
Surxondaryo viloyati Sport boshqarmasi
▪️
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi rasmiy kanali
🔹
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100089211297146
🔹
Instagram:
https://www.instagram.com/surxondaryo_sport/
🔹
Youtube:
www.youtube.com/@surxonsport
🖐
Oltinsoy tumani “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida "Maktablar ligasi" sport musobaqalari davom etmoqda
📍
Surxondaryo  viloyati Oltinsoy tumanida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha  “Maktablar ligasi” sport musobаqasining tuman bosqichi o'tkazildi.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
Jarqo'rg'on tumanida 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshli aholi o'rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinmoqda
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda fuqarolarning sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi fuqarolar faol ishtirok etishdi.
Sinovlarning asosiy maqsadi — aholining sog‘lom turmush tarziga chorlash, sportni kundalik hayot tarziga aylantirish hamda fuqarolarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat.
Tadbir davomida ishtirokchilar turli jismoniy mashqlar — yugurish, sakrash, bukilish va boshqa sport elementlari orqali o‘z jismoniy imkoniyatlarini namoyish etdilar.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug’bek Qosimov Termiz shahridagi suv sport turlariga ihtisoslashtirilgan sport maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif jarayonida viloyat hokimi  sport maktabidagi sharoitlar bilan tanishdi.Viloyat rahbari tashrif davomida sport maktabining tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashib, ularning sportdagi reja va maqsadlari bilan qiziqdi.
Uchrashuv davomida Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig’i  Sanjar Shomurodov  viloyatda sport yo’nalishida olib borilayotgan ishlar va bu borada soxaga joriy etilayotgan yangiliklar xususida barchani tanishtirib o’tdi.
Tashrif yakunida viloyat rahbari sport maktabida sharoitlarni yanada yaxshilash bo’yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq berdi.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
🇺🇿
🥋
28 oktyabr — Xalqaro dzyudo kuni!
Bugun, 28-oktyabr — Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan Jarqo’rg’on tumanidagi “Jar Judo Centr” sport zalida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.
🕊
Tadbirda Jarqo’rg’on tumani mas’ul tashkilot rahbarlari, ustoz va murabbiylar ishtirok etdilar.
💪
Shuningdek, Respublika musobaqalarida ishtirok etadigan sportchilar homiylar tomonidan rag‘batlantirildi.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
Termiz shahrida kurash bo’yicha O’zbekiston kubogiga saralash bahslari bo’lib o’tdi.
Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida 15 yoshgacha bo’lgan o’g’il qizlar o’rtasida kurash bo’yicha eng kuchlilar saralandi. Bellashuvda vohaning  shahar va tumanlaridan saralangan 300 nafarga yaqin o’g’il-qizlar ishtirok etishdi.
Xalqaro kurash qoidalari asosida o’tkazilgan musobaqada g’oliblar nomi ma’lum bo’ldi. Endillikda musobaqa peshqadamlari Xorazm viloyatida o’tkaziladigan kurash bo’yicha O’zbekiston kubogiga ishtirok etadilar.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
Xushxabar !!!Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tuman sport maktabi sportchisi  Jahongir Xudoyberdiyev Jahon chempionati sovrindori.
Viloyatimiz va Qumqo’rg’on sport maktabi faxri Jahongir Xudoyberdiyev -54 kg vazn toifasida USI shahrida bo'lib o'tgan jaxon chempionatida  Koreya Respublikasi vakili Syo Yonsu bilan bahs olib bordi.
Shiddatli kechgan bahsda taekvondo vatani vakiliga imkoniyatni boy beribgan  bo‘lsa-da, Jahongir Xudoyberdiyev terma jamoa hisobiga Jahon chempionatining bronza medalini taqdim etdi.
Shu tariqa, o‘zining ishonchli va irodali janglari bilan yosh sportchimiz Jahongir Xudoyberdiyev faoliyatida ilk bor Jahon chempionati sovrindoriga aylandi. Bu terma jamoamizning Usi-2025 Jahon chempionatidagi dastlabki medali hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
Uzun tumanidagi 13 umumiy o’rta ta’lim maktabi sport zalida sportning voleybol  turidan umum ta’lim maktab o’quvchilari o’rtasida 5 tashabbus musobaqasining tuman bosqichi o’tkazildi.Bellashuv yakuni bo’yicha o’gil bolalar baxsida
1- o’rin 13 maktab
2-o’rin 47 maktab
3-o’rin 48 maktab
Qiz bolar baxsida
1-o’rin 38 maktab
2-o’rin 12 maktab
3- o’rin 26 maktab
jamoari g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
Sportning voleybol turi bo’yicha U-18 O'zbekiston chempionatining tuman bosqichi o’tkazildi
Bandixon tumani Bandixon mahallasida joylashgan sport maktabida sportning voleybol turi bo’yicha U-18 O'zbekiston  chempionatining tuman bosqichi musobaqasi bo’lib o’tdi.
Musobaqada g’oliblik uchun jamoalar qizg'in kurash olib borishdi.
Musobaqa yakunida g’olib jamoalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Musobaqada:
Qizlar o'rtasida
🥇
10-maktab
🥈
16-maktab
🥉
39-maktab
O'g'il bolalar o'rtasida
🥇
10-maktab
🥈
16-maktab
🥉
39-maktab
jamoalari munosib o’rinlarni egallashdi.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
Termiz  tumanida aholidan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinmoqda
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda fuqarolarning sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida Termiz  tumanida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi fuqarolar faol ishtirok etishdi. Sinovlarning asosiy maqsadi — aholining sog‘lom turmush tarziga chorlash, sportni kundalik hayot tarziga aylantirish hamda fuqarolarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat.
Tadbir davomida ishtirokchilar turli jismoniy mashqlar — yugurish, sakrash, bukilish va boshqa sport elementlari orqali o‘z jismoniy imkoniyatlarini namoyish etdilar.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
🖐
Oltinsoy tumani “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida "Maktablar ligasi" sport musobaqalari davom etmoqda
📍
Surxondaryo  viloyati Oltinsoy tumani 18-maktabda 15-16 yoshlilar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha  “Maktablar ligasi” sport musobаqasining tuman bosqichi o'tkazildi.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot