
TerDU rasmiy kanali
🟢
TerDU va RUR: xalqaro hamkorlikning yangi bosqiçi
🟢
Toşkent şahrida ötkazilayotgan “Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi xalqaro ta’lim forumi Termiz davlat universiteti uçun yangi hamkorlik istiqbollarini oçmoqda.
🟢
Forum doirasida
Termiz davlat universiteti rektori, professor Abduqodir Toşqulov
nufuzli xalqaro reyting taşkiloti —
Round University Ranking (RUR) muharriri va tahlil markazi rahbari Oleg Solovyov
bilan uçraşdi.
🟢
Muloqot davomida universitetning xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzini oşiriş, jahon reytinglaridagi örnini mustahkamlaş, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatini yuksaltiriş hamda özaro hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
🟢
Tomonlar istiqboldagi hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan kelişuvlarga erişdi. Şuningdek, RUR vakili Surxondaryo viloyatiga taşrif buyurişga taklif etildi.
🟢
Ma’lumot örnida
,
RUR taşkilotining 2026-yilgi fanlar kesimidagi xalqaro reyting natijalariga köra,
Termiz davlat universiteti 6 ta fan yönalişi böyiça jahon reytingidan joy oldi.
🟢
Xususan, universitet bir yönalişda dunyoning
TOP 500
, yana tört yönalişda
TOP 1000
oliy ta’lim muassasalari qatoriga kirdi.
🟢
TerDUning xalqaro reytingdagi natijalari:
🟢
Fizika-matematika ta’limi va texnologiyalari —
447-örin
🟢
Tabiiy fanlar —
913-örin
🟢
Gumanitar fanlar —
932-örin
🟢
Hayot haqidagi fanlar —
938-örin
🟢
Texnika fanlari —
981-örin
🟢
Ijtimoiy fanlar —
1036-örin
🟢
Mazkur natijalar universitetning xalqaro maydondagi mavqeyi mustahkamlanib borayotganini namoyon etadi. RUR bilan yölga qöyilayotgan hamkorlik esa ta’lim va ilm-fan sifatini oşiriş, xalqaro tajribani keng joriy etiş hamda universitetning jahon ta’lim makoniga integratsiyalaşuvini jadallaştirişga xizmat qiladi.
♻️
1️⃣
4️⃣
1️⃣
1️⃣
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
🏛
TerDU delegatsiyasi «Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi»da iştirok etmoqda
🟢
Bugun Toşkent şahrida «Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi» öz işini boşladi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Termiz davlat universiteti rektori, professor Abduqodir Toşqulov boşçiligidagi delegatsiya ham iştirok etmoqda.
🟢
Forum doirasida xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytiriş, ilğor tajribalar almaşiş, ta’lim sifatini oşiriş hamda ilm-fan sohasidagi özaro aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
🟢
Şuningdek, forum doirasida taşkil etilgan «Study in Uzbekistan» xalqaro körgazmasida Termiz davlat universitetining ta’lim yönalişlari, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari va talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlari namoyiş etilmoqda.
🟢
Mazkur forum TerDU uçun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlaş, qöşma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantiriş, akademik mobillik dasturlarini kengaytiriş hamda xalqaro tajribani universitet faoliyatiga tatbiq etişda muhim muloqot maydoni bölib xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
#Xalqaro_forum
#Oçiliş_marosimi
Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi iş boşladi
“Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida
“Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni”
mavzusidagi
Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi
öz işini boşladi.
Forumning rasmiy oçiliş marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — Prezident matbuot kotibi
Şerzod Asadov
iştirok etib,
O‘zbekiston Respublikasi Prizedentining tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini
o‘qib eshittirdi.
“Qariyb 85 million aholi istiqomat qilayotgan mintaqamizning bebaho boyligi bu –
bilimga çanqoq, katta orzu-intilişlar bilan yaşayotgan yoş avlodimizdir
. Ana şu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuçga aylantirişda eng samarali yöl – sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiyadir.
Yaqinda alohida Farmon qabul qilib, maktabgaça va maktab ta’limi, kasbiy va oliy ta’lim hamda ilm-fan boşqaruvini
yagona tizimga birlaştirdik
. Şu tariqa boşlanğiç bilim va tarbiya olişdan yetuk mutaxassis va olim bölib şakllaniş davrigaça bölgan ma’rifiy bosqiçlarning uzviy boğliqligini ta’minlaşni maqsad qilganmiz.
Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz – Markaziy Osiyoni özaro işonç va döstlik diyoriga,
ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlaşgan umumiy intellektual makonga
aylantirişdir”.
Anjumanda
Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiz, Tojikiston va Turkmaniston
mamlakatlarining ta’lim vazirlari, şuningdek, qator davlatlarning ta’limga mas’ul vakillari, xorijiy yetakçi universitetlar rahbarlari, xalqaro taşkilotlar vakillari va ekspertlar iştirok etmoqda.
Forum doirasida ta’lim tizimining dolzarb masalalari, oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oşiriş, innovatsion işlanmalarni qöllab-quvvatlaş va xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilinadi.
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Xushxabar
🏛
Termiz davlat universiteti professori Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna özining
"Yoğoçni himoyalovçi antipiren-antiseptik"
innovatsion işlanmasi bilan "InnoWeek-2026" doirasida ötkazilgan "
Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihasi"
tanlovida munosib ğoliblikni qölga kiritdi.
Olimamizni uşbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlab, kelgusi ilmiy va innovatsion faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
#OAV_biz_haqimizda
HUDUD | TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALIKKA BAĞIŞLOV MAROSIMI ÖTKAZILMOQDA
Surxondaryo viloyatidagi Termiz davlat universitetida bir hafta davomida talabalikka qabul qilingan yoşlar uçun tantanali marosimlar taşkil etilmoqda. Tadbirlar yangi talabalarga talabalik hayotining ilk taassurotlarini ulaşiş, ularni öqişda yuqori natijalarga erişişga rağbatlantiriş hamda oldinda turgan vazifalarni anglatişga qaratilgan.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
#kun_hikmati
“Vaqtingizni qadrlang, çunki hayot aynan vaqtdan taşkil topgan.”
😵
🤔
🙁
😝
😤
☹️
🙁
☹️
Benjamin Franklin
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
#Talabalikka_bağişlov #11
REKTOR VA TALABALAR MULOQOTI: XORIJIY TILLAR — YANGI IMKONIYATLAR KALITI!
Termiz davlat universitetida “Talabalikka bağışlov” tadbirlari doirasida universitet rektori, professor Abduqodir Toşqulovning Xorijiy filologiya fakulteti birinçi bosqiç talabalari bilan oçiq muloqoti bōlib ōtdi.
Uçraşuvda rektor yoşlarni talabalik safiga qabul qilingani bilan tabriklab, bugungi globallaşuv şaroitida xorijiy tillarni mukammal egallaş, zamonaviy bilim va kōnikmalarga ega bōliş hamda xalqaro maydonda raqobatbardoş mutaxassis sifatida şakllanişning ahamiyatiga alohida tōxtaldi.
Muloqot davomida fakultetning ta’lim va ilmiy salohiyati, talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda akademik imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Bugungi kunda fakultetda 2 230 nafar talaba tahsil olmoqda. 106 nafar professor-ōqituvçi faoliyat yuritayotgan fakultetda xorijiy tillarni çuqur ōrgatiş, ilmiy izlanişlarni rivojlantiriş va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Fakultetning Germaniyadagi Leypsig universiteti, DAAD, Britaniya Kengaşi, Alliance Française hamda Erasmus+ dasturlari doirasidagi xalqaro hamkorligi talabalar va professor-ōqituvçilar uçun akademik almaşinuv, xorijda tajriba orttiriş va ilg‘or ta’lim amaliyotlarini ōzlaştiriş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Samimiy va oçiq ruhda ōtgan uçraşuvda talabalar ōzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Rektor yoşlarni xorijiy tillarni puxta ōzlaştiriş, ilmiy izlanişlarda faol bōliş, xalqaro imkoniyatlardan unumli foydalaniş hamda universitet hayotida taşabbuskorlik kōrsatişga çorladi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
🟢
TerDUda “Oçiq eşiklar kuni”: vatanparvarlik, jasorat va mahorat namoyişi
🟢
Termiz davlat universitetida Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan “Oçiq eşiklar kuni” doirasida harbiy-vatanparvarlik tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda “Vatanparvar” maktabi, Milliy gvardiya, Surxondaryo viloyati Bojxona va Içki işlar boşqarmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi vakillari hamda universitet harbiy kafedrasi kursantlari iştirok etdi.
🟢
Tadbir davomida kuç tuzilmalari xodimlari va harbiy kafedra kursantlari tomonidan maxsus körgazmali çiqişlar namoyiş etildi. Şuningdek, harbiy texnika, qurol-aslahalar, maxsus jihozlar va qutqaruv vositalari körgazmasi taşkil etilib, talaba-yoşlarga ularning vazifalari hamda amaliy qöllanilişi haqida ma’lumot berildi.
🟢
Mazkur tadbir yoşlarning Vatanga sadoqat, milliy ğurur va daxldorlik tuyğularini mustahkamlaş, harbiy va huquqni muhofaza qiliş sohalariga qiziqişini oşiriş, şuningdek, ularning boş vaqtini mazmunli taşkil etişga xizmat qildi.
🟢
Harbiy xizmatçilarning kasbiy mahorati, kursantlarning körgazmali çiqişlari va amaliy namoyişlar talabalarda katta qiziqiş uyğotib, ularda unutilmas taassurot qoldirdi.
♻️
3️⃣
1️⃣
1️⃣
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
🟢
“BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA SARALAŞ BOSQIÇI!
🟢
Termiz davlat universitetida “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultetlararo bosqiçi bölib ötmoqda.
🟢
Mazkur musobaqa doirasida voleybol, futbol, stritbol, yengil atletika va stol tennisi sport turlari böyiça talabalar saralab olinmoqda.
🟢
Bellaşuvlar davomida talabalar özlarining sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va ğalabaga bölgan intilişlarini namoyon etmoqda.
🟢
Musobaqaning asosiy maqsadi — talabalar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, sportga bölgan qiziqişni oşiriş hamda iqtidorli yoşlarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaşdan iborat.
🟢
Sport — salomatlik garovi, ğalaba esa intiliş va mehnat mahsuli!
♻️
3️⃣
4️⃣
5️⃣
1️⃣
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
|
Sayt
Ayni daqiqalarda Prezidentimiz sog’liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazmoqda
– Oilasining baxtini ko‘rish, halol mehnat qilib, orzulariga yetish, umrini mazmunli o‘tkazish uchun
odamga, avvalo, sog‘liq kerak.
Shu bois,
inson salomatligini asrashni islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri
etib belgilaganmiz,
– dedi Prezidentimiz.
So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda
10 million aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi poliklinika va shifoxonalar
ishga tushdi,
58 ming shifo o‘rni
yaratildi. Zamonaviy shifoxonalar ko‘payib, xususiy sektorga keng imkoniyat berilgani tufayli
tibbiy xizmatlar hajmi uch karra oshdi.
Ilgari chet elda amalga oshirilgan
tug‘ma yurak nuqsonlari, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va bosh miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari kabi yuzdan ziyod xizmatlar bugun mamlakatimizda bajarilmoqda.
Prezidentimiz bu natijalarda
tibbiyot xodimlarining bilim va mahorati hal qiluvchi o‘rin tutayotganini
qayd etdi.
– Qancha zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng so‘nggi uskunalarni olib bermaylik,
malakali xodimlarsiz natija bo‘lmaydi,
– dedi Prezidentimiz.
Bugun
11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor
tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan
birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.
– Boshqa sohada yosh xodim xato qilishi mumkin, ammo bo‘lg‘usi shifokorning bunga haqqi yo‘q. Chunki
tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois,
kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bog‘lanadi.
Kelasi yildan talabalar
haftada uch kun bemor bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.
Bakalavriatni bitirgan
hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 million so‘m qo‘shimcha ustama
to‘lanadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million so‘m
bo‘ladi.
Prezidentimiz
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini
ma’lum qildi. Talabalarga
3 million so‘m stipendiya
to‘lanadi.
Yo‘nalishga qarab rezidentura
ikki yildan besh yilgacha
davom etadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.
Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib,
“universitet klinikasi” tizimi
joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi
ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Tadqiqotlarda
tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash
va
asoratlarni kamaytirishga
e’tibor qaratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram