Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TDIU HEMIS tizimi

tsue_hemis

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining ta’limning kredit tizimining rasmiy kanali.
Официальный канал отдела кредитной системы ТГЭУ.
@HEMISSupportBot

Subscribers
3 350
Post views
3 146
ER
92,81%
Posts
1 502
October 07, 09:41
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


HEMIS mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 1 mlndan oshdi!

Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish HEMIS axborot tizimining mobil ilovasi bugun milliondan ortiq talabalar foydalanishmoqda!
📱
Ilova orqali:
🔜
Shaxsiy profil
🔜
Davomat
🔜
Dars va nazorat jadvallari
🔜
O'zlashtirish ko'rsatkichlari (GPA)
🔜
Fan resurslari va topshiriqlar
🔜
Shartnoma va tegishli hujjatlar
🔜
Talaba ID guvohnomasi
🔜
Elektron kutubxona
va boshqa xizmatlar
🎓
HEMIS mobile
— talabalarning raqamli hamrohi!
@ofis_registratori

October 06, 12:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

🆔
HEMIS AI
— sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan raqamli yordamchi ishga tushirildi.
💡
Talabalar uchun barcha sun’iy intellekt asosidagi tahlillar
my.hemis.uz
platformasida jamlandi.
🚛
HEMIS AI
— bu talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini chuqur tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi.
💯
GPA tahlili
— o'zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
💯
Davomat tahlili
— darslarga qatnashish darajasini baholab, kechikish sabablarini tahlil qiladi.
💯
Dars jadvali tahlili
— mashg‘ulotlar samaradorligini tahlil qilib, o‘quv jarayonini optimallashtiradi.
💯
Tavsiyaviy kurslar
— talabaning qiziqishlari va o‘quv natijalariga mos tarzda
Coursera platformasidan
kurslarni tavsiya etadi
💯
Plagiat tekshiruvi
— mustaqil ishlar, BMI hamda ilmiy ishlarning asl nusxada bo‘lishini ta’minlashga yordam beradi.
💯
Moliyaviy holat tahlili
— shartnoma to‘lovlari, stipendiya va grantlar bo‘yicha aniq va tizimli tahlilni taqdim etadi.
💯
HEMIS Chatbot AI
— foydalanuvchi so‘rovlarini tahlil qilib, tezkor va aniq javoblarni taqdim etadi.
🚛
HEMIS AI
— ta’lim jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqadigan aqlli yordamchi!
my.hemis.uz
- Hoziroq sinab ko‘ring!
HEMIS AI test sinovi shaklida quyidagi universitetlarda joriy etildi:
1. O‘zbekiston Milliy universiteti
2. "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti
3. Jizzax davlat pedagogika universiteti
4. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
6. Buxoro davlat universiteti
7. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
8. Termiz davlat universiteti
9. Xalqaro Nordik universiteti
10. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
11. Alfraganus university
12. Farg‘ona davlat universiteti
13. Qarshi davlat universiteti
14. Qo‘qon universiteti
15. Navoiy davlat pedagogika instituti
16. Samarqand davlat chet tillar instituti
17. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
18. Toshkent amaliy fanlar universiteti
19. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
20. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
😀
😃
😄
😁
😆
🥹
😅
😂
RAQAMLI TA’LIM MARKAZIDAN,
RAQAMLI TA’LIM XIZMATLARI
👉
Raqamli ta’lim markazining rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling

October 03, 09:21

⚡️
Bugun 6-yo‘nalish bo‘yicha roʻyxatdan oʻtishning so'nggi kuni
Bu tanlovda
56.7 va undan yuqori ball
to‘plagan quyidagi ikki toifadagilar:

o‘qishga kirolmagan
yoki

testga kirgan-u,
OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan
abituriyentlar ishtirok etadi.
Bunda abituriyent bitta emas,
5 tagacha yo‘nalish tanlashi
mumkin.
Tanlash bugun
3-oktyabrgacha
,
my.uzbmb.uz
platformasi orqali amalga oshiriladi.
Tanlov
natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar
e’lon qilinadi.
@tsue_hemis

September 22, 16:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

#imkoniyat
#1_kurs
#kontrakt
1-kurslar kontrakt toʻlov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha toʻlashi mumkin
Davlat komissiyasi
bayoniga
muvofiq, 2025/2026-oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga
toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini toʻlash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha
uzaytirildi.
Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga
iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari
– 2025/2026-oʻquv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va shakli boʻyicha
bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida
belgilandi.
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

September 17, 04:18

#soʻragan_edingiz

Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2025-yil 13-sentyabr 578-sonli
qaroriga
muvofiq
, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.

o‘z xohishiga
ko‘ra;

o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga
ko‘chirilishi munosabati
bilan;

oliy ta’lim tashkilotlarining
ichki tartib-qoidalari
hamda
odob-axloq qoidalarini
buzgani uchun;

bir semestr davomida darslarni
uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq
qoldirgani uchun
(salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno)
;

o‘qish uchun belgilangan to‘lov
o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi
uchun
(to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli)
;

talaba sud tomonidan
ozodlikdan mahrum etilganda
;

sud qaroriga ko‘ra
kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda
(ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi)
;

talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan
(topshirgan)
hujjatlarining
qalbakiligi
yoki
belgilangan
talablarga javob bermasligi aniqlansa;

vafot etganligi
sababli.
Ma’lumot o‘rnida
, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini
(otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi)
parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda
akademik ta’til berilishi
mumkin.
@tsue_hemis
@Ofis_registratori

September 02, 04:08
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Muhim
⚡️
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2025/2026 oʻquv yili ta'lim shakli va kurslar kesimida quyida keltirilgan sanalardan boshlanadi.
-    1-kurslar kunduzgi taʼlim uchun – 3-sentyabr;
-    1-kurslar magistratura uchun – 8-sentyabr;
-    2-kurslar kunduzgi ta’lim uchun – 9-sentyabr;
-    3-kurslar kunduzgi ta’lim uchun – 10-sentyabr;
-    4-kurslar kunduzgi ta’lim uchun – 11-sentyabr;
-    1-kurslar masofaviy ta’lim uchun – 15-sentyabr;
-    2,3 ва 4-kurslar masofaviy ta’lim uchun – 8-sentyabr;
-    2 -kurslar sirtqi taʼlim uchun- 3-noyabr
-    3,4 kurslar sirtqi taʼlim uchun- 29-sentyabr
-    5 -kurslar sirtqi taʼlim uchun- 1-dekabr
-    2-kurslar ikkinchi oliy taʼlim (masofaviy) uchun – 15-sentyabr
-    3-kurslar ikkinchi oliy taʼlim uchun – 27-oktyabr
-    4-kurslar ikkinchi oliy taʼlim uchun – 12-yanvar
-    1-kurs kechki ta’lim uchun – 3- sentyabr;
-    2,3 ва 4-kurslar  kechki ta’lim uchun – 8-sentyabr;
Izoh:
Bakalavriat kunduzgi taʼlim shakli boʼyicha 1-kursga oʼqishga tavsiya etilganlar 3-sentyabr kuni soat 8:00da taʼlim yoʼnalishi biriktirilgan fakultet binosida boʼlishlari soʼraladi.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

September 01, 07:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

#natija
#oʻqishnikoʻchirish
📢
Ichki o‘qishni ko‘chirish natijalari eʼlon qilindi
2025/2026-o‘quv yili uchun
transfer.edu.uz
platformasi orqali
o‘qishini ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash)
yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi
oliy taʼlim tashkilotlariga
mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha
yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.

Talabalar o‘z arizalari natijasini
transfer.edu.uz
platformasidagi
shaxsiy kabineti
orqali bilishlari mumkin.
📌
O‘qishi ko‘chirilishiga tavsiya etilgan talabalar
o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga
murojaat qilishlari lozim.
@tsue_hemis
@Ofis_registratori

September 01, 06:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Mustaqillik kuning muborak, O‘zbekiston!
🇺🇿
Aziz do‘stlar!
Bugun butun mamlakat o‘zining asosiy bayrami - 1-sentyabr Mustaqillik kunini nishonlamoqda!
Bu g‘urur, birdamlik va yorqin kelajakka ishonch kunidir.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va farovonlik, jonajon O‘zbekistonimizga esa tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va yangi yutuqlar tilaymiz!
https://t.me/tsue_hemis

August 22, 15:41
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan
oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash
sanalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
🔸
akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari
va oliy ta’lim tashkilotlarining
1-bosqich talabalari uchun
dars jarayonlari
2025-yil 3-sentyabrdan;
🔹
oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori
bosqich talabalari uchun
8-sentyabrdan
boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida
birinchi bosqichga qabul qilingan
talabalar uchun
“Kredit taʼlimi tizimiga kirish”
haftaligi hamda
“Talabalikka bagʻishlov”
tadbirlari tashkil etiladi.
Haftalik doirasida:
➡️
talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan
tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish
hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;
➡️
talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish,
akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish
masalalari yuzasidan
targʻibot-tashviqot
ishlari amalga oshiriladi.
@tsue_hemis

August 18, 06:46

❗️
Eksklyuziv: davlat oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxi oshirilmaydi.
Super kontrakt miqdori kamayishi kutilmoqda.
1-2 kun ichida abituriyentlar uchun 6-yoʻnalishni tanlash imkoniyati haqida rasmiy xabar chiqadi.
Tez orada tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash vakolati rektorlarga berilishi e’lon
qilinadi.
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025