
Shinavandatopia
Eng yaxshi yozilgan fentezi tushlar tilida yozilgan. - R. R. Martin
Murojaat va takliflar uchun:
@shinavanda_asoschilari
@QalandarovAbror
Donat qilmoqchi bo'lganlar uchun:
@shinavandatopiadonaters
#hp
#harrypotter
Hozirgina o'ylap qoldim. Hogwartsda qancha sexrgar o'qiydi. Umuman Britaniyadachi? Garri Potter asarlarida tahminan qancha sexrgar mavjud?
Xo'sh osson yo'ldan borsak Rouling so'zlariga ko'ra Hogwartsda 1000 ta talab bor lekin bu haqiqatda juda uzoq bo'lib chiqadi agar biz birinchi kitoblar bo'yicha hisob kitob qilsak. Birinch kitobdagi saralash jarayonlariga nazar solsak Garrining yilida 8ta tasdiqlangan Grifindor talabasi mavjud. Umuman hammani hisobga olganda ham 26tagina tengdosh talaba bor lekin 26 javobini olish xato chunki ular faqat qaysidir ma'noda Garri bilan ijtimoiy aloqaga kirishgan talabalar ro'yxati xolos. Xo'p 8ni 4ga ko'paytirish yaxshiroq variant. Shunda bu yiliga 32 ta talaba degani. 32*7=224 esa butun talabar sonidir. Har bir uyda 7*8=56 tadan talaba. Lekin kitobda yana bir joy borki Kvidditch matchini 200ta slizerinni qo'llab quvvatlayotganlar bor edi degan. Bu esa 200×4=800 talaba Hogvartsda tahsil oladi degan xulosaga olib keladi. Xo'p mayli bizda endi keyingi hisob kitoblarda ishlatishimiz uchun 3 xil variant bor.
A 1000
B 224
C 800
Men 224 javobini olishni maqul ko'rdim chunki agar talaba shunchalik ko'p bo'lsa nega ularni judalar kam qismi bilangina tanishganmiz?
Xo‘sh ana endi Britaniya so‘ngra dunyodagi sexrgarlarni sonini hisoblasak. Buning uchun har yillik sexrgarlar sonini o'rtacha hayot kechirish davriga ko‘paytiramiz. Va bunda sexrgarlarni o‘rtacha yoshini ham magllarniki bilan teng va har yili o'zgarmas konstanta ravishda yiliga 32ta sexrgar yetishgan deymiz. Asar 1991-1998- yillarda bo‘ladi bu davrda Britaniyada o‘rtacha umr uzoqligi 76 yil bo‘lgan ekan. 32*76= 2432 ta sexrgar mavjud.
Endi dunyo bo‘ylab sexrgarlarni hisoblab ko‘rsak. Buning uchun dunyo aholisi britaniyanikidan qancha ko‘p bo‘lganini topib olamiz. Va shu songa Britaniyadagi sexrgarlar sonini ko‘paytiramiz. 5.388 mlrd aholi dunyo miqyosida
Buyuk britaniyada esa bu korsatkich 57.4 mln. Nisbat deyarli. 93.86 ni tashkil qilyapti.
93.86×2482=232979 ta sexrgar dunyoda istiqomat qiladi degan xulosaga olib keladi.
Xo'sh bu raqam va hisob kitoblarga sizning fikringiz qanday?
@shinavandatopia
#tavsiya
#redrising
O'zim uchun yangi top Young Adult janridagi kitobni kashf qildim.
Va bu kitob haqida uning mazmuni va kimlarga tavsiya qilishimni sizlar bilan bo'lishmoqchiman. Menimcha bu kitob aynan bizning kanal auditoriyasiga mos .
Xo'sh avvalmbor kitob nomi, muallifi  va janri haqida to'xtalib o'tsak.
Kitob muallifi Pirs Braun. Qizig'i men gapirayotgan Yuksalayotgan Qizil uning ilk kitobidir. Kitob distopiya, sci-fi, va qisman samoviy opera hamdir.
Janrlarni o'zidan ham bilsak bo'ladi u biz bilgan bazi kitob va kinolar bilan bir xil janrda. Masalan distopiya janri Ochlik o'yinlari muxlislariga ham bu kitob manzur bo'ladi deyishimga yetarlicha asos bo'ladi (asar syujeti ham). Sci fi va qisman samoviy opera janrlari Dyuna muxlislariga ham bu asar manzur bo'lishiga tayanchdir. Agar kimdir Pashshalar hukmdori (lord of the flies) ni o'qigan bo'lsa ularga ham must read. Va eng asosiysi bu asar qandaydir ma'noda Taxtlar o'yini vayblarini menga bera oldi. Turli oilalarning hokimiyat uchun qurgan birodarliklari, yaxshiiroq taklif chiqsa qilingan sotqinliklaru hamma hamma siyosiy elementlar.
Endi esa biroz asarning o'zining voqealariga jiddiy spoylerlarsiz to'xtalsam. Bu kitob voqealari uzoq kelajakda Odam bolasi butun gallaktikada yashay boshlagan davrlardi sodir bo'ladi. Uzoq kelajakda jamiyat tabaqalarga bo'lingan bo'lib, tabaqalar rang bilan ajratiladi tilla rang jamiyatni yuqori liderlar pog'onasi bo'lsa, jamiyat bo'g'ining eng tubida Qizillar ( qora mexnatkashlar ) turadi. Asarni nomidan ham ma'lumki bosh qahramoniniz yuksalmoqda va u jamiyatning bu ahvolidan rozi emas. Bu yo'lda u ko'plab mashaqatlarni boshdan kechiradi. Lekin bu narsalar haqida o'qir ekansiz zarracha zerikish sezmaysiz. Asar haqiqiy page turner nomiga loyiq. (Oxirgi martta bir kitobni 200 betlab o'qiganimni uncha eslolmayman masalan)
Xo'sh agar shu yerigacha o'qigan lekin kitob o'qishga xohish yo qiziqishi yo'qlar uchun ajoyib yangilik yaqin 3-4 yilda bu ajoyib kitob katta byudjet bilan ekranlar yuzini ko'radi.
@shinavandatopia
Salom, mening ismim doktor Glenn Pirs.
Ehtimol, hozirgacha siz bularning barchasi aynan shunday bo‘lishi kerakligini tushunib yetgandirsiz.
Qarang, bu institutga kelgan har bir inson o‘z hayoti izdan chiqqan deb o'ylagani uchun kelgan.
Ammo ko‘p hollarda, biz duch kelgan muammolarni hal qilib bo‘lmaydi, degan fikr to‘g‘ri emas. Aslida muammo shundaki, biz muvaffaqiyatsizlikdan shu qadar qo‘rqamizki, muammolarimizga boshqa tarafdan qarashni istamaymiz.
Shuning uchun bir xil xatoni qayta-qayta qilamiz, takrorlayveramiz. Va, albatta, ana shu xatolar doirasi ichida biz izlagan muvaffaqiyatsizlikni topamiz.
Hayotda har doim kurash bo‘ladi.
Muammolar har doim bo‘ladi.
Lekin siz bugun ularga boshqacha qarash imkoniyatiga ega bo‘ldingiz.
Birinchi qarashda imkonsiz tuyulgan to‘siqlarga duch kelsangiz ham, siz “qutidan tashqarida” o'ylay oldingiz va ularni yengdingiz.
Chunki siz ularga har burchakdan qaradingiz  va ularni asl holida anglab yetdingiz.
Chunki siz yo‘ldan adashgan, yoki kutilmagan holatga tushgan paytingizda ham  oldinga yura oldingiz.
Va oxir-oqibat, o‘zingizning yo‘lingizni topdingiz.
Yana bir necha daqiqadan so‘ng siz haqiqiy dunyoga qaytasiz.
Va ichingizdagi bir ovoz: “Bularning bari haqiqiy emas edi-ku, bulardan mani nima?” deydi.
Ammo - perspektivaning o‘zi kabi bular ham siz unga qay darajada ishongan bo‘lsangiz, shunchalik haqiqiy edi.
Endi esa… faqat bir narsa qoldi… uyg‘onish.
Superliminal videoo'yinining finalidagi nutq
@shinavandatopia
Anton Chexovning filmga qo'shgan hissasi
Chexov garchi yozuvchi bo'lib hamda filmda hali ssenariy yozish texnikalari hali mavjud bo'lmagan vaqtda yashab o'tgan bo'lsada film ssenariyini yozishdagi eng muhim poydevorlarni qo'yib ketgan. Ularni ba'zilarini ko'rib chiqsak:
1.
"Gapirma, ko'rsat"
Anton Chexov vizualni gap bilan tushuntirishdan afzal ko'rgan:
Tabiat tasvirida eng mayda detallarni tutib olish kerak — shunday qilib ularni uyg‘unlashtirinki, o‘quvchi ko‘zlarini yumganda butun manzarani ko‘z oldiga keltira olsin. Masalan, oyli tunni tasvirlamoqchi bo‘lsang, shunchaki shunday yoz: tegirmon to‘g‘onida siniq shishaning bir bo‘lagi yaltirab, osmondagi yulduzchadek porlab turardi, it yoki bo‘rining qoramtir soyasi esa yer uzra yumalab o‘tgan to‘pni eslatardi.
Filmda doimo shu qoida ustun bo'lishi kerak. Chunki tomoshabin uni o'zi anglashi kerak. Masalan "
Kinds of Kindness
"ning birinchi aktida bosh qahramonni naqadar boy ekanini gapirmaydi. Lekin qimmatbaho kostyum, hashamatli penthouse, qo'lida soatlar bilan, tunda uyqu oldidan qiladigan ishlari bilan uni boy ekanini ko'rsatgan. Yoki "
Lost in translation
" filmida yolgizlikni atmosfera bilan his qilasiz. Bob va Sharlottani odamlar orasida bo'lib lekin yolgiz ekanini his qilasiz. Gap so'zlarsiz faqat ko'rish bilan.
2.
Anticlimax, Plot twistlarsiz
U syujetni emas atmosferani afzal ko'rgan. U nima bo'ldi emas, nima bo'lyapti degan savol bilan yozgan. Syujetni yengil oqishini tomoshabinni asosiy maqsaddan chalgitmaslikni afzal ko'rgan.
3.
Subtextni ixtirochisi
U ichki olamni yozgan. Aytilgan gaplar, bo'layotgan hodisalar, saxna usti emas uning ostida yurakda qalbda nimalar bo'layotganini muhim deb bilgan. Siz "
In the mood for love
"ni ko'rib biror marta ular bir biriga sevaman deganini eshitmaysiz lekin qalban tushunasiz.  "
Manchester by sea
"da bosh qahramon "dead inside" ekanini ichdan har film daqiqasida yanada o'layotganini kuzatib borasiz. Shu sababdan uni ko'plab yozuvchilar psixologik realizmning otasi deb bilishgan.
4.
Stanislavskiy  uslubi
19-asrda teatrda aktyorlar ortiqcha dramatik akting qilishgan. Imo ishoralar ortiqcha dramatizm, baland ovoz...
Chexov shunday degandi:
Odamlar hayotda shunchalik sokin yashashadiki, ulardagi fojiani eshitish uchun jimlikni tinglash kerak
U aktyorlardan his qilishni talab qilgan, ulardan "real odam bo'lishni so'ragan.
Moskva teatri Chexov asarlarini saxnalashtirayotganda, teatr raxbari Konstantin Stanislavskiy shuni tushundiki oddiy akting bu asarlarni o'ldiradi. Shu sababdan Stanislavskiy yangi metod, Ichki aktyorlik metodini yaratadi. Aktyor rol o'ynayotganini unitib, u rolda yashashi kerak. Har bir harakatni ichki motivi bo'lishi kerak. Dialogdan ko'ra subtext muhim. His tuygularni tashqariga chiqarish emas, ichdan his qilish kerak.
Stanislavskiyni shogirdlari Stella Adler, Lee Strasberglar bu metodni AQSHga olib borishdi va bu Gollivud aktingida burilish yasadi. Marlon Brando, Al Pachino, De Niro, Meryl Streeplar ham Stanislavskiyni aktyorlik metodi natijalari bo'lishdi.
5.
Chexov miltig'i
Agar 1-pardada miltiq osilgan bo'lsa, u uchinchi pardada aniq otilishi kerak. Agar otilmasa uni osib qo'ymang
Yani filmda biror detal qo'shildimi u albatta biror nimaga xizmat qilishi kerak. U otilishi shart emas lekin nimanidir ifodalasin. Aks holda bu tomoshabinga nisbatan xiyonat bo'ladi. Misol sifatida "
Breaking Bad
" Ricin zahrini bir necha bor ko'rsatib uni ishlatishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi lekin finalda katta rol o'ynaydi. "
The Prestige
" filmida qushning ukasi butun film finaliga foreshadowing beradi.
Menimcha ko'p narsa yozib yubordim. Bugun film haqida bir maqola o'qimoqchi bo'lib "Gapirma, ko'rsat" tamoyilini tanlagandim. Yakunda butun Chexovni kinoga qo'shgan hissasini o'rgandim. Shundan sizlarga ham ulashmoqchi bo'ldim. Hullas Chexov film endigina rivojlanayotgan vaqtda filmni asosini zamonaviy ssenariy va aktingni yaratib bera olgan. Uncha muncha rejissyorlar qila olmagan ishlar...
@shinavandatopia
https://youtu.be/UPFRItMOgPo?si=tCTFbOv_9TSMlvAZ
Yetti qirollik ritsaridan treyler. Ko'ramiz va tahlil qilinishi kerak bo'lgan joylarni tahlil qilamiz.
@shinavandatopia
P.S Abdumalik akaning Darozni tanishtirib yozgan postlariga
havola
#got
Taxtlar o'yinida turli xil bashoratlarga ko'p duch kelganmiz. Keling ularni tahlil qilib chiqamiz. Chunki fentezi kitoblarda bashoratlar ko'pincha majoziy bo'ladi va to'g'ridan to'g'ri tushungan qahramonlar ko'p bor xatolar qiladi lekin oxir oqibatda bashorat qaysidir ma'noda amalga oshadi
Demak yangi rukn:
Taxtlar o'yinidagi bashoratlar
Tez orada...
@shinavandatopia
1 U Tolkin olamidagi yaratuvchi Eru Illuvator.
Bu teoriyani qo'llovchi va qarshi chiquvchi argumentlarni ko'rib chiqamiz.                                      Gendalf katta ehtimol bilan Illuvatorni shaxsan o'zi tomonidan o'rta yerga Oq Gendalf sifatida jo'natiladi. Va muxim ishlardan bo'shaganidan so'ng Gendalf nima qilmoqchi bo'ladi? Albatta boya aytganimizdek Qariya Tom bilan suxbatlashmoqchi bo'ladi. Yana bir joyda Frodo Tillaoyimdan Tom haqida so'raganida (qisqa tushuntirish Tillaoyim Bombadilning rafiqasi) u He is deb javob beradi. Buni tushinishimiz uchun Tokinning shaxsiyati haqida bir oz to'xtalishimiz kerak. Oldin aytkanimdek Tolkin ham do'sti Lyuis Kerrol(Narnia yozuvchisi kanalda Narnia va Xristianlik haqida post mavjud) kabi xristian va buni qayta qayta takrorlagan va Injilda ularning xudosi o'zini I am deb tanishtiruvchi vaziyat mavjud. Va ular Iso a.s ni ham Iloh deb bilishlarini hisobga olsak bu teoriya qandaydir ma'noga egadek. Lekin Tolkinning 189- xati bu teoriyaga qarshi eng katta dalillardan biri(oldin bu olam haqida malumotim kam davrlarda o'ylardim hobbit bn lotr qoshib hisblagandayam 1500 betga bormaydi silmarillon bilan ham 3000 betdan oshmaydiku shuncha teoriya debat qayerdan deb. keyin bilsam Tolkinning xatlari ham alohida kitoblik material ekan uning 300dan ortiq xati bor va birortasi bizning tilda yo'q umid qilamanki qachonlardir tarjima bo'ladi) xatda u Iruni har narsaga qodir qilib tasvirlaydi. Lekin Tom o'zi ham ojizligini bir necha bor eslatgan. masalan u ob havoni o'zgartira olmasligini aytgan va Rivendeldagi kengashda Tom Sauronga qarshilik qila olsada oxir oqibat baribir unga taslim bo'lishini aytib o'tishgan.
@shinavandatopia
P.s  kanalning juda yuqorisida lotr haqida ko'proq ma'lumotlar bor
#lotr
#middleearth
Tom Bombadil kim?
Avvalambor kitobni o'qimaganlarga Tom Bombadilni tanishtiruvdan boshlash kerak. Qisqa qilib aytganda u Shirga qo'shni bo'lgan eski o'rmonda yashovchi shaxs. U uzuk birodarligi kitobida eski o'rmonda Frodo va qolganlarni eski Emandan qutqarib qoladi va sayohatlarini eson-omon davom ettirishlariga ko'maklashadi. Umuman olganda uning filmlardan kesib tashlanganligi syujetda katta burilishlar yasamas edi, Chunki Tom qudratli bo'lishiga qaramay o'z o'rmonidan boshqa yerga chalg'ishni o'ylamas edi. Biz  bilamizki o'rta yerda bir shaxsning ismlari har xil tilda har xil bo'lishi mumkin. Hobbitlar uni shunday atar edi. Elflar uni Iarvain Benadar ya'ni eng katta va otasiz deb chaqirar edi. Rohanliklar Orald ya'ni juda qadimgi derdi.
Hobbitlar ham undan kimligini so'raganda " Eng yoshi ulug'iman, mana men kimman. So'zlarimni qulog'ingizga quyib oling, Tom bu yerlarda  daryolar va daraxtlardan ham oldin mavjud edi. bu yerlardagi ilk yomg'ir tomchisi ham yodimda. Odamlardan oldin ham bor edim sizlarni mitti xalqinglar ham bu yerga joylashishini tomosha qilganman. Elflar g'arbga ko'chganda(bu voqeaning ham alohida katta tarixi bor) men allaqachon shu yerda edim.  U  yovuz lord (bu yerda Sauronni ustozi haqida gap ketmoqda) tashqaridan kelishidan oldingi yulduzlar qurshovidagi zulkmatli tunlarda ham shu yerda edim".
U haqida gaplasharklanmiz kitobdagio qisqa ko'riishi haqida ko'proq to'xtalish kerak. U o'z o'rmonidan chiqmasligini aytdim lekin bu u tashqi dunyo bilan uzulganligini anglatmaydi u fermer Maggot bilan doimiy aloqada edi. Gildor ham o'z elflar bilan o'tayotganida Tomdan xabar olgandi.  Uzukni yo'q qilib bo'lgandan so'ng Gendalfni hayoliuga kelgan ilk ishlardan biri bu haqida Bombadil bilan bafurja suhbat qurish edi. va eng asosiysi uzukning ta'siri unga o'tmas edi. KItobda u frododan  Uzukni unga ko'rsatishni so'raydi. Tabiiyki Frodo unga uzukni tutqazadi uzuk Tomning hajmiga moslashadi va Tom uni taqadi lekin bir muammo bor edi Tom ko'rinmas bo'lip qolmaydi. Va uzukni FRodoga qaytaradi. Uzukni almashtirilmaganligiga ishonch hosil qilishni istagan uni kiyib ko'radi va ko'ngli joyiga tushadi. Shu yerda biz yana bir narsani guvohiga aylanamiz. Tom Frodoni ko'ra olar edi ya'ni uzuk na u ishlatganda va na uni yonida ishlatilganda uzukning qudrati unga bilinmaydi. Bu gaplardan ham bilsa bo'ladi u bu olamdagi eng qari va qudratli mavjudotlardan biz esa uni qanchalik katta va qudratli ekanini topishimiz kerak. Demak bir biridan qiziq teoriyalarni ko'rib chiqishni boshlaymiz.
@shinavandatopia
#lotr
#middleearth
Tolkinning O'rta yer olami haqida gaplashganimizga ham ancha bo'lipdi.
Bugun kitoblarda boru filmlarda ko'rinish bermagan Tom Bombadil haqida gaplashamiz.
Menimcha bu Qudrat uzuklarining 3-mavsumsimiga ham kichik tayyorgarlik bo'ladi chunki u vanihoyat ekranlarda ko'rinish bermoqda.
Soon...
@shinavandatopia
Sasaki Kojiro. Edo davridagi eng mashhur va qobiliyatli qilichbozlardan biri. "Ganryū" uslubidan foydalanadi. Miyamoto Musashi uni barcha raqiblari orasida eng kuchlisi deb atagan (U 62 duelda ishtirok etgan)
Monohoshizao - Kojironi qilichini ismi. Nimaga bu alohida ? Well, Kojironi raqiblari aynan uni ulkan qilichidan qòrqishgan, bu qilich juda uzun bo'lib Kojiro bundan mohirlik bilan foydalangani shubhasiz maqtovga arziydi. Hatto Musashi ham ushbu qilichga qarshi alohida dirty taktika qòllagan, bu haqida keyinroq.
Tsubame Gaeshi" (Swallow Return),  "Heavenly Eye" - Kojironi eng mashhur texnikalari.
Sasaki Kojiro 26 yoshida, Yaponiya tarixidagi eng mashhur duelda Miyamoto Musashi tomonidan o'ldiriladi.
Bu anime yo kino emas, haqiqiy tarix. Keyingi postda ushbu afsonaviy duel haqida alohida gaplashamiz)
@shinavandatopia