
TerDU rasmiy kanali
Sayt:
www.tersu.uz
Facebook:
@tersu340
Instagram:
@terdu_rasmiy
You tube:
@Termizdavlatuniversitet
Rektorga murojaat:
@TerDU_rektor_bot
©
Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#brifing
14-iyulidan 23-iyuliga qadar respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan
brifingda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari
Nazokat Abduqunduzova
ma’lum qildi.
◾️
2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish
5-iyundan 25-iyungacha
onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami
671 397 nafar abituriyent
ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan
426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari
hisoblanadi.
🔠
Abituriyentlarning
53,8 foizini (
361 019 nafar)
xotin-qizlar
,
46,2 foizini
(310 378 nafar)
erkaklar
tashkil etdi.
🔠
Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga
39 307 nafar abituriyent
hujjat topshirdi.
🔠
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada
18 854 ta sertifikat
haqiqiy deb topildi va tan olindi.
3 370 ta sertifikat
esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi.
🔠
Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan
678 nafar abituriyent
test sinovlaridan
ozod qilinib,
bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi
. 2024-yilda
bunday imkoniyatdan atigi
1 nafar abituriyent
foydalangan edi.
🔠
85 140 nafar abituriyent
umumta’lim fanlaridan
, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy
yoki
xalqaro sertifikatga
ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar
2024-yilda
mos ravishda
13 180 va 44 834 nafarni
tashkil etgan.
🔠
Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat
til sertifikatiga ega
abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni
22 041 nafarga
yetdi.
Batafsil videolavhada
👉
Matn shaklida o‘qish.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#OAV_biz_haqimizda
Termiz davlat universitetida abituriyentlar kasbiy ijodiy sinovlarda ishtirok etishyapti
Bizni kuzating
Telegram
| Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
#Dolzarb90Kun
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi TerDUda!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 254-sonli buyrug‘i asosida Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan vazirlik boshqarma boshlig‘i B.Sobirov Termiz davlat universitetida bo‘ldi.
Tashrif doirasida, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari, akademik litsey hamda texnikum direktorlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda “Dolzarb 90 kun” loyihasi tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, B.Sobirov universitetimizda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, maktab o'quvchilari uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
TerDU jamoasi yozgi ta’til davrida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida faol ish olib bormoqda.
Bizni kuzating
Telegram
| Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
#Qabul_2025
#
Kasbiy_imtihon_natijalari
🗣
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan
tanishing
!
Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 11-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.
Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:
✅
60320100 - Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi 4-guruh.
YUKLAB OLISH;
✅
61010200 - Sport faoliyati (voleybol) ta'lim yo‘nalishi 3-guruh.
YUKLAB OLISH;
✅
61010200 - Sport faoliyati (voleybol) ta'lim yo‘nalishi 4-guruh.
YUKLAB OLISH;
✅
61010200 - Sport faoliyati (futbol) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh.
YUKLAB OLISH;
✅
61010200 - Sport faoliyati (futbol) ta'lim yo‘nalishi 2-guruh.
YUKLAB OLISH;
✅
60211500 - Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh.
YUKLAB OLISH;
Sayt orqali yuklash:
https://tersu.uz/struct/view/1000415
Eslatma
! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
Telegram
| Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
TerDUda boʻlib oʻtayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlaridan videolavha
Bizni kuzating
Telegram
| Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilda
oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan
, faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar bilan uchrashdi.
Muloqotda yoshlarning fikr va takliflari tinglandi, ularni amalga oshirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilandi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tayanch bo‘lish —
har bir rahbarning ustuvor vazifasiga
aylanishi kerak.
Men ham, barcha rahbarlar ham sizlarga yordamchi bo‘lamiz
,
— dedi viloyat hokimi.
Uchrashuv yakunida hokim o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilot rahbarlariga
bitiruvchi yoshlar biriktirilib, ularning bandligini ta’minlash vazifasi
yuklatildi.
Ma’lumot uchun, joriy yil Surxondaryo viloyatida 15 700 nafardan ortiq yosh oliy ta’lim muassasalarini tamomladi
.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Termiz davlat universitetida diplom topshirish haftaligi bo‘lib o‘tdi
Termiz davlat universitetida
“Oq yoʻl sizga, bitiruvchi!”
tadbiri oʻtkazildi. Unda bakalavr va magistratura taʼlim bosqichida tahsil olgan
bitiruvchilar, ularning ota-onalari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari
ishtirok etdi.
Joriy oʻquv yilida universitet bakalavriatining kunduzgi taʼlim yoʻnalishlarini
1 ming 854 nafar, sirtqi taʼlim yoʻnalishini 2 ming 841 nafar talaba, magistratura mutaxassisliklari boʻyicha 154 nafar magistrant
tamomladi. Ular orasidan minglab talaba-yoshlar tegishli ish beruvchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzish orqali oʻrinlariga yoʻllanma oldi.
Shuningdek, Termiz davlat universitetida bitiruvchilarni
ish bilan ta’minlash
bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mehnat yarmarkalari tashkil etilib,
korxonalar bilan uch tomonlama shartnomalar
imzolanmoqda.
#Bitiruvchi_2025
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#OAV_biz_haqimizda
TerDUda “Dolzarb 90 kun”: Talabalarning ilmiy salohiyatiga kuchli turtki!
📚
Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy tadbirlar izchil olib borilmoqda.
🔬
Fizika-matematika fakulteti qoshidagi “Bir talabaga – bir loyiha” nomli ilmiy-amaliy toʻgarak talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida samarali ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ularga amaliy tajriba berish hamda innovatsion fikrlashni ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.
🌱
Mazkur toʻgarak doirasida Fizika-matematika fakultetining Astronomiya yoʻnalishi talabasi Voxidova Ruxshona ilmiy rahbar — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Narbayev Azamat boshchiligida “Tomchilatib sugʻorish tizimini avtomatlashtirish” mavzusida tajriba-sinov ishlarini olib bormoqda. Ushbu loyiha qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
📆
Toʻgarak mashgʻulotlari iyul va avgust oylarida ham davom ettiriladi. Bu esa talabalarni yozgi taʼtil davrida ham ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanishga, muammolarga innovatsion yechimlar topishga undamoqda.
🚀
“Bir talabaga – bir loyiha” – bu nafaqat bir fikr, balki yosh olimlarni yetishtirishga xizmat qiluvchi kuchli pratformadir!
Bizni kuzating
Telegram
| Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
⚡️
2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida
ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik)
uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali
my.edu.uz
orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar
onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️
Bunda nomzodlar platformada:
➖
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish
toʻlov-kontrakt
asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim
bo‘yicha qabul parametrlari
oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda
oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan
belgilanadi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram