Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TDIU HEMIS tizimi

tsue_hemis
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kredit-modul tizimi bo‘limining rasmiy kanali. Официальный канал отдела кредитной системы ТГЭУ. Murojaat uchun: @HEMISSupportBot
Подписчики
3 188
24 часа
2
30 дней
-85
Просмотры
3 171
ER
99,47%
Посты (30д)
4
Символов в посте
1 044
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 15, 07:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qaroriga muvofiq, pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma olish bo‘yicha
arizalarni yuborish jarayoni boshlandi
.
Mazkur qaror doirasida talabalarning to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma berilishi nazarda tutilgan.
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

October 15, 07:50

❗️
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar
Chegirma faqat
DAVLAT
oliygohida
KUNDUZGI
ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi;
👥
Chegirma
har bir farzand uchun alohida
qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.
📝
Chegirma olish uchun
kontrakt.edu.uz
orqali ariza yuborish kerak.
Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi
va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.
❌
Quyidagilarga chegirma berilmaydi:
➖
oliy
harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari
uchun;
➖
nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari
uchun;
➖
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan
xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari
uchun;
➖
qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
➖
xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖
kechki
,
masofaviy
hamda
sirtqi
ta
’
lim shakli uchun.
🔁
Pedagog farzandlariga chegirma
o‘quv yili uchun bir marotaba
qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.
❗️
Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi
pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda
,
keyingi o‘quv yilidan
boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.
Ayrim savollarga javoblar:
❓
Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?
Javob:
Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida
465 ta
lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.
❓
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?
Javob:
Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.
❓
Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?
Javob:
yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.
❓
O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?
Javob:
yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.
❓
To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?
Javob:
ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.
❓
Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?
Javob:
ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.
❓
Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?
Javob:
xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

October 15, 07:50

Bu bo'yicha qo'shimcha ma'lumot
❓
Pedagog uchun to'lanadigan 30% lik to'lov faqat may oyidan keyin to'lab beriladi ungacha talabadan talab qilinadigan narsa kontrakt summasini 70% to'lagan bo'lishi shart!
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

October 07, 16:18

❗️
HEMIS axborot tizimining yangi versiyasi OTTlarga chiqarildi!
#hemis
Tizimning yangi talqinida (
1.9.69 versiyasi
) quyidagi muhim o‘zgarish va yangi imkoniyatlar joriy etildi:
1️⃣
Ta’lim buyruqlari moduliga
“Qo‘shma ta’limga yuborish”
buyruq turi qo‘shildi. Endilikda qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalarning buyruqlari aynan shu bo‘lim orqali rasmiylashtiriladi.
2️⃣
HEMIS tizimi
StrikePlagiarism
xalqaro antiplagiat tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda tizimda 3 ta nufuzli antiplagiat servisidan (
Antiplag.uz
,
Plagiat.uz
,
StrikePlagiarism.com
) to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati yaratildi.
3️⃣
Diplom anketasini shakllantirish funksiyasi takomillashtirildi.
Bundan buyon diplom toifasi (
Oddiy/Imtiyozli
) amaldagi qaror talablariga muvofiq
tizim tomonidan avtomatik ravishda
belgilanadi.
4️⃣
Ordinatura ta’limining o‘ziga xosligi inobatga olinib, ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarni
GPA balidan qat’i nazar kursdan kursga o‘tkazish
hamda diplom anketasini to‘ldirmasdan turib
bitirish buyrug‘iga kiritish
imkoniyati joriy etildi.
5️⃣
Xorijiy hamkor OTTlar tomonidan diplom berish kechikishini inobatga olgan holda, talabalarni diplom anketasisiz ham
bitirish buyrug‘iga qo‘shish
imkoni yaratildi.
👉
@tsue_hemis

September 09, 09:31

❗️
Talabalar uchun HEMIS tizimidan o‘z xohishiga ko‘ra chiqish xizmati ishga tushirildi!
#hemis
Talabalar endilikda
my.edu.uz
platformasi orqali HEMIS tizimidan o‘z xohishiga ko‘ra chiqish
bo‘yicha onlayn so‘rov yuborishlari mumkin.
📝
Xizmatdan foydalanish tartibi:
1️⃣
Talaba
my.edu.uz
saytiga kirib
, HEMIS tizimidan chiqish bo‘yicha xizmatni tanlaydi va
so‘rov yuboradi
;
2️⃣
Agar talaba HEMIS tizimida
“Boshqa” statusida
bo‘lsa va uni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
farmoyishi hali imzolanmagan bo‘lsa
, tizim so‘rov asosida talabaning anketasini
avtomatik ravishda o‘chiradi
va natijasi haqida talabani xabardor qiladi;
3️⃣
Agar talabaning
farmoyishi imzolangan va u guruhga biriktirilgan bo‘lsa
, HEMIS tizimi talabaning so‘rovini qayd etadi hamda
ijro uchun mas’ul xodimga yuboradi
. Bu haqda talaba ham xabardor qilinadi;
4️⃣
OTT mas’uli HEMIS tizimidagi
“Talabalar bazasi” → “Murojaatlar” → “O‘chirish arizalari”
bo‘limi orqali kelib tushgan so‘rovlarni
ko‘rib chiqadi va ijro etadi
.
ℹ️
Agar mas’ul xodim talabaning murojaatini
o‘z vaqtida ijro qilmasa
, tizim
har daqiqada barcha foydalanuvchilar uchun ogohlantirish berishni boshlaydi.
@tsue_hemis

July 28, 12:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
HEMIS tizimining yangi versiyasi oliygohlar uchun e’lon qilindi!
#hemis
HEMIS tizimining
1.9.39 (27.07.2026-y.)
yangi versiyasi oliy ta’lim tashkilotlari uchun taqdim etildi. Ushbu yangilanishda quyidagi
yangi imkoniyat va takomillashtirishlar
joriy etildi:
1️⃣
ERP Sport tizimi bilan integratsiya amalga oshirildi
HEMIS tizimi O‘zbekiston Respublikasi
Sport vazirligining “ERP Sport”
yagona elektron boshqaruv tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda
talabalarning sport razryadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini avtomatik olish
imkoniyati yaratildi.
2️⃣
Grant taqsimoti reytingini kuzatish funksiyasi qo‘shildi
Talabalarning
grant taqsimotida ishtirok etish uchun topshirgan arizalari
bo‘yicha to‘plagan
ballari asosida reytingini kuzatish
funksionali ishlab chiqildi.
3️⃣
Kalendar reja ijrosini monitoring qilish imkoniyati yaratildi
Rahbariyat, dekan va Registrator ofisi
rollari uchun o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini olib borishdagi
kalendar reja bajarilishini monitoring qilish
funksiyasi joriy etildi.
4️⃣
Qarzdor talabalar funksionali takomillashtirildi
“O‘zlashtirish”
menyusidagi
“Qarzdor talabalar”
bo‘limi yanada takomillashtirildi hamda unga
qo‘shimcha filtrlash imkoniyatlari
qo‘shildi.
5️⃣
Dashboarddagi nazorat ko‘rsatkichlari kengaytirildi
HEMIS
Dashboard
iga quyidagi yangi nazorat indikatorlari qo‘shildi:
•
Fansiz o‘quv rejalar
;
•
Tafovutli o‘quv rejalar
;
•
Tasdiqlanmagan diplomlar
;
•
Nashr qilinmagan diplomlar
;
•
Shartnoma olmagan talabalar
;
•
Ortiqcha sirtqi talabalar
;
•
Muqobil talabalar nisbati
;
•
Guruhsiz talabalar
.
ℹ️
Mazkur yangilanishlar
OTTlarda o‘quv jarayonini boshqarish
,
monitoring qilish
hamda
ma’lumotlar almashinuvini yanada samarali tashkil etish
ga xizmat qiladi.
🌐
@tsue_hemis

July 23, 21:26
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident!
@magistrlarofficial

July 20, 09:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📘
Grant turlarini tanlash bo‘yicha qo‘llanma
Mazkur qo‘llanmada talabalar uchun mavjud grant turlarini tanlash mezonlari va tartibi keltirilgan.
📌
Muhim izoh:
✅
“Qo‘shimcha davlat granti”
bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun oliy ta’lim tashkilotiga alohida kvota ajratilgan bo‘lishi talab etilmaydi.
✅
“Oliy ta’lim tashkiloti granti”
bo‘yicha ham oldindan alohida kvota belgilangan bo‘lishi shart emas.
⚠️
Mazkur grant turlari tegishli mezonlarga javob beradigan talabalarga tizim tomonidan tanlov uchun avtomatik ravishda ko‘rsatiladi.
🔹
Talaba bir vaqtning o‘zida bir nechta grant turiga mos kelgan taqdirda, ulardan
faqat bittasini tanlashi
mumkin.
🌐
@tsue_hemis

July 16, 15:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

❗️
HEMIS tizimida davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi!
#hemis
Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar
my.hemis.uz
platformasi orqali
onlayn ariza
topshirishlari mumkin.
📝
Ariza topshirish tartibi:
1️⃣
Talabalar
my.hemis.uz
tizimiga kirib,
“Mening grantim”
bo‘limidagi
“Grant arizalari”
menyusini tanlashlari lozim;
2️⃣
Bo‘limga o‘tgach,
“Ariza yaratish”
tugmasini bosish va o‘ziga mos keladigan grant shaklini tanlash talab etiladi;
3️⃣
Tanlov amalga oshirilgandan so‘ng,
“Saqlash”
tugmasini bosish orqali ariza tizimda tasdiqlanadi.
📆
Arizalar
15-iyuldan 20-iyulga qadar
qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan kechikmaslik muhim.
ℹ️
Muhim eslatma:
Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni
bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas
. Shu sababli, ma'lumotlarni yuborishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirib chiqishingiz so‘raladi.
🌐
@tsue_hemis

July 14, 21:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Rasman: o'qishni ko'chirish jarayonlari boshlandi
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli
15-iyuldan 5-avgustgacha
davom etadi.
👉
Davlat OTMning biridan boshqasiga —
transfer.edu.uz
👉
Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga —
my.uzbmb.uz
❓
Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?
Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
➖
turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
➖
ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi. Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.
Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
➖
Xorijda o‘qiyotgan talaba;
➖
Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.
@magistrlarofficial