Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Tanzila Narbaeva

tanzilanarbaeva
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Facebook: https://www.fb.com/narbaevatanzila/ Instagram: https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva Twitter: twitter.com/TNarbaeva
Subscribers
45 570
24 hours
769
30 days
1 647
Post views
2 727
ER
5,98%
Posts (30d)
35
Characters in post
990
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 11:45
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Yalpi majlisda oila institutini mustahkamlash va nikohdan ajralishlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini
ko‘rib chiqdik.
Keyingi yillarda oilani mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda.
Biroq, nikohdan ajralish hali ham jamiyatimizdagi eng og‘riqli masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda sog‘lom munosabatlar madaniyatini shakllantirish, huquqiy bilim va mas’uliyatli ota-onalik haqidagi hayotiy tushunchalarni kuchaytirishimiz zarur.
Shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka mutlaqo murosasiz muhit yaratishimiz shart.
Parlament va mahalliy Kengashlar hamkorligida Qo‘mita barcha imkoniyatlarni safarbar etib, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda davom etadi.
#Yalpimajlis19
@tanzilanarbaeva

September 11, 09:41
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Keyingi yillarda yer va ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solish, kadastr sohasini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy va institutsional asoslar mustahkamlanib, ko‘plab jarayonlar raqamlashtirildi.
Shu bilan birga, sohadagi rivojlanish jarayonlari bilan bir qatorda, tizimdagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish zarurati ham mavjud. Shu bois yalpi majlisda yer va ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solish holati yuzasidan
Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish
masalasini muhokama qildik.
Bugun ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymatini belgilash mexanizmlarini joriy etish, strategik investorlarga yer ajratish tartibini soddalashtirish, aholi va tadbirkorlarga kadastr xizmatlari sifatini oshirish muhim.
Shuningdek, kadastr organlari faoliyatida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi, qarorlarning qonuniyligi va asosliligi ustidan ichki nazoratni yanada kuchaytirish zarur.
Yer va mulk munosabatlarida qonuniylik, ochiqlik va adolatni ta’minlash — aholi ishonchini mustahkamlash hamda investitsiyaviy muhitni yaxshilashning muhim sharti.
#Yalpimajlis19
@tanzilanarbaeva

September 11, 08:55
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Senatorlar bilan Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hududidan 4 740 gektar yer maydonini
Qiziriq tumani tarkibiga o‘tkazish
masalasini ko‘rib chiqdik.
Mazkur hudud ma’muriy jihatdan Jarqo‘rg‘on tumaniga qarashli bo‘lgani sababli, 4 mingdan ziyod aholi zarur masalalar bo‘yicha tuman markaziga murojaat qilib kelgan.
Chegaralarni aholining real yashash joyiga moslashtirish orqali soliq, kommunal to‘lovlar, nafaqa, pensiya va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanishdagi ko‘p yillik muammolarni bartaraf etib, xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish imkoni yaratiladi.
Eng muhimi, chegaralar o‘zgarishi bilan bog‘liq barcha masalalar o‘z vaqtida hal qilinishi, odamlar ortiqcha ovora bo‘lmasligi kerak. Shu bilan birga, hududni aholi manfaatlari, bandlik va iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish asosida kompleks rivojlantirish zarur.
Zero, har qanday ma’muriy qarorning asosiy mezoni — inson manfaati va uning hayotidagi aniq ijobiy o‘zgarishdir.
#Yalpimajlis19
@tanzilanarbaeva

September 11, 06:18
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Senatning navbatdagi majlisida Navoiy viloyatining
Zarafshon shahri va Tomdi tumani chegaralarini o‘zgartirish
masalasini muhokama qildik.
Mazkur tashabbus Zarafshon shahrining istiqbolli rivojlanishi, iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb etish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Hududlar chegaralarini maqbullashtirish — oddiy ma’muriy o‘zgarish emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar yaratishning muhim mexanizmi.
Zarafshon shahri hududining kengaytirilishi natijasida 250 tadan ortiq sanoat va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu — yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish quvvatlari va minglab yangi ish o‘rinlari degani.
Eng muhimi, har bir loyiha inson manfaatiga xizmat qilishi, hududning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari, aholi manfaatlari va mavjud infratuzilma imkoniyatlari bilan uyg‘un holda amalga oshirilishi lozim.
#Yalpimajlis19
@tanzilanarbaeva

September 10, 09:59
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Iste’molchilar huquqlarining ishonchli ta’minlanganligi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik hamda aholi kayfiyatining muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Shu bois navbatdagi yalpi majlisda iste’molchilarning huquqlarini samarali himoya qilish hamda bozor ishtirokchilari uchun yanada ishonchli huquqiy muhit yaratishni nazarda tutuvchi
Qonunni
muhokama qildik.
Yangi normalarga ko‘ra, tovar sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirish tartibi va muddati, iste’molchining ushbu jarayonda ishtirok etishi hamda nuqsonli mahsulotni darhol almashtirish talabi belgilanmoqda.
Har bir ishlab chiqaruvchi va sotuvchi mamlakatimizda iste’molchilar huquqlari ustuvor ekanligini, ularning huquq va manfaatlari mustahkam qonunlar bilan kafolatlanganini yaxshi bilgan va anglagan holda faoliyat yuritishi kerak.
Zero, iste’molchi huquqi — bu nafaqat qonun talabi, balki fuqarolarning munosib hayot kechirishi, bozorda adolat va ishonchni ta’minlashning muhim kafolatidir.
#Yalpimajlis19
@tanzilanarbaeva

September 10, 07:58
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Senatorlar bilan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirish, uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi
Qoununni
ma’qulladik.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi avvalo, o‘zbek tilida savodli yozish va o‘qishni yanada osonlashtirishga, ayniqsa, yosh avlod uchun yagona va soddalashtirilgan imlo qoidalarining joriy etilishi ta’lim jarayonini yengillashtirib, tilni osonroq o‘zlashtirishiga zamin yaratadi. Bu esa kelgusida savodxon va bilimli avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Qonunning ahamiyati ta’lim bilan cheklanmaydi. Alifbo va imlodagi yangiliklarning izchil joriy etilishi davlat idoralari, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari va jamiyat hayotida o‘zbek tilidan samarali va to‘g‘ri foydalanishni yanada mustahkamlaydi.
Eng muhimi, o‘zgarishlarni amaliyotga to‘g‘ri va tizimli tatbiq etish uchun zarur chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, alifbodagi o‘zgarishlar sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha murakkabliklarga samarali yechim topishga qaratiladi.
#Yalpimajlis19
@tanzilanarbaeva

September 10, 05:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Yalpi majlis kun tartibidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga oid qonunchilikni takomillashtirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni kuchaytirish, Milliy gvardiya faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.
Shuningdek, ayrim hududlarning ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish, oila institutini mustahkamlash va nikohdan ajralishlarning oldini olish, shuningdek, yer va ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalalari ham muhokama qilinadi.
Yalpi majlis muhokamalarini Senatning
YouTube’dagi rasmiy sahifasi
orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
#Yalpimajlis19
@tanzilanarbaeva

September 07, 18:36
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
O‘zbekiston para velosporti tarixida yana bir yorqin sahifa yozildi!
AQShning Hantsvill shahrida o‘tayotgan para velosport bo‘yicha Jahon chempionatida qizlarimiz 3 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Marjona Pardaboyeva ikki yo‘nalishda ham tengsiz bo‘lib, bir chempionatning o‘zida ikki karra jahon chempioniga aylandi. Pokiza Ahmadbekova esa oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
🥇
3 ta oltin
🥈
1 ta kumush
Bu yuksak natijalar ortida sportchilarimizning yillar davomidagi mashaqqatli mehnati, matonati va kuchli irodasi bilan birga, ularni har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlab, mahoratini oshirib kelayotgan murabbiylarning ham munosib hissasi bor.
Bunday g‘alabalar yangi chempionlarga yo‘l ochadi, yosh sportchilarga esa o‘z kuchiga ishonch beradi.
Marjonaxon, Pokizaxon, tarixiy g‘alabalaringiz muborak bo‘lsin!
Sizlar bilan faxrlanamiz!
🇺🇿
@tanzilanarbaeva

September 07, 09:34
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Samarqandda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan
uchrashdik
.
Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish hamda «Markaziy Osiyo – Xitoy» formati doirasidagi hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitish masalalarini muhokama qildik.
Parlamentlar o‘rtasidagi muntazam muloqot, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdik.
Parlamentlararo hamkorlik orqali hududlarni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, raqamlashtirish, «yashil» iqtisodiyot, kadrlar tayyorlash va innovatsiyalar sohalarida to‘plangan tajribani o‘zaro o‘rganish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldik.
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva

September 06, 07:48
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Samarqandda «Zamin» xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «RCOY Markaziy Osiyo — 2026» mintaqaviy bolalar va yoshlar konferensiyasida ishtirok etdik.
Anjumanda mintaqamiz yoshlarining iqlim o‘zgarishi va suv resurslari xavfsizligi kabi umummintaqaviy muammolarni hal etish borasidagi taklif va tashabbuslari bilan tanishdik.
Markaziy Osiyoda suv tanqisligi, qurg‘oqchilik va cho‘llanish tobora dolzarb masalaga aylanib, odamlarning turmushi va farovonligiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu muammolarni bir mamlakat doirasida hal etib bo‘lmaydi. Suv — mintaqamizni birlashtiradigan umumiy boylik. Uni asrash va undan oqilona foydalanish uchun o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosida birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Senat yoshlarning takliflarini Yoshlar parlamenti va tegishli qo‘mitalar bilan birgalikda o‘rganib, ularni qonun ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlariga tatbiq etishga tayyor.
#12IPU
#Samarkand
@tanzilanarbaeva