytadan portret ishlashga kuchim qolmay, uxlashga qaror qildim.
Soch va qo'l borasida qiynalganman doim, boshqa ko'pchilik rassomlar singari. Endi bu qismlar bilan ishlashni juda yaxshi o'rganaman, degan ambitsiya paydi bo'ldi.
Ambitsiyali bo'lishni yaxshi ko'raman. Lekin u ich-ichimdan kelsa. O'zingni kuchingni his qilishning zavqi boshqacha
🐆
Bir paytlar egoni o'ldirish kerak, deb o'ylardim. Hozir egoni asrab-avaylash kerak, deb hisoblayman. Bizni asrab-avaylagani uchun (psixoanalizdan xabardorlar tushunadi)
🌚
Karyeraviy oʻsishimda muhim bir qadamni tashladim — sxema-terapiya yoʻnalishi boʻyicha oʻqishni boshladim ('Академия современной психологии'da).
Terapevt boʻlish, uzoq muddatli terapiya oʻtish uchun psixologlar bakavriatdan tashqari qaysidir yoʻnalish boʻyicha oʻqishi kerak. Oʻqish davomida superviziya, guruhiy va indivual terapiyalar ham oladi. Bu kliyentlar bilan ishlashda juda katta tayanch beradi.
Sxema-terapiya bir nechta yoʻnalishlarni birlashtirgani uchun yoqadi menga. Unda terapevt kliyentning bolalikda qondirilmagan emotsional ehtiyojlarini qondiradi, ya’ni “yetarlicha yaxshi ota-ona” funksiyasini oʻziga oladi. Masalan, odamlarga ishonmaydigan kliyent bilan terapevt imkoni boricha ochiq va aniq boʻlishi kerak.
Sxema-terapiya boʻyicha koʻp kitob oʻqiganman, lekin jonli darslarda qatnashish va bilimlarni insonlar orasida insonlardan oʻrganish baribir boshqacha
🤍
☕️
🍂
Hamma hujayralarim bilan his qilib yaratayotgan kursim. Kópchilikka foydali bóloladi. Terapevtik ta'sirga ega. Kelinglar
🤍
Bugun va ertaga (27-28-sentyabr) 500 ming so'm narxda sotib olishingiz mumkin. 29-sentyabrdan boshlab 700.000 so'm narxda.
Darslar ótilish tartibi haqida
@sara_kurslar
kanaliga yozdim oxirgi postda.
A'zo bo'lish uchun
@ps_sarvinoz_omonova
akkauntimga murojaat qiling
Nartsissizm va óziga ishonchning aloqasi haqida leksiya.
🪷
Fikrlaringizni tartiblashga yordam beradigan nazariya
🪷
"Ichimdagi tikanzor — nartsissizmdan chiqish" kursi haqida ma'lumot
🪷
Ózingizga ishonchni kótaradigan mashqlar
@sarvinoz_omonova
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
Live stream finished (3 minutes)