Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Temurbek Adhamov

temurbek_adhamov

Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman

Subscribers
9 550
Post views
4 030
ER
42,56%
Posts
2 758
October 13, 04:55
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

😄
100 million so'mlik sovg'alardan biri sizniki bo’ladi
••• “Ibrat academy”
17-oktyabrdan 31-oktyabrgacha
ingliz tili bilimdonlari uchun
"Ibrat Marafon – 2"
tashkillashtirmoqda.
🏆
Unga ko'ra,

Ibrat academy ilovasi” dagi test orqali siz ingliz tilidagi bilimlaringizni tekshirib, Iphone 17 pro max, chet elga sayohat, kontrakt to'lovi uchun 10 mln so'm va boshqa 100 lab sovg'alardan birini yutib olishingiz mumkin.
🎁
Hech bir ishtirokchi sovg'asiz qolib ketmaydi.
Marafonda qatnashish

mutlaqo
BEPUL.
🫱🏻‍🫲🏻
Batafsil ma'lumot va eng muhim "yangiliklar" lardan qolib ketmaslik uchun pastdagi havola orqali
maxsus kanalga qo'shilib oling
:
🫴🏻
Sovg’alar ro’yxati bilan tanishish

October 09, 18:48

Haq kelganda taslim bo’la olish insonning qalbi tirikligidan dalolatdir
***
Do’stim so’zini juda kam ishlataman, kimsani mol-dunyo uchun do’st tutmadim, faqatgina Alloh uchun do’st bo’laman, kimnidir do’stim deyishim uchun yillar chig’irig’i kerak bo’ladi
***
O’zini himoya qila olmaydigan kishiga nisbatan jazo qo’llash unda haqoratlanish hissini uyg’otadi va jasoratini sindiradi
***
Nimaniki o’lchay olmasak uni boshqarib bo’lmaydi, yaxshimi yomonmi bilmadim-ku, muhabbatni ham o’lchab bo’lmaydi

October 08, 16:32

Inson tabiatiga yaxshilik ham yomonlik ham joylangan. Agar inson o’z muhitini nazorat qilmasa yoki diyonat uni tiyib turmasa qalbi kirlik uning eng yaqin do’stiga aylanadi
#tafakkur

October 07, 17:37

Doimo aqlini ustun qo’yadigan kishidan qo’rqish kerak, chunki aql, mustahkam naql kelganda taslim bo’lishi kerak
***
Axloq kitoblardan o’rganiladigan bo’lib qoldi. Aslida biz uni insonlar xulqlaridan topishimiz kerak edi
***
Inson odatlari va o’rgangan narsalarining farzandidir
***
Pul topish oson lekin qiymat berish qiyin. Shunday ish qilingki, u jamiyatga qiymat bersin, qilgan ishingiz bilan faxrlaning va u orqali rizqlaning

October 06, 18:11

Erkinlik bu ishdan bo’shash emas balki o’zingizga ma’qul ishni, o’zingizga ma’qul vaqtda, o’zingizga ma’qul insonlar davrasida qilishdir
***
Ko’zimizga ko’rinmaydigan lekin asrashimiz kerak bo’lgan a’zomiz bu qalbimizdir, unutmangki, u ko’z va quloq orqali rizqlanadi
***
Ikki kishi suhbatlashib turgan bo’lsa, ulardan birini chaqirishning odobi ozgina yaqinlashib tomoq qirishdir, shunda o’zingizga kerakli insonning e’tiborini torta olasiz
***
Yuz minglab obunachi yiqqan inson sifatida aytamanki, instagramdagi layk va izohlar sizni o’ziga tortib olmasin, tarmoq sizni ko’proq olib qolish uchun hamma narsani qiladi. Agar sizga instagramni hoziroq o’chirib chiqib ketish tanlovi berilganda ikkilansangiz bilingki u qalbingizga o’rnashib olgan.

October 06, 12:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

So’zingizni o’qidim va qabul qildim. Biz qaytamiz )
Izoh yozilgan ko’rsatuv:
https://youtu.be/hLWvl3Kli4U?si=uL9C2ItPx3ZTjmVu

October 05, 17:28

Insonning katta dushmanlaridan biri bu bo’sh vaqtdir
***
Ne’matlar yo’qotilgandan keyingina qadrlanadi
***
O’ylab qarasam insonlarni odatda go’zal xulqlari uchun qadrlar ekanman
***
Baxt kelajakda emas, u har lahzamizda, inson o’ziga nima yaxshi yoki yomonligini vaqti kelibgina anglaydi. Alloh taolo bandasiga zulm qilmaydi
***
“Alloh va uning Rasuli shu ishimdan rozimi?”, savolini o’zimizga berish orqali ko’p xatolarni daf qila olamiz, chunki pok qalb nopok ishlarni qabul qila olmaydi
#tafakkur

October 04, 17:55

Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda birovning ismi yoki foydalanuvchi nomi (username) yozilganda sizdan katta insonga nisabatan aka yoki opa so’zini qo’shib yozish odobdan hisoblanadi.
#odob

October 01, 19:55

Bugun ustoz va murabbiylar kuni. Hayotimda o‘chmas iz qoldirgan, bizga o‘z ishini qanday yaxshi ko‘rishni, maqsad sari katta qadamlar tashlashni, millatini, vatanini dinini yaxshi ko‘rishni o‘rgatgan Mubashshir Ahmad ustozga o‘zimning chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Eslayman, bundan 10 yil avval arab tili grammatikasini o‘rgatuvchi maxsus ilova tayyorlaganimda, ustoz oldilariga chaqirib, qanday yordam kerak, bu kabi ishlarni qo‘llab-quvvatlash kerak, deb aytgandilar.
Shu bilan u kishi bizga Toshkent Islom institutida dars berdilar. O‘zim ham
Azon.uz
ning ilk bosqichida jamoaga ko‘makchi bo‘ldim.
Ustozning ko‘plab suhbatlarida bo‘lganman. Bugungi faoliyatim, loyihalarim poydevori, beminnat yaxshilik qila olish, vatan va xalq manfaatiga mos faoliyat olib borish, o‘z ishini professional darajada bajarish kabi xislatlarni Mubashshir Ahmad domlada koʻrganman va shu narsalarni u kishidan o‘rganishga intilganman.
Bir narsani qoʻrqmay ayta olaman, juda koʻpchilik domladan millatini, vatanini, dinini yaxshi ko‘rishni o‘rgandi.
Yaqin kunlarda Mubashshir Ahmad domlaning so‘nggi sudlari bo‘lishi kutilyapti. Sud jarayonini doimiy tarzda faol kuzatib kelyapman. Advokat Abdulloh Sodiq tomonidan Mubashshir Ahmad domlaga qo‘yilgan moddalar bo‘yicha aybsizligi dalillar va savol-javoblar orqali yoritib kelinmoqda. So‘nggi so‘z sudda qolmoqda. Umid qilamanki, Mubashshir domla sud zalidan ozod qilinadi. Millat bu inson kabi fidoyi insonlarni qadrlashi kerak.
Temurbek Adhamov,
“Shuhrat” medali sohibi

September 26, 14:44
Media unavailable
4
12
Show in Telegram

Bugun Jizzax viloyati, Zomin tog’larida hayking qildik. Zomin tog’larining o’ziga yarasha mashaqqati bor ekan. Archazor oralab 5 km yuqorilagan bo’lsak, balandlik 900 metrni tashkil qildi. 1975 metr dengiz sathidan salkam 2900 metr balandlikkacha ko’tarildik. Anchadan beri kam masofada bu darajada yuqorilamagan edim. Lekin tog’larning yuqori qismida archalarning shu darajada muattar hidi taraladiki, qiyinchik va mashaqqatni unutadi inson.
Zominga yo’lingiz tushsa, sihatgohning yuqori qismidan boshlangan toqqa chiqishni tavsiya berib qolaman. Sizni yo’l bo’yi archalarning soyalari o’rab keladi.
Ushbu safarda hamrohlik qilgan qadrdonlarga go’zal suhbatlar uchun minnatdorchilik bildiraman.
Ko’tarilish:
900 metr
Balandlik
: 2900 metr
Jami masofa
: 10 km
26.09.2025 Zomin