Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TerDU rasmiy kanali

terdu340
Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot © Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Subscribers
20 729
24 hours
29
30 days
2 328
Post views
3 504
ER
16,9%
Posts (30d)
198
Characters in post
791
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 15:26
Media unavailable
2
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟢
No comment… Kechki TerDU…
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
You tube
|
Sayt

September 11, 14:10
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🏛
2026/2027-O‘QUV YILI U CHUN TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURASIGA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGANLAR RO‘YXATI
🟢
Termiz davlat universitetining 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshirildi. O‘tkazilgan qabul jarayonlari yakunlariga ko‘ra, magistratura bosqichida tahsil olish uchun talabalikka tavsiya etilgan talabgorlar ro‘yxati shakllantirildi. Mazkur ro‘yxatda tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan.
🎊
Talabalikka tavsiya etilgan talabgorlarga kelgusidagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyat, ilmiy izlanishlarida yuqori natijalar hamda kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
👤
Magistraturaga qabul qilingan talabalar ro‘yxati.
🎓
Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Belgilangan muddatdan kechikkan talabgorlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilmaydi.
Talabgorlarning arizalari OTM tomonidan jamlanib, tegishli vazirlikka yuboriladi. 15-oktyabrgacha OTM rektori tomonidan kontrakt to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qilinadi.
❗️
Muhim: Super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilmaydi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lish lozim.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt

September 11, 13:42
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🟢
TerDUda “Tanishuv haftaligi”: ilk qadamlar — yangi imkoniyatlar sari!
🟢
1-bosqich talabalari uchun
“Birinchi kurs maktabi”
loyihasi doirasida
“Tanishuv haftaligi”
qiziqarli va mazmunli tarzda davom etmoqda.
🟢
Talabalarni universitet hayotiga moslashtirish maqsadida
kampusda ular uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va universitet infratuzilmasi
bilan yaqindan tanishtirilmoqda.
🟢
Shuningdek, ta’lim olish, kitobxonlik, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilyapti.
🟢
“Vatan bo‘ylab sayohat qil!”
shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida talabalar Termiz shahridagi tarixiy-madaniy maskanlar hamda
“Qatag‘on qurbonlari” muzeyi
ga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixi, ajdodlarimiz merosi va milliy qadriyatlarimiz haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🟢
Shu bilan birga, talabalar ishtirokida
profilaktik suhbat va uchrashuvlar
o‘tkazilib, ularga talaba sifatidagi huquq va majburiyatlari, xavfsizlik qoidalari yuzasidan tushunchalar berilmoqda.
🟢
Talabalar turar joylarida tashkil etilayotgan
ko‘ngilochar musiqiy dasturlar
esa yangi muhitga moslashish, tengdoshlar bilan yaqinlashish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
🟢
Birinchi kurs talabalari uchun bu hafta — shunchaki tanishuv emas. Bu yangi muhit, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar sari tashlangan ilk qadamdir!
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt

September 11, 13:17
Media unavailable
2
4
Show in Telegram

🏛
Talabalarimiz Vladimir davlat universitetida!
Qo‘shma ta’lim dasturida
tahsil olish uchun talabalarimiz xorijiy hamkor oliygohga yetib borishdi!
Bakalavriat bosqichining "
filologiya tillarni o‘qitish: rus tili
" ta’lim yo‘nalishi talabalari 3- va 4-bosqichni Rossiya Federatsiyasida davom ettirishadi.
Talabalarimiz nafaqat yangi bilimlar, balki yangi madaniyat, yangi do‘stlar va xalqaro muhitda o‘qish tajribasiga ham ega bo‘lishadi.
Vladimir davlat universiteti xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i, dotsent, filologiya fanlari nomzodi Nadejda Troshina oliygohlar hamkorligi, shuningdek, talabalarimiz bo'yicha o'z fikrlarini videolavhada bildirdi.
Aziz talabalarimiz, sizlar bizning kelajagimiz, omad yor bo‘lsin!
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt

September 11, 09:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

#xushxabar
🏛
XUSHXABAR! TERDU YANA YETAKCHI!
🟢
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturining 2026-yil 2-tanlovi natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 65 nafar talabgor g‘olib deb topildi. Quvonarlisi…

September 11, 08:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇸
AQSh logistikasidagi karyerangizni Termizdan boshlang!
🚛
Bugun logistika sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish — xalqaro mehnat bozorida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Prime Termiz Logistics
sizga AQSh logistika tizimini o‘rganish, real ish jarayonlari bilan tanishish va o‘z karyerangizni boshlash imkoniyatini taqdim etadi.
📚
2 oy — nazariy ta’lim
AQSh logistikasining asoslari, jarayonlari va ish tizimi.
💻
1 oy — amaliy trening
Real tizimlar, vositalar va amaliy vaziyatlar asosida tajriba.
🏆
Kurs yakunida — sertifikat
O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalaringizni tasdiqlovchi sertifikat.
💼
Eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar uchun — ish imkoniyati
Kurs davomida o‘zini ko‘rsatgan ishtirokchilar AQSh logistika yo‘nalishida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📍
Manzil:
IT Park Surxondaryo filial binosi, 2-qavat, FEEDUP filiali ro’parasida
📩
Ariza topshirish:
@prime_termez_logistics
🚛
Bilim. Amaliyot. Natija. Karyera.
AQSh logistikasidagi kelajagingizni Termizdan boshlang.
Birinchi qadam — birgina xabar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt

September 11, 06:35
Media unavailable
6
3
Show in Telegram

#xalqaro_hamkorlik
🇨🇳
Talabalarimiz Pekin shahar universitetiga yetib borishdi!
🟢
Ushbu xorijiy hamkor universitetda talabalarimiz
15 hafta davomida mutaxassisilik fanlarini yuqori ilmiy salohiyatga ega bo'lgan professor-o'qituvchila
r tomonidan o'rganadilar.
🟢
Shuningdek, xitoy tili va madaniyatini o'rgatish maqsadida chuqurlashtirilgan xitoy tilida darslari hamda tarixiy va madaniy maskanlarga ekskursiyalar ham tashkil etiladi.
Dastur davomida talabalarimiz oylik stipendiya va yotoqxona bilan ham ta'minlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt

September 11, 05:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Surxondaryoning Belarus hududlari bilan hamkorligi chorvachilik, sanoat, qurilish va ta’lim sohalarida kengaymoqda
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 04:31
Media unavailable
2
Show in Telegram

#xushxabar
#Utara_universiteti_filiali
😀
ABITURIYENTLAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT!
Bunaqasi oldin bo'lmagan!
🔈
TerDU kampusida
"Utara universiteti filiali"
(
Malayziya
🇲🇾
)
🖥
-
Axborot texnologiyalari
ta'lim yo'nalishi;
📄
-
IELTS 5 ball
yoki
B1
daraja
, xorijiy til sertifikati mavjud bo'lmasa, imtihon topshirasiz;
📚
- 7 semestr
ta'lim
, 1 semestr
amaliyot
;
🔠
-
darslar
to'liq
ingliz tilida
;
📖
-
zamonaviy fanlar
xilma-xilligi;
✈️
- istalgan
1-2 semestrni Malayziyada
o'qish imkoniyati
(ixtiyoriy);
🔔
-
xorijiy professorlar
ishtirokida mashg'ulotlar;
🧑🏻‍💻
-
Xorij kompaniyalarida amaliyot va ishlash
imkoniyatlari;
🎓
-
Top 500
oliygoh diplomi (
O'zbekiston hududida
nostrifikatsiya talab etilmaydi
);
🌎
Bu oliygoh diplomi bilan sizga dunyo bo'ylab o'qishni davom ettirish va ishlash uchun imkoniyatlar eshigi ochiladi.
ℹ️
Malayziyaning Utara universiteti
(UUM) mamlakatning shimolida
Sintok
shahrida joylashgan bo'lib,
1000 gektardan ortiq
maydonni egallaydi.
QS
Osiyo universitetlari reytingida
65-o‘rin
,
THE
reytingida
401-500 o‘rin
ni egallaydi.
"Osiyoning Silikon vodiysi
"
deya nomlangan va yiliga milliardlab AQSh dollari aylanmasiga ega
Penang oroli
dan uzoq bo'lmagan oliygoh dunyoning eng mashhur kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. IT sohasi vakillari uchun esa bu ajoyib imkoniyat.
📹
Youtube
platformasida oliygoh tanishtiruv
videosi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt

September 11, 04:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎙
«SURXONDARYO» radiokanalining «Maxsus reportaj» eshittirishida ustozimiz, Termiz davlat universiteti Hududiy tadqiqotlar markazi bosh ilmiy xodimi Omonturdiyev Abdulaziz ishtirok etdilar.
➡️
Eshittirishda Surxondaryodagi geografik obyektlar nomlarini davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtirish masalalari haqida fikr yuritildi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt