
TDIU HEMIS tizimi
❗️
Talabalar uchun HEMIS tizimidan o‘z xohishiga ko‘ra chiqish xizmati ishga tushirildi!
#hemis
Talabalar endilikda
my.edu.uz
platformasi orqali HEMIS tizimidan o‘z xohishiga ko‘ra chiqish
bo‘yicha onlayn so‘rov yuborishlari mumkin.
📝
Xizmatdan foydalanish tartibi:
1️⃣
Talaba
my.edu.uz
saytiga kirib
, HEMIS tizimidan chiqish bo‘yicha xizmatni tanlaydi va
so‘rov yuboradi
;
2️⃣
Agar talaba HEMIS tizimida
“Boshqa” statusida
bo‘lsa va uni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
farmoyishi hali imzolanmagan bo‘lsa
, tizim so‘rov asosida talabaning anketasini
avtomatik ravishda o‘chiradi
va natijasi haqida talabani xabardor qiladi;
3️⃣
Agar talabaning
farmoyishi imzolangan va u guruhga biriktirilgan bo‘lsa
, HEMIS tizimi talabaning so‘rovini qayd etadi hamda
ijro uchun mas’ul xodimga yuboradi
. Bu haqda talaba ham xabardor qilinadi;
4️⃣
OTT mas’uli HEMIS tizimidagi
“Talabalar bazasi” → “Murojaatlar” → “O‘chirish arizalari”
bo‘limi orqali kelib tushgan so‘rovlarni
ko‘rib chiqadi va ijro etadi
.
ℹ️
Agar mas’ul xodim talabaning murojaatini
o‘z vaqtida ijro qilmasa
, tizim
har daqiqada barcha foydalanuvchilar uchun ogohlantirish berishni boshlaydi.
@tsue_hemis
❗️
HEMIS tizimining yangi versiyasi oliygohlar uchun e’lon qilindi!
#hemis
HEMIS tizimining
1.9.39 (27.07.2026-y.)
yangi versiyasi oliy ta’lim tashkilotlari uchun taqdim etildi. Ushbu yangilanishda quyidagi
yangi imkoniyat va takomillashtirishlar
joriy etildi:
1️⃣
ERP Sport tizimi bilan integratsiya amalga oshirildi
HEMIS tizimi O‘zbekiston Respublikasi
Sport vazirligining “ERP Sport”
yagona elektron boshqaruv tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda
talabalarning sport razryadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini avtomatik olish
imkoniyati yaratildi.
2️⃣
Grant taqsimoti reytingini kuzatish funksiyasi qo‘shildi
Talabalarning
grant taqsimotida ishtirok etish uchun topshirgan arizalari
bo‘yicha to‘plagan
ballari asosida reytingini kuzatish
funksionali ishlab chiqildi.
3️⃣
Kalendar reja ijrosini monitoring qilish imkoniyati yaratildi
Rahbariyat, dekan va Registrator ofisi
rollari uchun o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini olib borishdagi
kalendar reja bajarilishini monitoring qilish
funksiyasi joriy etildi.
4️⃣
Qarzdor talabalar funksionali takomillashtirildi
“O‘zlashtirish”
menyusidagi
“Qarzdor talabalar”
bo‘limi yanada takomillashtirildi hamda unga
qo‘shimcha filtrlash imkoniyatlari
qo‘shildi.
5️⃣
Dashboarddagi nazorat ko‘rsatkichlari kengaytirildi
HEMIS
Dashboard
iga quyidagi yangi nazorat indikatorlari qo‘shildi:
•
Fansiz o‘quv rejalar
;
•
Tafovutli o‘quv rejalar
;
•
Tasdiqlanmagan diplomlar
;
•
Nashr qilinmagan diplomlar
;
•
Shartnoma olmagan talabalar
;
•
Ortiqcha sirtqi talabalar
;
•
Muqobil talabalar nisbati
;
•
Guruhsiz talabalar
.
ℹ️
Mazkur yangilanishlar
OTTlarda o‘quv jarayonini boshqarish
,
monitoring qilish
hamda
ma’lumotlar almashinuvini yanada samarali tashkil etish
ga xizmat qiladi.
🌐
@tsue_hemis
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident!
@magistrlarofficial
📘
Grant turlarini tanlash bo‘yicha qo‘llanma
Mazkur qo‘llanmada talabalar uchun mavjud grant turlarini tanlash mezonlari va tartibi keltirilgan.
📌
Muhim izoh:
✅
“Qo‘shimcha davlat granti”
bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun oliy ta’lim tashkilotiga alohida kvota ajratilgan bo‘lishi talab etilmaydi.
✅
“Oliy ta’lim tashkiloti granti”
bo‘yicha ham oldindan alohida kvota belgilangan bo‘lishi shart emas.
⚠️
Mazkur grant turlari tegishli mezonlarga javob beradigan talabalarga tizim tomonidan tanlov uchun avtomatik ravishda ko‘rsatiladi.
🔹
Talaba bir vaqtning o‘zida bir nechta grant turiga mos kelgan taqdirda, ulardan
faqat bittasini tanlashi
mumkin.
🌐
@tsue_hemis
❗️
HEMIS tizimida davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi!
#hemis
Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar
my.hemis.uz
platformasi orqali
onlayn ariza
topshirishlari mumkin.
📝
Ariza topshirish tartibi:
1️⃣
Talabalar
my.hemis.uz
tizimiga kirib,
“Mening grantim”
bo‘limidagi
“Grant arizalari”
menyusini tanlashlari lozim;
2️⃣
Bo‘limga o‘tgach,
“Ariza yaratish”
tugmasini bosish va o‘ziga mos keladigan grant shaklini tanlash talab etiladi;
3️⃣
Tanlov amalga oshirilgandan so‘ng,
“Saqlash”
tugmasini bosish orqali ariza tizimda tasdiqlanadi.
📆
Arizalar
15-iyuldan 20-iyulga qadar
qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan kechikmaslik muhim.
ℹ️
Muhim eslatma:
Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni
bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas
. Shu sababli, ma'lumotlarni yuborishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirib chiqishingiz so‘raladi.
🌐
@tsue_hemis
⚡️
Rasman: o'qishni ko'chirish jarayonlari boshlandi
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli
15-iyuldan 5-avgustgacha
davom etadi.
👉
Davlat OTMning biridan boshqasiga —
transfer.edu.uz
👉
Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga —
my.uzbmb.uz
❓
Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?
Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
➖
turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
➖
ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi. Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.
Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
➖
Xorijda o‘qiyotgan talaba;
➖
Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.
@magistrlarofficial
❗️
HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi!
#hemis
Tizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uchun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.
➖
“
Tyutor faoliyati” menyusi:
HEMIS tizimida tyutorga tegishli barcha funksionallar uchun
alohida yangi menyu
ochildi va barcha tegishli bo‘limlar unga o‘tkazildi;
➖
Prorektorlar nazorati:
Prorektorlar tomonidan tyutorlarga
hisobot topshirish talabnomasini yuborish
va ularning hisobotlarini qabul qilish funksionali ishga tushdi
(Tyutor faoliyati/tyutor hisobotlari)
;
➖
Tezkor hisobot topshirish:
Tyutorlar tomonidan prorektor talabnomasi asosida
faoliyat hisobotlarini tizim orqali topshirish
imkoniyati yaratildi
(Tyutor faoliyati/faoliyat hisobotlari)
;
➖
Bitirish buyrug‘ini shakllantirish:
Diplom ma’lumotlarini faqat qayd qiladigan
nodavlat (xorijiy) OTTlar uchun
Diplom reyestri orqali talaba diplomi qayd qilingandan so‘ng
Bitirish buyrug‘ini shakllantirish
imkoniyati taqdim etildi;
➖
Xorijiy talabalar anketasi:
Talaba anketasida xorijiy talabalarning davlatini tanlashda ortiqcha viloyat, tuman va mahalla ma’lumotlari cheklab qo‘yildi. Endilikda
uy manzili maydonida to‘liq manzil
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoziladi.
🌐
@tsue_hemis
⚡️
Uzrli sabablar soni oshirildi
Endi oliy ta’lim muassasalarida
sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki ta’limda tahsil oluvchilar
uchun quyidagi holatlar ham rasman uzrli sabab sifatida belgilandi:
✅
Turmush qurish
✅
Farzand ko‘rish
✅
Sud yoki tergov organlari tomonidan chaqiruv
Mazkur o‘zgartishlar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga kiritilgan o‘zgartishlar asosida amalga oshirildi.
📌
Endi ushbu holatlar ta’lim jarayonida uzrli sabab sifatida inobatga olinadi.
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025
❗️
Ertaga magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli boshlanadi
Magistratura mutaxassisliklariga qabul har yili
1-iyuldan 30-iyulgacha (shu kuni ham)
davom etadi. Talabgorlar
my.edu.uz
platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, hujjat topshirishlari mumkin.
📌
Amaldagi tartibga ko‘ra, magistratura bosqichiga hujjat topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) yoki diplomdan ko‘chirma hamda uning ilovasi;
➖
xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.
🔹
Magistratura qabulida
xorijiy til sertifikati
darajasi yo‘nalishga qarab
B1, B2 yoki C1
etib belgilangan hamda
ayrim toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar
qo‘llaniladi.
🔹
College Board
tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida
eng yuqori ballning 75 foizi —
1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar
qo‘shimcha davlat granti
asosida o‘qishga qabul qilinadi.
✅
Shu bilan birga, ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘yicha
I va II guruh nogironligi bo‘lgan
shaxslar magistraturaga qabul qilinishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishi shart emas.
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025
❗️
TDIUda Davlat auditi oliy maktabi yo‘nalishi ochildi
#abituriyent
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida
tashkil etilgan
Davlat auditi oliy maktabiga
2026/2027-o‘quv yili uchun hujjat topshirishga ulgurib
qoling
.
✅
Bakalavriat ta’lim bosqichida 4 yillik to‘liq oliy ta’lim uchun
200 ta o‘rin ajratilgan.
Yangi yo‘nalishda o‘qishni istagan abituriyentlar
25-iyunga qadar
(shu kuni ham)
my.uzbmb.uz
va
my.gov.uz
saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Tizimda ro‘yxatdan o‘tayotganda
matematika va chet tili fanlar majmuasi
tanlanadi.
Ushbu yo‘nalishga topshirish uchun abituriyentlardan quyidagi
sertifikatlar mavjud bo‘lishi
talab etiladi:
▪️
Matematika fanidan:
kamida B daraja va undan yuqori;
▪️
Chet tilidan:
kamida B2 daraja va undan yuqori.
Mazkur milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar mutaxassislik fanlaridan
test sinovidan ozod etiladi
va
maksimal ball
beriladi. Har ikkala sertifikati bor talabgorlar majburiy boʻlgan uchta fandan
faqat ikkitasi —
ona tili va Oʻzbekiston tarixi
fanlaridan test sinovlarini topshiradi.
Yo‘nalish haqida batafsil ma’lumotni
@davlat_auditi_bot
telegram boti orqali olishingiz mumkin.
ℹ️
Ma’lumot uchun, yangi ochilgan ushbu oliy maktab o‘quv dasturlari xalqaro QS va THE reytinglarida
Top 300 talikka kirgan xorijiy universitetlar tajribasi
asosida
olib boriladi.
🌐
@tsue_hemis