
Tarixchilik
Millatimni bu holatga keltirganlarga haqqimni halol qilmayman…
Sulton Abdulhamidxon soniy
Insonni u aldanganiga ishontirishdan ko’ra uni aldash osonroq…
Mark Tven.
O’z o’zini namoyish qiladigan tartib betartiblikning niqobi xolos.
Teodor Adorno.
Piva festni ko’rib hali ancha mehnat qilishimiz kerakligini yana bir bor his qildim. Agar ilm va ilm insonlari iqtisodiyotga ko’proq foyda keltirsa bunday festlarni qilishga bahona qolmasmidi…
Piva festni ko’rib hali ancha mehnat qilishimiz kerakligini yana bir bor his qildim.
Agar ilm va ilm insonlari iqtisodiyotga ko’proq foyda keltirsa bunday festlarni qilishga bahona qolmasmidi…
Xalq tushunmaydi deb ming yil kitoblarimiz soddalashtirilib kelindi. Vaholanki kitoblar va ilmlar soddalashgani bilan natija aksini ko’rsatdi, ilmsizlik va avvom xalq ko’paydi. Inson bilmagan narsasini o’rganishi bilan o’sadi. Bilmaslik bilish uchun harakatga…
Xalq tushunmaydi deb ming yil kitoblarimiz soddalashtirilib kelindi. Vaholanki kitoblar va ilmlar soddalashgani bilan natija aksini ko’rsatdi, ilmsizlik va avvom xalq ko’paydi.
Inson bilmagan narsasini o’rganishi bilan o’sadi. Bilmaslik bilish uchun harakatga undashi kerak.
Abdulqosim madrasasi - o‘z davrining buyuk faylasufi bo‘lmish Abdulqosim xonga qo‘yilgan yodgorlikdir. 1908 yil etnografik ma’lumotlarda N. Ostroumov ushbu yodgorlikka “Nafaqat Toshkentda, balki shahar atrofidagi mashhur eng boobro‘ qarorgohlardan”, deya ta’rif bergan. Mazkur madrasa qurilishi uchun Abdulqosim xon 30 ming rublga yaqin pul sarflagan va har yili 150 nafar o‘quvchi uchun o‘z hisobidan o‘quv pulini to‘lagan.
Abdulqosim madrasasida o‘z vaqtining eng atoqli insonlari o‘qigan, xususan, o‘zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy, birinchi universitet asoschisi Munavvar-qori Abdurashidov, dramaturg G‘ulom Zafariy hamda professor Abdurauf Fitrat kabilar.
Bugun Abdulqosim madrasasi o‘rnida milliy hunarmandchilik maktabi, ya’ni “Hunarmand” hunarmandlik uyushmasi joylashgan bo‘lib, u yerda haqiqiy rossom, zargar, naqqosh hamda miniatyura san’ati ustalari ishlaridan namunalarni va o‘quv jarayonini yaqqol ko‘rish mumkin.
Meros.uz
saytidan olindi.
Mustamlakachilikning g‘alabasi - bu bir millatning yoshlari o'ziligidan uyalishi va unitishidir.
Turkiston legioni haqida barcha haqiqatlar.
Legion haqida chuqur tushunish uchun orqaroqqa 1917-yilga qaytamiz. Aynan shu yili yurtimizni ishg’ol qilganiga 32 yil bo’lgan Chor hukumati inqilob yo’li bilan ag’darildi. Bu vaziyat Turkiston ziyolilari uchun bu yurtda mustaqil yoki yarim mustaqil hukumat qurishlariga imkon yaratgandek edi. Afsuski 72 kun yashagan bu muxtor hukumat bolsheviklar tomonidan tormor etilda. Bu qatlomda 10 ming turkistonlik o’ldirilgan. (1)
Chor imperiyasi 30-50 yil zamonaviylik olib kelamiz degan yolg’on da’volar bilan bu xalqni ezib kelgan edi. Endigina erishilgan orzulardagi yarim mustaqil Turkiston muxtoriyati esa butun dunyoda inson huquqlari baralla aytilgan zamonda harbiy zo’ravonlik yo’li bilan yo’q qilindi. Bu qatlomdan so’ng milliy ozodlik (bosmachilik) harakati boshlanadi.
Turkiston xalqining bosqinchilarga bo’lgan munosabati ikki yo’nalishda qurol va qalam orqali bo’ldi.
Xalqning bu zolimlarga qarshi milliy ozodlik harakati 1935-yilgacha davom etti. Ammo qo’rboshilarning yetarli bilim ko’nikmalari bo’lmagani va eng muhimi birlik yo’qligi sabab bu harakatlar bilan o’ylangan maqsadlar amalga oshmadi(2). Mafkuraviy jihatdan bu harakatning ortida ko’plab din ulamolari turar edi shu sabab va xalqni qo’rquv bilan bosish maqsadida aynan manashu zamonlarda millati uchun kuyingan haqiqiy din ulamolari, imomlar, mudarrislar qatl etilgan.(3)
Jadidchilik harakati esa ancha avval boshlanib sssr zamonida ham davom etti. Chor davrida jadidlarga mutaassib johillar va hukumat qarshi turgan bo’lsa. Inqilobdan so’ng ba’zi jadidlar komunistlar bilan kelishib ish ko’rishdi. Ularning maqsadi nima qilib bo’lsa ham xalqni uyg’otish jaholatdan olib chiqish edi. Ba’zi jadidlar esa o’z pozitsiyalarida mustahkam turdilar. Xullas ziyolilar harakatning oxiri 1938-yilning oktabr oyida ko’plab jadidlarni qatl etilishi bilan o’z nihoyasiga yetdi. (4)
Bir tomonda mana shunday kechmishni ko’rib eshitib katta bo’layotgan keyingi avlodda sssrga nisbatan nafrat bilan ulg’ayayotgan edi. Ikkinchi tomonda esa rus-tuzem maktablaridan boshlab ruslashtirish va nasroniylashtirish propagandasi undan so’ng sovet davridagi qo’shtirnoq ichidagi ta’lim “islohotlari” sabab turkistonlik yoshlarning mafkurasi va etiqodi astalik bilan o’zgarayotgan edi. Mana shu ikki avlod 2-jahon urishida to’qnashdi deya olamiz.
1941-yilgacha Sssr Turkiston xalqidan askar jalb qilishi kichik ko’lamda edi. Olmoniya Sssr hududiga bostirib kirganidan so’ng yetishmo’vchilik sabab “ulug’ vatan urushi” propagandasi nomi ostida Turkistondan askar jalb qilinishi katta ko’lamga chiqidi.
Tushunishimiz uchun bu kungacha Turkiston xalqi na siyosiy va na silohiy o’zgarishlarda ishtrok etmagan. Yangi qurollarni qanday ishlatishni bilmagan.
Urush boshlanganida Ssrda Qurol yetishmagani sabab bu o’quvsiz akskarlar qo’liga tayoq miltiqlar beriladi va urush jabhasining old qismiga tirik qalqon sifatida qo’yiladi. Manashu sabab 800 mingdan oshiq turkistonliklar olmoniya qo’lida aslikka tushadi.
Shu paytda yuqorida aytganimiz, ziyolilardan ta’sirlangan avlod Vali Qayumxon, Mustafo Cho’qaylar Olmoniya hukumati bilan legion tuzish bo’yicha shartnomaga tuzishga erishadi. Legion sabab ochlik va o’limga mahkum asirlar o’limdan qutilib qolishdi. Ularni birlashtiradigan asosiy maqsad Turkistonni rus zulmidan ozod qilish edi.
Legionning o’z madhiyasi, radiosi, gazeta jurnali bor edi. Bu orqali ular kommunizmga qarshi g’oyaviy propaganda qilishardi. Bu ma’lumotlar, Olmoniyadagi harakatlar, ichki muhit, legionning ruhi va legion haqida ko’plab ma’lumotlar shu legionning ichida bo’lgan Boymirza Hayitning Milliy Turkiston hurriyat davosi kitobida batafsil yozilgan. (5)
1.
G’ayrat Yo’ldosh maqolasi
2.
Fikrat
3. Alvido Vatan - Azam Hoshimiy.
4. Turkistonda Jadidchilik va uning tugatilishi - Boymirza Hayit.
5. Milli Türkistan hürriyet davası