Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
🫂 Sher ADMIN @satdilarbizidostum 💥 Premyeralar 👇 💫 Yangi she'rlar ✅ ♻️ Eng Sara sherlar ✅ ♻️ YouTube: https://www.youtube.com/@yangi_sherlar Guruh: @ijodkorlar_shoirlar_va_shoiralar ♻️ Grupamizdagi shoirlarning sifatli sherlari kanalga qo'yib borilad.
Subscribers
2 798
24 hours
-3
30 days
-24
Post views
259
ER
9,26%
Posts (30d)
44
Characters in post
777
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Entertainment & Media
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Design & Creative Arts
Summary
October 26, 08:51

140-avtobus
Odatiy soatlar ötardi ravon
Darslarim yakunlab ,jim yõlga chiqdim
Extimol charchoqdan holim parishon
Ketar avtobusimdan yana kechikdim
Quyosh botgan chamasi, nigohlar xira
Shu zayl bekatda, turardim kutib
Avtobus ham kechikar, sabrim yöq sira
Lek baribir kutardim, charchoqni yutib
Uf tortib atrofga közlarim oldim
Bu kõzlar shundayin gözalga tushdi
Ne qilishim bilmay ,jim qotib qoldim
Boshimdan lahzada xayolim uchdi
Yo Robbi! Husn ham shuncha bõlurmi
Farishtaning husni shu bõlsa kerak
Yöq bu inson emas, qandaydir Hurmi
Yöq bu Hurlar ichra, yagona malak
Nafas ololmadim, körganim zamon
U esa shunchaki jilmayar edi
Hiloldek rom etdi ,öziga chunon
Yusuf kõrsa uni, gözalroq derdi
Yuz qirqinchi avtobus, kelardi sergak
U qiz ham yöl qarab, kelishin bildi
Derdilar sevgiga , asrlar kerak
Mengachi lahza ham kifoya qildi
Yuziga termulib umrim õtsaydi
Soatlar, vaqt ,zamon töxtasa butkul
Poyiga termulib umrim õtsaydi
Gõyo u Shahanshoh, biz miskin bir qul
Avtobus kelibon,töxtar bekatda
Bulutda yurgandek yurardi mayin
Menku oshiq böldim,sevdim shu paytda
Endi usiz qolsam, ölishim tayin
Uzoqlashar edi, soniya sayin
Qarab qolaverdim ketar iziga
Sardor kõzin uzmoģi bunchalar qiyin
Balki oshiq böldim, ishqning qiziga
✍
Kavsar (Sardor Samandar öĝli)

October 25, 08:55
Media unavailable
3
Show in Telegram

Töğrısıhamda
😁

October 25, 07:46

Uchrashmaymiz ikkimiz qaytib,
Diydorlarning uvoli tutgan.
Gap ochmaydi menday bir daydi,
Bosh suquman butkul sukutga.
Uchrashmaymiz, hislaring ochsin,
Nafratinga moy sepay, ahir...
Taqibdaman qayerga qochsam,
Chiqolmayman mardlikni yoqib.
Uchrashmaymiz, sen ham istaysan,
To'qnashmasak deysan, har tugul.
Meni ko'rsang yana muzlaysan,
Men o'lganda qaytadan tug'ul.
Uchrashmaymiz, shunisi ma'qul,
Dard gazzaklab ketmasin, haya.
Men kirmagan yo'llarga suqul,
Yo'qsa seni yurmayman ayab.

October 25, 06:14

Söngi paytlar ja özgarib qoldingizda
Yo yetmasdan qoldimikan mening sevgim
Xırom qılsa bıror gözal oldıngızda
Göştıngızdan şaşlık qılıb yeyman begım
Sezmadi deb özgaga gul beravering
Boshqa qöldan taomingiz yeyavering
Hayot bilan vidolaşdim deyavering
Göştingizdan şaşlik qilib yeyman begim
Köz qirimla telefonga razm solsam
Öldim deya öylayvering sezib qolsam
Qochaman deb öylamang gar tutıb olsam
Göştingizdan şaşlik qilib yeyman begim
Sayoq yurgan bölmang jonım yeysiz tayoq
Boşqa malak tomon qadam bossa oyoq
Kabobçiga şogirt tuşib şu kundayoq
Göştingizdan şaşlik qilib yeyman begim
Telefoniz titkilayman bir kunda bir
Raşkim sizga omonatdur qiling sabr
Vegitaryanman aslida lek baribir
Göştingizdan şaşlik qilib yeyman begim!
KAVSAR va
💥
KO'HI
💎
NUR
💥
(SARDOR - DILYOGDU)
hamkorlikda yozildi.
(Duet emas).

October 24, 16:11

Mushtipar onamni qaritma hayot.
Yuzinga ajinlar tushirgan menman,
Sochinga qirovlar uchirgan menman,
Navqiron yoshliging oʻchirgan menman,
Sendan bir oʻtinchim shudir ey hayot...
Mushtipar onamni qaritma hayot.
Mexnatda egildi navqiron qadding,
Oʻzingni unutding, unutding baxting,
Eh! Onamey oʻzingni bilmading qadring,
Hayot sinovlaring yiroqlarga ot,
Mushtipar onamni qaritma hayot.
Senda ham orzular boʻlgandir bisyor,
Yoshlik davrlaring kelmagay takror,
Yaxshi kun koʻrdingmi, aytgin sen oshkor,
Koʻrganlaring boʻldi chidam va sabot,
Mushtipar onamni qaritma hayot.
Oʻzingning ustingda oʻn yillik libos,
Mening kiyinishim parilarga hos,
Qalbimda yoʻgʻrildi ajib bir ovoz,
Buyuksan onajon, sen eng buyuk zot,
Mushtipar onamni qaritma hayot.
Mexringning adogʻi boʻlmagay onam,
Sen faqat yashaysan bolam deb bolam,
Sen bilan yorishgay goʻzal bu olam,
Hayot sendan soʻrayman, soʻrayman bot-bot,
Mushtipar onamni qaritma hayot.
Sendan jannatlarni keladi isi,
Bolasin deb yashab unutdi oʻzi,
Onajonim mendan boʻlsinlar rozi,
Ona yoshligingni oldimmi naxot?
Mushtipar onamni qaritma hayot.
Dildagi orzusin roʻyo qilguncha,
Hayotning gashtini surib olguncha,
Men munis onamni rozi qilguncha,
Onamni jonini saqla Buyuk zot,
Mushtipar onamni qaritma hayot.
Muallif: Ahmedova Sevara.
28.06.2026.

October 23, 18:08

Tog'lar bilan tutashdi tug'yon
Va chaqmoqni chizdi samoga
Ko'zlaringda yig'ilsa ummon
Dardlaringni aytgin daryoga
Yulduzlarni o'pib erkalab
Tun ko'shkiga chiqar ekan oy
Sen quvonchdan guldasta yasa
Men nafratdan quraman saroy
Ko'zlarimga ko'mgin dunyoni
Sig'mayman hech hayot otiga
Tilimni ham ari tishladi
To'yolmasdan umr totiga
Yo'llarimni to'sdi soyalar
Xayollarla birga yugurdim
Bugun bog'lab dilim yarasin
Bedillarning yonida turdim
Bu so'zlarga sig'maydi SAMO
bolishlari sirdoshi uning
Daryolarga aytolmas dardin
Kulgichlari bardoshi uning
01:41 06.04.2025
✍️
Ikramjanovna

October 22, 06:49

♡♡♡
Ichsam may ichibman qasamlar emas,
Birovning jonini qilmadim talab.
Dunyoning bag‘ridan vos kechib ketsam,
Mening gunohimni kechirgin, yo Rab.
Bir kun tuprog‘imga qorishib ketsam,
Ro‘yoga aylanar mening so‘zlarim.
Yelkamga gunohim orqalab ketsam,
Shu kuni rahmingga muhtojman, Robbim.
Adashgan damlarim ko‘p bo‘ldi mening,
Bilmay bosgan yo‘lim, qilganim xato.
Qalbimni poklagin, kechir gunohim,
Rahmating oldida ojizman, Xudo.
Bilmasdan yomonning so‘zidan qotdim,
Iymonim oqsoqlab, gunohga botdim.
O‘zing kechir, deya duoga yotdim,
Senga yuz tutyapman, ey mehribonim,
Meni to‘g‘ri yo‘lga yo‘lla, Allohim...
Iqbol qizi
🖋
17.09.26. 11:25

October 22, 05:14

Taqdirga qarab
Taqdir balki qoʻlimizdadir
Orzu doim dilimizdadir
Subhanalloh tilimizdadir
Ey doʻstim hayotga sen bir boq
Hali ketar yoʻlimiz uzoq
Kichik sirimni ochay sizga
Oshiq emasman biror qizga
Mayishatga yoʻl boʻlsin bizga
Begona vino yoki aroq
Hali ketar yoʻlimiz uchoq
Moddiylik bor roʻyxatim aro
Tan, jonim sogʻ, kayfiyat a’lo
Kelmay tursa birorta balo
Yumulmasa ikki koʻz qaroq
Hali ketar yoʻlimiz uzoq
Berib tursa rizq-u roʻzimni
Kulgu tark etmasa yuzimni
Bevaqt soʻndirmay yulduzimni
Siylab tursa bas yetar Xalloq
Hali ketar yoʻlimiz uzoq
Iymonning zoʻr havosi bilan
Muslim yurak libosi bilan
Otam onam duosi bilan
Savob tomchidan boʻlsin buloq
Hali ketar yoʻlimiz uzoq
Qibla axtardim toʻrt tomondan
Oʻrnak oldim yaxshi yomondan
Saboq topdim kechar zamondan
Zero hayotning oʻzi saboq
Hali ketar yoʻlimiz uzoq
Gar oʻlmasam, yuragim ursa
Umid doim men bilan yursa
Charxpalagim toʻgʻtamay tursa
Somongacha yetmasa buzoq
Hali ketar yoʻlimiz uzoq
Shijoatga boʻlay xaridor
Yiqilmayin, ketmasin mador
Yoʻl boshidamiz hali Sardor
Garchi erta kunimiz soʻroq
Lekin ketar yoʻlimiz uzoq
✍️
Kavsar (Sardor Samandar oʻgʻli)

October 22, 05:12

🌹
MENI DUNYOLARDAN IZLAMA, GULIM
🌹
Bir kun anglab yetsang o‘z xatoyingni,
Aybsiz oshiqqa otgan yoyingni,
His qilsang qadrini bir gadoyingni,
Meni dunyolardan izlama, gulim.
Sendan yuz o‘girsa puli ko‘p boylar,
Yolg‘onga aylansa va’dalar, oylar,
Egningdan olinsa qimmat shoyilar,
Meni dunyolardan izlama, gulim.
Ko‘zlaring ko‘r qilgan tillo taqinchoq,
Uzilib yotganmish men bergan munchoq,
Kun kelib aylashsa seni qo‘g‘irchoq,
Meni dunyolardan izlama, gulim.
Nom-nishon qolmasa baxtli onlardan,
Vujuding toliqsa g‘am-sitamlardan,
Ismimni izlab ko‘r qabristonlardan,
Meni dunyolardan izlama, gulim.
✍️
Muallif: Abdulhay Jo‘rayev
📅
Sana: 21.10.2026

October 21, 19:26

Quladi osmondan quyoshim
To'ldiyu, oqmadi ko'z yoshim
Boshimda, otganim o'z toshim
O'zimni qarg'adim, o'zimni.
Bu kecha boshimdan uchdi xush
Ro'yobdek ko'rganim g'alat tush
Jon so'rab qalbimdan uchgan qush
O'zimni qarg'adim, o'zimni.
Bilmasdim bu dunyo tashvishin,
Quloqqa ilmasdim mish-mishin.
Bilsaydim, olmasdim qarg'ishin,
O'zimni qarg'adim, o'zimni
Endi bir xaroba koshona,
Boshimdan aylanar zamona.
Jarlarga kuzatgan ostona,
O'zimni qarg'adim, o'zimni.
Ko'rganim sochda uch qirovlar,
Ozorga berdim, ko'p to'lovlar.
Dilimga kelmayin birovlar,
O'zimni qarg'adim, o'zimni
Begona, dilimning sarboni,
Surmayin tugagan davroni.
Cho'zildi umrning karvoni,
O'zimni qarg'adim, o'zimni.
Dilimda sitamlar kammidi?
Kelgandan ko'zlarim nammidi?
Yongani bu umrim, shammidi?
O'zimni qarg'adim, o'zimni.
Yonimda, yiroqdek yor-u jon,
Boshimga qulagandek osmon.
"Sevmayman endi" deb hech qachon,
O'zimni qarg'adim, o'zimni.
✍️
Ikramjanovna