
Turakulov | Mutolaa
🍃
Guruh sokinlik istaganlar uchun
📚
Birga virtual mutolaa
🌍
Iqtisodiy tahlil kanal:
@v_turakulov
✍️
Admin:
@XSB_bot
Bu mening dadam!
Joyingiz jannatda bo'lsin, dadajon! Duolaringiz uchun tashakkur!
Do'stim, professor Valijon
Turakulovning
otasi olamdan o'tib qolibdilar. Alloh taolo rahmatiga olsin.
Iltimos, haqlariga xayrli duo qilsangiz.
Ta'ziya marosimlari Farg'ona viloyati, Bag'dod tumani, Xitoy qishlog'idagi uylarida bo'ladi.
@GiyosiddinYusuf
Kompyuter klaviaturasida istalgan tugmani bosish ehtimoli 1/104, ya’ni 0.009 ga teng (104 talik standard klaviaturani hisobga olsak). Juda kichkina raqam. Ammo o‘sha tugmani bosmaslik ehtimoli 0.99 ga teng. Birinchisidan qariyb yuz barobar katta.
Hayot ham shunday: xato qilish ehtimoli bor, lekin xato qilmaslik imkoniyati undan yuzlab marta kattaroq bo'ladi. Shunchaki bir marta sabr qilish, bir marta Enter tugmasini bosmaslikning o‘zi kifoya (edi!).
Ko‘p pushaymonlarimiz tugma bosishdan emas, bosilmasligimiz kerak bo‘lgan tugmani bosishimizdan boshlanadi.
Aslida esa masala yanada chuqurroq: gap faqat “bosish (0.009) yoki bosmaslik (0.99)” da emas. Gap o'sha vaqtda qayerda bo‘lishimizda. Atrofimizda millionlab imkoniyatlar bor bir vaqtda kompyuter qarshisida o‘tirishning o‘zi qilish yoki qilmaslik ehtimollari ichida eng yomon tanlov bo‘lishi mumkin, axir (bir taqsim million vs. uning aksi).
Savolni to'g'ri qo'ying:
Qaysi tugmani bosay ekan?
❌
Nega shu tugma qarshisidaman?
✅
@v_turakulov_stories
Erta tong. Shahar erinibgina ko‘z ishqalaydi...
Qo‘limda mehr bilan tayyorlab berilgan tushlik sumkacham. Orqamda kompyuter va kitoblar bilan yelkamga og‘irlik berayotgan ryukzak. Ha, kuzning og‘ir nafasi allaqachon shahar binolari orasidan ’kelaveraymi’ degandek mo‘ralay boshlabdi. Daraxtlar ham sekin-asta ’vaqti keldi’ degandek barglaridan xolos bo‘lishga kirishibdi...
Kichik bo‘lsa-da so‘limgina bo‘lgan Mirzo-Ulug‘bek bog‘i oldidan o‘tar ekanman, negadir uning bag‘rida, toza havoda, daraxtlarning omonat barglari bilan so‘ngi marotaba diydorlashgim, ularga ayriliq tasallisini bergim keldi. Butalar orasida oltin kuz barglaridek yaltirab ko‘rinib turgan o‘rindiqlardan biriga cho‘kib, kecha hadya o‘laroq qabul qilganim "Good to Great" kitobini tezroq varaqlagim, ko‘pchilik tomonidan tavsiya qilingan ushbu ’bestseller’ kitobning insaydlarini tabiat qo‘ynida bir zum bo‘lsa-da tatib ko‘rgim kelib ketdi.
...ana, hu anovi yerda, bir qariya, xuddi, yozi o‘tgan kuz fasli misol hassasiga suyanib sayr qilmoqda. Uning yonidan esa go‘yo qariyaning havasini keltirib (sovuq bo‘lsa-da shortik kiyib olgan) bir yosh yigit tez-tez yurib o‘tib bormoqda. Bir rus yigit itini sayrga olib chiqibdi. Ruschalab unga nimalarnidir uqtirmoqda... Ha, mayli, chalg‘imay! Kitob o‘qigani to‘xtagan edim-ku.
Kitobni sumkamdan olar ekanman, uning ’orginal’ ekanligini sezaman. Qavariq (3D) usulda bosilgan muqovasi, ko‘zni charchatmaydigan unchalik ham oq bo‘lmagan varaqlari, oson ochiladigan egiluvchan shakli... Kitobni ochaman. ’How to read a book’ kitobida tavsiya qilinganidek, o‘qishdan oldin kitobni (xuddi bozorda tarvuz tanlayotgan xaridor misol) yaxshilab sinchiklab ko'rib chiqaman.
Ha, bu kitob ham shunday ekan: Ko‘pgina ’bestseller’ kitoblardek ushbu kitob ham ilmiy tadqiqotlar asosida yozilgan ekan. Kitob boshida muallif Jim Collins ushbu kitobga hissa qo‘shgan tadqiqot jamoasini, har bir talaba shogirdini ismma-ism sanab o‘tibdi. Tashakkurlar etibdi!
Ha, professor Jim ham shunday ekan: Ko‘pgina nomi chiqqan ustozlardek shogirdlari bilan yaqindan ishlar ekan. Balki, hikmati bordir: bugun kirib Telegramda birinchi ko‘rgan tabrigim
ushbu bo‘ldi
. Prof. Alisher Umirdinov bekorga o‘z tabrigiga ’Orzudagi professor’ kitobi rasmini ilova qilmaganlar. Kitobning asosiy g‘oyasi — bu butun boshli ikkinchi bo‘limida aks etgan: ’Talaba bilan ishlash’ bo‘limi. Balki, hikmati bordir: uch million(!) nashrda chop etilgan ushbu kitobning muallifi ham shogird talabalari bilan mana shunday asarni insoniyatga taqdim etganini erta tongda o‘qish... va uni tafakkur qilish, menga yana bir bor ustoz-shogird masalasining naqadar muhim ekanligini ko‘rsatib berdi. Belgi bo‘ldi.
Aziz ustoz hamkasblar!
Unutmang! Bizning ustoz ekanligimiz shogirdlarimiz bilan yuzaga chiqadi. Nomimiz ham shogirdlarimiz bilan abadiylashadi. Balki biz ekkan urug‘imizning mevasini ko‘rmasmiz, kuz faslining barglari misol bahor mevalariga o‘g(’)it bo‘larmiz... Va ayni shu narsa ustozlikning faxri emasmi asli?!
Bayram muborak, hamkasblar!
Valijon Turakulov
@v_turakulov_stories
O‘zimning yo‘limga undamayapman,
Uqtirmayapman-ku falsafamni ko‘p.
Meni tushunmaysan, indamayapman,
Seni tushunmasam, xafa bo‘lma, xo‘p?!
Sening ishing menga xatodir, xato,
Kulgingga sababchi men tushungan g‘am.
Yo‘llarimiz tersdir shu qadar, hatto
Kesishib qolmaydi ro‘yolarda ham.
Poyingga tillodan sochqi sochsalar,
Ishga tushmas hatto ko‘z qirim mening.
O‘ngimda uchragan sof mo‘jizalar
Hatto tushlaringga kirmaydi sening.
Butkul bo‘lak olam! Shunaqamiz biz,
Taassufki, dilda o‘zgacha niyat:
Sen mening baxtimni etolmassan his,
Sening baxting menga sanalar uyat.
Muallif: Xayrulla Hamidov
@v_turakulov_stories
Yozib to'ldirgan daftarlarimiz yo'qolib ketar. Yozaverish ortidan kuchaygan tafakkurimiz biz bilan qoladi.
Ba'zi ishlar faqat natijasi bilan emas, jarayoni bilan ham foyda olib keladi.
Siyosatchi
Hamid Sodiq
tomonidan tarjima qilingan kitoblar ekan. (O'zlarining ruxsatlari bilan).
Endi bizda bahona qolmadi.
P.S. Yaqinda Falastin kitobini boshladim. Qisqa qilib aytganda albatta o'qib chiqadigan yoki eshitib chiqadigan kitoblardan biri ekan.
@v_turakulov_stories
Axir, sun’iy bo‘lgan Rollton, Doshiraklar ham millionlab sotiladi.
Oz qoldi shekilli.
Yaqinda,
Internetdagi aksar hikoyalar to‘qima
bo’ladi
.
YouTubedagi aksar videolar sun’iy
bo’ladi
.
Reels/Tik-Tokdagi videolar yanada haqiqatdan
uzoqlashadi
.
Kitob/maqolalarning aksari odamlar tomonidan yozilmay
qo’yadi.
Ko‘pchilik buni qabul qiladi. Sun’iy intellektmi, odammi? Nima farqi bor? Vaqt maroqli o‘tsa bo‘ldi.
Axir, sun’iy bo‘lgan Rollton, Doshiraklar ham millionlab
sotiladi
.
Insoniy ijod xohlaganlar esa, bir necha mualliflarni qattiq ushlab oladi.
Qolganlarni o‘chirib tashlaydi.
Yangi ijodkorlarni esa hozirgi kuzatayotganlari orqali topadi.
Zotan, oldin shunday edi. Tanishimiz orqali yangi tanish topardik.
Ko‘pchilik kuzatayotgan narsani kuzatib, ko‘pchilikdan boshqacha fikrlab bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik ko‘rayotgan narsani ko‘rib, kamchilik erishadigan natijaga chiqib bo‘lmaydi.
“Nima yesak, o‘shamiz,” degandi Ibn Xaldun.
“Nima ko‘rsak, o‘shamiz,” qo‘shib ketadi zamonimiz.
5 yillik professorlik tajribamdan talabalar uchun 5 maslahat:
🎒
Sumka – Zo‘r talabani yelkadagi yukidan tanish mumkin: bu sumkaning emas, ma'suliyatning yuki.
⏳
Birinchi hafta – Shaxmatdagi birinchi yurish. Butun o‘yin shu yurishdan boshlanadi.
🪑
Old o‘rindiqlar – Doskaga yaqinlik emas, kelajakka yaqinlik.
❓
Darsdan keyingi savollar – xos javoblarni olishga imkon beradi.
🖍
Xaylayter – Ajratishni bilgan talabaning o'zi ham ajralib turadi.
Rasmlarda batafsil o'qing!
@v_turakulov_stories