Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shinavandatopia

shinavandatopia
Eng yaxshi yozilgan fentezi tushlar tilida yozilgan. - R. R. Martin Murojaat va takliflar uchun: @shinavanda_asoschilari @QalandarovAbror Donat qilmoqchi bo'lganlar uchun: @shinavandatopiadonaters
Подписчики
1 130
24 часа
30 дней
Просмотры
453
ER
0,41%
Посты (30д)
11
Символов в посте
929
December 09, 05:40
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Zootopia 2 no Context
Spoiler? Balki, menimcha spoyler emas)
@shinavandatopia

December 05, 15:24

Albion afsonasi:Yuksalish

December 05, 07:19

ALBION AFSONASI. Kleyton jangi arkasi. Ramanov (1).pdf

December 05, 07:15

Kanalimizda "Albion Afsonasi" fan-fictionining muxlislari yetarlicha topiladi. Faol obunachilarimizdan bo'lgan Ramanov 2 ta arcni yozib tugatdilar, hali o'qishga ulgurmaganlar, yoki qayta o'qishni niyat qilganlar uchun qulay formatda taqdim etamiz.
@shinavandatopia

December 02, 10:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Voldemort, Severus va Garri ertakdagi uch aka ukaning ko'zgudagi aksimi?
Garri Potter film yoki kitobi bilan tanishlar albatta "Uch aka uka va o'lim" ertagi bilan tanish. Kitobni yaqinda o'qib chiqib Garri kenja ukaning, Voldemort esa katta akaning, Dambldor esa o'rtancha ukaning ramzi bo'lishini o'ylab qolgandim va bu haqida biroz izlanib qiziq izlanishlarni topdim. Unda aytilishicha Dambldor aslida ertakdagi o'limning allegoriyasi. Voldemort Dambldor qabridan Katta tayoqchani oladi huddi ertakdagi Katta aka o'limdan tayoqchani olgandek va bu tayoqcha bilan Dambldor jinoyatlar qiladi va yakunda Garri bilan duelda halok bo'lib tayoqchani qo'ldan chiqaradi.
Severus Snape esa Lilini hotirasi bilan yashab o'z hayotida yashay olmaydi. Huddi o'rtancha aka kabi. Alaloqibat Snape Dambldor topshirigi ortidan halok bo'ladi.
Garri esa kichik ukadek Dambldor/O'lim qo'lidan Ko'rinmas plashni qabul qilib oladi va yakunda o'z o'limini mardonavor qarshi oladi...
@shinavandatopia

November 30, 15:10

#got
Qish kelyapti…
Kuzning so’ngi kunini Starklar haqida postsiz o’tqazib yuborishni istamadim. Bu oila haqida ko’p narsalar yozsa bo’ladi. Kanalimiz faoliyatining ilk davrlarida Ahmad aka yozgan ham. Bugun men bu oilaning norasmiy a’zosiJon Snou haqida so’z yuritaman va nega aynan u Azor ahai ekanini ham isbotlayman.
Oldingi postlarda Azor ahaining belgilarini ko’rib chiqdik. Bir qarashda Jon Aerisni avlodi bo’lishdan boshqa talabni qoniqtirmaydigandek, u ham hali so’roq ostida chunki kitoblarda Jonning onasi kimligi hali ochiqlanmagan. Lightbringerga kelsak Maestor Aemon va Samni aytishi bo’yicha istalgan valiriya po’latidan bo’lgan qilich talabga javob berishi mumkin bunaqa qilich esa Jonda bor. Yana kamiga Maestor Aemon Jonga oq piyodalar haqida kitob ham beradi. Jonni qayta tiriltirish marosimida esa qizil yulduz va tutun-u tuzni hosil qilish qiyin emas. Shunda ham toshqotgan ajdarni uyg’otish biroz muammoli masala. Lekin basharotlar doim ham to’g’ridan to’g’ri o’qilmasligi mumkinligini bilamiz men ishonaman qaysidir yo’l bilan buni qilsa bo’ladi.
Lekin nega men bunga ishonaman? Deynida agarlarsiz ham 5tadan 4ta belgi mavjudku. Bu hammasi ASOIAFda povlar qanaqaishlashi, Jonning shaxsiyati va Xristianlik bilan qisman bog’liq.
Avvalambor povlar mantig’idan qarasak, Martin doim bizni povlar orqali chalg’itgan masalan Acok kitobida Tirionni povlarini o’qir ekanmiz Tirion Rostan ham shaharni qutqarib qolgan lekin hech kim qadriga yetmagandek, lekin aslida ham shundaymi? Yo’q! Bu bilan nima demoqchiman bizga Melisandra Stannisni povlarda Azor ahai deyishining o’zi Stannisni chiqarsa, Deynining povlarida shuni ko’ramizki aslida u odamlar u haqida nima deb o’ylashi haqida ko’p qayg’uradigan yoshroq qizaloq xolos ( balki fanatizm bilan sal oshirib yubarotgandirman, lekin 5ala kitobni o’qigan odamlar nima demoqchi bo’layotganim va nima deganimni yaxshi tushunib turipti) Aytingchi shunday kimsalar olamni qutqaradigan, zulmatdan qalqon bo’la oladimi? Javobi yana yo’q!
Jonning shaxsiga qarasak u g’urur va odamlarni fikri uchun yaxshilik qilmaydi. U odamlar saltanatini himoya qilish uchun o’limga ham tayyor va o’ldi ham. Jonning rivojlanish yo’liga qarasak yoshgina “hech narsani bilmaydigan” bizning Snou, bashar va murdalar qo’shini orasidagi qalqonga aylandi. U bularni barini to’g’ri ish bo’lgani uchun qildi.
Yana bir sabab bu Martinning Xristianligi (o’zini noaktiv Xristian deydi, deyarli agnost desak ham bo’ladikuyaa lekin rasman unday emas). Ko’plab asarlarda ‘tanlangan” konsepsiyasi mavjudligi barchamizga ma’lum. Bu esa aynan Xristianlikdagi Iso (a.s) ning tasvirlanishi bilan bog’liq. Bunga ko’ra Iso (a.s) insoniyat qilgan gunohlar uchun vafot etadi va qayta tiriladi.Jonga ham qarasak odamlarning ajratmachiligi va kibri tufayli vafot etdi. U yovvoyilar va westerosliklar hammasi teng huquqli ekanini ta’kidladi va kurashdi oxir oqibat buning uchun o’z hayoti bilan badal to’ladi. Shuning uchun “tanlangan” Azor ahai Jon desam qarshi tomonlarda argumentlar kam qoladi dep o’ylayman.
Yana bir narsa biz bilamizki Azor ahai o’z rafiqasi Nisa Nisani qurbon qilgan edi. Balki Jon ham kimnidir qurbon qilishi kerakdir. Va o’sha kimdir Deyni bo’lsachi. Tasavvur qiling Deyniningbor arkasi Jonning muziga olov bo’lib qurbon bo’lsa. Shu o’rinda Sneypning Dambldorga aytgan gapini eslab o’tay “demak bolani qurbon qilinishi kerak bo’lganqo’ydek boqipsizda?”
Bilaman hozir bir to’da odam keladida, Ajdar xonadonida bizga Deynini ko’rsatishgan deydi. Men esa ularga qarata aytadigan gapim 1ta meni haqiqatim faqat kitobdagi narsalar. Serial va kitobning syujet liniyalari 6-mavsumdan oldin ham ancha sezilarli farqlarga egaedi, eng soddasi kitobda Barristan tirik va 6-kitobda tasdiqlangan povga ega 6ta personajdan biri. Hatto Ajdar xonadonidagi raqs davri ham kitobdan ancha farqli tus olib bo’lgan. Qish yaqin u bilan birgalikda “ QISH SHAMOLLARI” ham, men ishonaman bir kun kelib biz bu asarni o’qiymiz.
Ungacha esa shu gaplar bilan cheklanaman
@shinavandatopia

November 30, 12:53

#strangerthings Juda g'alati ishlar serialining 5-mavsumi ertaga bizning vaqt bilan tongi 5larga ilk 4 qismi premyera bo'ladi. Bu mavsum Hovkinslik qahramonlarimiz uchun so'ngi sarguzasht bo'ladi. Shaxsan o'zim 3yildan ortiq bu mavsum finalini kutyapman.…

November 26, 07:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#strangerthings
Juda g'alati ishlar serialining 5-mavsumi ertaga bizning vaqt bilan tongi 5larga ilk 4 qismi premyera bo'ladi.
Bu mavsum Hovkinslik qahramonlarimiz uchun so'ngi sarguzasht bo'ladi.
Shaxsan o'zim 3yildan ortiq bu mavsum finalini kutyapman. Ishonamanki Netfliks ishonchlarimizni oqlaydi.
Yana bir narsaga tayyor turishimiz kerak, striming tarixidagi ko'plab rekordlar yaqin kunlarda ketma ket buziladi.
Xo'sh bizning auditoriyada ham serialni ko'rganlar va yangi mavsumini kutayotganlar bormi?
@shinavandatopia

November 24, 15:17

#hp
HBO Garri Potterning remeykini o'rniga olishi mumkin bo'lgan seriallar.
1. Menimcha muxlislar eng ko'p talab qiladigan loyiha Jeyms va do'stlarining yoshligi haqida serial. Bu haqida ortiqcha gapirmayman, Azkaban maxbusini kitobini o'qigan hamma odamni hayolidan bu kamida 1martta o'tgan.
2. Hogvartsni yaralishi. Bu ham qiziq bo'lar edi. 4ta qudratli sexrgarni asrlar davomida yosh avlodga jodu sanatini o'rgatadigan maktabni qurishi. Ayniqsa Slizerin va Griffindor orasida dialoglarni qayta qayta ko'rgan bo'lardim. Qasr ichiga yashirin yo'llarni qo'shilishiyu, Slizerinni maxfiy hujrasini qurilishi, qutqar xonani barpo bo'lishi bari bari qiziq.
3. Ana endi qiziq joyiga keldik. Fentezini bazi adabiy davralarda biroz pastga urishadi. Chunki ko'pincha fentezi bir xil qolipda vada qilingan qahramon absolyut yovuzlikka qarshi kurashish bilan o'tadi, lekin fentezi bundan ancha ko'prog'iga qodir. Fentezi deyarli har qanday janr bilan birlasha oladi, hoh u western deymizmi, dramami, komediyami va jo kazo. Masalan fentezi va sport drama 1ta serialda. Ha topdingiz Kvidditch haqida serial to'g'risida gapirayapman. Aytaylik misol biror bir Hogvartsni bitirgan yosh yigit kvidditch bo'yicha jahon chempioni bo'lmoqchi va u o'z yo'lida har xil to'siqlarni yengib o'tishi kerak. Menga bu g'oyanini yana bir yoqqan tarafi bu nafaqat fentezini qogan janrlar bilan ham yaxshi ishlashini balkim ilk kinolardagi yemagan kvidditch saxnalarga konpensatsiya ham bo'lar edi. Kino mualliflari ham davr texnologiyasi ularni imkoniyatlarini cheklaganini qayta qayta takidlagani bejizmas, balkim shu baxona sal fan servis qigan bo'lisharmidi?
4. Animatsiya yo'nalishiga ham qo'l ursa bo'ladi. Aytaylik masalan Netfliksning Sevgi, o'lim va Robotlar antalogiyasiga o'xshab 6-20 daqiqa oralig'ida Hogvartsni va umuman sexrgarlar dunyosini har xil burchaklari haqida har xil sexrgarlar haqida qisqa qisqa animatsiyalar. Bunaqa antalogiya farmatda hammasi tasavvurni qanchalik ishlatishga bog'liq uyog'i.
5. Unchalik yemagan kitob bo'lsa ham har xolda rasmiy kitob bo'lgan Garri Potter va La'natlangan bolani ham nomzodlar orasida sanab o'tish joiz.
Remeyk qachonlardir baribir zarur edi, har zamonning o'zi o'rgimchak odami yoki betmeni bo'lgandek balki har bir avlodga ham o'zining Garrisi kerakdir, chunki HBO ham o'zidan o'zi bu ishni qilmadi. Gen z avlodining yoshroq vakillari va Gen alfa orasida Garri Potterga qiziqish sustroq ekanligini e'tirof etish kerak, HBO bunga yechim bermoqchi bo'ldi. Lekin jarayonda Milleniallar va biz ancha e'tibordan qolib ketdik. Menimcha bunga asosan Fantastik mahluqlar franshizasining omadsizligi sabab. Nima bo'lganda ham, qachondir bu olamdan ham kelajakda ko'proq loyihalar ko'rip qolishimizga ishonaman.
Xo'sh sizchi kichik yoki katta ekranlarda sevimli olamimizni qaysi davrini ko'rishni istardiz?
@shinavandatopia

November 24, 14:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#hp
Garri Potterning remeyk serialiga unchalik ham heyt bildirmayman chunki kitobdan kinoga ko'chmagan detallar talaygina. Lekin bugun bu haqida emas, balkim HBO remeykni o'rniga chiqarishi mumkin bo'lgan loyihalar haqida gaplashamiz.
Soon...
@shinavandatopia