Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

talaba_dostimga
Nagoya Universiteti Oliy huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali; Murojat uchun: aumirdinov7@gmail.com Telegram kanal - @aumirdinov
Подписчики
2 860
24 часа
30 дней
-50
Просмотры
1 726
ER
60,35%
Посты (30д)
23
Символов в посте
1 000
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Исследования и академия
Краткое описание
June 16, 06:23
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🎉
📚
«РЕНЕССАНС КИТОБЛАРИ» ЛОЙИҲАСИДАН МЕГА-АКЦИЯ!
Билим олишга бўлган интилишингизни қўллаб-қувватлаш мақсадида машҳур ва долзарб 6 та китобдан иборат махсус тўпламни тақдим этамиз.
Тўпламдан ўрин олган китоблар:
📖
«Жаҳон савдо ташкилоти»
📖
«Huquq olami»
📖
«Континентал ҳуқуқ анъанаси»
📖
«Kuchli akademik blogpost yozish uchun 27 qadam»
📖
«Орзудаги профессор»
📖
«Salom, Yaponiya!»
💰
Тўпламнинг асл қиймати — 310 000 сўм
🔥
Фақат акция даврида — 50% чегирма!

Акция нархи — атиги 155 000 сўм*
🎁
Сиз 155 000 сўм маблағни тежайсиз!
Ушбу имкониятдан фойдаланиб, ҳуқуқ, таълим, академик ёзув ва халқаро тажрибага оид қимматли билимларни бир тўпламда қўлга киритинг.
🗓
Акция 2026 йил 15 июндан 30 июнгача давом этади!
«Ренессанс китоблари» — билим ва тараққиёт сари қадам.
*Чегирма нарх тўпламдаги барча китобларни харид қилганда амал қилади
📲
Батафсил маълумот олиш учун
☎️
+998
99-554-70-70;
☎️
+998
93-554-63-70
рақамларига қўнғироқ қилинг.
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
web-sayt

June 16, 06:15

Mening hamkorim ~ Yuridik adabiyotlar publish nashriyotidan aksiya. Loyihamiz kitoblarini katta chegirma bilan harid qilishingiz mumkin. Menimcha, yakuniylardan bo'shab olgan talabalar uchun ajoyib mutolaa davri. Shoshiling!

June 13, 08:54
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram


Bugun Uzbek Academic Club in Kanto tomonidan tashkil etilgan 11 chi ilmiy uchrashuv muvaffaqiyatli o’tdi!
Tadbir davomida:
🇺🇿
🇯🇵
O‘zbekiston va Yaponiya munosabatlarida o‘qituvchilarning o‘rni,
☀️
Quyosh energiyasi va elektr tizimi barqarorligi,
👩‍🎓
Gender siyosati hamda “Glass Cliff” nazariyasi
kabi dolzarb mavzularda qiziqarli va mazmunli taqdimotlar tingladik.
Taqdimotchilarimizga ilmiy izlanishlari va foydali ma’lumotlari uchun katta rahmat! Shuningdek, tadbirda ishtirok etib, fikr va savollari bilan muhokamalarni yanada boyitgan barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
Ilm-fan, tajriba almashish va hamkorlik ruhidagi bunday uchrashuvlar davom etadi. Keyingi tadbirlarda ham ko‘rishguncha!
Ajoyib tashkilotchilik uchun YNU talabalariga alohida rahmat!
@Tadqiqotchi_Kanto

June 13, 00:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kanto regionidagi Uzbek Academic Club yig’ilishi uchun bugün Yokohama shaxridaman.

June 12, 03:12

Faol savol berishning kuchini bilasizmi?
O'ylab qarasam, karyeramdagi ba'zi juda muhim takliflar konferensiyalardagi professorlar chiqishiga doir bergan savollarimdan so'ng kelgan ekan. Yapon professorlar konferensiya so'nggida menga yaqinlashib, o'zlarining loyihalariga taklif qilishgan holatlar bo'lgan. Bu esa men uchun yangi sarhadlar ochilishining debochasi bo'ldi.
Dars, uchrashuv, prezentatsiya va muloqot paytida imkoni boricha yaxshi tinglovchi, bo'lganida ham diqqat bilan tinglovchi va jo'yali, mazmunli, kontekstga asoslangan savollar beraylik. Bu sizga juda yaxshi imkoniyatlar keltiradi. Nega? Chunki, savol berish degani ba'zan prezentatsiyadan ham yuqoriroq daraja bo'lib, siz o'tilgan dars yoki qilingan prezentatsiyadan ham yuqori darajaga chiqib, o'sha mavzu tomonidan qamrab olinmagan yoki yetarlicha ko'rsatib o'qilmagan nuqtalarni ko'ra olasiz/oldingiz deganidir.
Kunimiz informatsiya bo'hroni kunlari. E'tibor hamma narsadan ham qimmatroq bu kunlarda. Hamma gapirgisi keladi, lekin juda ham kam inson eshitadi, uning chiqishlarini darslarda, prezentatsiyalarda va muloqotda. Unday bo'lsa, bu sizu biz uchun KATTA imkoniyatdir. E'tiborimizni jamlaylik va muhim yig'inlarda~darslarda~prezentatsiyalarda baland va jarangdor ovoz bilan, imkoni bo'lsa, qo'limizga savolimizni yozib olgan holda, bir necha savollarni qalashtirib tashlaylik. Mana shu odat sizga o'zinmgiz kutgandan ham ko'ra katta natijalarni olib keladi, takliflar keladi, sizga munosabat o'zgaradi, ismingiz mehmonlar va ustozingiz tomonidan yodlab qolinadi. Bunday imkoniyatdan faqatgina AHMOQqina quruq qolishni o'ziga ravo ko'radi.
Unday bo'lsa, yaxshi savol beruvchi bo'ling, bu sizni aqlli va e'tiborli ekanligingizni jamiyatga ko'rsatib beradi.
* Nota Bene:
shu yerda bir nozik nuqta bor, kattalar aytishadiki, hamma gaping rost bo'lsin, ammo hamma yerda ham rost gapni aytish yaramaydi. Degani bizga FAROSAT ham lozumdur, o'rtoqlar. Savolni berish paytini bilish va sezish, o'rinli joyda o'rinli savolni o'rtaga tashlay olish kerak.
Buni qanday uddalaysizmi? Xatoni qila qila uddalaysiz, hech kim onasi qornidan olim tug'ilmaydi. Ishlar bajarilib borgani sayin insonda tajriba ortadi. Siz ham savol beravering, sayqallanasiz, pishasiz.
** Faol savol beruvchi, kelajak liderlari bo'lgan sizlar bilan uchrashguncha!

June 10, 01:56

Kunning ajoyib boshlanishi uchun yana bir motivatsiya: erta saxarda kelgan maktub
********************************************
Assalamu alaykum, professor Alisher Isoqjonovich
Mening ismim Z A …. univesitetining 1-bosqichini bitirish arafasidagi bakalavir talabasiman.
Hozirgina men 2026-yilda qayta nashrdan chiqqan sizning Talaba do'stimga 78+ tavsiya kitobingizni chuqur qiziqish va hayajon bilan o'qib tugatdim. Undan olgan tasurotlarim olam-olam. Siz talabaning shunchaki hayotini emas balki qalbidagi aytolmagan savollarini va boshqa elementlarni ochib beraolgan va unga oqilona yechim topib bergan hayotimdagi 1-muallifimga aylandingiz. Barchasini bir boshidan aniq va lo'nda o'rgatgansiz sodda talabalarga qimmatli yo'riqnoma. Hali tajribada hamma tavsiyalaringizni bajarmadim ammo men yo'ldaman va davom etyapman. Sizni kitobingiz, yanada kuchliroq harakat qilishim va davomli bo'lishimda chuqur turtki bo'ldi. Imtihon fanlarimga tayyorlanayotgan paytimda ham bu kitobni o'qigim kelaverdi hatto imtihondan chiqishim bilanoq Yotoqxonaga aynan manashu kitobni davomini tezroq o'qish uchun shoshildim
😄
Kitobning ko'rinishiga kelsak biroz yorqin huddi bolalar kitobiga o'xshash Talabani jalb qilishi biroz qiyinroqdek,Ko'pincha biz notanish kitoblarni ustiga qarab tanlaymiz.
Masalan kitobingizni ko'rinishi Ko'p bir hil kulirang talabalar orasida oltin rangdagi talabaning turganligini tasvirlasak U odamni o'ziga tortadi go'yo.Lekin kitobni o'qib tugatganimdan so'ng ustki rasmi ham ko'zimga,eng chiroyli rasmdek ko'rina boshladi. Kitobingizni kech qolmay o'qiganimdan hursandman, buni menga ilmiy rahbarim bergan edilar. Mening xatimni vaqt ajratib o'qiganingiz uchun tashakkur!
Chuqur hurmat bilan,
A Z
…. universiteti, ..... fakulteti, 1-bosqich talabasi

June 09, 08:32

Bu yaxshi yangilik bo'ldi. O'zbekiston iqtisodiyoti va unda mavjud kompaniyalarni yoshlarni ish bilan taminlashga qodir emas. O'z o'zini band qilish va o'zi uchun yangi sohalarni ochishga o'rgatilmas ekan, tez suratlarda o'sayotgan mamlakat aholisini boqish oson bo'lmaydi.
Masalani boshqa tomoni esa, tadbirkorlik asoslarini barcha universitetlar yaxshi o'rgata oladimi, degan savoldir. Bu fanni balki majburiy qilmay, TANLOV FANI qilish va qiziquvchilarnigina qamrab olib, ularga butun resurslarni yo'naltirish yanada aqlliroq qaror bo'lishi mumkin. Chunki, hamma ham biznesmen yoki biznes women bo'lavermaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/06/08/tadbirkorlik-asoslari/

June 07, 23:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tadbirga bir hafta qoldi. 13-iyun soat 11:00 da hammani tadbrida kutamiz!
Bu safargi akademik yig'ilishimiz go'zal Yokohamada bo'lib o'tadi.

June 05, 08:08


Kuni kecha men yaxshi ko'rgan bir yosh, salohiyatli tadqiqotchi yigit PhD sini chet elda boshlaganligini va professorlariga ushbu jarayonda kamida 3-4 ta maqola chiqarish niyatida ekanligini aytganini menga ham aytib qoldi.
Bu aslida zo'r holat, chunki PhD tadqiqotchisi bo'lgan ukamizda motivatsiya limmo-lim (qani endi unday motivatsiya menda ham bo'lsa!)
Biroq, chet eldagi ustozlarning hammasi ham bizdan bu darajada katta yutuqlarni kutmaydi yoki talab qilmaydi. Birinchi yilida ular sizdan o'sha universitet muhiti va (agar sohangiz aniq-tabiiy fan bo'lsa) fakultetdagi laboratoriya va seminardagi talabalar bilan chiqishib ketishingizni istashadi. Shu bilan birga, kerakli darslarni olishni va ma'lum ma'noda talabalik hayotini maza qilib surishni ham taklif qilishadi. Bundan murod esa, sizni kuzatish, sizga laboratoriya ichida amalga oshayotgan loyihalardan qaysi biriga qiziqish borligini bilish yoki ijtimoiy sohada bolsangiz, mavzuingizga doir fundamental asar va maqolalarni obdon o'qib chiqishingiz kutishadi.
Lekin, bizni shovvoz o'zbek yigitlari va ajoyib qizlarimiz O'zbekiston standardi bilan o'ylab, juda katta marralarni qo'yib yuborishadi, bu hatto chet ellik ustozlarni cho'chitib ham qo'yadi. Ammo, ular ham keyinchalik bizning yurtlardagi ilmiy muhit masalasini bilib, o'rganib ketishadi(smile)
O'zbekistonda men ilmiy ish qilmaganman, shuning uchun u yerdagi jarayon bilan yetarlicha tanish emasman. Biroq, chet eldagi ijtimoiy sohada yuz beradigan jarayonlarni ozmi-ko'pmi boshimdan o'tkazdim. Shuning uchun ham
* PhD ilk yilidagi talabalarga ortiqcha shoshmaslikni tavsiya qilaman.
Uning o'rniga,
* Agar ustozingiz sizni shoshirmayotgan bo'lsa, kerakli ilmiy manbalarni o'qib, o'zingizning kemtiklaringizni to'ldiring.
* Seminardagi/ Laboratoriya talabalari, PhDlar va assistant professorlar bilan yaqinlashib, yaxshi aloqani yo'lga qo'ying.
* Universitetingiz taning, hayotingizni mazasini yashang, o'sha joyga yaxshilab moslashib oling.
* Iloji boricha ustozingizni kuzatib, darslarini oling va u bilan ishlash uslubini o'rganishga harakat qiling, ma'lumot to'plang. (U sizdan kelajakda nimalarni talab qilishi mumkinligini chamalang.)
* Sizdan oldingilar yozgan ilmiy ishlardan ba'zilarini o'rganib chiqing.
* Asosiysi, darslar, seminar va laboratoriya yig'ilishlariga hech qachon kech qolmang, sababsiz kelmay qolmang va doimo ustozingiz ko'z o'nggida mas'uliyatli talaba o'laroq turing.
* Yuqoridagilarni amalga oshirmay turib, boshida (kamida 6 oy) ortiqcha gapirmang, katta fikrlarni agar o'ta katta ehtiyoj bo'lmasa bildirmang va faqat atrofni yaxshilaaaaaaaaab kuzating. Undan keyin nima desangiz va nima qilsangiz o'zingiz bilasiz.
Omad!

June 01, 04:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlat o'z istagini bayon qildi: O'zbekiston mana shu sohalarning kuchayishi va shu soha ekspertlariga katta ehtiyoj sezyapti.
Bundan keyin qaysi sohalarda o'qishga e'tibor qarataylik, deb so'raydigan abiturientlar va ularning ota-onalariga yuborib qo'yaveringlar.
Anglagan odam uchun bu jiddiy messej.