Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

talaba_dostimga

Nagoya Universiteti Biznes-huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali;
Murojat uchun: aumirdinov7@gmail.com
Telegram kanal -
@aumirdinov
Rasmiy sayt -
https://umirdinov.com

Subscribers
2 110
Post views
1 406
ER
66,36%
Posts
1 167
October 29, 05:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

Global Adolat Loyihasi Huquq ustuvorligi bo'yicha 2025-yildagi davlatlar reytinggini e'lon qildi.
Umumiy hisobda o'tgan yildan ko'ra O'zbekiston yuqoriga ko'tarilgan. Ammo, fundamental huquqlar kabi sohalarda pastga ketgan joylarimiz ham bor.
Telegram
|
Vebsayt

October 28, 00:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yana bir narsani aytay: afsuski, yurtimizning aksariyat (majority) universitetlarida ustozlarga alohida kabinetlar qilinmagan. Professor, dotsentlar juda qiynalishdi bundan. Rivojlangan davlatlarda esa alohida xonalar qilingan.
Ammo, biz o'z tariximizga qaytsak, har bir madrasa mudarrisi uchun nafaqat mana shunday xonalar berilgan, balki ular 2 qavatli qilib qurilib, birinchi xonadan 2-qavatga chiqish mumkin bo'lgan va tushunishim bo'yicha u ustozlar va tolibi ilmlar uchun yotoq vazifasini o'tagan.
Tan berish kerak, bizning bobolarimiz va qo'li ochiq boylarimiz universitet qurish va uni dizayn qilishda bizdan anchaaa oldinda bo'lishgan.
2/2
Telegram
|
Vebsayt

October 28, 00:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Samarqanddagi Ulug'bek madrasasi honalaridan biri. Ajoyib me'moriy obidalarimiz faqat turizm uchun ishlatilishiga oldindan qarshi bo'lganman. Toshkentdagi Ko'kaldosh madrasasi yoki Buxorodagi Mir Arab madrasalari kabi ilm uchun ular ko'proq berilishi va tarixiy funksiyalariga qaytishlari lozim. Shunda turistlarni o'zlariga yanada ko'proq jalb etishadi, ishonavering.
* Aslida Oksford va Kembrij ham shunday emasmi? Juda ko'p binolari eski, ammo, hammasi hali ham professor va talabalar xizmatida. Turistlar ham tinmaydi. Biz esa faqat do'kon ochib savdo qilish bilan bandmiz.
1/2
Telegram
|
Vebsayt

October 27, 06:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xarbiy mojarolardagi
'zamonaviy quldorlik': Ukrainadagi xorijlik 'majburiy askarlar'
Rossiyada aldangan yoki majburan urushga olib ketilgan yurtimiz farzandlariga ham taalluqli bo'lgan masala xalqaro huquqning eng tanilgan jurnallaridan birida chop etilibdi.
Afsuski unda O'zbekiston haqida so'z yo'q, asosan boshqa mamlakatlardan borganlar haqida so'z ketgan. Rossiyaga farqi yo'q bo'lib qoldi. Ayiq 'ozdi'.
Telegram
|
Vebsayt

October 24, 00:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum,
Yurtimizdagi Prezident maktabini tamomlaganman va 11-sinfda sizning "Talaba do'stimga 78+ tavsiya" kitobingizni o'qib, berilgan tavsiyalardan unumli va samarali foydalanishga harakat qilib kelmoqdaman. Hozirda Torontoda o'qiyapman.
Qimmatli vaqtingizni ayamasdan shunday qo'llanmalardan yozayotganingiz uchun kattakon rahmat aytaman va juda ham minnatdorman shu kitobni universitetdagi faoliyatimni boshlashdan oldin o'qiganim uchun!!!
* Bu kitobni talabalikka erishib emas, biroz avvaldan - 10-11 sinflik paytlarida yigit-qizlarimiz o'qishsa ham foyda olishar ekan. Bundan mamnun bo'ldim.
Telegram
|
Vebsayt

October 23, 02:53

② Biroq, Xalqaro investitsiya huquqiga oid dars to'liq ma'ruza ko'rinishida o'tganligi uchun (talabalarimga biroz qiyinchilik tug'dirasada) noutbuklarini yopib qo'yib, e'tiborlarini to'liq menga qaratishlarini so'radim. Filippin, Germaniya, Yaponiya, Taiwan, Tailand, Indoneziya kabi davlatlardan kelgan talabalar hammasi rozi bo'lishdi va sinfda juda yaxshi muhit shakllandi.
To'g'ri, oralarida Ipadlariga qayd(memo)lar olib turgan talabalar bo'lsada, talabalarning ijtimoiy tarmoqlarda 'suzib yurishlari', boshqa professorlardan kelgan hatlarga javob berishlari shart bo'lmaydi, yonlaridagi talabalarga ham xalaqit berishmaydi.
Bilaman, auditoriyada noutbuklarga izn berish kerakmi yoki yo'qmi masalasi anchagina tortishiladigan mavzu. Biroq, sobiq talaba sifatida bilamanki, shundoq ham tushunish qiyin mavzular ketayotgan bir paytda konsentratsiyaning bo'linishi talabalarnign dars o'zlashtirishlariga va semester imtihon natijalariga, va yanada muhimi, sinfdagi Q&A jarayonlarida faol qatnashishlariga manfiy ta'sir ko'rsatadi.
Siz nima deysiz bu pozitsiyaga?

October 23, 02:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

No.87 Savol: Dars davomida talabalarga Ipad kabi gadjetlar yoki noutbuklarni ishlatishga ruxsat berish kerakmi?
Javobim: Bu semesterda ikkita darsim biri: Academic Writing va International Investment Law.
① Akademik yozuv darsimning asosiy maqsadi magistratura bosqichidagi talabalarga o'z ilmiy ishlarini yozishga ko'maklashish. Shuning uchun ham u yerda har bir talaba noutbuki bilan kelishi rag'batlantiriladi va talabalar ham deyarli har hafta noutbuklarini darsga olib kelishadi.

October 21, 06:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Японияда илк бор аёл киши бош вазир бўлди
Япония парламенти Япония Либерал-демократик партияси (ЛДП) раҳбари Санаэ Такаитини Япония Инновация партияси билан коалиция тузилгач, бош вазир лавозимига тасдиқлади. Ўзининг ўта консерватив қарашлари билан танилган Такаити бу лавозимни эгаллаган биринчи аёлдир.
👉
https://kun.uz/kr/98513775
Kun.uz расмий канали

October 21, 02:24

Bu hafta O'zbekiston uchun iqtisodiy diplomatiya haftaligi desak bo'laveradi. Chunki, ko'pdan beri kutilayotgan, Yevropa Ittifoqi bilan uzooooq vaqt muzokarasi o'tgan "Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB)" Bryusselda imzolanadi. Unga Prezident Mirziyoyevning shaxsan o'zining borishi kutilayotgan ekan.
Ushbu bitim shu paytga qadar vatanim O'zbekistonning kirishayotgan eng chuqur iqtisodiy bitimi bo'ladi. Bitim bandlarining bir qismi internetda allaqachon e'lon qilingan, qolganlari esa imzolangach ochiqlansa kerak.
Taraflar bitim mazmuni bo'yicha 10ga yaqin roundni o'tkazishdi. YI yurtimizga turli tomondan bosim qilganligi aniq, uning ba'zi tafsilotlarini aloqador doiralardan eshitgandim. Bu juda tabiiy. Asosiysi, undan olgan tajribamizga asoslanib yanada yaxshiroq bitimlar imzolay olish va YIning bundan keyin ochiladigan bozorini yanada yaxshiroq ishlatishdir.
* 2026-martda esa Kamerundagi Jahon Savdo tashkiloti yig'inida O'zbekistonning unga qo'shilishi ham kutilmoqda. Umid qilamanki, undan keyingi etap Rossiya gegemonligadagi Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqi bo'lmaydi.
https://kun.uz/news/2025/10/17/shavkat-mirziyoyev-yevropa-ittifoqi-bilan-hamkorlik-togrisidagi-bitimni-imzolash-uchun-bryusselga-tashrif-buyuradi

October 20, 02:54

TDYUdagi taqdimot paytida ayni shu nuqtani ko’targan talaba zo’r nuqtaga urdi – agar bunday sabr qilish muddatining minimal uzunligi yapon yoshlari orasida 3 yil sanalsa, O’zbekistondagi ish jamiyatida uning uzunligi qanday? Firma egalari, davlat ishidagi boshliqlar uchun ishga ariza topshirgan yoshlarni yaxshi baholash uchun ishga nomzod yoshlar oldingi ishida eng kamida “qancha muddat turib bergan” bo’lishi kerak?
Javobni esa men emas, ushbu tadbirda qatnashayotgan, davlat ishi va xususiy sohalarda tajribalarga ega insonlar berishdi. Ularning fikricha, yoshlarning o’z ishini tez-tez qisqa muddatlarda o’zgartirishi yaxshi emas. Davlat ishida eng kamida siz oldingi ishingizda 2 yil ishlashingiz kerak. Undan kami davlat organlari tomonidan manfiy baholanadi. Xususiy sektor ham shunday ekan, ular ham bir xodimga ishonch bildirishlari uchun ularning oldingi xususiy firmada kamida 2 yil davomli ishlashiga ijobiy qararkanlar.
Xulosa shundayki azizlar, O’zbekiston kontekstida yapon maqolini ‘Toshni ustida bo’lsa ham 2 yil sabr qil’ ma’nosida o’zgartirsak muvofiq bo’larkan. Bundan kami esa sizning karyerangizga yaxshi ta’sir qilmas ekan. Shuning uchun ham ‘zamon tezlashyapti’, ‘sohalar tez o’zgarib ketyapti’ deya vahimaga tushmay, har bir ishlagan joyingizda keraklicha tajriba to’plash uchun kamida 2 yil sabr qilib ishlashga odatlanaylik. Albatta, istisnolar hamisha mavjud, buni esa farosatli yoshlarga qoldiramiz.