Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Tarixchilik

tarixchilik_uz

Tarixga qaragan kelajakni ko’radi.
-siyosat
-tarix
-shaxsiy fikr
Fikrlaydiganlar jamiyati.
(
💍
N
🤍
)

Subscribers
3 160
Post views
1 256
ER
39,4%
Posts
2 355
October 27, 17:48
Media unavailable
3
Show in Telegram

Zalga chiqish emas zalga chiqayotganini bildirmaslik qiyin ).

October 24, 15:09

Qop qora kunlar… 3-qism. 1917 yil fevral. Peterburgda xalq qo‘zg‘oloni boshlanib, Nikolay II taxtdan voz kechdi. Shundan so‘ng Rossiyada muvaqqat hukumat tuzildi.  Turkiston xalqi bu xabarni ozodlikning boshlanishi deb qabul qildi. O‘sha yili Toshkent,…

October 24, 15:03

Qop qora kunlar…
3-qism.
1917 yil fevral. Peterburgda xalq qo‘zg‘oloni boshlanib, Nikolay II taxtdan voz kechdi. Shundan so‘ng Rossiyada muvaqqat hukumat tuzildi.
Turkiston xalqi bu xabarni ozodlikning boshlanishi deb qabul qildi. O‘sha yili Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon shaharlarida milliy komitetlar, jadidlar kengashlari tashkil topdi. Ular endi o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilaymiz deb xursand bo‘lishardi. Ammo bu xursandchilik uzoqqa cho‘zilmasligidan xabarlari yo‘q edi..
Shu yilning oktyabr oyida lenin boshchiligidagi bolsheviklar qurolli to‘ntarish bilan hokimiyatni egalladi.
Bolsheviklar bu safar “erkinlik, tenglik, xalqlar o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi” degan yolg‘on vada berishdi ammo amalda rus mustamlakasini davom ettirishdi.
1917 yil dekabr Qo‘qon shahrida jadidlar, ulamolar va xalq vakillari yeg‘ilib “Turkiston muxtoriyati”ni eʼlon qilishdi. Bu hukumat demokratik asosda tuzilgan bo‘lsada Islom qadriyatlariga hurmat bilan qaragan edi.
Lekin 1918 yil fevralida Qizil Armiya Qo‘qonga bostirib kirdi.
Shahar 3 kun ichida yoqildi, talan-taroj qilindi, 14 mingdan ortiq begunoh inson o‘ldirildi. Undan tashqari Marg‘ilon, Namangan va butun Farg‘ona vodiyida qirg‘inlar bo‘ldi. Bu voqea Turkiston tarixining qonli voqealaridan bir misol xolos.
Aynan shu qirg‘in qo‘rboshilar harakatiga katta turtki bo‘ldi.
Xuddi shu vaqtlarda Buxoro amirligi hali mustaqil edi. Amir Olimxon hokimiyat tepasida edi, lekin ichki holat yaxshi emas edi. Dastlab Amir jadidlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Zamonaviy taʼlim va islohotlar orqali xalqni uyg‘otishga harakat qilish maqsadlari bor edi.
Lekin baʼzi johil insonlar sabab Amir fikridan qaytdi va jadidlarning baʼzilarini surgun qolganini esa nazorat ostiga oldi…
1920 yilga kelib Qizil Armiya Buxoroga ham bosim o‘tkazdi. Natijada Buxoro sssr urushi boshlandi. Navoiyda bo‘lgan urushda Amirning shaxsan o‘zi ishtirok etdi. Erondan sotib olingan to‘plar ishlamas, strategiyalar va qurol yarog‘lar 16-17-asrdagidek bo‘lgani sabab qizillar bu urushda qiyinchiliksiz g‘olib kelishdi.
Amir Afg‘onistonga qochishga majbur bo‘ldi. Buxoroda esa Minglab talaba, ulamolar va oddiy aholi o‘ldirildi, ularning ham ko‘plari qochib ketishga majbur bo‘ldi, ko‘plab uylar vayron qilindi, shu bilan 700 yillik Buxoro amirligi tugatildi…
Shu yilning oxirida Xiva ham quladi. Xivada ham jadidlar harakati xalqni uyg‘otish uchun islohotlar qilgandi ammo ularga siyosiy ham moddiy dastaklar yetishmadi. Ular o‘z maqsadlariga erisha olmadi…
Qizil armiyaga Xiva xalqi ham qarshi turishga harakat qildi ammo ular texnika va urush mahorati bo‘yicha ancha ustun edi. Urush mag‘lubiyat bilan tugadi va butun Turkiston sssr tarkibidagi viloyatlarga aylandi…
Lekin oldinda qo‘rboshilar harakati bor edi…

October 24, 13:35

Tarixchilik
pinned «
Qop qora kunlar… 1-qism. O‘zbek tilida gaplashaylik rus tilini qo‘shmaylik deyilsa, qani insof bilan ayt tilimizdan fors arab so‘zlariniyam olib tashlasa nima qoladi ekan… deyishadi. Do‘stlar umaviylar yurtimizga kelganda ham forslar kelganda ham ruslarchalik…
»

October 23, 16:46

Qop qora kunlar… 1-qism. O‘zbek tilida gaplashaylik rus tilini qo‘shmaylik deyilsa, qani insof bilan ayt tilimizdan fors arab so‘zlariniyam olib tashlasa nima qoladi ekan… deyishadi. Do‘stlar umaviylar yurtimizga kelganda ham forslar kelganda ham ruslarchalik…

October 23, 16:09

Masalalar juda ko’p.
Mubashshir Ahmad domlani qamalishlari diniy elita uchun og’ir yo’qotish bo’ldi. Bu masala yetmaganidek Abror domlaning Hamid Sodiqqa raddiyalaridan keyin elita ikkiga ayirilgandek go’yo.
Ziyolilar orasida fikriy qarama-qarshilik bo’lishi, fikrlar bir-biriga to’g’ri kelmay qolishi tabiiy jarayon. Buni ziyolilar tushuna oladi. Bu alohida masala.
Ammo fikriy qarshilik shaxsiy ziddiyatga olib kelishi ehtimoli katta.
Iltimos izohda birovni ayblamang. Ziyolilar orasiga tiqilmang. Hamid Sodiq akani munofiqlikda ayblayabdi birisi, bir musulmon insonni munofiqlikda ayblash uchun naqadar bo’lishi kerak odam. Bunday tafriqalanish faqat o’zimizga zarar…

October 23, 15:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

So’z va amal bir.

October 22, 19:17

Qop qora kunlar…
1-qism.
O‘zbek tilida gaplashaylik rus tilini qo‘shmaylik deyilsa, qani insof bilan ayt tilimizdan fors arab so‘zlariniyam olib tashlasa nima qoladi ekan… deyishadi.
Do‘stlar umaviylar yurtimizga kelganda ham forslar kelganda ham ruslarchalik katta talofat yetkazmagan.
Dastlab rus imperiyasi Chimkent va Sayramdan keyin 1865 yil Toshkentga hujum qiladi. Toshkent o‘sha davr Qo‘qon xonligiga qarashli edi va shu sabab Qo‘qon va vodiydan askarlar yetib keldi. Toshkent mag‘lub bo‘lgach shahar talan taroj qilindi mulklar tortib olindi 1 yil ichida Turkiston general-gubernatorligi tuzildi va ruslar ancha o‘rnashib olishdi.
Bu rus bosqinining birinchi bosqichi edi. So‘ng Buxoro amirligi va
Xiva xonligi
ham ruslar tomonidan mag‘lub etildi. Taraqqiyot olib kelish bahonasi bilan 15 yil ichida butun Turkiston ruslar qo‘liga o‘tdi.
Bu bosqin nafaqat siyosiy balki maʼnaviy mustamlaka davrining boshlanishi edi…
Davomi bor!

October 21, 16:08

Vizantiya suv ombori haqida!
Yangi video
https://www.instagram.com/reel/DQE2BI-iHIp/?igsh=MTE5MjNva295OG84MA==

October 20, 16:58

Qisqa videolar odamni chiritadi.
O’zimda sezganim: qisqa videolar sabrsizlikka olib keladi. Uzun videolarni ko’rishga qiynalib qoldim. 1 daqiqa bilan 30 daqiqani yo’qotdim.
Aziz aka: ijtimoiy tarmoqlarda qolish sharti ko’rayotganingizdan ko’proq narsa bering degandilar
Bu gapni endi tushundim. Sifatli fikrlar qisqa videolarga sig’ishi qiyin. Lekin omma qisqa videolarni afzal ko’radi. Chunki ularni ko’rish oson.
Demak sifatli fikrlarni qisqartirish emas osonlashtirish kerak ekan…