
Tanzila Narbaeva
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi
Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Vengriya Milliy majlisi raisi o‘rinbosari
Ishtvan Yakob boshchiligidagi delegatsiya
bilan uchrashdik.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik va qurilish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va yosh olimlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar tajribasini almashish loyihalari qo‘llab-quvvatlanishi muhimligi qayd etildi.
Transport va logistika tizimini takomillashtirish, turizm sohasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdik.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdik.
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lib, unga qarshi kurash – har bir fuqaroning ishi, davlatning esa ustuvor vazifasidir.
Shu yondashuv asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan
Milliy ma’ruzani ko‘rib chiqdik.
O‘tgan yilda sohaga oid muhim hujjatlar qabul qilindi. Davlat dasturi doirasida ochiq e’lon qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxati ham kengaytirildi.
Majlis davomida senatorlar tomonidan ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank tizimi va bandlik sohalarida korrupsiyaga oid jinoyatlar ko‘proq uchrayotgani qayd etildi.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar ko‘paygan hududlarda nazorat tizimlarini kuchaytirish, korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
#yalpi_majlis_10
@tanzilanarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va sohaga ilm-fan yutuqlarini keng joriy etishga oid
parlament so‘rovi natijalarini ko‘rib chiqdik.
Muhokamada ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amaliy va innovatsion loyihalar, xonadonlar kesimida yangi tadqiqot ishlari joriy etilib, bu orqali aholi bandligi va daromadi oshirilayotgani haqida ma’lumot berildi.
Biroq, sohaga oid qator muammolar dolzarbligicha qolmoqda. Jumladan, yangi nav va duragaylarni amaliyotga joriy etish mexanizmi to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.
Yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning izlanishlariga yetarli mablag‘ ajratilmagani sababli kadrlar qo‘nimsizligi kuzatilmoqda.
Senatorlar tomonidan biotexnologiya, molekular genetika va iqlim o‘zgarishi yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur masala Senat qo‘mitasi nazoratida bo‘lib, yil yakunida vazirlik bilan birgalikda natijalar yuzasidan axborot taqdim etilishi belgilandi.
#yalpi_majlis_10
@tanzilanarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Senat yalpi majlisida Bosh prokurorning prokuratura organlari faoliyati yuzasidan
hisobotini eshitdik
.
Hisobot davrida prokuratura tomonidan ko‘plab fuqarolarning kechiktirilgan ish haqlari undirib berilgan, ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatilgan.
Tadbirkorlar va investorlar manfaatlarini himoya qilish, yashirin iqtisodiyotga barham berish, qo‘shimcha manbalarni iqtisodiyotga jalb etish orqali budjet imkoniyatlari kengaydi.
Hududlarda “korrupsiyadan xoli hudud” dasturlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Korrupsiyaga qo‘l urgan yoki unga befarqlik bilan qaragan mansabdorlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, fuqarolarning, ayniqsa bolalarning buzilgan huquqlarini himoya qilish borasida tizimli chora-tadbirlarni joriy etish lozim.
Aholi salomatligini muhofaza qilish, onalik va bolalikni asrash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashda nazoratni yanada kuchaytirish zarur hisoblanadi.
#yalpi_majlis_10
@tanzilanarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Senatorlar bilan kreditorlarning garov ta’minotiga oid talablarini qondirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan
Qonunni ma’qulladik.
Mazkur hujjat sud qarorlarining ijrosini ta’minlashda shaffoflikni oshirish, inson omilini kamaytirish va mol-mulk daxlsizligini kafolatlashga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, auksionlarda sotilmagan mol-mulk undiruvchiga o‘tkazilganda, ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish orqali tartib aniq va qulay mexanizm asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ushbu qonunning amaliyotga joriy etilishi kreditorlar huquqlarini samarali himoya qilish, muammoli aktivlar ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
#yalpi_majlis_10
@tanzilanarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Yalpi majlisda Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatini yanada shaffof va adolatli faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan
Qonunni qabul qildik.
Mazkur hujjatda MCHJlar faoliyatini samarali va tartibli tashkil etishga xizmat qiladigan qator yangiliklar belgilandi.
Jumladan, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda ularning huquqlarini ishonchli himoya qilishni nazarda tutadi.
Shuningdek, korporativ shartnomalar tuzish va minoritar ishtirokchilar manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
Qonunning yana bir muhim jihati — ishtirokchilar ulushining aldov yoki firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilishiga qarshi aniq huquqiy mexanizmlar joriy etilganidir.
#yalpi_majlis_10
@tanzilanarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning
YouTube
tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
#senat
#yalpimajlis10
@tanzilanarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida “O‘zbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusida O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumining yalpi majlisi o‘tkazildi.
@tanzilanarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollari uchinchi biznes-forumining
yalpi majlisini o‘tkazdik.
Yalpi majlisda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularning bugungi holati va kelajakdagi rejalar haqida fikr almashdik.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, taʼlim sohasida hamkorlik qilish kabi muhim masalalarni muhokama qildik.
O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar alohida eʼtirof etildi.
Majlis yakunida O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi deklaratsiyasi qabul qilindi.
Belarussiyalik hamkorlarimizga doimiy qo‘llab-quvvatlaganliklari va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz.
@tanzilanarbaeva
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
@tanzilanarbaeva