Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
🫂 Sher ADMIN @satdilarbizidostum 💥 Premyeralar 👇 💫 Yangi she'rlar ✅ ♻️ Eng Sara sherlar ✅ ♻️ YouTube: https://www.youtube.com/@yangi_sherlar Guruh: @ijodkorlar_shoirlar_va_shoiralar ♻️ Grupamizdagi shoirlarning sifatli sherlari kanalga qo'yib borilad.
Подписчики
2 805
24 часа
30 дней
-41
Просмотры
691
ER
24,63%
Посты (30д)
4
Символов в посте
455
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Развлечения и медиа
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Дизайн и творческие искусства
Краткое описание
September 06, 16:48
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Tez kunda
Sanjarbek Ibragimov ijrosida
Sevaveraman qoʻshigʻi
❤️
Ajoyib yondashuv, shunday emasmi…
✍️
Kavsar (Sardor Samandar oʻgʻli)

August 26, 09:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sevgi…
🎤
Ulugʻbek Mosart
✍️
Kavsar (Sardor Samandar oʻgʻli)

August 18, 05:43
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Premyera.
Tilladan boʻlsa ham…
🎤
Dilshodbek Mirzaaliyev

Kavsar (Sardor Samandar oʻgʻli)

August 16, 07:40

Bolam…
Ezilsam bu yuragim kuyar
Koʻp koʻrmagin yoning jon bolam
Burda non bilan qornim toʻyar
Minnat qilma noning jon bolam
Otam, onam, akamlar qani
Tuproq ostida yotar bari
Sandan boshqa kimim bor mani
Xor qilma men zoring jon bolam
Uying menga boʻlmasin qafas
Boʻgʻzim ezar hattoki nafas
Koʻzim nuri oldingidekmas
Menga tirgak boring jon bolam
Bolam! Oʻzim qoldirma yolgʻiz
Kuch quvvatim yoʻq axir essiz
Dilbandlaring jonimdan aziz
Qizimdayin yoring jon bolam
Kecha onam tushimda koʻrdim
Quchoqladim, yigʻladim, oʻldim
Soʻng diydorning sababin soʻrdim
Gʻanimat har oning jon bolam
Koʻrgan tushim gar boʻlsa roʻyo
Yakun boʻlsa men uchun dunyo
Oʻlsam koʻzyosh toʻkmaysanmi yo
Qaytmaydi baxoring jon bolam
✍️
Kavsar (Sardor Samandar oʻgʻli)

August 08, 07:38

Musofirdan onamga…
Ona musofir bu oʻgʻlingdan salom
Masofa diydorni toptarkan mana
Dunyo nematlari etsada xirom
Men shirin soʻzingni sogʻindim ona
Pul topdim bilmadim aql topdimmi
Yoki bor aqlimni koʻkka otdimmi
Bilmam muz qasrida yillab yotdimmi
Men issiq yuzingni sogʻindim ona
Sabr qilayabman xuddi sen kabi
Toʻlsin deb roʻzgʻorning qozoni , kami
Tilimda sen yopgan issiq non tami
Men bergan tuzingni sogʻindim ona
Bazida boʻgʻzimga sigʻmaydi nafas
Kechalar taqdirdan qilaman araz
Kulaman deymanu kulmoq ham havas
Men qora koʻzingni sogʻindim ona
Hayot har faslidan olyabman saboq
Qismat kulgani bor, ham baxtim ham oq
Atrofim bahorga toʻla lek biroq
Men qordek sochingni sogʻindim ona
Ona yana ozroq vaqt qoldi xolos
Sen faqat duo qil va sabr biroz
Yurakdan suronli kelmoqda ovoz
Men qamar oʻzingni sogʻindim ona

Kavsar (Sardor Nodira oʻgʻli)

August 06, 13:10
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Javob berishda sal adashdima
😁

August 05, 16:14

Alvido berkilgan temir darvoza
Qaytib bormayman xech so'rab Qizingni.
Dunyoga yetarli qildim ovvoza
Ikki ham qilmabman aytgan so'zingni.
Mard yigit ohini tinglamay bir bor
G'iybat ummoniga oshino bo'lding.
Faqat shu Men uchun Dunyo ekan tor
Ehh ko'ngil Men sabab Sen ham siqilding.
Alvido orzuga ergashgan Xatlar
Bo'shab qoldi daftar ancha qog'ozlar.
Yurakka taxlandi bir muncha dardlar
Ichimda yangradi chiqmay ovozlar.
Shoirda puli yo'q Kambag'al deya
Kamsitib ko'nglimga berishdi Ozor.
Gaplarga ko'ndimda ha mayli deya
Tanimni yutsaydi qop qora mozor.
Alvido olisda kezgan Hayollar
Yo'lim tushmadida baxtli bo'lishga.
Aylanib aylanib tinmas savollar
Rozi ham emasman bunday yashashga.
Oybek Ergashev

August 05, 13:46

Hayronman…
Holim shunchalik xarobmikan
Doʻst-u dushman kulyabti ona
Yoʻqchilik bu yurakni yerkan
Menga nima boʻlyabti ona
Avvallari baxtiyor edim
Tolqon qilishga tayyor edim
Va yo omadimni boy berdim
Menga nima boʻlyabti ona
Dard iztirob bosdi yuzimni
It tinglamay qoʻydi soʻzimni
Tushunolmay qoldim oʻzimni
Menga nima boʻlyabti ona
Muruvvatdan uzoqman goʻyo
Qanday oʻyin qilyabti dunyo
Osmon yerga tushdimikan yo
Menga nima boʻlyabti ona
Oxir nima boʻlar bilmayman
Hech odamdan umid qilmayman
Berkitaman, yolgʻiz yigʻlayman
Menga nima boʻlyabti ona
Yigit boshim egyabti zamon
Iltijodan charchadi zabon
Jahannamdek ezar toʻrt tomon
Menga nima boʻlyabti ona
Tanam his etmay qoʻydi jonni
Hatto bogʻ qizgʻondi rayhonni
Inson qadri shuncha arzonmi
Menga nima boʻlyabti ona
Ming xayolda olarman hordiq
Kulgularim boʻlgandek tortiq
Sardordan sas chiqmasmi ortiq
Menga nima boʻlyabti ona
✍️
Kavsar (Sardor Samandar oʻgʻli)

August 04, 04:21

Aytib turgin:"keraksan" deya,
Qilib turgin hislaring izhor.
Bilasanku ayol qalbimning,
Quloq degan egizagi bor.
Yolg'on qo'shma faqat so'zingga,
Demasang ham mayli "Azizim".
Sog'inchingdan guldasta yasab,
Yozgin unga "kelyapti ko'rgim"
Shart emasdir usta shoirdek,
So'zlaringga chizma andoza.
Hech bo'lmasa qulog'imga ayt,
Demadim hech qil deb ovoza.
Bilamanku sog'inding sen ham
Kiprigimga ilanar joning.
Bilmaysanda kelishing kutib,
Soniyalar sanar "yomoning".

August 03, 17:28

Indamang Aqlimni baholash shartmas
Qo'limdan kelgancha yashayman holos.
Boylik, pul deya tortishmang Dunyo arzimas
Ohiratda sizni etmaydi halos.
Kamsitmang haqqim yo'q siz deb yig'lashga
Ko'z Yoshim yuvmaydi Yuzim aksini.
Pulingiz yetmaydi ko'nglim olishga
Sotib ololmaysiz Hayot tarzimni.
Ginalar saqlasam sanog'i cheksiz
Insonlar birma bir kelar navbatda.
Yaqinmi begona bari mehrsiz
Barchasi dushmandek tili g'iybatda.
Zo'r bo'lib ketishim istamas qo'shnim
Horlik chog'im maqul bilsam ularga.
Toshga to'lib ketti yeydigan oshim
Ko'pdek ko'rinadi bu ham ularga.
Oybek Ergashev