Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Shinavandatopia

shinavandatopia
Eng yaxshi yozilgan fentezi tushlar tilida yozilgan. - R. R. Martin Murojaat va takliflar uchun: @shinavanda_asoschilari @QalandarovAbror Donat qilmoqchi bo'lganlar uchun: @shinavandatopiadonaters
Subscribers
1 090
24 hours
30 days
Post views
624
ER
58,17%
Posts (30d)
8
Characters in post
1 100
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Entertainment & Media
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
February 28, 20:08

#asoiaf
#got
Yana bir qish qish shamollarisiz o'tdi. Bu bahor bahor orzularini olib kelmasligidan darak.
Yana bir qish o'z yakuniga yetdi. Bu qish so'ngi kitobdan beri Winds of winterni ko'rmagan 15-qishimiz. Martin 2 oy oldin ancha quvontiradigan yangiliklar bilan bo'lishgandi lekin yana bizni chuv tushurib ketyapti qariya.
Lekin men hali ham ishonaman Martin tirik ekan hali umid bor qish shamollari kitob javonim yuzini ko'radigan kunlar ham bor.
Hozir men nega bunchalik cho'zilishni nega unchalik ham ayblamasligim va sabablarini tushuntirishga harakat qilaman.
Buning eng katta sababi syujet haddan tashqari ko'p liniyalar bilan yurmoqda. Bu gapni oldin ham aytgandaymanu lekin soni haqida to'xtalmagan edim. Ajdarlar bilan raqs oxiriga kelib asoiafdagi voqealarni naqd 20ta insonning ko'zi bilan kuzatamiz. Bilamiz Martin hech qachon pov liniyani personaj o'lmasidan tugatmagan. Bu nima degani 20ta inson liniyasini oborish bu juda ham qiyin, kamiga shu paytgacha faqat 4 kishining povi yakunlangan. Yani 5ta kitobda 4ta odamning o'z hikoyasi yakun topgan. Keyingi 2ta kitobda esa bu raqamlar 20ta bo'lishi kerak, to'g'ri oldin hikoyani tugatish uchun faqat abadiy uyqu uslubidan foydalanilgan hozir shunchaki kitob yakunida tirik lekin shaxsiy arka oxiriga yetganlik uslubidan foydalansa ham bo'ladi. Baribirga 20 juda katta raqam. Menga birorta 20 ta povli yokida 20ta joyda 20 hil taqdir hikoya qilayotgan asar topib berishingiz anchagina mushkul.
Mayli yana bir narsa ham bor hozirgacha Asoiaf hikoyasi qandaydir manoda "moliyaviy piramida" yoki yana boshqacha o'xshatish ishlatsam gidra shaklida edi. Har bir kesilgan plot yo'li yangi 2tasini boshlab kelardi. Masalan Tayvinni o'limi shuncha yilllar qasosga tayyorlanayotgan Martellarni hikoyaga olib kirgan Dornni esa biz 3ta pov orqali ko'ramiz hali ham 1tasi o'z yakuniga yetdi. Yokida Balon Greyjoy o'ldi va uning 2 ukasi va qizi shaxsiy povlariga ega bo'ldi. Deynerisning Drogon tomonida olib ketlisgi Barristanning povini bizga berdi va ho kazo. Ana endi har bir liniya tugashi yangisining muqaddimasi bo'lib bera olmaydi. Endi ular birin ketin kamayishi kerak. Martinning yozish uslubi esa 5ta kitob davomida doim syujet qamrovini kengaytirib borishga asoslangan edi. Ana endi u uslubini o'zgartirishi kerak. U 15 yildan beri shunga urinmoqda u bir kun kelib bu muanmoga yechim topishiga ishonaman.
Lekin xatto men ham Bahor orzulari chop etilishiga ishonishni to'xtatdim. Bu olamga roppa rosa 5 yildan beri oshuftaman lekin menimcha achchiq haqiqatni tan olishning ham o'z vaqti bor. Martin o'zi yecha olmaydigan muammo yaratib qo'ygan lekin men har doim Muz va olov haqidagi bu olamni shoxsupani tepasiga joylashtiraveraman.
Kecha. Bugun. Ertaga ham.
@shinavandatopia

February 23, 06:12

#akotsk (Postda spoylerlar mavjud) Yetti qirollik ritsarining final Yangi kun deb nomlanga qismi ham ekranlar yuzini ko'rib ulgurdi. Qism voqealarni va arkalarni ajoyib tarzda yakunladi. Qismni voqealarini ketma ket tahlil qilsak. Qism Dunkan va Lionel…

February 23, 05:42

"Haqiqiy ritsar doim hikoyani yakunlaydi" "A true knight always finishes a story" Ser Arlan Pennytree Yetti qirollik ritsarini finali chiqdi. Ko'rib bo'ldim bir ozdan so'ng review. Hozirdan ayta olaman hikoyaning haqiqiy munosib finali. @shinavandatopia

February 23, 04:43

"Haqiqiy ritsar doim hikoyani yakunlaydi"
"A true knight always finishes a story"
Ser Arlan Pennytree
Yetti qirollik ritsarini finali chiqdi. Ko'rib bo'ldim bir ozdan so'ng review.
Hozirdan ayta olaman hikoyaning haqiqiy munosib finali.
@shinavandatopia

February 22, 07:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

#akotsk
#got
O'tgan dushanba kuni toshkent vaqti bilan 6:00 da Yetti qirollik ritsarining 5- Ona ismi bilan qismi efirga uzatildi. Va qism haqli ravishda 10 dan 10 baholangan edi. Egrilik sari seriali muxlislari esa serial reytingiga hujum qila boshladi va imdb saytida buni ochiqchasiga tan olgan kammentlar ham qoldirishdi. O'shandan beri ikki fandom muxlislari bir birining eng yuqori reytingli qismlariga hujum qilishmoqda.
Lekin Egrilik sari serialining ayrim muhlislari pastkashlikning yangi cho'qqilariga chiqmoqda hali efir yuzini ko'rmagan qismga 1 reytingini berishmoqda va biz xavfda emasmiz biz xavfmiz deb Walterdan iqtibos qilib reviewlar yozmoqda.
Oxirgi hafta reytinglar jangiga qanday qaraysiz?
@shinavandatopia

February 17, 04:16

#akotsk
Yetti qirollik ritsarining 5-qismini hamma ko'rib bo'ldi menimcha. Qayta ko'rib bo'lganlar ham yo'q emas. Bu qism va umumiy serial haqida gapirib olishni ayni vaqti.
Men birinchi qism haqid ayozganimda Lionel haqida rasa gaprimoqchi edim lekin menda bir qo'rquv bor edi Renli bobo kaloni nima qigandayam tinchlik bo'ptursin degan. Tashvish qilishga hojat yo'q ekan. Hali bunchalik manba materialga sodiq qolgan kitobni ko'rmadim menimcha.
Serial drama va komediya unsurlarini tengma teng ushlab bordi. Faqat meni hayron qoldirgan narsa emmiga drama janrida ariza berdi bu esa komediya janridan ko'ra raqobatbardosh yo'nalish va faqat kastyumlar bo'limida g'alab qilsa bo'ladi.
Bularni hammasi o'z yo'liga hozir aynan 5 - In the name of the mother epizodiga to'xtalsak. Epizod o'zining 10 dan 10 olgani bilan qisqa soatlarda shov shuvlarga sabab bo'ldi va breaking bad va shu kabi fandomlar hujumiga uchradi. Hozir esa 51k ovoz bilan 9.8 bo'lip turipdi.
Xo'sh bu qism bu balga arziydimi yoki shunchaki fandom ortiqcha ko'tara ko'tar qilgan epizodmi?
Avvalambor o'tgan qism oxiriga qaraylik. Dunkan tomonda Dunkan, Lionel va bir nechta noname ritsarlar va shaxsan valiaxd shaxzoda Baelor.
Aerion tomonda: Aerion, Daeron, Maekar, 3 ta qirollik tansoqchisi, Stefon Fossovey.
Bir qarashda Aerionning g'alabasi kundek ravshan.
Lekin maydon to'rtburchak, qilich o'tkir har nima bo'lishi mumkin.
Qismning yutug'i jang, dizayn va drama.
Jang qismidan ayrim insonlar unchalik ham mamnun bo'lmadi. To'g'ri bu borada sal kam bo'lib qolgandek bo'ldi. Axir westeros tarixida 7lik sudi 2martta bo'lgan xolos ko'proq ko'rsatsa bo'lar edi. Lionel va boshqalar jangi bir soz kamroq bo'lib qoldi. Lekin biz bu olamga janglari uchun oshufta bo'lmaganmiz. Men bu gaplar bilan aslo jang yomon bo'ldi demoqchi emasman. Aksincha men juda hursandman Gotni seriali olingan davrda ko'plab janglar ekran ortida bo'lib o'tgan, mana endi byudjet bor jang sahnalari ham ancha bemalolroq ularni ko'ra olyapmiz ekran ortida qolib ketmayapti.
Yana bir yutuq dizayn qirolliq tansoqchilarini oppoq sovutlari, qirollik oilasining qora liboslari, Lionelning dubulg'asi, Aerionning niqobi hamma hammasi.
Va eng muhimi drama chunki chiroyli liboslardagi yaxshi janglar bu 10 dan 10lik epizod kaliti emas. Yaxshi va o'rinli drama ham zarur. Ayrimlarga epizod o'rtasida Dunkanning yoshlik xotiralariga o'tip ketilmagani bir oz erishdek tuyildi. Lekin bu kerak edi. Beshqo'l barobar emas. Taqdir hammani chekiga har hil hayot yo'lini taqdim etadi. Kimdir yoshlikdan hamma qulayliklarga ega bo'ladi, kimdir talonchilik o'g'rilik zo'ravonlik avj olgan daxalarda kun kechiradi desam xato bo'lib qoladi, yashash uchun kurashadi deyish o'rinli. Kimdir eng zo'r ritsarlardan dars olganda, kimdir maksimal yog'och cho'plarni urishtiradi. Bunday holatda insonning adolat, nomus kabi tushunchalarga bo'lgan qarashlari ham turlicha shakllanadi. Bizga bu fleshbek shularni ko'rsatadi, personajni chunishimizga yordam beradi. O'zi bu serialni asosiy ustunlik jihati shunda oddiy aholi va kichik lordlar bilan ko'proq vaqt o'tqazamiz. Ayniqsa 2-mavsumda buni yaqqol ko'ramiz hali.
Oddiygina darbadar ritsar qirollik oilasi a'zosiga qarshi chiqib g'olib bo'ldi. Martin bu asarida bir oz ko'ngli yuvvoshlik jihatlarini ko'rsatgan. Eng zo'r sahna esa epizod so'ngida Baelor va Dunkan o'rtasidagi dialogdir. Ko'rdikki Baelor taxt vorisi vafot etdi. Bu joyi ham.juda ahamiyatli. Nega? Chunki biz yana bir bor Asoiafda basharotlar ba'zan noto'g'ri talqin qilinishiga guvoh bo'ldik.
Men o'zim ham imdbda 10 bal qo'ydim bu epizodga. Sizchi bu shedevrga nechchi bal qo'ydingiz?
@shinavandatopia

February 12, 19:09

#got
Hozir Taxtlar o'yinini ilk kitobini qayta o'qiyapman. Oldin e'tibor bermagan narsalarimdan biri Nedni yana bir katta kamchiligi bo'ldi.
Eddard Stark lord emas edi. Mana nimaga u taxtlar o'yinini yaxshi o'ynamadi. Yo'q uning lordligi aniq, gapning asosiy ma'nosi u aslida shinolning haqiqiy egasi emas edi. Uning akasi Brandon haqiqiy lord edi. Serialning muammolaridan biri shu Brandonni va umuman kitobda ko'plab eslangan xotiralar tuship qolgan. Eng ajablanganim Ketilinning Brandon haqida eslagan xotirasi bo'lgan.
Kitobda Brandon hamma statistikasi yaxshiroq Eddard kelishganroq, yaxshiroq jang qiladi va ho kazo. Eng muhimi Butun shimolni boshqarish va umuman tashkillashtirish ishlari bo'yicha ona suti og'zidan ketmay tayyorlana boshlagan. Westerosni qolgan barcha merosxo'rlari kabi (albatta Sam bundan mustasno) .
2-o'g'illar akasini yonida turip birgalikda boshqaradigan, itoatkor shaxslardir. Masalan Westerosni o'zida Stannis va Kevanni keltirsak bo'ladi. Lekin taqdir taqazosi bilan Eddardning kuniga boshqacha kunlar tushdi. U bu o'yin uchun yaralmagan, tayyorlanmagan edi.
U akasini yonida turgan tarixdagi eng zo'r uka bo'lar edi, lekin boshqaruvchilik. Oyo'q bu Nedni tabiatida yo'q. Mana misol Fobert bilan do'st, lekin yoshlikdan Robert qandaydir Neddan ustunroq. Buni eng katta namunasi Ned taxtni o'ziga olmaganidir.
Baribiri birinchi farzand boshqarish uchun tayyorlanishi juda muhim faktor. Yana bir musol Jofrey hammasi meniki meni huquqim mendan katta shaxs yo'q desa. Tommenni ko'chadagi uysiz odam ham nog'orasiga o'ynata oladi.
Har qanaqasiga qarasak ham Ned noqulay vaziyatda edi. Va eng yomoni men necha martta serialni ko'rsam, kitoblarni o'qisam ham Ned doim o'ladi.
@shinavandatopia

February 10, 11:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Breaking Bad" olamidagi loyihalar muallifi Vince Gilligan El Camino filmida Jesse Pinkman uchun ancha qorong‘i yakunni rejalashtirganini bilarmidingiz ?
Uning dastlabki g‘oyasiga ko'ra Jesse Kanada chegarasida hibsga olinishi kerak bo'lgan.
Lekin bu fikrdan Gilliganni rafiqasi Holly Rice to‘xtatadi. U ochiqchasiga
“Jesseni yakunda qamoq kamerasida qoldirishga haqqing yo'q" deb aytadi. Uning fikriga ko'ra Jesse boshidan o‘tkazgan hamma azob-uqubatlardan keyin, yana bir qafasga loyiq emas edi. Holy nazarida U eng ko‘p azob chekkan qahramon va ikkinchi imkoniyatga chinakamiga haqli bo'lgan yagona obraz edi.
Ana shu suhbat hamma narsani o‘zgartirdi. Panjaralar va kishanlar o‘rniga biz Alyaskani oldik.
Jesse Pinkman uchun shuncha og‘riq, qo‘rquv va yo‘qotishlardan keyin bu yakun chindan ham mukammal edi.
Siz qaysi finalni ma'qul ko'rasiz ? Original yoki yakuniy
@shinavandatopia

February 06, 16:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Buni tan olish vaqti keldi. "Yetti qirollik ritsari" shuni isbotladiki, "Taxtlar O'yini" serialining olamshumul muvaffaqqiyatidagi sehrli damlama ajdarlar emas, Jorj Martinning daho yozuvchilik uslubi bòlgan edi.
@shinavandatopia

February 04, 05:56
Media unavailable
4
Show in Telegram

"A knight of the Seven Kingdom" seriali, 4 qismdan prevyu suratlar. Bu qism "Muz va Olov qoʻshigʻi" dagi eng muhim voqealardan bo'lgan mojaroni o'z ichiga olishi taxmin qilinmoqda.
(Bu sovut dizaynlari haqida to'xtamay gapirish mumkin, 3 serial orasida shubhasiz eng yaxshisi)
@shinavandatopia