Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Surxondaryo viloyati Sport boshqarmasi

surxonsportmatbuot
▪️ Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi rasmiy kanali 🔹 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100089211297146 🔹 Instagram: https://www.instagram.com/surxondaryo_sport/ 🔹 Youtube: www.youtube.com/@surxonsport
Подписчики
2 745
24 часа
-2
30 дней
8
Просмотры
282
ER
10,27%
Посты (30д)
115
Символов в посте
599
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 12, 17:08
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

TERMIZDA MUAYTAY BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILMOQDA
Bellashuvlarda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etib, o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Yoshlar bahslar davomida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va ringdagi mahoratlarini namoyish etib, murosasiz bellashuvlarda munosib natija qayd etish uchun harakat qilmoqda.
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari eng munosib sportchilar orasidan aniqlanadi.
Yosh sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati!
https://t.me/surxonsportmatbuot

September 12, 08:40
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

“Sog‘lom hayot uchun — 5000 qadam” sog‘lomlashtiruvchi marafoni o‘tkazildi
Bugun erta tongdan Qiziriq tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, yurish madaniyatini shakllantirish hamda yurtdoshlarimizni sportga keng jalb etish maqsadida
“Sog‘lom hayot uchun — 5000 qadam”
shiori ostida sog‘lomlashtiruvchi marafon tashkil etildi.
Qiziriq tumani hokimligi, hududidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari, nuroniy otaxon va onaxonlar, faol va tashabbuskor yoshlar, shuningdek, jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. Marafonda ishtirok etgan nuroniylar o‘zlarining hayotiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat bo‘lib, jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarzining inson salomatligi uchun naqadar muhim ekanini namoyon etdilar.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati!
https://t.me/surxonsportmatbuot

September 12, 01:36
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Oltinsoy tumanida Sog‘lom turmush tarzi sari navbatdagi amaliy qadam:
Oqarbuloq mahallasida «5000 qadam» marafoni hamda badantarbiya mashqlari o‘tkazildi!
Soat 06:30 da Oqarbuloq mahallasidagi 45-sonli maktab hududidan start olgan
salomatlik marafoni
​Hamma jam bo‘lib, tetiklashtiruvchi badantarbiya mashqlarini bajarib olishdi. So‘ngra salomatlik va birdamlik harakati mahallamizning Tinchlik hamda Obod ko‘chalari bo‘ylab «5000 qadam» marafoni bilan ulanib ketdi.
​Ishtirokchilar badantarbiya va yurish mashqlaridan so‘ng o‘zlarini juda tetik his etishganini hamda kelgusida ushbu ko‘chalarda saflarimiz buningdan ham ko‘payishini ta'kidlab o‘tdilar.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati!
https://t.me/surxonsportmatbuot

September 12, 01:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

📋
Futbol akademiyalari o'rtasida O'zbekiston chempionati 1-tur
.
📹
Surxondaryo FA
U14 va Xorazm FA
U14
jamoalari
o'rtasidagi uchrashuvdan olingan foto lavhalarni tomosha qiling.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati!
https://t.me/surxonsportmatbuot

September 11, 17:40
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Oybek Kasimov sport tashkilotlarini boshqarish boʻyicha xalqaro dasturni muvaffaqiyatli yakunladi
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining “Olympic Solidarity” dasturi asosida amalga oshiriladigan
MEMOS
(Executive Masters in Sport Organisations Management) xalqaro ta’lim dasturini muvaffaqiyatli
yakunladi
.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 11, 11:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Firibgarlik jazosi muqarrar jinoyatdir
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati!
https://t.me/surxonsportmatbuot

September 11, 10:24
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🏹
TERMIZDA KAMONDAN OTISH BO‘YICHA VILOYAT CHEMPIONATI O‘TKAZILDI
Termiz shahrida yoshlar, o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada vohaning shahar va tumanlaridan saralab olingan iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🏹
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar aniqlik, chaqqonlik va mahorat borasida o‘zaro kuch sinashdilar.
Musobaqa yakunida yuqori natija qayd etgan sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar.
👏
Barcha ishtirokchilarni munosib natijalari bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga omad tilaymiz!
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati!
https://t.me/surxonsportmatbuot

September 11, 05:03
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi
🟢
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

Bugungi “Siyosiy-maʻrifat soati”da Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, siyosiy ma’rifat soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot

September 11, 05:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

No comment | Salomatlik uchun 5 ming qadam yurish marafoni
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 02:33
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Qoraqalpog‘istonda sport maktablari faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov tomonidan trenerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida bildirilgan muammo va takliflarni joylarda o‘rganish, mavjud masalalarga amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib bormoqda.
Tashrif doirasida hududdagi sport tizimining amaldagi holati, sport maktablari faoliyati hamda sohani raqamlashtirish jarayonlari o‘rganilmoqda.
Bugun Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Navruz Shoymardanov ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlaridagi sport maktablari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda sport maktablari faoliyatida mavjud muammolar, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ma’lumotlar almashinuvini takomillashtirish, ish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, sport maktablari rahbarlarining muammo va takliflari tinglanib, ularni joylarda o‘rganish hamda bosqichma-bosqich amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Ishchi guruh faoliyatining asosiy maqsadi mavjud muammolarni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularni joyida o‘rganish, aniq yechimlar ishlab chiqish va amaliy natijaga erishishdan iborat.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube