Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Surxondaryo viloyati Sport boshqarmasi

surxonsportmatbuot
▪️ Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi rasmiy kanali 🔹 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100089211297146 🔹 Instagram: https://www.instagram.com/surxondaryo_sport/ 🔹 Youtube: www.youtube.com/@surxonsport
Subscribers
2 702
24 hours
-2
30 days
-30
Post views
163
ER
6,03%
Posts (30d)
160
Characters in post
833
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 27, 18:45
Media unavailable
3
Show in Telegram

🇺🇿
SPORTCHILARIMIZDAN MUNOSIB NATIJA!
Joriy yilning
26–30-oktabr kunlari
Namangan shahrida Taekwondo WT sport turi bo‘yicha
“Uzbekistan Open 2026” G-1 xalqaro musobaqasi
bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada sportchilar Los-Anjeles — 2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ballarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Musobaqada viloyatimiz sportchilari ham munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etishdi:
🥇
Qurbonov Shamsiddin
— 68 kg vazn toifasida oltin medal sohibi!
🥉
Jo‘rayev Oybek
— 68 kg vazn toifasida bronza medali sohibi!
👏
Sportchilarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi marralar va Olimpiya cho‘qqilarini zabt etishlarini tilab qolamiz!
Yutuqlar bardavom bo‘lsin!
🇺🇿
🏆
Surxondaryo viloyati sport boşqarmasi axborot xizmati!
https://t.me/surxonsportmatbuot

October 27, 13:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun mukofotlar oshirilib, yangi imtiyozlar joriy etiladi
Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelasi yildan Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi. Birinchi o‘rin sohiblariga 25 million, ikkinchi o‘rin uchun 12 million, uchinchi o‘rin uchun 6 million so‘m beriladi.
Shuningdek, olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Kelasi yildan Prezident olimpiadasi g‘oliblariga 1 yillik stipendiya berish boshlanadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 27, 13:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Olimpiadasi dasturidagi
sport turlari soni 35 taga
yetkaziladi. Yosh toifasi ham kengaytirilib, musobaqa
14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar
o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har yili
olimpiada g‘oliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yig‘inlarga
yuboriladi. Kelasi yildan
g‘oliblarga bir yillik stipendiya berish
boshlanadi. O‘z yo‘nalishida
eng yaxshi natijaga erishgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Poytaxtdagi
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpiya shaharchasiga ko‘chiriladi.
Shu orqali yosh sportchilar chempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanishib, yangi g‘alabalarga intiladi.
Prezidentimiz yoshlarni
ochilayotgan imkoniyatlarni tinimsiz izlanish, qat’iy intizom va bilim bilan natijaga aylantirishga
chaqirdi:
“Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxshi do‘st bo‘ling”.
Shundan so‘ng 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini
ochiq deb e’lon qildi.
– Olg‘a, Yangi O‘zbekiston! Olg‘a, O‘zbekiston yoshlari! Olg‘a, o‘zbek xalqi!
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etmoqda.
Davlat rahbari sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini musobaqa boshlanishi bilan
tabrikladi
.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 27, 13:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz yosh sportchilarga murojaat qilib,
chempionlikka kuchli iroda va temir intizom orqali erishilishini
ta’kidladi. Ilgari surilayotgan
“O‘z” g‘oyasining mazmun-mohiyati ham shunda ekanini
qayd etdi.
– O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l!
– dedi Prezidentimiz. Xalqaro maydonda mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda butun xalqimiz sportchilarimiz bilan faxrlanishini ta’kidladi.
Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida
kelasi yildan
Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.
Birinchi o‘rin sohiblariga
25 million,
ikkinchi o‘rin uchun
12 million,
uchinchi o‘rin uchun
6 million so‘m
beriladi.
Shuningdek,
olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz musobaqa mezboni – Nagoya meri Ichiro Xirosava
sportchilarimizning halol kurashi, raqiblarga hurmati, maydon tashqarisidagi odobi va namunaviy xulqini alohida e’tirof qilganini
qayd etdi. Bu baho xalqimizga xos fazilatlarning xalqaro maydonda ham namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Davlatimiz rahbari
farzandlarining orzusiga ishonib, doimo yonida turgan ota-onalarga
minnatdorlik bildirdi.
– Yangi O‘zbekiston
dunyoning nufuzli musobaqalari o‘tkaziladigan xalqaro sport markaziga
aylanib bormoqda,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda
jahon va Osiyo miqyosidagi 20 ga yaqin yirik musobaqa
tashkil etildi. Kelgusi yil sentabr-oktabr oylarida mamlakatimiz
Ozarbayjon bilan birga ilk bor 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga
mezbonlik qiladi.
Prezidentimiz bunday musobaqalarni o‘tkazish
katta sharaf va mas’uliyat ekanini
ta’kidladi. Ular yosh sportchilarimizga
dunyoning eng kuchli raqiblari bilan bellashish va o‘z oldiga yanada yuksak maqsadlar qo‘yish
imkonini beradi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

– Bugun
parasportchi o‘g‘il-qizlarimizning matonati va jasoratini
ham alohida e’tirof etmoqchiman,
– dedi Prezidentimiz.
Yaqinda yakunlangan
Paraosiyo o‘yinlarida ular 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza – jami 145 ta medal
bilan umumjamoa hisobida
uchinchi o‘rinni
egalladi.
Pauerliftingchi Ro‘za Qo‘ziyeva
oltin medal bilan birga jahon rekordini ham o‘rnatdi.
Lolaxon Qodirova suzishda, Madina Muxtorova va Karomat Omonova yadro uloqtirishda, Shahina Yigitaliyeva nayza uloqtirishda, Navro‘za Ahmadova esa disk uloqtirishda
Osiyo rekordlarini yangiladi.
Yegor Bolotov to‘rtta, Xurshid Qodirov uchta oltin medal
qo‘lga kiritdi.
Asila Mirzayorova
uzunlikka sakrash bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangilab,
ikkinchi marta Osiyoda tengsiz ekanini
namoyon etdi.
Asila Mirzayorova Osiyo paralimpiya qo‘mitasining 2026-2030-yillar uchun sportchilar qo‘mitasi a’zosi
etib saylandi. Prezidentimiz buni
o‘zbek sportiga xalqaro e’tirof namunasi
sifatida baholadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yaponiyada o‘tgan
XX yozgi Osiyo o‘yinlarida
O‘zbekiston terma jamoasi
21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza – jami 70 ta medal
bilan umumjamoa hisobida
beshinchi o‘rinni
egalladi.
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev
dast ko‘tarishda 197 kilogramm natija qayd etib,
jahon rekordini yangiladi
.
Bokschi Abdumalik Halokov, yengil atletikachi Sharifa Davronova ikki karra, badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova esa uch karra chempion
bo‘ldi.
Dzyudochi Muzaffar To‘raboyev
finalda musobaqa mezboni vakilini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘tkir Jo‘rayev sport gimnastikasining tayanib sakrash yo‘nalishida
yurtimizning Osiyo o‘yinlaridagi
ilk oltin medalini
olib keldi.
Prezidentimiz bunday natijalar
har qanday marraga erishish mumkinligiga ishonch
uyg‘otishini qayd etdi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mamlakatimiz yetakchisi so‘nggi yillarda
ommaviy sportdan professional sportgacha, iqtidorlarni saralashdan xalqaro musobaqalarga tayyorlashgacha bo‘lgan yaxlit tizim
yaratilganini ta’kidladi.
– Bu ishlarning zamirida
farzandlarimizni sog‘lom, irodali va mustaqil fikrlaydigan inson etib tarbiyalashga bo‘lgan intilishimiz
mujassam
,
– dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan o‘n yilda sportchilarimiz yirik xalqaro musobaqalarda
5 ming 518 ta medalni
qo‘lga kiritdi. Shundan
1 ming 675 tasi oltin medal
bo‘lib, bu
avvalgi o‘n yillikka nisbatan uch karra ko‘pdir.
Medallarning
uchdan biri sportchi qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yaqinda Samarqandda o‘tkazilgan
Butunjahon shaxmat olimpiadasida yigitlarimizning ikkinchi bor g‘olib bo‘lishi
ham mamlakatimiz shaxmati tarixida alohida sahifa ochdi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:15
Media unavailable
4
Show in Telegram

Jarqurğon tumanida ta'lim va Ilm fan vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida
umumiy örta ta’lim maktablari öquvçilari örtasida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida Şaxmat-Şaşka sport turi böyiça Tuman bosqiçi musobaqasi bölib ötdi.
Musobaqadan közlangan asosiy maqsad — öquvçi-yoşlar örtasida sportni ommalaştiriş, ularning aqliy salohiyatini va jismoniy faolligini oşiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda iqtidorli yoşlarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaşdan iborat.
Murosasiz va qiziqarli keçgan bellaşuvlarda iştirokçilar özlarining aqliy salohiyatini bilim malakasini va ğalabaga bölgan intilişlarini namoyon etdilar.
Bunday musobaqalar yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularda sportga bölgan qiziqişni kuçaytiriş va soğlom avlodni tarbiyalaşga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati sport boşqarmasi axborot xizmati!
https://t.me/surxonsportmatbuot