
SHEʼRLAR | Sherlar
🫂
Reklama ADMIN
@Xolbek
💥
Premyeralar
👇
💫
Yangi she'rlar
✅
♻️
Eng Sara sherlar
✅
♻️
YouTube:
https://www.youtube.com/@yangi_sherlar
Guruh:
@ijodkorlar_shoirlar_va_shoiralar
♻️
Grupamizdagi shoirlarning sifatli sherlari kanalga qo'yib borilad.
Open budjetda ishonchli bot topdim kimga kerak bolsa o'tsin pulini 1 soatda tashab beryapdi
😍
👍
https://t.me/OpenLoyihaBot?start=wvggyuwvdq
Ozim sinadim
@xolbek
Senga bo‘lgan humorim aldab.
Suratinga qarab ovundim.
Bilsang yurak qilmoqda talab.
Bugun seni juda sog‘indim.
Hasratimga dengizlar guvoh.
Osmondagi yulduzlar guvoh.
Sog‘inishim bo‘lsada gunoh.
Bugun seni juda sog‘indim.
Ko‘rsam edi gul yuzlaringni.
Mayus kulgan u ko‘zlaringni.
Menga aytgan har so‘zlaringni.
Bugun seni juda sog‘indim.
Sochlaringni uchirar shamol.
Kelarmu deb suraman hayol.
So‘zim tingla ey sohibjamol.
Bugun seni juda sog‘indim.
Yer qilmagin bo‘ldi qadrimni.
Bilmaysanda chekgan jabrimni.
Sinamagin kelgin sabrimni.
Bugun seni juda sog‘indim.
Arazingni hech qo‘ymasang ham.
Asabimga ko‘p o‘ynasang ham.
Qonim ichib hech to‘ymasang ham.
Bugun seni juda sog‘indim.
O‘jarliging erkaligingni.
Jinnilarcha telbaligingni.
Hatto o‘sha qaysarligingni.
Hammasini juda sog‘indim.
Muallif: Komila Qiz.
✍
Faqat oʻzim.
Mato osti yuzingni
Oʻzim koʻray oʻzim koʻray
Holingni jon to abad
Oʻzim soʻray oʻzim soʻray
Mana qaragin oʻrtoq
Koʻnglida kim bor soʻroq
Buncha shirin qizaloq
Oʻzim oʻlay oʻzim oʻlay
Nomini kuyla hofiz
Bu shunaqa telba qiz
Yori yakka-yu yolgʻiz
Oʻzim boʻlay oʻzim boʻlay
Shirin xayollar surib
Sevgim aytay joʻsh urib
Ham baxtiga qoʻshilib
Oʻzim kulay oʻzim kulay
Sen tuxfasi Xoliqni
Nodir duri borliqni
Ishq qasriga soliqni
Oʻzim toʻlay oʻzim toʻlay
Bogʻiz bizga bir qadam
Rayhon gulimsiz madam
Kuz kelsa oʻrnizga ham
Oʻzim soʻlay oʻzim soʻlay
Bol yashar zabonizda
Muhabbat bor qonizda
Har kun har on yonizda
Oʻzim turay oʻzim turay
Aylanayda yoʻlizdan
Asal yeylik qoʻlizdan
Begim degan tilizdan
Ax oʻrgilay voh oʻrgilay
✍️
Kavsar (Sardor Samandar oʻgʻli)
.....OʻZIMIZ......
Bu dunyo yoʻlgʻonu lekin yomonmas
Zulumkor insonmiz razil oʻzimiz
Hatto oʻzliging ham hech sen tomonmas
Kuladi yuzimiz yolgʻon soʻzimiz
Dunyo dunyo deydi faqat ayiblab
Shirin deb yeymizku harom tuzimiz
Hatto omonat deb aytsa tayinlab
Qoʻrqmasdan yegan ham axir oʻzimiz
Be sabab ajrashdik bolamiz yetim
Farzand ham koʻrinmas yumuq koʻzimiz
Bir birin tirnashar til ila etin
Ayting charimdanmi bizning yuzimiz
Insonlar bir birin pichoqla soʻyib
Yosh qizlar qoʻrqmayin zinoga toʻyib
Noshudlar osilar jonidan toʻyib
Ular hayvonmidi yoki oʻzimiz
QUDRATBEK
✍️
Tilingancha turibdi hamon,
Yuragimda sen qoldirgan iz.
Menga endi bo‘lding-ku armon,
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Ko‘tarildi bo‘ldi pardalar,
Menga endi qilma zardalar,
Kutaman deb berib va'dalar,
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Ado qilding bag‘rimni o‘yib,
Turibmanda jonimdan to‘yib,
Ketayapsan pichoqsiz so‘yib,
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Hayollarni surib men bilan,
Necha yillar yurib men bilan,
Vidolashmay turib men bilan,
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Menga bergan so‘zing o‘qmidi?
Shundan sening ko‘ngling to‘qmidi?
Unda bori menda yo‘qmidi?
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Onasidan yuzin burolmay,
Davronimda davrin surolmay,
Dadasiga qarshi turolmay,
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Ko‘zdan oqqan yoshiga cho‘mib,
Sevgisini qalbiga ko‘mib,
Barchasiga ko‘zini yumib,
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Xudo boshga sinov soldida,
Sendan juda ko‘nglim qoldida,
Oq libosda ko‘zim oldida,
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Unutaman bir kuni seni,
Bu boshginam ko‘rmadi neni,
Sog‘inmasang bo‘lgani meni,
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Bir so‘zli bir ahdli bo‘l endi,
Tinib tinchib taxtli bo‘l endi,
Nima derdim baxtli bo‘l endi,
O‘rtog‘imga tegib ketgan qiz.
Muallif: Komila Qiz.
✍
Ishqqa tushsa vujudi yayrab,
Sevinmagan yurak bormikan.
Izhorlarni bulbuldek sayrab,
Sevilmagan yurak bormikan.
Ming azobda yo‘qotib hushni,
Alishtirib o‘ng bilan tushni,
Unutolmay baxtli o‘tmishni,
Eslamagan yurak bormikan,
Sogʻinch jomidan sharob yutib,
Hatto dunyolarni unutib,
Qaytar yoʻlin yuz yillar kutib,
Sogʻinmagan yurak bormikan,
Yildan uzun bo‘lgancha tuni,
Tundan uzun bo‘lganda kuni
Topa olmay hammadan uni,
Izlamagan yurak bormikan.
Sevgi izlab yozgan xatidan,
Diydorning bu zoʻr san’atidan,
Soʻngida ishq saltanatidan,
Quvilmagan yurak bormikan.
Muhabbatda ko‘rmay adolat,
Uchratgani bo‘ldi hiyonat,
Charchab oxir uzr halovat,
Istamagan yurak bormikan.
Allalanib koʻngil toriga,
Oʻzni osib sevgi doriga,
Har ne qilsa hamki yoriga,
Talpinmagan yurak bormikan.
Taqdirga qasd qilib jo‘rtaga,
Nomusini tikib o‘rtaga,
Sevganini berib o‘zgaga,
Og‘rinmagan yurak bormikan.
Mualliflar:
Kavsar (Sardor Samandar o‘g‘li.)
✍
Komila Qiz.
✍
Mualliflar huquqi himoyalangan.
Qargʻish….
Birinchi muhabbat otash yoqqanda
Maktabda oʻqirdim yosh edim hali
Oʻzga bir olamga tushgandim chunon
Sehrli dunyosi sehrli bari
Sevib sevilishlik baxt edi gʻoyat
Kunimga shukurlar aytardim ming bor
Yettinchi osmonlar edi makonim
Yerga tushmas edim, tushmasdim zinhor
Gulimchi! Bagʻoyat betakror edi
Farishtadan farqi inson edi ul
Ishq degan sharobdan sarhush edimman
Jonimni poyiga toʻshardim butkul
Rashk deya atalmish tuygʻuni ilk bor
Shu qizda his qildim, shu qizda sezdim
Koʻksimda figʻonlar otildi sharros
Goʻyoki Sirotning ustida kezdim
Laylisi Majnuni doston-u ertak
Mana biz sevgining timsoli edik
Agʻyorlar gapiga kirmasdan sira
Alloh bizni birga yaratgan derdik
Kunlarning birida toʻldiyu ichim
Oʻng qoʻlim kaftiga tigʻ tortdim oʻzim
Labidek qizargan bu osiy bilan
Qoʻlidan tutdimu, dedim “Chin soʻzim”
“Sendan oʻzgasiga boqmayman sira
Sevgi harom gulim, sensiz jahonda”
“Qasamim buzmayman va lekin buzsam,
Baxt degan tuygʻudan kechay shu onda”
Muhr bosgan edim kelajakka man
U bilan koʻrardim erta kunimni
Lekin taqdir telba teskari boʻlib
Begona bogʻbonlar uzdi gulimni
Oylar oʻtdi ancha yillarga tutash
Qadar toʻrt yonimda aylanaverdi
Qay gulga mehrimni tortiq etsam ham
Ayriliq yoʻlimdan shaylanaverdi
Birovdan koʻrmayman bu lanat ishni
Hech bir zot qasd emas axir baxtimga
Bariga aybdor oʻzimman faqat
Qonimni qoʻshgandim ichgan ahdimga
Sardor goʻzallardan soʻzlama doʻstim
Taqdir oʻyinidan juda tolganman
Sevish-u sevilmoq haromdir menga
Mana oʻttiz yilki qargʻish olganman
✍️
Kavsar(Sardor Samandar oʻgʻli)
Tasodif…
Aslida Sardorning sirdoshi hilol
Kun-u tun sabrning doʻsti boʻldimman
Kulguli koʻrinar holim extimol
U deb yashadim soʻng, u deb oʻldimman.
Tasodif! Qarshimda boʻldi namoyon
U hamon benuqson, goʻzal, betakror
Hechda oʻzgarmagan husni , bu ayon
Lek uning tanida endi farzand bor.
Ortiqcha hissiyot sezmadim shaksiz
Koinot uzulib tushmadi sira
Faqat yuragimga aqlim daraksiz
Biroz ogʻriq berdi oʻtmish, xotira.
Biroz dimogʻimga tiqildi nafas
Biroz boʻgʻzim aro tigʻ sanchdi alam
Biroz visolida koʻmildi havas
Biroz lab jilmayib, koʻzlarimda nam.
Biroz vaqt toʻxtadi, toʻxtadi bari
Biroz vujudimda portladi tugʻyon
Menku unutishga koʻnmadim hali
Shunchalik beshavqat boʻlarkan zamon
Yoʻlimda ketyabman, qadamda titroq
Qadamlar orasi asrlarga teng
Bu dardga malham hech kor qilmas biroq
“ U ham sening kabi sevgan edi” -deng
Degandim:-“ Allohim ol bor budimni,
Gulimsiz jahoning kerakmas zinhor”
Bugun xayollari yanchar koʻnglimni
Faqat endi uni oʻzga yori bor.
U deb yashadim soʻng, u deb oʻldimman….
✍️
Kavsar ( Sardor Samandar oʻgʻli)
Ko‘z ochib yumguncha ulg‘ayib bugun,
Odam bir biridan og‘rinyaptiya,
Kattalik qiyinroq bo‘lgani uchun,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Boshlagan ishimiz yurishmasa sal,
Yemoqqa topmasak qand novvot asal,
Hayot tashvishidan charchagan mahal,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Oldin baxtli edik xatto iphonesiz,
Terma disk bo‘lmasdi Benom Ummonsiz,
Xozirgi qo‘shiqlar qandaydir jonsiz,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Seriallar rasmini tinmay yig‘ardik,
Jumongni hammadan zo‘r deb bilardik,
Hind qiz Ishanini yaxshi ko‘rardik,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Loylarda o‘ynardik qoldirgancha iz,
Ko‘ngilda tutardik boshqacha bir his,
Eslang baxtli edik bizlar gadjadsiz,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Qizlar ulamasdi tirnoq soch kiprik,
Lablar tabiy edi bo‘lmasdi yirik,
Umri uzoqlarning qay biri tirik,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Ichiga yutardi dardi bo‘lsa ham,
Pastkashlik qilmasdi pulga kuysa ham,
Yigitlar mard edi velik minsa ham,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Bog‘chaga bermasti bizni onamiz,
Kredit olmasdi bankdan otamiz,
Bolaga o‘xshamas hozir bolamiz,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Telegram instagram telefon yo‘q edi,
Yurakda gumon yo‘q ko‘ngil to‘q edi,
Ko‘zlarda muhabbat yongan cho‘g‘ edi,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Yolg‘ondan yuraklar o‘yilmasdi hech,
Atrofga kamera qo‘yilmasdi hech,
Ko‘zimiz ochaylik bo‘lmasidan kech,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
O‘ylab eslaganda bag‘rim tilaman,
To‘yib o‘ynamabman afsus qilaman,
O‘zimdan bir misol aniq bilaman,
Hamma yoshligini sog‘inyaptiya.
Muallif: Komila Qiz.
05.08.2025.
✍
Muallif huquqi himoyalangan.
30 Uzrnoma
Ustun sezsam oʻzgalardan men oʻzimni
Ishora ber yo Ollohim och koʻzimni
Kibr qoplab ketganida har soʻzimni
Oʻzim sezmay daryolardek toʻlib toshsam
Kechir xudo bilib bilmay xaddan oshsam
Na ilmdan na amaldan faxr qilmay
Ne gunohlar qildim axir yoʻlim bilmay
Hafa qildim qanchasini hormay tinmay
Sezib turib gunoh tomon shahdam shoshsam
Kechir xudo bilib bilmay xaddan oshsam
Zohirida solih boʻlib koʻrinibman
Botinida nafs quliga aylanibman
Nafsim uchun har narsaga shaylanibman
Gunoh yoʻlda ummonlardek toʻlib toshsam
Kechir xudo bilib bilmay xaddan oshsam