
Temurbek Adhamov
Oldinlari loyiha qurish (dasturchilar yordamida) judayam qiyin edi, katta mablag', vaqt va yaxshigina toqat kerak bo'lardi. Hozir jarayon tubdan o'zgardi.
Ibrohim aka
va
Shavkatjon
jamoadoshlarim, biz ular bilan doim g'oyalar bo'yicha gaplashardik, bugun ular startap quryapti, siz
Edubaza
yoki
Nikoh
ilovasi haqida eshitgan bo'lsangiz kerak, shu loyihalar boshlang'ich bosqichda dasturchilar yordamisiz nocode asosida qurilgan, Edubazani hozirgacha Ibrohim aka o'zlari qurishadi, vaholanki, Ibrohim aka ham Shavkatjon ham dasturchi emas.
G'oyangiz bormi, muhit sizga eng katta yordamchi, tahlil qilishdan, muhokamaga qo'yishdan, o'z-o'zingizga nimaga, qanday qilib, degan savolni berishdan qochmang. Bugungi kunda AI zamonida bizni ko'p bilimlar, turlicha dunyoqarash, ko'p funksiyali bilim (har sohadan bir shingil) qutqaradi.
Agar AI bilan birga rivojlansangiz ishingizni yo'qotishdan qo'rqmasangiz bo'ladi. AI'dan foydalanish deganda chat ochib google kabi savol javob qilishni nazarda tutmayapman. balki haqiqiy ish muhiti yaratishni aytyapman. Talabamisiz, AI bilan ish muhiti yaratib birga o'rganing, xodimmisiz ishlaringizni AI yordamida qiling, unga kerakli datalarni yuklang, jamoaviy ishlashga o'ting. Xullas gapirsa gap ko'p, update davri keldi
Sun'iy intellektga ba'zilar qo'rquv bilan qaraydi hozirgacha, men ne'mat sifatida qarayman. Butun dunyo ma'lumotlari, ularni qayta ishlash, dunyo ma'lumotlarini til to'siqlarisiz o'rganish bu chinakam dinamik sakrash, biz shu davrga to'g'ri keldik.
Esimizni tanigan chog'imizda kompyuter savodxonligi hamma uchun qay darajada kerak bo'lgan bo'lsa, hozir sun'iy intellektdan to'g'ri va samarali foydalanish hamma uchun birdek foydali. Tez va samarali moslasha olgan har kim yutadi.
Siz va raqobatchingiz o'rtasidagi farq AI'dan qay darajada to'g'ri va jamoaviy foydalanishga ko'ra farq qiladi.
• Оилангиздаги муносабатларни яхшиламоқчимисиз?
• Бахтли ва саодатли оила қуриш ниятингиз борми?
•
Шахсан Икром Шарифдан
жонли тавсиялар олишни истайсизми?
Акамиз Икром Шариф
"Фароғат қасри" курсига
қабул бошлабдилар. “Фароғат қасри
”
оилада тотувлик, бирдамлик, сакинатни бардавом бўлишига хизмат қиладиган курсдир.
Оила илмини ўрганаман деганлар учун тавсия қиламиз. Дарслар
19 октябр
санасидан бошланар экан.
👤
Қабул менежерига ёзиш
📎
Курс ҳақида батафсил
@ikromsharif
Assalamu alaykum!
Salomatmisiz?
Sizni “Hilol Nashr”ning 15 yilligi munosabati bilan 10-oktabr soat 14:00 da “15 yil ma’rifat taratib” shiori ostida boʻlib oʻtadigan katta tadbirimizga taklif qilamiz!
Tashrifingizdan xursand boʻlamiz!
Manzil: “Dream Park” (eski Gʻafur Gʻulom)
Farzandingiz ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha savollaringiz ko‘pmi?
3-4-oktabr kuni Toshkentda
“Montessori hamma uchun” V Xalqaro konferensiyasi
bo‘lib o‘tadi.
💕
kun davomida:
- 0–18 yosh rivojlanishi
- jazolarsiz tarbiya
- pozitiv intizom
- akademik bilimlar
- o‘smirlik
- sun’iy intellekt davrida ta’lim va boshqa dolzarb mavzularda amaliy yechimlar beriladi.
Konferensiyada
6 davlatdan 13 ta spiker va mutaxassislar
bir joyda jam bo‘ladi:
🇺🇿
O‘zbekiston
🇰🇿
Qozog‘iston
🇰🇬
Qirg‘iziston
🇫🇮
Finlyandiya
🇱🇻
Latviya
🇳🇱
Niderlandiya
📍
Toshkent, O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti asosiy binosi
📆
3-4-oktabr
Joyingizni band qiling:
@conf_menejer
@Montessori_conf
Fotima qizimga...
8 oycha avval tush ko'rdim, tushimda menga,
"Yaqinda qiz farzandli bo'lasan, ismini Fotima deb qo'y, yaxshilikka vasila bo'ladi hali", deyildi.
Odatda tushlarimni tez unutib yuboraman, lekin bu tushni unutmadim. Farzandli bo'lishimni bilar edim, lekin hali jinsini bilmasdik. Oilamga agar qiz bo'lsa ismini Fotima deb qo'yamiz, dedim, ko'ruvlar payti bildikki, homilaning jinsi qiz bola. O'ziga hamd bo'lsin, eshitib xursand bo'ldim.
Allohning taqdiri ekan, 36 haftalik vaqtida vafot etgan holida tug'ildi... Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetgan musibatlardan biri menga ham yetdi, o'z farzandimni 32 yoshimda tuproqqa qo'ydim. Tuproqqa qo'yar ekanman, tushimni va Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytgan hadisni eslab ko'zlarim tinmadi...
Xolid Absiydan rivoyat qilinadi: "O‘g‘lim vafot etdi. Bundan juda qattiq xafa bo‘ldim. "Ey Abu Hurayra! Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan biror narsa eshitganmisan? O‘lganlarimiz haqida ko‘ngillarimizni ko‘taradigan narsa bormi?" deb so‘radim. "Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning
"Kichkintoy farzandlaringiz jannatning erkatoylaridir",
deganlarini eshitganman», dedi". Boshqa rivoyatda kelgan qo‘shimchada:
"Ulardan biri otasini uchratib, kiyimining bir tarafidan tutib, jannatga kiritguncha qo‘yib yubormaydi",
deyilgan.
Ruhimning ruhi, mushfiqim, jannat rayhonim, dilbandim, shafoatchim, Fotimam
sizga ruh puflangan vaqtdan vafotingizgacha bo'lgan davrda bizdan rozi bo'ling. Yaxshilikka vasila bo'lishingiz, Robbingizdan bolalarcha xarxasha qilib biz uchun mag'firat so'rashingizdir balki. Dunyoda bolaligingizni ko'ra olmadingiz, jannatlarda sizni katta qilishni Allohdan yolvorib so'rayman. Firdavs jannatlarida ko'rishguncha...
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun
⏳
Namanganlik ota-onalar, yangi o‘quv yiliga sanoqli kunlar qoldi: Hali ham maktab tanlamadingizmi?
Tavakkal qilmang! Najot Ta’lim maktabida
1 KUNLIK BEPUL SINOV
kuniga keling va barchasini o‘z ko‘zingiz bilan baholang:
👧
Farzandingiz:
• Ilk robotini yasaydi va VR ko‘zoynaklarda dars o‘tadi;
• Bilim diagnostikasidan o‘tib, 1 kun to‘liq o‘quvchimizdek o‘qiydi.
👨👩👧
Siz esa:
• Direktor va ustozlar bilan yakkama-yakka suhbatlashasiz;
• Oshxona taomlarini tatib, sharoit va xavfsizlikni ko‘zdan kechirasiz.
⚠️
Qabul yakunlanmoqda 90% joylar to'lib bo'ldi, bepul sinov darsi uchun joylar soni cheklangan!
🗓
Kuni: Shanba (22-avgust)
⏰
Vaqti: 09:00
👉🏻
Ro'yxatdan o'tish
📞
Aloqa:
78-777-1234
📍
Manzil:
Namangan shahri, Islom Karimov ko'chasi 9A
Meta (Instagram) mening platformamni rasman tekshirdi va tasdiqladi.
Tech provayder huquqini berdi.
✅
Loyiha kodini esa... men yozmaganman.
Chatla — Instagram'da kommentni mijozga aylantiradigan platforma. Uni
vibecoding
bilan qurganman: g'oya → savollar → texnik hujjat → AI quradi, men boshqaraman.
Kelayotgan juma kuni,
21-avgust, soat 20:00
da bu jarayonni birinchi marta to'liq ichidan ochib ko'rsataman.
📱
Yopiq Zoom-razbor:
— birinchi promptdan Meta tasdig'igacha, real raqamlar bilan
— xatolarim: qaysi qaror necha haftani yeganini
— va jonli amaliyot: bitta g'oyani ko'z o'ngingizda
TZ'ga aylantiramiz
Atigi
200 ta joy
ochganmiz. Birinchi 50 ta ishtirokchi uchun —
149 000 so'm
, keyingi narxlar oshib boradi.
Kafolat:
birinchi 30 daqiqada qimmatli bo'lmasa — ishtirok uchun to'lagan
pulingiz so'zsiz qaytadi.
Yopiq zoom-razbrda joy band qilish →
vibecoding.uz/meet/chatla-razbor
O’qishga kira olmadim, nima qilay?
O‘qishga kirganlar kabi rivojlanish, muvaffaqiyatga erishishning aniq yo‘llari, bugun ushbu mavzularni Aziz Rahimov va Abdusattor Abdurahimov bilan muhokama qildik.
Suhbat davomida siz:
- To‘g‘ri muhitni qayerdan topsa bo‘ladi?
- Inson hayotida nega murabbiy muhim?
- Orzudagi ishga qanday kirsa bo‘ladi?
- Nega hamma ham qo‘ygan maqsadlariga erisha olmaydi kabi savollarga javob olasiz.
Bu suhbatni nafaqat o‘qishga kira olmaganlar, balki o‘qishga kirib turib ham yanada rivojlanish istagida bo‘lganlarga ham ko‘rishni tavsiya qilamiz:
https://youtu.be/DCcPH9c5BuM
@alohidamavzu