Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Tanzila Narbaeva

tanzilanarbaeva
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Facebook: https://www.fb.com/narbaevatanzila/ Instagram: https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva Twitter: twitter.com/TNarbaeva
Подписчики
44 900
24 часа
-248
30 дней
-294
Просмотры
11 390
ER
25,37%
Посты (30д)
39
Символов в посте
1 068
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 25, 13:54
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan «Aichi–Nagoya–2026» V yozgi Paraosiyo o‘yinlarida sportchilarimizning har bir chiqishini katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdik.
Har safar O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarilganda barchamizning qalbimiz iftixorga to‘ldi.
Bugun ana shu aziz sportchilarimiz bilan uchrashish, ularni tantanali taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning
tabrigini
o‘qib eshittirish men uchun katta sharaf bo‘ldi.
Mamlakatimizda parasportga qaratilayotgan e’tibor, sport infratuzilmasining rivojlanishi va barcha uchun teng sharoitlar yaratilayotgani iqtidorli sportchilarimizning xalqaro maydonda yuksak natijalarga erishishiga zamin yaratmoqda.
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza — jami 145 ta medal!
Terma jamoamiz umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston parasporti tarixidagi eng yuqori natijaga erishdi.
Ayniqsa, sportchilarimiz tomonidan 15 dan ortiq jahon, Osiyo va Para osiyo o‘yinlari rekordlari yangilangani, 15 yoshli Boburbek Toshtemirov musobaqaning eng yosh chempioni bo‘lgani hammamizni quvontirdi.
Aziz sportchilarimiz!
Barchangizni chin qalbimdan tabriklayman. Ota-onalaringizga, ustoz va murabbiylaringizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Gʻalabalar bardavom bo‘lsin!
#paraosiyo2026
@tanzilanarbaeva

October 24, 07:01
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan “Aichi–Nagoya 2026” V yozgi Para Osiyo o‘yinlarida velosportchilarimiz yana bir bor yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar!
Sportchilarimizning har bir g‘alabasi ortida yillar davomidagi mehnat, mashaqqatli mashg‘ulotlar, murabbiylarning sabri va fidoyiligi bor. Mamlakatimizda velosportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor ana shunday yutuqlarda o‘z ifodasini topmoqda.
Velosportchilarimiz
4 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza — jami 14 ta medalni
qo‘lga kiritdilar! Ayniqsa,
Marjona Pardaboyevaning ikki karra Para
Osiyo o‘yinlari
chempioni
bo‘lgani bizga alohida quvonch bag‘ishladi.
Barcha parasportchilarimiz va murabbiylarimizni chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarning matonatingiz, mehnatingiz va g‘alabalaringiz bilan faxrlanamiz!
Yangi marralar, yangi zafarlar yor bo‘lsin!
🇺🇿
@tanzilanarbaeva

October 22, 08:16
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
YeXHT Parlament assambleyasi Raisi Pere Joan Pons Sampyetro boshchiligidagi delegatsiya bilan
uchrashdik
.
Muloqotda O‘zbekiston va YeXHT Parlament assambleyasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildik.
Hamkorlarimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadilar. Ayniqsa, bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha erishilgan natijalar alohida e’tirof etildi.
Suhbatimizda mintaqaviy hamkorlik, iqlim o‘zgarishi, mehnat migratsiyasini tartibga solish, fuqarolarning xorijda qonuniy mehnat qilishi, ularning huquqlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdik. Ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish va birgalikda amaliy ishlarni olib borishga kelishib oldik.
Shuningdek, qonunchilik va parlament nazorati sohasida tajriba almashish, parlamentlararo hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan fikr almashdik.
#YeXHT
#senat
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva

October 21, 08:15
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Bishkek shahrida qirg‘izistonlik hamkasbim, Jogorku Keneshi To‘rag‘asi Marlen Mamataliyev bilan
uchrashdik
.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik asosida izchil rivojlanmoqda. Parlamentlarimiz bu jarayonda muhim o‘rin tutib, davlat rahbarlari erishgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Hamkasbim bilan chegaradosh hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, mahalliy Kengashlar hamkorligini kuchaytirish, yoshlar uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, tegishli qo‘mitalar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish, parlament faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish va o‘zaro tashriflarni muntazam davom ettirish yuzasidan fikr almashdik.
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva

October 21, 05:02
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Qardosh Qirg‘izistonda, TURKPA yig‘ilishlari doirasida Prezident Sadir Japarov bilan samimiy
uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, yaqinlik va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Muloqotda turkiy davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitishda parlamentlarning muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.
Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi hamda o‘zaro ishonchga asoslangan muloqoti tufayli O‘zbekiston–Qirg‘iziston strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Ikki tomonlama hamkorlikning ko‘lami kengayib, davlatlarimiz o‘rtasidagi yaqin aloqalar yangi amaliy mazmun kasb etmoqda.
Bu jarayonda parlamentlarimiz ham faol ishtirok etmoqda. Oliy darajada erishilayotgan kelishuvlar parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bermoqda. Ularning izchil ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, qabul qilinayotgan qarorlarning xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlash doimiy e’tiborimiz markazida.
Iliq qabul va mazmunli muloqot uchun Prezident Sadir Japarovga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva

October 20, 12:01
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Bishkek shahrida
Turkiy davlatlar Parlament assambleyasining 15-yalpi majlisida
ishtirok etdik. Majlis sun’iy intellekt va texnologik taraqqiyot davrida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlandi.
Bugun sun’iy intellekt ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot va davlat xizmatlari sifatini oshirish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. Bu jarayonda parlamentlarning vazifasi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini mustahkamlashdan iborat.
Majlisda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida so‘z yuritdik. Parlamentlar o‘rtasida qonunchilik tajribasini almashish, sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha umumiy tavsiyalar ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalarni parlament faoliyatiga joriy etish yuzasidan takliflar bildirdik.
Ishonchim komil, parlamentlararo amaliy hamkorlik raqamli taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirishga, uning natijalari xalqlarimiz farovonligi va har bir inson hayotida o‘z ifodasini topishiga xizmat qiladi.
#TurkPA
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva

October 20, 08:49
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
TurkPAning 15-yalpi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Bishkek shahriga tashrif buyurdi.
Tashrifimizning birinchi kuni qirg‘iz xalqining boy madaniyati va asrlar davomida saqlanib kelayotgan milliy an’analari bilan tanishishdan boshlandi. «Ala-Archa» davlat tabiat bog‘ida milliy kuy-qo‘shiqlar, rang-barang hunarmandchilik namunalari, an’anaviy kiyimlar va ko‘chmanchilar merosini aks ettiruvchi namoyishlar o‘zgacha taassurot ulashdi.
#TurkPA
@tanzilanarbaeva

October 19, 10:23
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Bugun BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Beygbeder bilan bolalar manfaatlarini ta'minlash borasidagi hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini muhokama qildik.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda bolalar huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari mustahkamlandi, ijtimoiy himoyaning yangi tizimi shakllandi. Bu borada mamlakatimizning UNICEF bilan samarali hamkorligi muhim o‘rin tutmoqda.
Muloqotda bolalar manfaatlariga oid barcha qonunchilik hujjatlari, shu jumladan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun ijrosiga alohida e’tibor qaratdik.
UNICEF ekspertlari bilan birgalikda uning hududlardagi ijrosini o‘rganish, bolalarga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligini baholash hamda natijalarni birgalikda ko‘rib chiqish yuzasidan fikr almashdik.
Shuningdek, bolalarning iqtidori va salohiyatlarini to‘liq namoyon etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, bu borada mutaxassislar va ota-onalarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlarida hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Mehmonimiz tomonidan ota-onasiz farzandlarimiz uchun oilada tarbiyalanish imkoniyatlari kengayganligi alohida etirof etildi.
Oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarimiz, shuningdek, qiyin vaziyatdagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish hamda ijtimoiy dasturlarning birgalikda bajarilish masalalariga to‘xtaldik.
Ushbu yo‘nalishlardagi hamkorlikni UNICEFning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturi bilan muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildik.
#hamkorlik
#UNICEF
@tanzilanarbaeva

October 12, 07:46
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Parlamentlararo Ittifoqning yangi saylangan Prezidenti, Avstraliya Parlamenti Vakillar palatasi Spikeri Milton Dik bilan
uchrashdik
.
Uni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklab, Parlamentlararo Ittifoq bilan shakllangan samarali hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitishga tayyor ekanimizni bildirdik.
Muloqotda asosiy e’tibor 2026–2029-yillardagi hamkorlik ustuvorliklari, O‘zbekiston tashabbuslarini Ittifoqning kelgusi faoliyatida amaliy ro‘yobga chiqarish masalalariga qaratildi.
Milton Dik O‘zbekistonning xalqaro parlament diplomatiyasidagi faolligini yuqori baholadi.
Xususan, 2022-yilda Toshkentda o‘tkazilgan parlament ayol rahbarlarining 14-Sammiti, 2025-yilda yuqori saviyada tashkil etilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasini va bu yil Samarqandda Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasini ijobiy natijalar sifatida qayd etib o‘tdi.
O‘zbekiston tashabbuslarini Ittifoqning 2026–2029-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasiga kiritish bo‘yicha alohida muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldik.
Shu bilan birga M. Dik - Avstraliya parlamenti spikeri ekanligini inobatga olib, u bilan parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama munosabatlarning amaliy yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildik.
#IPU153
#hamkorlik
#Senat
@tanzilanarbaeva

October 11, 09:36
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Bugun, 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni
Bu sana har bir qiz bolaning orzulari, iste’dodi va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratish naqadar muhimligini eslatadi.
Bugungi qizlarimiz orasida ertangi kunning olimalari, shifokorlari, muhandislari, tadbirkorlari va yetakchilari ulg‘aymoqda. Ularning har biri o‘z yo‘lini topishi, o‘z kuchiga ishonishi va kelajakda katta yutuqlarga erishishi uchun mustahkam zamin yaratishimiz kerak.
Aziz qizlarimiz, orzularingiz ulkan, maqsadlaringiz yuksak bo‘lsin! Sizning bilim va yutuqlaringiz bilan yurtimiz kelajagi yanada yorqin bo‘ladi.
Bayramingiz muborak!
#qizlarkuni
@tanzilanarbaeva