Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Tarixçilik

tarixchilik_uz
Tarixga qaragan kelajakni ko’radi. -siyosat -tarix -shaxsiy fikr -fikrlaydiganlar jamiyati. Yopiq kanal uchun @mudarrisss (oilali)
Subscribers
4 682
24 hours
—
30 days
13
Post views
1 086
ER
23,2%
Posts (30d)
28
Characters in post
613
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 22, 17:33

Рақамга дўниб инсон
Кўнди, зулмга мудом
Рақаминг ўлим топса
Борлигинг бўлар ёлғон.
hamidsodiqsheriyat

October 21, 15:45

1989-yil 21-oktabr tarixi

October 21, 14:14

Til masalasi böyiça yaşirilgan tarix.  Bu video haqiqatni kötara olmaydiganlarga tavsiya qilinmaydi.  Videoda bugun bemalol buzib gapiradigan özbek tilimizning tarixini körasiz. Bu til uçun na qadar katta işlar qilingani va qurbonliklar bölgani haqida bilib…

October 21, 13:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Til masalasi böyiça yaşirilgan tarix.
Bu video haqiqatni kötara olmaydiganlarga tavsiya qilinmaydi.
Videoda bugun bemalol buzib gapiradigan özbek tilimizning tarixini körasiz. Bu til uçun na qadar katta işlar qilingani va qurbonliklar bölgani haqida bilib olasiz.
Til masalasi qaçonlardir faqat gapiriş masalasi emas, balki özlik masalasi, “bor böliş” masalasi bölgan edi. Videoda aynan mana şu davrni körasiz.
Yaşirilgan tarix bilan yuz-ma yuz bölişga tayyormisiz?
Manba:
Vatandosh tv

October 15, 16:52

22-maqola
Qahramon Go'ktepa mudofaachilarining xotirasi.
Ruslar mamlakatimizga bosib kirar ekanlar, ular bir bo'sh yerga emas, balki madaniyati o'sha davrda ham Rossiyaga qaraganda ko'p martabalar buyuk bo'lgan bir turk xalqi bilan to'qnashdilar. Rossiyaning dahshatli hujumlari qanday kuchli bo'lsa, dushmanni vatandan quvib chiqarmoq uchun olib borilgan kurash ham shunday kuchli bo'ldi. Turkiston xalqi o'zini dushmanining qurol kuchiga qarshi qonli urushlarda qahramonona mudofaa etdi.
Turkistonni mudofaa etgan bobolarimizning qonlari tarix sahifalarida unutilmas bir o'rinni oldi. Ruslarning bosqinchiligiga qarshi mudofaa kurashlarining ichida eng yuksak o'rinlardan birini Go'ktepa mudofaachilari ishg'ol etadilar. Har yil 12-yanvarda ruslarning qurol kuchi ostida mag'lubiyatga uchragan Go'ktepa qahramonlarining fojialarini har qachongisiga qaraganda kuchliroq yod etamiz.
1879-yil 28-avgustda ruslar Go'ktepaga hujum boshlagan edilar. Biroq Go'ktepa mudofaachilarining zarbasiga uchragan ruslar bu yerni ishg'ol eta olmagan edilar. Bundan so'ng mudofaachilar Go'ktepa yonidagi Yengiltepa va Yangishahar qal'alariga ham o'rnashdilar. Go'ktepada esa 50 000 qahramon so'nggi qonlari qolguncha ruslarga qarshi kurashuv uchun ont ichdilar.
1879-yil 10-sentabrda rus generali Lomakin Rossiya podshosiga bir ariza yozib, Go'ktepani oluv uchun yana ko'p qurollar va askarlar yuborilishini o'tindi. Ruslar 1880-da Go'ktepani qo'lga kirituvni planladilar. Buning uchun ham o'zining dahshatli qonxo'rligi bilan nom qozongan general Skobelev Go'ktepaga hujum boshlashni o'z qo'liga oldi.
General Skobelevning askariy kuchlari 1880-yil 20-dekabrda Yangishahar qal'asini artilleriya o'ti ostiga olib kuydirib yubordilar. Skobelevga yordam uchun rus generali Petrusevich keldi. Go'ktepa artilleriya o'ti ichida turgan bir vaqtda mudofaachilar ruslarga qarshi hujumga tayyorlandilar. Ruslar 1881-yil 12-yanvarda Go'ktepani yer ostidan portlatdilar. Qahramon mudofaachilarning qo'mondoni To'qma Sardor mudofaachilarni Go'ktepa uchun so'nggi jonlarini ayamasdan kurashishga chaqirdi. Mudofaachilarning ko'pi qum ostiga yashirindilar. Dushman bilan mudofaachilar orasida yana qonli savashlar yuz berdi. Mudofaachilardan 20 000 dan oshiq kishilarimiz shahid bo'ldilar.
1881-yil 12-yanvarda Go'ktepani ruslar ishg'ol etdilar. Ruslar bu yerni bosib oldilar, biroq mudofaachilarning yuraklarini bosib ola bilmadilar.
General Skobelev Go'ktepani bosib olgandan so'ng o'zining qo'liga tushirgan bir guruh mudofaachilardan tamomila Rossiyaga bo'y sunishni talab etdi. Unga mudofaachilarning bir guruhi: "Bizni tuqqanlar nomus bilan yashamoq va nomus bilan o'lmoqni vasiyat etmishlar" — deb javob berdilar.
Ruslar Go'ktepani yo'q etdilar. Go'ktepa shahidlarining qabristonini-da buzib, shahidlarning suyaklarini chetga chiqarib tashladilar.
Milliy Turkiston hurriyat da’vosi, 1951-yil.
Dr. Boymirza Hayit.
To’liq kitob yopiq jamiyatimizda. Jamiyatga qo’shilish uchun
@mudarrisss
adminga murojaat qiling.

October 14, 15:47

Kitobni Turkiyani o’zidan ham topa olmayapmiz. Qo’limdagi nusxa oxirgisi edi. Shu sabab bu merosni ko’pchilikka yetkazish uchun harakat qildik.
Bu harakat bekor ketmasligi uchun ham jamiyatga qo’shilishingizni tavsiya qilaman.
Jamiyatga qo’shilish uchun
@mudarrisss
adminga murojaat qiling.

October 14, 15:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

October 14, 15:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

October 14, 11:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dr Boymirza Hayitning mana shu kitoblarini bundan 10 oylarcha oldin o’zbek alifbosiga o’tkazib tarjimani boshlagan edim. Yuqoridagi videoda o’zbekcha yozilgan deganman, ammo kitob bugungi zamonaviy o’zbekcha emas eski Turkiston turkchasida yozilgan ekan.…

October 14, 11:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dr Boymirza Hayitning
mana shu kitoblarini bundan 10 oylarcha oldin o’zbek alifbosiga o’tkazib tarjimani boshlagan edim.
Yuqoridagi videoda o’zbekcha yozilgan deganman, ammo kitob bugungi zamonaviy o’zbekcha emas eski Turkiston turkchasida yozilgan ekan.
Tarjima qilish davomida qaytariluvchi fikrlarni qisqartirdim. Shu sabab mualliflik huquqini buzmagan bo’ldik.
Kitob haqidagi fikrlarni
yuqorida ko’ra olasiz.
Bugun kitob tarjimasini tugatganimdan juda xursandman va sizlarga havola qilmoqchiman.