Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

talaba_dostimga
Nagoya Universiteti Oliy huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali; Murojat uchun: aumirdinov7@gmail.com Telegram kanal - @aumirdinov
Subscribers
2 911
24 hours
8
30 days
-8
Post views
1 066
ER
36,62%
Posts (30d)
22
Characters in post
751
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
October 21, 23:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun, "Jahonda adolat loyihasi" Huquq ustuvorligiga doir 2026-yil hisoboti rasman e'lon qilindi. O'zbekiston 79-o'rinda. Atrofdagi davlatlarni ko'rsak bu hech ham yomon natija emas. Ammo, bu bilan qoniqish ham to'g'ri emas.
Har bir masala bo'yicha tahlil qilsak, muammolar ham ko'rinadi. Tinchlik va xavfsizlik bo'yicha juda yuqoridamiz (15-o'rin). Biroq, ijro hokimiyatini jilovlash va fundamental huquqlar himoyasi masalasida 100-dan ham pastdamiz. Bu masalalar hal etilmasdan turib, hozircha bundan yuqorini ko'zlash unchalik real emas.

October 20, 02:16
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎙
JAPAN EDUCATION FAIR 2026 — TASHKENT!
🇯🇵
🇺🇿
📆
Date:
October 24, 2026 (9:00–17:00)
📌
Venue: Azimut Grand Hotel, Tashkent
🏢
Organizer: Uzbekistan Japan Center
🎓
20+ Prestigious Japanese Universities — All in One Place!
Dreaming of studying in Japan?
🇯🇵
This is your opportunity to explore your future!
Japan Education Fair 2026
brings together more than 20 prestigious universities from Japan, including
Tohoku University, Nagoya University, Hokkaido University, Waseda University, Keio University, University of Tsukuba
, and many more!
✨
What can you expect at the fair?
➡️
Meet representatives of Japanese universities in person
➡️
Explore Bachelor's, Master's, and PhD programs
➡️
Learn about admission requirements and application procedures
➡️
Discover scholarships and tuition reduction opportunities
➡️
Get answers to your questions directly from university representatives
❓
Who can attend?
The fair is open to school students, university students, parents, teachers, and anyone interested in studying in Japan!
Your journey to studying in Japan could start here!
✏️
Register now using the link below!
📍
We look forward to welcoming you on
October 24 at Azimut Grand Hotel, Tashkent!
➡
️
REGISTER HERE
🩷
Murojaat uchun:
📞
+998770000544
🚀
@EduWise_Admin
📓
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🔹
Facebook

October 20, 02:16

Ushbu tadbirga qatnashishni nafaqat Toshkentdagilar, balki viloyatdagi universitet talabalari, ularning ustozu ota-onalari, shuningdek, maktab o'quvchilariga ham tavsiya qilaman.

October 15, 00:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kuni kecha shu kitobni o'qib bitirdim. Aslida kitoblar tez o'qiladi, ammo bu asardagi qahramonlar hayoti shu qadar ta'sirli va o'rnaklarga boyligi tufayli uni bo'lib-bo'lib, hazm qilib o'qishga to'g'ri keldi.
Muallif
Muhammad Zarif Muhammad Olim
janoblari bu yangi asari orqali yurtimiz va ilm qiblasi - Misr mamlakatidagi nodir insonlar hayoti va erishgan tajribalari haqida - nogironligiga qaramasdan buyuk ishlarga qo'l urganlar hikoyasini yaqindan keltiradi. Kitobni o'qib chiqib, Misr mamlakatini deyarli tanib ham qolasiz. Ba'zan Islom Sivilizatsiyasining ko'hna qasri - Al-Azhar ko'chalarida yurgandek his qiladi kishi.
Muallifga tashakkurlarimni aytgan holda, bundan keyingi asarlarini ham kutib qolishimni ilova qilmoqchiman.

October 10, 09:14
Media unavailable
9
Show in Telegram

Ilm, kitob va samimiy suhbatlar birlashtirgan kun!
Bugun Tokio chet tillar universitetida
Uzbek Academic Club in Kanto’ning 12-uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi. Tadbirda
30 dan ortiq yurtdoshimiz
ishtirok etdi!
🔬
Saitama universiteti doktoranti Azamat Boborahimov
gidrofil uglerod nanomateriallarini sintez gazidan olish va suvni tozalashda qo‘llash bo‘yicha tadqiqotini taqdim etdi. Ilmiy izlanishlarning kundalik hayotimizdagi muammolarga qanday yechim bo‘la olishi haqida suhbatlashdik.
📚
Nagoya universiteti professori Alisher Umirdinov
bilan esa
«Oliy ta’lim kerakmi?»
kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Talabalik, xorijda o‘qish va hayotiy tanlovlar haqidagi suhbat har birimizni o‘z maqsadlarimiz va ta’limning hayotimizdagi o‘rni haqida o‘ylashga undadi.
☕
Taqdimotlar, savol-javoblar va tanaffusdagi samimiy suhbatlar — bularning barchasi bir-birimizni yaqindan tanish, tajriba almashish va yangi aloqalar o‘rnatish uchun imkon bo‘ldi.
Kimningdir tajribasi boshqa birovning savoliga javob, bir suhbat esa yangi izlanishga turtki bo‘ldi.
Vaqt ajratib kelgan barcha ishtirokchilarga, bilim va tajribalarini ulashgan ma’ruzachilarimizga katta rahmat!
🌱
Ilm atrofida birlashamiz, birga o‘samiz. Keyingi uchrashuvlarda ko‘rishguncha!
@Tadqiqotchi_Kanto

October 09, 22:34
Media unavailable
4
Show in Telegram

🍁
Uzbek Academic Club in Kanto — navbatdagi ilmiy uchrashuvga 2 kun qoldi
📅
10-oktabr, shanba, 11:00
📍
Tokyo chet tillar universiteti (TUFS), JLS binosi, 105-xona
🎤
Taqdimotchilar:
▫️
Xurramova Mohinur
(Soka universiteti magistranti): Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitishda reseptiv va produktiv koʻnikmalar oʻrtasidagi tafovut
▫️
Boborahimov Azamat
(Saitama universiteti doktoranti): Gidrofil uglerod nanomateriallarining sintez gazidan olinishi va suvni tozalashda qoʻllanilishi
Ilm, tajriba almashish va yangi tanishuvlar uchun sizni tadbirda kutamiz! Tadbirda qatnashish bepul.
Eslatma:
tadbir NHK tomonidan suratga olinadi. Tasvirga tushishni istamasangiz, iltimos, tashkilotchilarga oldindan xabar bering!
@Tadqiqotchi_Kanto

October 09, 22:34

Bugun Tokio Chet tillari universitetida ko’rishguncha!

October 09, 04:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kecha tushlikdan chiqayotib, 2 talabaning yapon tiidagi gapi qulog'imga chalindi:
・Savol: Bu semestergi kitoblar senga qanchaga tushdi?
・Javob: 2 man (130 dollar) ga tushdi. Shunda ham ustozim 5 manlik(320 dollar) kitoblar to'plamini tavsiya qilgandi.
Yaponiya ketma-ket 3 yildan buyon ilm va tinchlik yo'lida Nobel sovrindorlarini chiqarayotgan Osiyo arsloni. Uning talabalari esa har semesterda yuzlab dollarlarga kitob sotib olib o'qishadi.
O'zbekistonda ham shundaymi holat? Keyingi yillarda universitetlar pullarni tejash maqsadida elektron kutubxonaga kitoblarni yig'ib qo'yib, 'o'sha yerdan o'qib olinglar' deyish urf bo'lgandek go'yo.
Ekrandagi ma'lumotlarning xotirada kam qolishini inobatga olsak, bu ish yaxshi natija berishiga ishonmayman. Chop etilgan kitoblarga yana qaytish lozim.
Talabalarga tavsiyam:
Bir semesterda eng kamida 500 ming so'mlik kitob xarid qilinglar. Bo'lmasa, o'qish yaxshi bo'lmaydi. Darslik va o'quv materiallari bilan jiddiy ishlanglar.

October 03, 21:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

🍁
Kuzgi uchrashuv — ilm, izlanish va yangi tanishuvlar!
Uzbek Academic Club in Kanto
sizni navbatdagi ilmiy uchrashuvga taklif etadi!
Nanomateriallar yordamida suvni tozalash va ingliz tilini o‘qitishdagi ko‘nikmalar tafovuti — bu safar ikki xil sohadagi tadqiqotlar bilan tanishamiz. Yaponiyada ilmiy izlanish olib borayotgan vatandoshlarimizni tinglab, savollar beramiz va birgalikda fikr almashamiz.
🗓
10-oktabr, shanba
🕚
Soat 11:00
📍
Tokyo chet tillar universiteti — TUFS (JLS, 105-xona)
Ilmga qiziqsangiz, tadqiqotingiz uchun yangi qarashlar izlayotgan bo‘lsangiz yoki Yaponiyadagi o‘zbek akademik hamjamiyati bilan tanishishni istasangiz — davramizga qo‘shiling!
Bir savol yangi fikrga, bir uchrashuv yangi hamkorlikka sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘rishguncha!
@Tadqiqotchi_Kanto

October 02, 11:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Naiteishiki - Yaponiyada kompaniyalardan rasmiy taklif olish marosimi
Kecha shahar markazida ketayotsam ko'plab rasmiy kiyinib olgan yoshlarga ko'zim tushdi. Undan keyin kechaning 1-oktabr ekanligi esimga tushdi: haa, bugun naiteishki ekanda!
Yaponiya mehnat bozori o'ziga hos. Bu yerda ish topish jarayoni bir paytda boshlanadi va uning katta qismi 1-oktabrgacha tugaydi. Ishga kirgan talabalar esa kompaniyalariga 1-oktabr kuni taklif qilinib boshqaruvchilar bilan tanishadilar. 6 oydan keyin esa ish boshlaydilar.
Hozir yapon mehnat bozorida ishchilarga ehtiyoj katta. Ma'lumotlarga ko'ra, 2027-yil mart oyida o'qishni bitirib, apreldan ish boshlamoqchilarning 85.6%i allaqachon ishga taklif - naitei olib bo'lgan. Bu juda ham yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Chunki, kompaniyalar martgacha qolgan 15% ga naitei berishda davom etadi.
Umid qilamanki, yurtimizda ham katta shirkatlar paydo bo'lib, minglab yoshlar uchun mahalliy va xorijiy ish o'rinlarini yaqin yillarda joriy etishadi.