Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sarvinozdan chizgilar

sarvinoz_omonova
• Ruhiy qo'llab-quvvatlovchi postlar • Hozirgi davrning psixologik analizi • Kitob, film va seriallar tavsiyasi Psixolog Sarvinoz Omonova Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar Instagram: sarvinoz.umar
Подписчики
2 273
24 часа
—
30 дней
-22
Просмотры
1 390
ER
61,15%
Посты (30д)
5
Символов в посте
684
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
October 04, 16:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Deyarli ikki oydan beri qizim kunduzi faqat qoʻlimda uxlayotgandi. Bugun nihoyat yotoqqa oʻtkazishni amalladim. Yonida oʻtirib 2ta 20 minutlik seansda shu portretni chizoldim ipadda
🥹

October 04, 16:18

Bola 2-3 oylik boʻlganida osonlashib qolishi rost ekan. Doʻmboqqina, ogʻzini katta ochib kuladigan, ogʻzidan tashqari barmoqlarini ham ishlatishni boshlaydigan odamcha boʻlarkan.
Birinchi oydagi tana ogʻriqlarim, asabiylik, kunlarning butunlay xaos boʻlganini eslasam yuragim zirillaydi.
Hozir bola parvarishi, kunning qanday oʻtishi borasida miyamda aniqlik paydo boʻlyapti, xavotir kamayyapti. Birinchi “level”ni bosib oʻtgandayman. Navbatdagi level — oʻzimga yoqadigan narsalar, mashgʻulotlarni oz-ozdan hayotimga kirgizish
🪽

September 30, 09:58

Bir yil ichida turkcha kitoblarim yana koʻpayib qoldi, bir qismini sotmoqchiman, Oʻzbekistonga kargo qilib joʻnatamiz. Olish istagida boʻlsangiz
@sarvinozdan_kitoblar
kanalini kuzatishingiz mumkin. Bugun yo ertadan kitoblarning rasmlari va narxlarini joylashni boshlayman
🙌🏻

September 26, 10:12

“Gʻarb psixologlarining nazariyalari bizga toʻgʻri kelmaydi”, degan gapni eshitsam ensam qotadi.
Gʻarbda ham avval patriarxat kuchli boʻlgan, bolalarning psixologik ehtiyojlari qondirilmagan, ota-ona va jamiyatdan separatsiya boʻlish ogʻir kechgan. Psixologiyaning rivojlanishi va erkinlik harakatlari oqibatida munosabatlar sogʻlomlashgan.
Bizni ham shu yoʻl kutib turibdi, lekin boshqa koʻrinish va tezlikda.

September 26, 09:46
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Germaniyada yashayotgan bir turk insonning shu fikrlarini oʻqib qoldim. “Bizda (Turkiyada) katta oila madaniyati boʻlsa ham, “odamlar nima deydi” dunyoqarashining majburiyatlari tufayli samimiylik yoʻq, bir-birining shaxsiy chegaralarini buzish va doimiy konfliktlarda yashaymiz. Yevropada oila tushunchasi yoʻq, degan gap esa boʻrttirilgan, aslida bu yerda munosabatlar ochiq muloqot, foydalanish va chegara buzishlarsiz haqiqiy birdamlik ustiga qurilgan” debdi.
Yevropada yashayotganlar, nima deysiz?

September 25, 17:10

Psixologiyani chuqurroq oʻrganish uchun
KLUBim
borligi esingizdami?
Bir necha oy klubda tanaffus qilishga majbur boʻldim. Chunki qoʻlimda uxlayotgan chaqaloq bilan avvalgiday materiallar tayyorlashga inkonim boʻlmay qoldi — ya’ni yozuv stoliga oʻtirib planshetimda nimalardir yozib-chizishga, leksiyalar oʻtishga.
Lekin ichimda toʻlib-toshayotgan fikrlar bor va ularni qanday qilib qulayroq formatda yetkazsam ekan deb oʻyladim. Turli-tuman mavzularda postlar va audio-podkastchalar qiladigan boʻldim. Klubning nomi esa
“Terapevt kundaligi”
boʻladi endi. Ilmiylik va shaxsiylik qorishgan kundalik oʻqiyotganday boʻlasiz.
Klubda nima mavzularda materiallar qilmoqchiman:
• Psixologiyaga oid meni qiziqtirayotgan tushunchalar
• Fanga oid yangiliklar
• Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi bilan yashash borasida tavsiyalar
• Oʻqiyotgan kitoblarimdan insaytlar
• Psixolog boʻlib ishlayotganlarga maslahatlar
• Ona va bola ruhiyati borasidagi analizlarim
💞
• Ishtirokchilarning savollariga javoblar
Bular hayot sifatingizni oshirish, oʻzingizni qabul qilish va qiziqarli mulohazalar ichida shoʻngʻishingizga yordam beradi.
A’zolik obuna koʻrinishida boʻladi. Ilk oy (oktyabr) narxi — 270 ming soʻm. Keyingi oylarda narx koʻtariladi.
“Terapevt kundaligi”ga a’zo bolish uchun
@ps_sarvinoz_omonova
akkauntimga yozing. 1-oktyabrdan boshlaymiz
📖
🍂

September 25, 15:28

Sentyabr tugay deb qoldi, men esa haliyam pumpkin spice latte ichganim yoʻq
🥲
Oʻtgan yili shu payt esa qahvamni ichib oʻtirgan holda kelajak noma’lumligi haqida xavotirda oʻtirgandim. Farzandli boʻlishga qaror qilgan, lekin bu qachon amalga oshishidan bexabar edim. Vaqt yoʻqotmaslik va sotsiallashish uchun sotsiologiya boʻyicha qaytadan magistraturaga kirishni ham oʻylagandim. Keyin yaxshisi oʻz sohamda rivojlanay deb sxema-terapiya yoʻnalishidagi kursda oʻqishni tanladim. Biroz oʻtib esa homiladorligimni bildim va yaxshiyam magistraturaga kirmabman, dedim. Ilk darslardayoq boshimni partadan koʻtarolmay oʻtirarmidim.
Hozir tanlov qilishga imkoniyatim yoʻq, kunim 60 santimetrlik odamchaning ritmi tomonidan boshqariladi. Buni oʻzim xohlagandim. “Bundan keyin nima qilsam ekan” degan savollarsiz yashab koʻrgim kelgandi. Hozir erkinlik va xotirjam qahva ichishning qadrini bilishni boshladim.
Ayol boʻlib yashash — hayot ne’matlarining qadrini yaxshi bilishga yordam beradi. Tanang tufayli koʻp askezalar, cheklovlarni boshdan oʻtkazasan. Masalan, homiladorlik davrida yurish qiyinlashib qolgani uchun qarilik haqida tasavvurim tiniqlashdi. Sportni doim sevardim, endi uzoqroq sogʻlom tanada yashash uchun ham uzluksiz shugʻullansam kerak. Albatta Barno ruxsat berishni boshlaganida.

September 23, 06:40

Hozir depressiyaga tushib qolmasligimga yordam berayotgan narsa — tunda yaxshi (7-8 soat) uxlay olayotganim boʻlsa kerak. 2-3 marta uygʻonib emizish va taglik almashtirishlar sabab uyqum boʻlinayotgan boʻlsa ham.
Ba’zi tunlar kam uxlaganimda kunduzi oʻzimni oʻta tushkun va agressiv his qildim. Shuning uchun tunda bolam uxlayotgan payti qaysidir ishlarni qilvolish varianti menga toʻgʻri kelmas ekan. Yonida yotmaganimda uning ham uyqusi yuzaki boʻladi va tez-tez boʻlinadi.
7 yildan beri emigratsiyadagi hayotim ham depressiyaga anchagina sharoit yaratib berdi. Lekin har kuni 9-10 soat uxlash, yaxshi ovqatlanish asrab qoldi, deb oʻylayman.

September 21, 19:58

Qizimga ilk oylarida uyda kiyishi uchun hech qanday rasm, naqshlari boʻlmagan 5-6ta oq bodi(body)lar olgandik. Asosan shularda oʻtkazdi yozni. Keyin ulardan bezor boʻlib rangli kiyimlar buyurtma qilishni boshladim. Vizual ta’sirchanligim kuchli boʻlgani uchun atrofim chiroyli narsalar bilan oʻralgan boʻlishi kerak. Qizim bilan 7/24 vaqt oʻtkazganim uchun koʻzimni quvnatadigan kiyimlar kiydiray, dedim.
Yeyishga noni qolmasayam didiga mos dekorlangan uyda/kiyimlarda oʻtiradigan odamman
🥲

September 21, 19:25

Oʻzingni yaxshi bilish va shunga koʻra hayot sharoitlaringni moslashtirish qanchalar muhim ekanini oʻylayapman hozir. Ayniqsa, neyrofarqli inson boʻlsang.
Chunki yashash joyimiz, uyimiz, kasbimiz va ish joyimiz, oila qurish, nechta farzand koʻrish yoki farzand koʻrish-koʻrmaslik, hayvon boqish-boqmaslik, kun tartibi singari juda koʻp masalalarda neyrofarqli (ADHD — diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromli , autistik spektrda) ekanimizni hisobga olsak hayot ancha komfortlashadi. “Hamma shunday qilyapti-ku/yashayapti-ku” deb koʻp uchraydigan holatlarga, an’ana va odatlarga rozi boʻlish ogʻir natijalarga olib keladi.
Neyrofarqli odam oʻziga komfort hayot yaratishi uchun yo shaxsiy chegaralarini oʻrnatish borasida juda kuchli qat’iyat, yo koʻp pulga ega boʻlishi kerak. Ikkalasi boʻlsa yanayam yaxshi…
“Injiq”, “odamovi”, “kalandimogʻ”, hatto “ruhiy kasal” degan sifatlar yopishtirilishiga rozi holda oʻzingiz xohlaganday ish tutish uchun shaxsiy chegaralarni oʻrnatolish yordam beradi. Psixikangiz uchun qulay joyda yashash, ishlash uchun esa moddiy farovonlik zarur.
Siz qaysi “noodatiy” xususiyatingizga koʻra hayotingizdagi katta-kichik tanlovlarni qilgansiz?