Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sarvinozdan chizgilar

sarvinoz_omonova
• Ruhiy qo'llab-quvvatlovchi postlar • Hozirgi davrning psixologik analizi • Kitob, film va seriallar tavsiyasi Psixolog Sarvinoz Omonova Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar Instagram: sarvinoz.umar
Subscribers
2 480
24 hours
30 days
-40
Post views
1 138
ER
48,19%
Posts (30d)
18
Characters in post
1 326
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
March 08, 13:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bayramingiz bilan, qizlar, ayollar
📖
Qadringiz uchun kurashish shart bo'lmagan, turli-tuman yashash tarzi qabul qilinadigan, tanangiz va ruhiyatingiz uchun uyat his qilmaydigan hayot tilab qolaman!

March 07, 21:12

Qisqa vaqt ichida bitta holatga butunlay farqli nazar tashlangan 2ta kontentga duch kelgandim yaqinda.
Birinchisi twitterda edi adashmasam. Bir turkcha postda "Chet elga borib, faqat kafe, do'kon dardida yuradiganlar o'zini sayyoh deb hisoblashiga kulgim keladi. Shuncha pul sarflab borgan joying madaniyatini, tarixini anglash uchun muzey, galereyalarni aylansang bo'lmaydimi?" debdi. Kommentlarda hamma birvarakay qo'shilib shunaqa qiladiganlarni toshbo'ron qilishgan.
Ikkinchisi inglizcha tik-tok edi. Unda "Yangi mamlakatga borganimda supermarket, bozorlarini kezish, kafelariga kirishni yaxshi ko'raman. U yerdagi odamlarning kundalik hayotiga oid detallar qiziq men uchun" debdi muallif. Kommentlar "mengayam bu juda yoqadi" mazmunida.
Bu menga istagan holatni, xususiyatni yo tanqid qilish yoki unga g'amxo'rlik bilan qiziqib qarash mumkinligini yana bir bor eslatdi. Qanday yashamaylik, qanday qarorlar qilmaylik — albatta kimdir uni tanqid qilishi mumkin. Kimdir esa bag'rikenglik, hurmat bilan bizni tinglashi mumkin.

March 04, 20:14

Hozir sariyog' tusdagi sariq rang urfda. Bir yilcha yaqinlashmadim, lekin shu kunlarda garderobimda ham, interyerda ham bu rangni ko'paytirgim kelyapti.
Tunov kuni saryog' rang krujka topib keldim bir do'kondan. Uyda xuddi shu krujkaning kulrangdagisi bor edi. Yangisini ko'rgan erim shu zahoti: "Bunaqa krujkang bor-ku!" devordi. Javob bermadim
🤭
Har safar yangi krujka ko'tarib kelganimda "uyda nechtasi bor edi-ku" jumlasini ishlatishdan zo'rg'a voz kechayotgandi oxirgi paytlar...
Estetik ehtiyojlarim borasida tortishib o'tirmaslikni o'rgandim/o'rgandik
🙂‍↔️

March 04, 17:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Terapiyaning yoqimli jihatlaridan biri — ichingda kenglik paydo bo'lishi, har xil variantlarga ruxsat berolishingdir.
Bir paytlar burningdan olov purkab himoya qilib kelgan prinsip va qadriyatlaringni zaiflashuvi hijolatli va biroz azobli bo'lsa-da, adaptivroq inson bo'lishning qulayligi buni yopib ketadi.
Yuqoridagi rasmni uch yil oldin ko'rsam, "kaloriya bombasi" degan bo'lardim darrov. Hozir esa nonushtamning bir bo'lagi xolos. Va bolalikka oid shirin xotiralar yo'lboshchisi...
Eng to'g'ri, eng dono, eng kuchli, eng effektiv bo'lmaslik qanday yaxshi!
P.S. Bu jarayon uchun har doim ham terapiya shart emas, lekin terapiya tezlashtirib beradi.

March 02, 13:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Shu safar
klub
dagi leksiyalarni oy mavzusiga bogʻlash va psixolog boʻlmaganlarga ham mos qilib yaratishga harakat qilyapman.
Birinchi leksiyamiz —
“Asosiy ruhiy ehtiyojlar. Terapiyada gʻamxoʻrlik qanday boʻladi?”
mavzusida. Unda qanday bazaviy ehtyojlarimiz borligi, ular qondirilmaganida nima boʻlishi, munosabatlarda yaqinlik his qilishda oʻzimizga qanday toʻsiqlar qoʻyamiz, ehtiyojlarimizni qondirish borasida nimalar qilolishimiz, terapiyada psixolog bu masalada bizga qanday yordam beradi — shular haqida gapiraman.
Ikkinchi leksiyamiz —
“Munosabatlarning davolash xususiyati. Juftliklar biri-biriga qanday ruhiy davo boʻlishi mumkin?“
mavzusida. Bu ommabop psixologiyada ommabop boʻlmagan mavzu desam boʻladi. Chunki bir-birimizga qanday travma berishimiz haqida koʻp gaplashamiz, lekin juftimizning bizga davo boʻladigan xususiyatlari borligi uchun ham uni tanlaganimiz va u bilan munosabatda qolayotganimizni unchalik koʻrolmaymiz. Nosogʻlom, “toksik” munosabatlarda ham ikki kishi bir-biriga yaxshi narsalar berayotgan boʻlishi mumkin. Ehtiyojlarimizning ba’zilari qondirilayotgan boʻlsa ham, buni payqamaslik — davomiy va sogʻlom munosabatlar qurishga halal beradi. Leksiya shu masala haqida.
Oʻzingiz va juftingiz bilan munosabatda koʻproq aniqlik, xotirjamlik va qoniqish istasangiz — klubga marhamat
🍵
@ps_sarvinoz_omonova

March 02, 13:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌀
Geshtalt-terapiya oʻzi nima?
Geshtalt — hozirgi kunda eng mashhur terapiya yoʻnalishlaridan biri. Geshtalt soʻzini oddiy soʻzlashuvda ham eshitgan boʻlsangiz kerak — “ochiq geshtalt”, “geshtaltim yopildi” degan jumlalar koʻrinishida. Ularning ma’nosi nima?
Odamning hayotidan qoniqishi, oʻzini baxtli his qilishi uchun — ruhiy ehtiyojlari qondirilgan boʻlishi kerak. Lekin odam anglamagan holda ehtiyojlarining qondirilishiga oʻzi toʻsqinlik qilishi mumkin. Bolalikda ota-onamiz tomonidan ba’zi ehtiyojlarimiz qondirilmaydi va ulgʻayganimizda ham oʻsha ehtiyoj kuchli bezovta qilaveradi.
Bizga nima kerak boʻlayotganini anglamasligimiz, anglasak ham qondirishga harakat qilmasligimiz, qondirsak ham qoniqish his qilmasligimiz mumkin.
Geshtalt-terapiya ehtiyojlarimizni qondirishning qaysi bosqichida qanday muammo boʻlayotganini anglashga yordam beradi.
Masalan
bu postda
ehtiyojni qondirishdagi assimilyatsiya bosqichi haqida yozganman.
Ehtiyojning paydo boʻlishidan tortib uning qondirilishigacha boʻlgan bosqichlar sikli(aylanasi)ga geshtalt deyiladi. Xoh bolaligimizdagi qaysidir istagimiz amalga oshganida, xoh bugun paydo boʻlgan ehtiyojlarimizni qondirganimizda “geshtalt yopiladi”. Tugallanmagan ishlar esa ruhiyatimizni qiynashda davom etadi, ular qanchalik koʻp boʻlsa oʻzimizni shunchalik tushkun, jahldor, xavotirchan his qilamiz.
Geshtalt-terapiyaning asosiy maqsadi — odamda onglilikni oshirishdir. Kishiga oʻz ehtiyojlarini anglash va qondirish uchun mos yoʻllarni topishda yordam beradi. Agar oʻzimiz va xatti-harakatlarimizni, muammolarni qanday yaratayotganimizni yaxshi tushunsak, yechim topishimiz ham shunchalik osonlashadi
🌱

March 01, 10:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Psixologiyani chuqurroq o'rganmoqchi bo'lganlar uchun tashkil qilgan klubim
"Ongosti g'avvoslari"
ga 1-2-mart kunlari a'zo bo'lishingiz mumkin!
📖
MART oyida klubda nimalar bo'ladi:
Leksiyalar:
1) 15-mart (yakshanba) soat 15.00 —
"Asosiy ruhiy ehtiyojlar. Terapiyada g'amxo'rlik qanday bo'ladi?"
2) 24-mart (seshanba) soat 20.30 —
"Munosabatlarning davolash xususiyati. Juftliklar bir-biriga qanday ruhiy davo bo'lishi mumkin?"
Ikkisi ham Zoomda bo'ladi, yozib olinadi.

Leksiyalarning kuni va soati o'zgarishi mumkin.
🪴
Butun oy mobaynida
GESHTALT TERAPIYA
yo'nalishini o'rganamiz. Unga oid podkastlar, postlar va kitoblar tashlab turaman.
Shuningdek, avvalgi oy materiallarini ham ko'rolishingiz mumkin
🕺
Ilk oy uchun obuna narxi — 420 ming so'm, keyingi oylarda uzluksiz a'zolikni davom ettirsangiz, har oy 270 ming so'mdan!
3 oylik obuna tarifi ham bor — 750 ming so'm (
960 ming so'm
yoki 420.000+2×270.000 so'm)
.
Klubga a'zo bo'lish uchun
@ps_sarvinoz_omonova
akkauntimga yozing.
Qiziqqanlarni kutib qolaman
❤️

February 28, 18:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Terapiya oʻtishni yaqinda toʻxtatar ekanman, kliyentlar bilan ishlashning hayotimga ta’siri haqida xayollarga berilyapman. Psixolog boʻlish menga nima berdi, degan savolga shunaqa javoblar berolar ekanman:
1. “Qutqaruvchilik” darajam ancha pasayishi.
Psixologning asosiy funksiyasi — ruhan yordam berish, lekin qutqaruvchilik qilmasdan. Bir odamning hamma qiyinchiliklaridan xabardor boʻla turib, unga ortiqcha imkoniyatlar (hamma istaklariga rozi boʻlish, oʻta effektiv boʻlishga harakat qilish, chegaradan chiqishlarga indamaslik singari holatlar) yaratmaslik qiyin ish. Lekin boshida. Kliyentning qutqarmaganingda u qanday qilib kuchliroq va yetukroq boʻlayotganini koʻrsang maza qilasan. Pul toʻlayotgan va qutqarishingni juda xohlayotgan odamni qutqarmaslikni bajarolsang, hayotingdagi boshqa odamlarni qutqarmaslik ancha oson boʻlib qoladi.
2. Xavfsizlik hissini yaratish koʻnikmasi.
Terapiya effektiv boʻlishi uchun mijozga xavfsizlik hissini berolish kerak — iloji boricha sessiyalarni bekor qilmaslik, sessiyaga vaqtida kelish, ta’tilga chiqayotganda barvaqtroq ogohlantirish singari holatlar kliyentda “doimiy stabil va ishonchli obyekt” tasavvurini, oʻrtada ishonch muhitini yaratadi. Bu menga munosabatlarda ham stabillik va ochiqlikni koʻrsatishga undaydi.
3. Munosabatlar haqida gaplashish koʻnikmasi.
Terapiyada nafaqat kliyentning muammolari haqida, balki terapevt va kliyent oʻrtasida boʻlayotgan holatlar, hislar, konfliktlar va noqulayliklar haqida gaplashilishi kerak. Ayniqda uzoq muddatli terapiyada. Bu ham unchalik qulay boʻlmagan ish. “Mijoz jahli chiqqani, unga nimadir yoqmayotganini aytib qolsa-chi?” degan qoʻrquv boʻlishi mumkin. Kliyentlar bilan ochiq gaplasholish koʻnikmasi shaxsiy munosabatlarda ham qiyin mavzularni koʻtarish, hayotdagi har bir voqea, jarayon, buyum bilan munosabatni tiniq koʻzdan kechirolishga yordam beradi.
Shunaqa. Psixologlar ideal va yetuk boʻlib, keyin ishga kirishmaydi, ishlashni oʻzida koʻp narsalarni oʻrganadi
😐
PS. Yuqoridagi koʻnikmalar borasida ideal emasman.

February 27, 17:39

Ideal homilador bo'lish
Avvallari homiladorlik davrini qanday o'tkazishim haqida ideal tasavvurlarim bor edi.
Doim sog'lom ovqatlanish (sun'iy qo'shimcha moddalarsiz mahsulotlar va gazli ichimliklardan uzoq turish), har kuni homiladorlar uchun yoga bilan shug'ullanish, bo'lajak farzandim uchun kundalik tutish va unga hislarimni yozib borish, tanamdagi o'zgarishlarni qayd qilib borish singari ishlarni qilaman deb o'ylardim. "Menda toksikoz bo'lmasa kerak" degan ishonch ham bor edi — onamda bo'lmagani uchun. Lekin adashibman.
Boshida yuqori ishtaha bilan yurganimda, 7-haftaga kelib hech qaysi ovqatning (ayniqsa go'shtning) hidiga chidolmaslik, ko'p narsani yeyolmaslik, vegancha hayot boshlandi. Faqat juda sodda va bolaligimdagi yeguliklarni xohlardim. Bir oydan ko'proq shunday yashagach, odatiy ovqatlanishimga (80% sog'lom yeguliklar, uch mahal proteinli ovqatlanish) qaytoldim. Shunchaki nima yeyish haqida o'ylamaslikdan zavqlanishni boshladim va homiladorlarga tavsiya qilinmaydigan mahsulotlarnigina (kolbasa mahsulotlari, yaxshi pishmagan tuxum va hk.) chekladim.
Yoga qilish narida tursin, ozroq ish qilishga holim bo'lmadi bir necha oy. Deyarli har kuni sevib yoga qilganim uchun bunga ko'nish qiyinroq bo'ldi. Yogani tug'ruq oson kechishiga yordam berishi haqida fikrlar yuradi, lekin bu aniq emas. Ayol qancha shug'ullanmasin, tug'ruq og'ir kechishi mumkin ekan. Yaqin kunlarda bel va yelka og'riqlari boshlangani uchun yogaga qaytdim — kuchim ko'paygani bunga imkon berdi.
Kundalik yozishga ham hafsala bo'lmadi. O'zi umuman yozuv-chizuv ishlari, ijod, mutolaadan butunlay uzoqlashib qoldim uch oylar davomida.
Ayollarning homiladorlikning oxirgi oylari, haftalaridagina dekretga chiqishi masalasi adolatsizdek tuyula boshladi. Birinchi trimesterdagi toksikoz paytida qanday qilib sakkiz soatlab ofisda o'tirish mumkinligini tasavvur qilolmayman. Men ishlashni davom ettirdim, lekin kuniga bitta konsultatsiya bilan cheklanadigan bo'ldim — ko'proq ishlasam kunning qolgan qismini faqat yotib o'tkazardim.
Hozir ancha tetik holatdaman. Ba'zida ortga qarab "qanday yomon ahvolda bo'lgan ekanman" deb qo'yaman. Chunki ruhan qiynaldim ham — bu haqida boshqa postda yozaman.
Homiladorlik kutuvlarni kamaytirish bo'yicha yaxshigina tajriba ekan. Tug'ruq jarayoni va onalik ham shunaqa, deb o'ylayman.

February 25, 19:20

Odamlarning bizdan kutuvlari, arxetiplar va oʻzing boʻlish jasorati
Ba’zi odamlarning qiyofasi, kiyinishi yo boshqa tashqi atributlariga qarab uning kimligi, qanaqa ekani haqida xulosa qilamiz, lekin yaqinroqdan tanisak — bu odam umuman boshqacha hayot tarziga ega boʻlib chiqadi. Yungian analiz tilida aytsam, kishining tashqi koʻrinishi va ichki olami turli arxetiplarni namoyon qiladi.
Ikkita misol keltiraman.
Oʻtgan hafta Anrqaga tibbiy tekshiruvga borgandim, shunda qon topshirishim kerak boʻldi. Mendan qon olishi kerak boʻlgan hamshira ayolni koʻrishim bilan miyamda nomutanosiblik signali chalindi. Hamshira 50 yoshlarda, sochi erkaklarnikiday kalta va oqqa boʻyalgan, qoshining yuqorisi va pastki labining tagida pirsinglar, boʻynida tatuirovka bor edi. Bunaqa obrazdagi kishilarni ongsiz ravishda birdaniga “isyonkor” (shuningdek “ijodkor”) arxetipiga kiritamiz. Isyonkor arxetipidagilar davlat tashkilotlarida ishlamaydi odatda. Koʻpincha jamiyat tomonidan qabul qilinmagani uchun odamlar bilan koʻp muloqot qilish va gʻamxoʻrlikni talab qiladigan “tabib” arxetipida ham ularni tasavvvur qilish qiyin. Hamshirani koʻrib hayrat va hurmat his qildim — bu pozitsiyada ishlashi va bunday hayot tarziga ega boʻlishi uchun qanday tashqi bosimlar va ichki konfliktlarni yengganiga qiziqdim.
Oʻtgan oy eng sevimli qoʻshiqchilarimdan biri Teomanni kafeda uchratganim haqida yozgandim. Rok yulduzi boʻlgani uchun koʻpchilik undan betartib hayot kechirish, qaramliklarga roʻju qoʻyish, son-sanoqsiz mashuqalar bilan vaqt oʻtkazishni kutar ekan. Lekin oxirgi 10-15 yilda juda tartibli hayot kechirayotgani haqida intervyularida koʻp gapiradi: ertalab 6da uygʻonarkan, yoga va pilates bilan shugʻullanib, 8larda nonushta uchun qahvaxonalarga borarkan, u yerda roman yozish bilan shugʻullangach, keyin musiqiy proyektlari ustida qattiq mehnat qilarkan. Bunday harakatlarni rok yulduzlarida aks etadigan “isyonkor” va “ijodkor” arxetiplariga moslashtirishimiz qiyin — tartib ularga begona boʻlishi kerakday. Teoman ham tashqi kutuvlarga qaramay (ba'zi muxlislarini yóqotishi ehtimoliga rozi bo'lib), oʻziga qulay hayot tarzini yaratib olganiga shaxsiyatini juda hurmat qilaman.
Bir insonda bitta arxetip dominant boʻlsa-da, boshqa arxetiplarni (hatto dominantiga zid boʻlganlarini) ham namoyon qilolsa, hayotdan qoniqishni koʻproq his qiloladi. Bunga ba’zida jasorat, ba’zida esa (odamlarning kutuvlariga mos kelishga harakat tufayli yuzaga kelgan) depressiya yordam berishi mumkin.